Arterial gipertenziya samarasiz premedikatciya, anesteziyaniig yuzakiligi, gipoksiya va giperkapniyalar oqibati va anesteziya ko’zg’alish bosqichining belgisi hisoblanadi. Arterial gipertenziya gaz almashinuvini yaxshilash, premedikatciya va anesteziya tarkibida sedativ, neyroleptik, kuchli analgetiklar, gipotenziv moddalar ishlatish yordamida bartaraf etiladi.
Anesteziya mobaynidagi yurak aritmiyalari og’ir asorat va patologiya belgisi bo’lgani uchun ham xavflidir. Nafas faoliyatining buzilishi, qon yo’qotish, yuzaki anesteziya oqibatidan, efir, atropin sulfati ta`siridan taxikardiya kelib chiqadi. Taxikardiya yurak aritmiyasining jiddiy ko’rinishi - fibrillyatciyaning elchisi bo’lishi mumkin.
Bradikardiya gipoksiya, vagus nervini ta`sirlanishi, suktcinilxolin ta`siri, ftorotan dozasining ortib ketishi natijasida vujudga keladi. Bradikardiya ko’pincha asistoliyaga o’tadi.
Anesteziya bosqichlarida yurak faoliyatining to’xtashi - asistoliya yoki fibrillyatciya, ko’pincha gipoksiya va giperkapniya oqibati bo’ladi. Vagus nervi, halqum, hiqildoq va boshqa refleksogen satxlarning ta`sirlanishi, anestetiklar dozasining oshib ketishi kabilar yurak faoliyatining to’xtashiga olib boradi.
Emboliya va tromboz. Havo emboliyasi yurak va bosh miyaning orqa qismida o’tkazilayotgan amaliyotlar, bachadon naylarini havo bilan davolash, yuldosh ajralishi, pnevmoentcefalografik tekshirishlar vena tomirlarida infuziya bajarilayotganda ruy berishi mumkin. Vena qon tomiriga tushgan havo o’ng qorinchaga etib boradi, u erdan o’pka arteriyasiga o’tadi va o’pka arteriyasining to’silishiga olib keladi. O’pka arteriyasining emboliyasi yurakning o’ng qorinchasi etishmovchiligini keltirib chiqaradi. Havo emboliyasining belgilari paydo bo’lishi bilan bemor chap biqiniga yotqiziladi, o’pka sun`iy ventilyatciyasi zaminida o’tkir yurak etishmovchiligining kompleks terapiyasi o’tkaziladi. Torakotomiyada yurakning o’ng qismi punktciya qilinib, havo so’rib olinadi.
O’pka arteriyasining trombozmboliyasi juda xavfli asorat. Bu asoratning o’tkir formasi yurak etishmovchiligining og’ir ko’rinishi bilan ifodalanadi. Bir necha daqiqa ichida yurak, faoliyati to’xtashi mumkin.
Tromboemboliya ro’y berganda antikoagulyantlar va fibrinolitiklar yuboriladi. Venalar trombozini glyukozaning yuqori kontcentratciyali eritmasi, osmodiuretiklar va ayrim anestetiklar (sombrevin) hosil qiladi. Spontan gipotermiyaga termoregulyatciya depressiyasi zaminidagi issiqlik sarflanishning oshib ketishi olib keladi.
Normal gipertermik reaktciya har qanday jarohatlanish, kasallik va jarrohlik amaliyotiga javoban vujudga keladi va haroratning 37,5—38°S gacha ko’tarilishi bilan namoyon bo’ladi.
Patologik gipertermiyani issiqlikning hosil bo’lishi va sarflanishi muvozanatidagi siljish vujudga keltiradi. Termoregulyatciya markazini rag’batlantiruvchi (adrenomimetik, analeptik), qon tomirlarini toraytiruvchi (vazopressor) va issiqlik uzatilishini kamaytiruvchi (atropin) preparatlar ko’pincha patologik gipertermiyaga olib keladi. Gipertermik reaktciyaning og’ir va xavfli ko’rinishi tez kechuvchi gipertermiya hisoblanadi. Bunday gipertermiya tana haroratining 41-42°S gacha ko’tarilishi, tutqanoq tutishi, nafas olish va qon aylanishining buzilishi bilan namoyon bo’ladi. Gipertermiyani davolashda o’pka sun`iy ventilyatciyasi, sun`iy gipotermiya, tana haroratini pasaytiruvchi preparatlar, detoksikatcion usullar, yurak faoliyatini kuchaytiruvchi dorilar qo’llaniladi.
Oshqozon-ichak yuli tomonidan hiqichoq tutish, qusish, regurgitatciya kabi asoratlar ro’y berishi mumkin.
Til asosining ta`sirlanishi, oshqozon shilliq pardasiga anestetikning ta`siri, gipoksiya, giperkapniya, gipergidratatciya, IV qorincha tubidagi qusish markazining qo’zg’alishi natijasida qusish ro’y beradi.
Uzoq davom etuvchi uyg’onish anestetiklar dozasining oshganligi va ularning kumulyativ samarasi, anesteziya bosqichlarida ro’y bergan gipoksiya va metabolik siljishlar oqibatidir.
Uzoq davom etuvchi apnoe bemor hushiga kelsa ham, uning mustaqil nafas olishi tiklanmaydigan va miorelaksantlar qo’llanishiga xos asoratdir. Antixolinesteraz preparatlar yuborilgandan so’ng ro’y beruvchi chin rekurarizatciya va gipovolemiya, gipoksiya, atcidoz zaminidagi soxta rekurarizatciya uzoq davom etuvchi apnoe sababchilari bo’ladi. Bu asoratning intensiv terapiyasi o’pka sun`iy ventilyatciyasi o’tkazish, gipovolemiya, atcidoz va metabolik siljishlarii bartaraf qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |