Andijon mashinasozlik instituti transport va logistika fakulteti MM TX yo’nalishi K-31-20 guruh talabalari Otamirzayeva Moxinbonu va Mannopova Jumagulning toksikologiya asoslari fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi
MAVZU: Zaharlarning toksikologik sabablari va tasnifi Reja: 1. Umumiy ma’lumotlar. 2. Zaharlanishning toksikologik sabablari. 3. Zaharlarning tasnifi.
Umumiy ma’lumotlar. Kimyo sanoati rivojlanishi bilan birga barcha mamla- katlarda ko’pdan-ko’p zaharli ta’sir etuvchi sintetik birikmalar paydo bo’la boshladi. Bunday birikmalar- ning sanoatda, qishloq va xalq xo’jaligida, tibbiyotda va turmushda qo’llanilishi esa toksik vaziyat deb ataluvchi, inson salomatligiga zararli, ekologik xavf tug’diruvchi yangi xavfli holatni vujudga keltiradi. Oxirgi 10 yillikda 6 milliondan ortiq kimyoviy birik- malar yig’ilib qolishi natijasida kuchli zaharlanish hol- lari butun dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti bergan bayonotida ko’rsatilishicha 80-yillarda G’arbiy Yev- ropada vafot etgan har 1000 kishidan 165 kishi kuchli
zaharlanishdan hayotdan ko’z yumgan bo’lsa,90-yillarda bu ko’rsatkich ikki hissa ortdi. Bu esa har xil yuqumli kasalliklar va tuberkulez tufayli o’lganlar sonidan ancha ko’pdir. Kuchli zaharlanish tufayli o’lganlar yiliga o’rtacha aholi hisobiga olganda Italiyada 2 kishi, Portugaliyada 2 kishi, Kanadada 6 kishi, AQSH da 8 kishi, Angliyada 10 kishi, Shveytsariyada13 kishini tashkil qiladi.Kuchli zaharlanish ayniqsa bolalar orasida tez ko’paymoqda: masalan yiliga har 500 000 bola hisobiga o’rtacha olganda AQSHda yuqumli kasalliklardan halok bo’lganlar sonidan zaharlanib o’lganlar soni 2 baravar ortiqdir.
Zaharlarning toksikologik sabablari. Hozirgi kunda eng ko’p zaharlanishlar sodir bo’lishiga sabab bo’layotgan 500dan ortiq zaharli birikmalar mavjud. Ayrim mamlakatlarda bunday moddalarni asr epidemiyasi deb atalmoqda. Kuchli zaharlanish hollari asosan tasodifiy ( bilmagan holda ) va bilib turib o’z-o’zini davolash, o’z-o’zini zaharlash maqsadida turli kimyoviy birikmalarni iste’mol qilish natijasida sodir bo’lmoqda. Dunyoning mamlakatlarida turmushda bilgan yoki bilmagan holda zaharlanish tobora ko’payib bormoqda va bu hol umumiy zaharlanishning 98% ni tashkil etadi. Sanoatda, kasbga uzviy bog’liq holda sodir bo’lgan
Alkogolizm va toksikomaniya kuchli zaharlanish hollarida asosiy o’rinni egallaydi. AQSHda hozirgi kun- da 4,5% aholi alkogolizm va 25% ga yaqin aholi esa narkomaniyaga mahkum.
Boshqa sabablar bilan zaharlanishlar ichida o’z-o’zini davolash va homiladorlikdan qutulishga urinishlar oqibatida zaharlanishlar asosiy o’rinni egallaydi.
Bolalar orasida zaharlanishlarning ko’pchiligi dorivor va zaharli kimyoviy birikmalarni noto’g’ri saqlash oqi-batida sodir bo’ladi. Dunyodagi boshqa davlatlar kabi bizning mamlakatimizda ham klinik ko’rinishda kuchli zaharlanish tez-tez uchrab turadi. Moskva shahar tez tibbiy yordam markazining axboroti bo’yicha umumiy tez yordam chaqiriqlarining 3-5% ga yaqini zaharlanish hissasiga to’g’ri keladi.Shundan 80% zaharlanish qasddan va 2% zaharlanish kasbga oid zaharlanishga to’g’ri keladi.
Zaharlarning tasnifi
Kuchli zaharlanish bilan toksikologik markazga davola-
Bizning mamlakatimizda bolalar zaharlanishi 8% atrofida, shulardan 1% ga yaqini o’lim bn tugaydi.
Kattalar orasidagi zaharlanishning 12-15% ga yaqini o’limga sababchi bo’ladi. Sobiq Ittifoq sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi sud-tibbiy ekspertizasi 1978-yilda bergan ma’lumotlariga ko’ra umumiy zaharlanib o’lganlarning 63% etil spirtiga, 15,5% is gaziga, 6,3% sirka essentsiyasiga, 4% dori moddalariga, 3,1% zaharli ximikatlar hisobiga to’g’ri keladi. Klinik toksikologiyaning asosiy vazifasi tashxis qo’- yish, davolash va zaharlanishning oldini olish ishlarini tashkil etishdan iborat. Zaharli birikma va kishi a’zolari o’zaro ko’p sabablar bilan bog’liq, bu bog’liqlik zaharli birikma va jabrlanuvchi holatiga ham tegishli bo’ladi.
1. Zahar va zaharlanuvchi holatiga bog’liq bo’lgan asosiy sabablar: a) fizik-kimyoviy holat; b) zaharli birikma dozasi va organizmga tushgan modda miqdori (konsentratsiyasi); d) organizmda tarqalishi; e) moddaning kimyoviy tozaligi va yot moddalar bilan birga bo’lishi. 2. Qo’shimcha sabablar: a) organizmga tushish tezligi va yo’llari; b) zaharli birikmalarni organizmning biror qismida to’p lanishi (кумуляция) yoki organizmni zaharga o’rganishi (привыкание); d) boshqa dori va zaharli birikma bilan birgalikda ta’siri
e) ko’rish va ta’m sezgirligi; f) jabrlanuvchining vazni va ovqatlanish tarzi; g) jinsi; h) yoshi; i) allergiya yoki toksikomaniyaga moyilligi; j) jabrlanuvchining umumiy sog’ligi. XULOSA Shunday qilib, har qanday zaharlanish organizm va zaharli birikma orasidagi juda murakkab o’zaro ta’sir, hamda tashqi muhitdagi ko’pdan-ko’p sharoitlar bilan uzviy bog’liq ekanligini o’rgandik.