Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


-mavzu. Mahsulot, tovar (ish, xizmat) lar va ularni sotish hisobi



Download 0,74 Mb.
bet85/195
Sana06.05.2023
Hajmi0,74 Mb.
#935981
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   195
Bog'liq
Бухгалтерия ҳисоби - дарслик 2019

8-mavzu. Mahsulot, tovar (ish, xizmat) lar va ularni sotish hisobi

  1. Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning baholanishi va ularni hisobga olish vazifalari. Mahsulotni yuklab jo’natish va sotish jarayonini hujjatlarda rasmiylashtirish.

  1. Ishlab chiqarilgan mahsulotning sintetik va ombordagi hisobi.

  1. Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan tushum hisobi. Xaridor va buyurtmachilardan olingan avanslar hisobi. Tovarlarni sotishdan olingan tushum hisobi. Ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatishdan tushum hisobi. Tovarlar eksporti bo’yicha xisob-kitoblar hisobi.


        1. Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning baholanishi va ularni hisobga olish vazifalari. Mahsulotni yuklab jo’natish va sotish jarayonini hujjatlarda rasmiylashtirish

Ishlab chiqarish jarayonining pirovard mahsuli bo’lib tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Tayyor mahsulotlar – bu mazkur korxonada ishlab chikarish texnologik jarayonining barcha boskichlaridan utgan, qaytadan ishlashni talab qilmaydigan, standartlar va texnik shartlarga to’liq javob beradigan, texnik nazorat bo’limi (TNB) yoki maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan va korxona omboriga topshirilgan yoki buyurtmachi tomonidan qabul qilingan buyum va mahsulotlardir.
Korxona sotish hajmi bilan bir qatorda foyda summasini ham rejalashtiradi, chunki mahsulotning sotish (shartnoma) narxi belgilanganda uning tarkibiga ma’lum summada yoki foizda foyda (daromad) summasi ham kiritiladi. Agar shartnoma (reja) bo’yicha sotishga tegishli mahsulotlar miqdorini shartnoma bahosiga ko’paytirsa reja bo’yicha ularni sotish qiymati kelib chiqadi, foyda foiziga qarab esa reja foyda summasi hisoblab chiqiladi. Bu byudjetga foydadan bo’nak ajratmasini to’lash uchun baza bo’lib hisoblanadi.
Korxona aylanma mablag’ining tarkibiy qismi hisoblangan tayyor mahsulotlar UzR 4- sonli «Tovar moddiy zaxiralar» BHMS ning 7- bandiga binoan quyidagilarning eng kam bo’yicha baholanishi kerak: tannarxida yoki sof sotish qiymatida.
Tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisobot davri tugagandan so’ng, ya’ni mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha xarajatlar hisobga olib, umumlashtirilgandan so’ng aniqlash mumkin. Biroq mahsulotlarning harakati har kuni sodir bo’ladi, shuning uchun joriy hisobda mahsulotni shartli bahoda baholash kerak. Tayyor mahsulotlar harakatining kundalik hisobi ishlab chiqarish reja tannarxida yoki korxonaning shartnoma baholarida yoki hisob bahosi deb nomlanadigan chakana jo’natish baholarida yuritiladi.
CHunonchi, mahsulot birligining reja tannarxi korxona reja bo’limida ishlab chiqiladi. U oy oxirida tayyor mahsulotlarning guruhlari bo’yicha farq summasini yoki foizini hisoblash yo’li bilan haqiqiy tannarxga yetkazib qo’yiladi. Farq summasi va foizi mahsulotning oy boshiga qoldig’i hamda uning oy davomidagi kirimiga qarab hisoblab chiqiladi. Farqi tejalganligini yoki korxona tomonidan ortiqcha xarajatga yo’l qo’yilganligini ko’rsatadi va shuning uchun ishlab chiqarish jarayonidagi uning ish natijalarini tavsiflaydi. Tayyor mahsulotlar qaysi schetlarda hisobga olingan bo’lsa, farqlar ham shu schetlarda tejalgan bo’lsa qizil siyohda storno (qayta yozuv) qilib, ortiqcha xarajat bo’lsa - oddiy siyohda aks ettiriladi. Farq foizi va jo’natilgan mahsulotning reja tannarxi sotilgan hamda ombordagi oy oxiriga qolgan mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi.
Hisobda tayyor mahsulotlarga boshqa baholar qo’llanilsa ham farq summasi va foizi shu tartibda hisoblanadi.
Tayyor mahsulotlar harakati hisobini to’g’ri tashkil etishda ularning nomenklaturalarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Mahsulotlar nomenklaturasi – ushbu korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar turlari nomlarining ro’yxatidir. Mahsulotlar nomenklaturasini tuzishda bir buyumni ikkinchisidan ajratib olish imkoniyatini beradigan tayyor mahsulotlarning ma’lum belgilariga qarab qilingan tasnif asos bo’ladi. Nomenklatura raqami turli miqdordagi raqamlar bilan belgilanishi mumkin. Korxona nomenklaturalaridan quyidagi xizmatlarda:

  1. Dispetcherlar – mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat qilish uchun.

  2. TSexlar – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini nazorat qilish uchun va tayyor mahsulotlarni omborga topshirishda nakladnoylar yozish uchun.

  3. Marketing bo’limi – mahsulot jo’natish shartnomasining bajarish imkoniyati ustidan nazorat qilish uchun.

  4. Buxgalteriya – analitik hisob, svodkalar va hisobotlar tuzish uchun foydalanishi mumkin.

SHuning uchun korxonalarning buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulotlar, ularni yuklash va sotish hisobi alohida o’rin tutib, uning vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, ularning zaxiralari holati hamda omborda saqlanishi, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar ustidan uzluksiz nazorat qilish.

  2. Yuklangan va jo’natilgan mahsulot (ish, xizmat) larni o’z vaqtida va to’g’ri hujjatlashtirish, xaridorlar bilan olib boriladigan hisob– kitoblarni aniq tashkil etish.

  3. Sotilgan mahsulotlarning hajmi va assortimenti bo’yicha mahsulot jo’natish shartnoma rejasining bajarilishi ustidan nazorat qilish.

  4. Sotilgan mahsulot uchun olinadigan mablag’lar summasini, mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan haqiqiy xarajatlarni, foyda summasini o’z vaqtida va aniq hisoblab chiqish hamda moliyaviy, statistik hisobotlarda ishonchli ravishda aks ettirilishini ta’minlash.

Bu vazifalarning bajarilishi korxonaning bir tekisda ishlashi, sotish hamda ombor xo’jaligini to’g’ri tashkil qilish, xo’jalik operatsiyalarini o’z vaqtida va to’g’ri hujjatlashtirishga bog’liq.
Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasidan omborxonaga o’tkazish jarayonida quyidagi dastlabki hujjatlar rasmiylashtiriladi:

  1. Qabul qilish – topshirish yuk xatlari.

  2. Dalolatnomalar.

  3. Rejalar.

  4. Kartalar.

Tayyor mahsulotlarni yuklab jo’natish o’z ichiga ikkita hujjatni – omborga buyruq va jo’natish uchun yuk xatini oladi. Omborga buyruqni xaridorlar bilan tuzilgan sharnoma shartlariga asosan mol oluvchining nomi, uning kodi, mahsulotning miqdori va assortimenti hamda jo’natish muddati ko’rsatilganligini tegishli xizmat bo’limi yozib beradi. Bu hujjat tegishli xizmat boshlig’i, omborchi va ekspeditor tomonidan imzolanadi.
Buyruq – yuk xati (nakladnoy) ikki nusxada tuzilib, birinchisi tovar – transport nakladnoyiga binoan jo’natilgan o’rin miqdorini, yukning og’irligini va mol oluvchining bekatigacha mahsulotni yetkazib berish bo’yicha to’langan temir yo’l tarifi summasini ko’rsatish uchun ekspeditorga beriladi. Ikkinchi nusxasi molning jo’natganligi to’g’risida asos bo’lib omborchida qoladi. Unga binoan ombor hisobi kartochkasining «chiqim» grafasiga jo’natilgan mahsulotning miqdorini yozib qo’yadi va hujjat buxgalteriyaga topshiriladi.
Ekspeditor mahsulotni transport tashkilotiga topshirib, undan yukni qabul qilib olinganligi to’g’risida kvitantsiya oladi. Mahsulot jo’natilgandan keyingi kuni ekspeditor buyruq – nakladnoyini va transport tashkilotining kvitantsiyasini mol oluvchining nomiga to’lov talabnoma – topshiriq yoki boshqa hujjat yozish uchun buxgalteriyaga topshirishi shart. SHu bilan bir vaqtda schet – faktura ham yoziladi.
To’lov talabnomasida jo’natilgan tovarning assortimenti, miqdori, sotish (shartnoma) bahosi va qiymati ko’rsatiladi, bunday holda schet faktura to’lov talabnomasiga albatta ilova qilinishi kerak.
To’lov talabnomasi mol oluvchining hisob – kitob schetidan schet – fakturaga asosan yuklab yuborilgan mahsulot qiymatini o’tkazib berishi to’g’risida mol yuboruvchining bankka bergan buyrug’i bo’lib hisoblanadi.
Schet – faktura yoki to’lov talabnomasininig alohida qatorida mol oluvchilar tomonidan to’lanadigan idish va o’rama qiymati hamda temir yo’l tarifi ko’rsatiladi. Ayrim hollarda mol yuboruvchining to’laydigan temir yo’l tarifi to’lanmalar summasiga qo’shilishi mumkin, QQS summasi alohida qatorda ko’rsatiladi.
Mahsulotlarni bir me’yorda ishlab chiqarish xaridorlarga mahsulot jo’natish shartnoma majburiyatlarini, mahsulotni o’z vaqtida sotish, barcha hisob – kitob va to’lovlarni bajarilishini ta’minlaydi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi 2810 -«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schetini debeti va 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schetini krediti bo’yicha aks ettiriladi. 2810- «Ombordagi tayyor mahsulotlar» scheti aktiv inventarь schyot bo’lib, uning salьdosi, ya’ni qoldig’i korxonaning ombordagi mahsulotlar qoldig’ining haqiqiy tannarxini ko’rsatadi; debet oboroti – asosiy ishlab chiqarishdan qabul qilingan mahsulotlarning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxini, shuningdek mol oluvchilar tomonidan qaytarilgan mahsulotlar summasini, kredit oboroti hisobot oyida xaridorlarga yuklab jo’natilgan mahsulotlar, ya’ni sotilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ko’rsatadi.
2810 “Ombordagi tayyor mahsulot” schetning to’liq ma’lumotlari ikki bahoda – haqiqiy va hisob bahoda olinadi. Bu oy oxiriga bo’lgan tayyor mahsulotlarning umumiy hajmidagi haqiqiy xarajatlar salmog’ini (oy boshiga qoldiq plyus mahsulotning kirimini ularning hisob bahosiga nisbati) topish uchun zarur. Agar shu foiz 100 ga teng bo’lsa, demak, haqiqiy xarajatlar rejaga teng ekanligi; agar foizi 100 dan kam bo’lsa, korxona mahsulot tannarxining pasayganligini, natijada ushbu mahsulotni sotishdan u rejadan ortiq foyda olganligini; agar shu foiz 100 dan ortiq bo’lsa, korxona kalьkulyatsiya moddalari bo’yicha me’yorga nisbatan ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yganligini va bu o’z navbatida, foydani kamaytirganligini ko’rsatadi.
SHu jami mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ularning hisob (reja) tannarxiga bo’lgan foiz nisbati buxgalteriya tomonidan hisobot oyida yuklab jo’natilgan, xaridorlar tomonidan qaytarilgan va oy oxiriga qolgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash uchun foydalaniladi.
Oy oxiriga qolgan mahsulotlar haqiqiy tannarxini aniqlashning zaruriyati shundaki, uni Bosh daftar bilan taqqoslash mumkin, omborlardagi qoldiqlarni hisobga olish daftari bilan esa hisob bahosidagi qoldiq taqqoslanadi.
Tayyor mahsulotlarning ombordagi hisobi operativ – buxgalteriya usulida yuritiladi ya’ni mahsulotlarning har bir nomenklatura raqamiga materiallarning ombor kartochka hisobi (17-M shakli) ochiladi. Tayyor mahsulotlarni kirimi va chiqimiga qarab omborchi hujjatlarga asosan kartochkalarga qiymatliklar miqdorini (kirim, chiqim) yozib qo’yadi hamda har bir yozuvdan keyin qoldig’i chiqariladi.
O’tgan sutka ichida omborda yig’ilib qolgan hujjatlar (qabul qilish – topshirish nakladnoylari, buyruq- nakladnoylar, tovar- transport nakladnoylari) ni buxgalter har kuni qabul qilib boradi. Ombor hisobining to’g’ri yuritilishi buxgalterning ombor hisobi kartochkasiga qo’yilgan imzosi bilan tasdiqlanadi.
Moddiy – javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalariga asosan har oyda tayyor mahsulotlar nomenklaturalari, o’lchov birligi, miqdorini ko’rsatib tayyor mahsulotlar qoldig’ini hisobga olish qaydnomasini to’ldiradi va uni buxgalteriyaga topshiradi. Buxgalteriyada hisob bahosi bo’yicha taksirovka qilinadi va buxgalteriya ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
Tayyor maxsulotlarni ishlab chikarishdan omborga topshirish kabul kilish, topshirish yukxatlari bilan rasmiylashtiriladi va bunday hujjatlarda quyidagilar ko’rsatiladi:

  1. Maxsulotni topshirayotgan tsexning nomi.

  2. Uni kabul kilayotgan ombor.

  3. Maxsulotning nomenklatura kodi-rakami va nomi.

  4. O’lchov birligi.

  5. Maxsulotning nomi.

  6. Topshirish sanasi.

  7. Javobgar shaxslarning imzolari.


        1. Ishlab chiqarilgan mahsulotning sintetik va ombordagi hisobi.

Tayyor mahsulotlar harakatining sintetik hisobi 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar» schetida yuritilib, u mavjud tayyor mahsulotlar va ularning harakati to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. Bu schetning debetida omborga tushgan mahsulotlar, kreditida esa ombordan jo’natilgan mahsulotlar aks ettiriladi.


Hisoblash usulida mol oluvchilarga mahsulot yuklab jo’natilganda, sotilgan mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 9110 -«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi» scheti
Kt 2810 -«Ombordagi tayyor mahsulotlar» scheti.
Yuklab jo’natilgan mahsulotning shartnoma (sotish) qiymatiga
Dt 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schetlar» scheti
Kt 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» scheti kabi yozuv amalga oshiriladi..
Yuklab jo’natilgan mahsulotlar harakatining hisobi maxsus registr, ya’ni qaydnomaning alohida bo’limida yuritiladi. Bu qaydnomaning ikkinchi bo’limida jo’natilgan, sotilgan mahsulotlar, material qiymatliklar, xizmatlar va xaridorlar bilan hisoblashishlarning analitik va sintetik hisobi o’z ifodasini topgan. Jo’natilgan va sotilgan mahsulotlar analitik hisobi ularning natural ko’rinishdagi turlari bo’yicha yoki to’lov hujjatlari bo’yicha ikki bahoda – haqiqiy tannarxda va sotish narxida tashkil etiladi.
SHuni ham aytish kerakki, oy boshiga va oy oxiriga to’lanmay qolgan, hisobot oyida jo’natilgan, xaridorlar tomonidan qaytarilgan va sotilgan mahsulotlarning umumiy miqdori ham hisobga olinadi. Qaydnomani to’ldirish uchun oldingi oyning qaydnomasi (to’lanmagan mahsulotning oy boshiga qoldig’i), to’lov hujjatlari, hisobot oyida jo’natilgan mahsulotlarga buyruq – yuk xatlari (nakladnoylari), shuningdek, korxonaning hisob – kitob schetidan olingan bankning ko’chirmalari asos bo’lib hisoblanadi. Mol oluvchi hisobidan chek bilan to’langan temir yo’l tarifi qaydnomada alohida ko’rsatiladi, chunki u mahsulot sotish hajmiga kiritilmaydi.
Qaydnomada quyidagi ma’lumotlar o’z ifodasini topadi: oy davomida ombordan yuklab jo’natilgan mahsulotlarning assortimenti va qiymati bo’yicha miqdori; transport xarajatlari summasi; qo’shilgan qiymat solig’i summasi; schet – to’lov hujjatlari bo’yicha olishga tegishli summa; xaridorlar bilan hisob – kitoblar holati; mahsulot uchun hisobot oyida tushgan summalar to’g’risidagi ma’lumotlar va transport xarajatlarini qoplanishi va boshqa ma’lumotlar. Qaydnomada to’langan, hisobdan chiqarilgan, to’lanmagan va hisobdan chiqarilmagan summalar to’g’risidagi yig’ma ma’lumotlar aks ettiriladi.
To’langan, hisobdan chiqarilgan, to’lanmagan va hisobdan chiqarilmagan summalar bo’yicha yig’ma ma’lumotlar.
A. Korrespondentlanuvchi schetlar bo’yicha to’lanishi va hisobdan chiqarilishi
so’m

Debet-lanuvchi
Schet

Kreditlanuvchi va debetlanuvchi schetlar

Jami

joriy oy uchun qaydnoma bo’yicha

o’tgan oy uchun qaydnoma bo’yicha

5110 -
4010 -



2810-schetning kreditidan (mahsulot sotish bo’yicha oborot shaklida aks ettirilmagan summa) quyidagi schetlarning debetiga: «Hisob-kitob scheti»
9010-schetning kreditidan quyidagi schetlarning debetiga: «Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar»

9600

726272








Jami

735872



B. Mahsulotni qaytarilishi bilan bog’liq bo’lgan taqdim etilgan summalarni kamaytirish tartibidagi hisobdan chiqarishlar.


V. Hisob guruhlari bo’yicha to’lanmagan va hisobdan chiqarilmaganlar.
so’m

Hisob guruhlari

Tayyor mahsulot uchun

Transport xarajatlari

To’lanmadi:







Joriy oy uchun qaydnoma bo’yicha

110600

1380

Oldingi oy uchun qaydnoma bo’yicha







SHu jumladan:







Mahsulot xaridorning mas’uliyatli saqlashida qolganligi uchun hisobdan chiqarilmadi:







Joriy oy uchun qaydnoma bo’yicha







Oldingi oy uchun qaydnoma bo’yicha







Joriy oy uchun 3 – jadval bo’yicha jami 847852

Sotishdan tushumni hisobgaolish maqsadida xo’jalik sub’ekti asosiy faoliyati yo’nalishi va xususiyatidan kelib chiqib, 9010 «Mahsulot sotishdan tushum», 9020 «Tovarlar sotishdan tushum» va 9030 «Xizmatlar ko’rsatish, ishlar bajarishdan olingan tushum» schetlari mo’ljallangan. Mazkur schyotlarning kreditida 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schetlar» scheti bilan korrespondentlashgan holda mahsulot (ish va xizmat) lar sotishdan tushadigan sof tushum aks ettiriladi. Bu schetlarda xaridorlarga jo’natilgan mahsulot (ish va xizmat) lar bo’yicha hisoblangan aktsiz solig’i va QQS summalari aks ettirilmaydi, balki quyidagi o’tkazma bilan 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schetlar» schetida aks ettiriladi:


D-t 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schetlar» (jo’natilgan mahsulotlar uchun, aktsiz solig’i va QQS summasi qo’shilgan holda, xaridorlardan olinadigan jami summaga)
K-t 6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)»
(hisoblangan aktsiz soli-i va QQS summasiga)
K-t 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar»
(mahsulot sotishdan tushadigan sof tushumga).
Mahsulot xaridorga yuklab jo’natilganda aks ettirilgan tushum, ya’ni daromad summasi ayrim hollarda qayta ko’rib chiqiladi hamda tuzatishlar kiritiladi. Bunday tuzatishlar ishlab chiqaruvchi tomonidan sotish bo’yicha chegirmalar berilganda yoki xaridor tomonidan Mahsulotlar qaytarilganda amalga oshiriladi. Mahsulotlar shartnoma shartlari bajarilmaganligi, ya’ni ularning sifati talabga javob bermaganligi, kelishilgan Mahsulot turlari jo’natilmagan bo’lsa yoki boshqa shunga o’xshash hollarda qaytariladi. Buning natijasida sotishdan tushum kamayishi aks ettirilishi lozim. Tushumni aks ettiruvchi 9010-schyotda mazkur jarayonni aks ettirish to’liq ochib berish tamoyiliga to’-ri kelmaydi. To’liq ochib berish tamoyiliga binoan sotishning umumiy hajmi, sotish bo’yicha berilgan chegirmalar hamda Mahsulotlarning xaridorlardan qaytarilish hollari hisob tizimida to’liq aks ettirilishi lozim. SHunga binoan sotishni aks ettiruvchi schyotga qarama qarshi ishlatiluvchi kontr schyotlar ishlatiladi. SHartnomalar bo’yicha berilgan chegirmalar 9050-«Savdo chegirmalari» schyotining debetida), qaytarilgan Mahsulot yoki tovarlar esa 9040 –«Qaytarilgan tovarlar (Mahsulotlar)» schyotining debetida aks ettiriladi:
A) Debet 9050-«Savdo chegirmalari»
Kredit 4010 Olinadigan schyotlar
B) Debet 9040 –«Qaytarilgan tovarlar (Mahsulotlar)»
Kredit 6960 «Da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar»
V) Xaridorga summalar qaytarilganda:
Debet 6960 «Da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar»
Kredit 5110 Hisob-kitob schyoti
Hisobot davri oxirida sotish bo’yicha ma’lumotlar umumlashtirilib, ularni moliyaviy natijalarni aniqlash maqsadida 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga olib borish kerak:

  1. Debet 9010 Mahsulot sotishdan tushum

Kredit 9910 Yakuniy moliyaviy natija

  1. Debet 9910 Yakuniy moliyaviy natija

Kredit 9040 yoki 9050 sotilgan Mahsulotlarning qaytarilishi yoki berilgan chegirmalar
SHunday qilib, moliyaviy hisobotga kiritiladigan tushum summasi sof tushumdan iborat bo’lib, u quyidagi matematik formulaga asoslangan:

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish