Aндижoн машинасозлик институти



Download 0,71 Mb.
bet3/9
Sana14.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#551012
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5380073929882737050

ASOSIY QISM


Transmissiya dvigateldan yetakchi g’ildiraklarga burovchi moment uzatadi.
Bu jarayonda burovchi moment qiymati o’zgaradi.
Dvigatel bilan yetakchi g’ildiraklar o‘rtasidagi bog‘lanishga ko‘ra transmissiya mexanik, gidrohajmli, elektrik, kombinatsiyalashgan (gidromexanik, elektromexanik) turlarga bo‘linadi.
Zamonaviy avtomobillarda, asosan, mexanik transmissiya qo'llaniladi (4.1-
rasm).

4.1-rasm. Avtomobillar transmissiyalarining sxemalari. a-orqayuritmali; b- oldyuritmali; d-to’layuritmali; e-elektrik (gidroxajmli); 1-dvigatel; 2-ilashish muftasi; 3-uzatmalar qutisi; 4-kardanli uzatma; 5-yetakchi ko’prik; 6-burchak tezliklari teng sharnirlar; 7-taqsimlash qutisi; 8-generator (gidronasos); 9- elektrodvigatel (gidromotor).


Orqayuritmali avtomobillarda (4.1a-rasm) burovchi moment ilashish muftasi (2), uzatmalar qutisi (3), kardanli uzatma (4), yetakchi ko’prik (5) orqali uzatiladi. Yetakchi ko’prikda asosiy uzatma, differensial va yarimo’qlar joylashgan.
Old yuritmali avtomobillarda dvigatel ko’ndalang joylashtiriladi (4.1b-rasm). Bu holda dvigatel, ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, asosiy uzatma va differensial bitta blokda joylashtiriladi. Unda yetakchi g’ildiraklarga burovchi moment kardanli uzarma 4 orqali uzatiladi.
To’la yuritmali avtomobillarda (4.1d-rasm) taqsimlash qutisi (7) qo’llaniladi. Elektrik va gidroxajmli transmissiya sxemalari o’xshashdir (4.1e-rasm). Elektrik transmissiyada dvigatel (1) generatorni (8) harakatga keltiradi. Elektr toki yetakchi g’ildiraklarning elektrodvigatellariga (9) uzatiladi. Ichiga elektrodvigatel
o’rnatilgan g’ildirak “electromotor g’ildirak” deb ataladi.
Gidroxajmli transmissiyada (4.1e-rasm) dvigatel (1) gidronasosni (8) harakatlantiradi. Gidronasos trubalar orqali gidromotorlar (9) bilan ulangan. Gidromotor vali yetakchi g’ildirak bilan ulangan. Suyuqlik bosimi yetakchi g’ildirakda mexanik energiyaga aylanadi.
Zamonaviy avtomobillarda o’lchamlari va massasi nisbatan katta bo’lmagan, tezyurarligi hisobiga yuqori quvvat hosil qiladigan dvigatellar qo’llanilmoqda. Biroq shunga qaramay, bu dvigatellar vallarida hosil bo’ladigan burovchi moment (agar bu momentni o’zgartirmasdan to’g’ridan-to’g’ri avtomobilning yetakchi g’ildiraklariga uzatilsa) avtomobilning turli yo’l sharoitlarida yura olishiga yetarli emas. Avtomobilning harakatlanishi uchun uning yetakchi g’ildiraklaridagi burovchi momentni oshirish qisman uzatmalar qutisi yordamida bajarilishini yuqorida aytib o’tilgan. Lekin avtomobil ish mobaynida ko’p vaqt nisbatan katta tezlik bilan to’g’ri uzatmada harakatlanadi. Demak, to’g’ri uzatmada, dvigatel validagi burovchi moment o’zgarmasdan, ya’ni avtomobilning yura olishga yetarli bo’lmagan holda yetakchi g’ildiraklarga uzatilgan bo’lar edi. Shu sababli avtomobilning yetakchi g’ildiraklaridagi burovchi momentni (aylanishlar chastotasini kamaytirish hisobiga) zarur miqdorga oshirish uchun transmissiyaga asosiy uzatma kiritiladi.
Asosiy uzatma – uzatayotgan burivchi momentni doimiy oshiruvchi shesternyali mexanizm. Asosiy uzatma uzatish soni uzatmalar qutisini ixcham, kardan uzatmani kam yuklanishli qiladi.
Asosiy uzatmaning uzatish soni asosan dvigatelning quvvatiga va tezyurarligiga, shuningdek, avtomobilning massasi va qanday ishga mo’ljallanganligiga bog’liq bo’lib, u yuk avtomobillarida 6,5…9,0; yengil avtomobillarda esa 3,5…5,5 oralig’ida bo’ladi.
Asosiy uzatmalar ilashishdagi tishli g’ildiraklarning soniga qarab yakka yoki qo’shaloq bo’lishi mumkin.
Yakka uzatma bir juft tishli g’ildirak (shesternya)dan, qo’shaloq uzatma esa ikki juft tishli g’ildirak (shesternya)lardan iborat.
Yakka asosiy uzatmalar konussimon, gipoidli, chervyakli va silindrik turlarga bo’linadi (4.2-rasm).
Qo’shaloq uzatmalar esa, odatda, bir juft konussimon va bir juft silindrik tishli g’ildiraklardan tashkil topib, ular o’z navbatida ko’prik o’rtasida yaxlit joylashgan
– markaziy uzatma yoki ikki qismga bo’lingan, ajratilgan uzatma bo’lishi mumkin. Yakka uzatmalar ko’pincha yengil yoki o’rta yuk avtomobillarida qo’llaniladi. Dvigateli oldida va yetakchi ko’prigi orqada joylashgan kompanovkali avtomobillarda konusli yoki gipoidli uzatmalar ishlatiladi. Komponovkasi old yuridmali bo’lgan yengil avtomobillarda (Nexia, Tico, Matiz) silindrik uzatmalar
qo’llanilmoqda.

4.2-rasm. Yakka asosiy uzatmalar sxemasi:


a-konussimon; b-gipoidli; d-chervyakli; e-silindrik; 1-yetakchi shesternya; 2- yetaklanuvchi shesternya; 3-chervyak; 4-chervyakli shesternya; 5-yetakchi val; 6- yetakchi shesternya; 7-yetaklanuvchi shesternya; 8-differensial.
Yakka asosiy uzatmalar uzatish soni odatda yengil va o’rta yuk avtomobillarida qo’llaniladi. Uzatishlarining soni oltigacha bo’ladi.
Konussimon asosiy uzatmaning yetakchi (1) va yetaklanuvchi (2) shesternyalar o’qlari bir tekislikda bo’ladi.
Gipoidli asosiy uzatma yetakchi (1) va yetaklanuvchi (2) shesternyalar o’qlari bir tekislikda yotmaydi. Yetakchi shesternya o’qi yetaklanuvchi shesternya o’qidan (4.2e-rasm) masofaga siljigan bo’ladi. Gipoidli asosiy uzatma konussimonga nisbatan gabariti kichik, shovqini past bo’ladi.
Chervyakli asosiy uzatmada katta uzatish sonini olish mumkin. Uning foydali ish koeffitsienti nisbatan past.
Silindrik asosiy uzatma dvigateli ko’ndalang joylashgan old yuritmali yengil avtomobillarda qo’llaniladi. Silindrik asosiy uzatma, dvigateli ko’ndalang joylashgan old yuritmali yengil avtomobillarda (Nexia, Tico, Matiz, Lasetti) qo’llaniladi.
Qo’shaloq asosiy uzatmaning uzatish sonini ikki juft shesternyalar uzatish sonlari ko’paytmasiga teng. Qo’shaloq asosiy uzatma hisobiga gabarit kichik bo’ladi.
Komponovkasiga ko’ra ular markaziy va ajratilgan turlarga bo’linadi.

4.3-rasm. Qo’shaloq markaziy asosiy uzatmalar sxemasi: 1-yetakchi konussimon shesternya; 2-yetaklanuvchi konussimon shesternya; 3-yetakchi silindrik


shesternya; 4-oraliq val; 5-yetaklanuvchi silindrik shesternya; 6-defferensial; 7- yarim o’qlar.
Qo’shaloq markaziy asosiy uzatmada ikki juft shesternyalar bir karterda joylashtiradi.
Qo’shaloq ajratilgan asosiy uzatmalarda bir juftlik shesternya markazda, ikkinchi juftlik g’ildirakda joylashtiriladi. G’ildirakdagi planetar reduktor shakli keng tarqalgan (4.4-rasm).

4.4-rasm. Qo’shaloq ajratilgan asosiy uzatmalar sxemasi (a) va chizmasi (b).
1-markaziy konussimon juft; 2-yarim o’q; 3-ko’prik qobig’i; 4-g’ildirak; 5- toj(koronnaya) shesternya; 6-o’q; 7-satelit; 8-quyosh shesternya.
Burovchi moment markaziy konussimon juftda (1) yarim o’qqa (2) uzatiladi. Uning shesternyasidan (8) burovchi moment ko’prik qobig’iga (3) mahkamlangan o’qda (6) erkin o’rnatilgan satelitlar (7) orqali toj shesternyaga (5) va g’ildirakka (4) uzatiladi.
Qo’shaloq ajratilgan asosiy uzatma differensial va yarim o’qlar yuklanishini kamaytiradi, yetakchi ko’prik o’rta qism gabaritini kamaytiradi. Ko’prik bilan yo’l oralig’i kattalashadi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish