Andijon viloyati adirliklarida tarqalgan o’simliklar va ularning xarakterli belgilari



Download 10,71 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi10,71 Kb.
#813987
Bog'liq
Abdulxayeva Oyzoda. Maqola


ANDIJON VILOYATI ADIRLIKLARIDA TARQALGAN O’SIMLIKLAR VA ULARNING XARAKTERLI BELGILARI.
Biologik resurslar orasida o’simliklar muhim o’rinda turadi. Chunki ular nafaqat sanoatda, balki, qishloq xo’jaligi sohasida ahamiyatlidir. O’simlik resurslari aholini oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon bilan, chorvachalikni yem-xashak bilan ta’minlaydi. O’simliklarni inson hayoti bilan o’zaro uzviy bo’g’liq desak mubolag’a bo’lmaydi. O’simliklar atmosferada kislorod balansini ushlab turib, sanitariya-gigiyenik xususiyatiga ega. Shundan kelib chiqqan holda har bir o’simlik turini tubdan o’rganish, uni ko’paytirish, madaniylashtirish, iqlim sharoiti bilan tanishish muhim vazifa deb bilaman.
O’simliklar turi, tuzilishi, yashash sharoiti, chidamlilik xususiyatiga ko’ra muhitga moslashadi va turli joylarda o’sadi hamda rivojlanib, taraqqiy etadi. Shunga ko’ra o’simliklarni hamma joyda uchratish mumkin. Suvda ham, cho’lda ham, muzliklarda ham o’simlik turlarini topish mumkin. O’zbekiston hududining deyarli barcha qismi vertical zonalardan tashkil topgan. Bu hududda cho’l, adir, tog, yaylov zonalari mavjud. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi Q.Z. Zokirov yaratgan qonuniyatga asoslanib, vatanimiz o’simliklar olamini cho’l, adir, tog’, yaylov o’simliklariga bo’lib o’rganiladi. Tadqiqot ishimdan kelib chiqqan holda men adir o’simliklari ustida ish olib boryapman.
O’zbekiston hududining dengiz sathidan 500 m dan 1200 m gacha bo’lgan joylar adir mintaqasiga kiradi. Yurtimizning barcha tog’ etaklari Shahrisabz, Denov, Nurota, G’allaorol, Bo’stonliq kabi tumanlarning asosiy qismi, Yangiyer, Jizzax, Qarshi shaharlari atrofi, Toshkent, Farg’ona, Andijon, Namangan viloyatlarining ko’pgina qismi adir mintaqasiga kiradi.
Adir mintaqasining eng xarakterli belgisi bu yerdagi o’simliklar qoplamining rang barang bo’lishidir. Adir mintaqasi relyefining notekis bo’lishi, bo’z tuproqdan iborat bo’lishi ham xarakterli belgidir. Adir mintaqasi tuprog’i cho’l mintaqasiga qaraganda organic moddalarga boy bo’ladi. Tashqi tomondan qaraganda adir tuprog’i qizgish bo’ladi, qo’lga olib ko’rilganda mayin, yumshoq bo’ladi. Adir mintaqasi o’simliklari rang barang va xilma xil bo’lishiga sabab, bu yerning iqlimi cho’lga qaraganda salqinligi, tuprog’ining unumdorligi, yog’ingarchilikning miqdori 500-600-1000 mm gacha yetishi, quyosh energiyasi kuchlarining asta sekinlik bilan kuchayib borishini ko’rsatish mumkin.
Andijon viloyatida adir balandlik mintaqasi Xonobod, Sultonobod, Janubiy Olamushuk, Oyim, Teshiktosh, Karnaychi, Shirmonbuloq, Polvontosh va Asaka adirliklari, Xo’jaobodning janubiy qismlarini o’z ichiga oladi. Bu yerdagi adirliklarda o’simliklar qoplami yoppasiga qoplangan holda emas, balki, uzuq-yuluq bo’lib ham o’sadi. Chunki yog’ingarchiliklar natijasida vaqtincha yuzaga keladigan oqar suvlar ta’sirida adirlikning quyi qismi parchalanib ketadi, yuqori qismida esa ona jinslar ochilib qoladi.
Andijon adirliklaridagi o’simliklarning asosini efemer va efemeroidlar, ko’p yillik o’tlar, butalar tashkil etadi. Adirda efemer va efemeroidlardan qo’ng’irbosh, yaltirbosh, no’xatak chuchmoma, boychechak, gulhayri, lolaqizg’aldoq, qoqio’t kabi o’simliklar o’sib, rivojlanib, vegetatsiya davrini iyul oyigacha davom ettiradi. Bundan tashqari Andijon adirlarida yersovun, zubturum, ermon, yovvoyi arpa, mingbosh, achchiqmiya, shuvoq, yovvoyi bug’doylarni uchratish mumkin.
Andijon viloyatining Xrabek qishlog’i adirliklarida achchiqmiya, burgan, maymunjon, otquloq, zubturum, na’matak, shuvoq, ermon, yantoq, qirqbo’g’im, bangidevona, chuchukmiya, yovvoyi ituzum va boshqalarni uchratish mumkin. Bu o’simliklar ko’pgina xususiyatlarga ega. Tibbiyotda va chorvachilikda ahamiyati kattadir. Erta bahorda bu hududda ham estetik zavq bag’ishlovchi gulli o’simliklardan lolaqizg’aldoq, boychechak, momaqaymoq (qoqio’t) kabilarni uchratish mumkin. Bularni mart, aprel, may oylarida kuzata olamiz
Xrabek qishlog’i adirliklarida eng ko’p tarqalgan o’simliklardan biri bu Kovul, kovar (Capparis spinose L.) dir. Kovar – kovuldoshlar oilasiga kiradi. Hayotiy shakli – yarim buta. Guli oq yoki och pushti, yirik bo’ladi. Barglari tuxumsimon shaklda. 2 sm keluvchi mevalari etdor, ko’p urug’li rezavor mevadir. Mevasida oqsil moddalar, moylar, alkaloidlar, askorbin kislotalari saqlanadi. Kovul o’simligi dorivorlik xususiyatiga ega bo’lishi bilan bir qatorda oziq-ovqatga ham ishlatiladi. May-avgust oylarida kovarning ochilmgan gullari ya’ni g’unchalari terib olinadi. Po’stlog’idan tayyorlangan damlama ishtaha ochuvchi ta’sirga ega. Bundan tashqari bu o’simlik gemorroy, qandli diabet, stenokardiya va ochiq yaralarni davolashda ishlatiladi.
Xulosa qilib aytganimizda, Andijon viloyati adirliklari o’ziga xos o’simlik qoplamiga ega. Bu mintaqadagi o’simliklar o’z navbatida atmosfera havosini kislorod bilan boyitib turadi, dehqonlar sug’oriladigan yerlarga lalmikor ekinlar ekadi, chorvachilikda yem-xashak sifatida ahamiyati katta. Bu yerdagi mavjud tarqalgan o’simliklarni hudud aholisi ham biladi va o’z maqsadlarida foydalanib keladi. Shu sababli bu o’simliklarninh hozirgi vaqtdagi biologik xususiyatlari va morfologik belgilari olimlar tomonidan qiziqib o’rganilib kelinmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:



  1. Granitov I.I, Belskaya Ye.M. O’zbekiston o’simliklari – Toshkent. 1961.

  2. M. Mamajonov. Andijon geografiyasi. Toshkent. 2018

Download 10,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish