Aндижoн машинасозлик институти



Download 0,71 Mb.
bet5/9
Sana14.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#551012
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5380073929882737050

Yarim o‘qlar vazifasi va turlari. Yarim o‘qlar differensialdan burovchi momentni yetakchi g‘ildiraklarga uzatadi. Avtomobillarda qo‘llaniladigan yarim o‘qlarining asosiy turlari quyida keltirilgan. Yarim o‘qlarning tashki uchlari g‘ildirak gupchagiga flanes, shponka yoki shlis yordamida ulanadi. Ichki uchi esa ko‘pchilik avtomobillarda yarim o‘q shesternyasi bilan shlis yordamida biriktiriladi. Avtomobil harakatlanganda yarim o‘qlarga burovchi momentdan tashqari eguvchi momentlar ham ta’sir etadi. Eguvchi momentlar avtomobilning yetakchi gildiraklariga ta’sir etadigan kuyidagi kuchlardan vujudga keladi radial kuch (avtomobilning og‘irligidan tashkil topgan reaksiya kuchi), tortuvchi kuch–R;
yondan ta’sir kiluvchi kuch-(avtomobil burilishida xosil bo‘ladigan kuch).
Yarim o‘qlarni, ularni orqa ko‘prikda o‘rnatilish usuliga karab, eguvchi momentlardan to‘la yoki qisman yuksizlantirish mumkin. Avtomobillarda ishlatiladigani uch xil, ya’ni eguvchi momentlardan yarim yuksizlantirilgan, qismga yuksizlantirilgan va to’la yuksizlantirilgan bo’ladi.
  1. TEXNOLOGIK QISM


Ichki yonuv dvigatelining burovchi momentini yetarli darajada oshirish vazifasini faqat uzatmalar qutisi bajarsa, uning o’lchamlari va massasi oshib ketadi. Uzatmalar qutisini ixcham qilish uchun uning vazifasining bir qismini boshqa agregatga yuklash zarurati paydo bo’ladi. Bu vazifani asosiy uzatma bajaradi.
Asosiy uzatma burovchi momentli muntazam oshirib berish va ba’zi avtomobillarda uning yo’nalishini 900 ga o’zgartirib berish uchun xizmat qiladi. Asosiy uzatmaning uzatishlar soni avtomobilning optimal tortish-tezlik va yonilg’i tejamkorlik xususiyatini ta’minlab berishi kerak.
Asosiy uzatma o’z vazifasini samarali va ishonchli bajarish uchun unga quyidagi talablar qo’yiladi:

  • Asosiy uzatma va yo’l orasidagi masofa iloji boricha katta bo’lishi uchun asosiy uzatmaning o’lchamlari kichik bo’lishi kerak.

  • Shovqinsiz ishlashi kerak.

  • Umumiy talablar.

Asosiy uzatma konstruksiyasi bo’yicha tasniflanadi:

  • Yakka (chervyakli, silindrsimon, konussimon, gipoid);

  • Qo’shaloq (markazda joylashgan, ajratilgan).

Chervyakli asosiy uzatmalar hozirgi vaqtda kam qo’llaniladi. Ular ba’zi ko’p o’qli avtomobillarda ishlatilgan. Polni pasaytirish imkonini kamligi, avtobuslarda chervyakli uzatmani qo’llanilishini chekladi. Chervyakli asosiy uzatma GAZ-3A va ZIS-6 avtomobillarida qo’llanilgan. Silindrik asosiy uzatmalar dvigateli ko’ndalang joylashgan oldi yetakchi bo’lgan avtomobillarda keng qo’llaniladi.
To’g’ri tishli konussimon asosiy uzatmalar zamonaviy avtomobillarga o’rnatilmaydi. Ular 30-yillardagi Yaroslav zavodida chiqarilgan avtomobillarga o’rnatilgan. To’g’ri tishli konussimon asosiy uzatmani o’rniga ishlatilayotgan spiral (aylanali) tishli asosiy uzatmalar hozirgi vaqtda asosan (KAZ-4540) yuk avtomobillarida va (ZIL-431410, KamAZ, MAZ, KrAZ, Ural avtomobillarining hamma modellarida) qo’shaloq asosiy uzatmasida konussimon juftligida ishlatiladi.
Sovet davrida ishlab chiqarilgan ZAZ-968, LuAZ, UAZ rusumli yengil avtomobillarda konussimon asosiy uzatmalar tayyorlashni qimmat bo’lgani uchun juda kam ishlatiladi.
Gipoidli asosiy uzatmalar hozirgi keng foydalanilmoqda. Ayni vaqtda bu turdagi asosiy uzatmalar klassik komponovka yengil avtomobillarga yuk avtomobillariga o’rnatilmoqda.
Markaziy qo’shaloq asosiy uzatmada bitta karterda konussimon yoki gipoid juftlik bilan silindrsimon shesternyalar juftligi joylashgan bo’ladi. Bu turdagi asosiy uzatmalarni o’rta va katta yuk ko’taruvchanlikka ega bo’lgan yuk avtomobillarda va avtobuslarda ishlatiladi. Uch o’qli avtomobillarning oraliq ko’prigidan o’tuvchi yetakchi val orqa ko’prikdagi asosiy uzatmaga harakat uzatiladi (KamAZ, Ural avtomobillari).
Ikki qismga ajratilgan qo’shaloq asosiy uzatma markaziy reduktor va g’ildirakli uzatmadan (ba’zida bortli) tashkil topgan bo’lib, katta yuk ko’taruvchanlikka ega bo’lgan avtomobillarda va o’tag’onligi yuqori bo’lgan avtomobillarda qo’llaniladi.



    1. Download 0,71 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish