1-Rasm. a- mo‘rt sinish; b- yumshoq sinish; v- toliqish sinish.
Shlif yordamida makroanaliz qilish
Ko`pincha makro analizda, singan yuzani emas balki makroshlif tayyorlab xam tekshiriladi. Buning natijasida kimyoviy tarkibining notekisligi va tuzilishi (strukturasi), deformatsiyadagi qatorsimonligi, payvandlash sifatini aniqlash mumkin.
Likvatsiya natijasida ko`ndalang kesim bo`yicha kimyoviy tarkib notekis bo`ladi. Bu xodisa ko`proq quyma detallarda ro`y beradi. Plastik deformatsiya natijasida oltingugurt, forsfor va uglerod yuza bo`ylab tekis tarqalmaydi va qatorsimon xolda joylashadi.
Bu holni aniqlash uchun 10-15% SuNH2Clkislotaning suvdagi eritmasiga botirib olamiz (travit ) buning natijasida po`lat namunaning, temir yuzadan eritmaga mis esa o`rniga o`tadi va temirni erishdai saqlaydi. Natijada uglerod, fosfor oltingugurtga boy bo`lgan yerlari kislota eritmasida ko`proq eriydi. Namuna yuzasidagi misni olgandan so`ng, oltingugurt, fosfor va uglerodga boy bo`lgan yerlari to`q rangda bo`ladi, uni 2-rasmda ko`rish mumkin.
Oltingugurt po`latning sifatina juda xam salbiy ta`sir etadi Shuning uchun uning miqdori GOST bilan chegaralanadi.
2-Rasm
Kimyoviy notekislik juda yaxshi ko`rinib turibdi.
Detalning tarkibida oltingururt sulfidlar xolida bo`ladi (FeS, MnS) uni aniqlash uchun kumush bromlik foto qog`ozidan foydalanib, ya`ni qog`ozni 10% sulfat kislotasining suvdagi eritmasida xo`llab tekshirilayotgan yuzaga yopishtiramiz. Natijada sulfidlar bilan sulfat kislota va kumush bromni o`rtasida quyidagycha kimyoviy reaktsiya bo`ladi:
FeS+H2SO4=H2S+FeSO4
Ko`ramizki H2S qancha ko`p ajralsa shuncha Ag2S xam ko`p bo`ladi.
Foto qog`ozida Ag2S to`q qo`ng`ir rangida ajralib chiqadi va oltingururt makroshlifning ko`ndalang kesimida qancha va qaysi tarzda joylashganini ko`rsatadi. Ya`ni qatorsimon, to`p-to`p va butun yuzaga teng tarqalgan holda ko`rishimiz mumkin bo`ladi.
3-Rasm .
Agar fosforning miqdori po`latniing tarkibida likvatsiyasioshib ketsa bu xolda xam kumush fosfidi to`q rangda ko`rinadi.
Kimyoviy elementlarning likvatsiyasi deformatsiyalangan (bosim bilan ishlagan) metallarda qatorsimon va quyma metallarda shoxsimon joylashadi.
Metallarning tuzilishi qatorsimonligini aniqlash uchun uni 50% suvdagi kontsentrlangan sulfat kislotasi va ligerlangan po`latlar uchun azot kislotasida 15-40 minut 60-70°C da ushlab turiladi, bunga (glubokie travlenie) deb aytiladi. Metall va qotishmalarga qarab turli kislotalar va ularning xar xil kontsentratsiyasi ishlatiladi.
Qotishma va metallarning tuzilishini, anizotropligini, qatorsimonligi yaqqol ko`rsatadi. Dinamik va yuqori kuchlanishda ishlovchi detallar uchun (tishlik g`ildirak, tirsakli o`q, shatun, klapon) tolalarning yo`nalish detalning shakli bo`ylab bo`lsa yaxshi bo’ladi.
4-Rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |