Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


Dt «Yakuniy moliyaviy natija» Kt



Download 0,74 Mb.
bet102/195
Sana06.05.2023
Hajmi0,74 Mb.
#935981
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   195
Bog'liq
Бухгалтерия ҳисоби - дарслик 2019

Dt «Yakuniy moliyaviy natija»
Kt «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi»
Agar hisobot davri yakuniga ko’ra umumiy moliyaviy natija zarar bilan chiqsa, unda buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo’ladi:
Dt «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi»
Kt «Yakuniy moliyaviy natija»
Taqsimlanmagan foyda hisobidan xo’jalik yurituvchi subьektlarda «Zahira kapitali» tashkil qilinishi mumkin. Bu xo’jalik muomalasi bilan bog’liq buxgalteriya yozuvi avvalroq keltirilgan. Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi hisobidan aktsionerlarga dividendlar hisoblanishi mumkin.
Dividend foydaning soliqlar va majburiy to’lovlar to’langanidan, qayta investitsiya amalga oshirilganidan keyin aktsionerlar jamiyati ixtiyorida qoladigan va aktsionerlar o’rtasida taqsimlanishi kerak bo’lgan qismi. Jamiyat aktsiyalarining har bir turi bo’yicha e’lon qilingan dividendlarni to’lashi shart. Aktsionerlar jamiyati umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra divi­dendlar naqd pul yoki kushimcha aktsiya chiqarish bilan to’lanishi mumkin. Amaldagi qonunchilikka asosan Aktsionerlik jamiyati yilning har choragi, har yarim yil yoki yil yakuniga ko’ra divi-dend to’lash bo’yicha qaror qabul qilishga haqlidir. Pul dividendlari jamiyat sof foydasining aktsionerlarga pul shaklida taqsimlanishini bildiradi.
Misol. 2004 yilning 26 may kuni aktsionerlar yig’ilishi qaroriga asosan kompaniyaning 2003 yil yakuniga ko’ra olingan 2000000 so’mlik foyda hisobidan 15% lik pul dividendlari to’lash to’g’risida qaror qabul qildi. Dividendlar 2003 yilning 10 iyunyunidan boshlab to’lanadi.
2004 yil 26 may, dividendlar hisoblanishi muomalasiga
Dt «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi» 300000
Kt «To’lanadigan dividendlar» 300000
2004 yil 10 iyun, dividendlar to’lanishi muomalasiga
Dt «To’lanadigan dividendlar» 300000
Kt «Pul mablag’lari» 300000
Aktsiyalar bilan to’lanadigan dividendlar kompaniya aktivlari yoki majbu-riyatlarining o’zgarishlarga olib kelmaydi, ular faqat kapital tuzilishining o’zga-rishiga sabab bo’ladi. Aktsionerlik jamiyatining boshqaruv kengashi quyidagi maqsad-larda aktsiyalar bilan to’lanadigan dividendlarni e’lon qilishi mumkin:
kompaniya joriy aktivlarini tejash;
muomaladagi aktsiya miqdorini ko’paytirish orqali aktsiyalarning bozor bahosini tushirish;
ikki karrali soliqqa tortishdan qutilish, chunki taqsimlanmagan foydani bunday tarzda taqsimlanishi daromad hisoblanmaydi va tegishli tartibda soliqqa tortilmaydi;
jamiyatning to’langan kapitalini taqsimlanmagan foyda mablag’lari hiso-bidan ko’paytirish.
Aktsiyalar bilan to’lanadigan dividendlar summasi balansda «Taqsim­lanmagan foyda» moddasidan «Ustav kapitali» va agar aktsiyalar nominal qiymatdan yuqori baholarda sotilsa, «Qo’shilgan kapital» moddasiga o’tkaziladi.
Misol. Aktsionerlik jamiyati 200x yil uchun dividendlar e’lon qilingunga qadar nominal qiymati 1000 so’m bo’lgan va to’liq joylashtirilgan 10000 ta aktsiyadan tashkil topgan hamda uning kapitali shunday tarkibga ega bo’lgan, so’m
Ustav kapitali 10000000
Qo’shilgan kapital 3000000
Taqsimlanmagan foyda 2000000
Jami Aktsionerlik kapitali 15000000
200x yilning 22 aprelida aktsionerlar yig’ilishi 15 martgacha ro’yxatdan o’tgan aktsionerlar o’rtasida taqsimlanishga mo’ljallangan muomalada bo’lgan aktsiyalar soniga nisbatan 10% miqdorida aktsiyalar bilan to’lanadigan dividendlarni e’lon qildi. 12 aprelda aktsiyalarning bozor qiymati 1200 so’mni tashkil etdi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish