Aylananing to‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiyalari
Aylanish sirtlariga silindr, konus, sfera, tor va yasovchisi ixtiyoriy bo‘lgan aylanish sirtlari kabi sirtlar kiradi. Silindr va konusning asoslari aylana bo‘lib, aksonometrik proyeksiyalarda ellips bo‘ladi. Sfera esa aylana bo‘lib proyeksiyalanadi. Sfera tasvirining yaqqolligini oshirish maqsadida gorizontal proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lgan oval – ekvator, vertikal V va W proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lgan ovallar – mediana chiziqlari quriladi.
41
Agar silindr va konusning aylanish o‘qlari vertikal holatda joylashgan bo‘lsa, ularning to‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiyalarini qurish maqsadli bo‘ladi (3.12-chizma).
3.12-chizma.
Kvadratning ichiga chizilgan aylana kvadratning to‘rtta qarama-qarshi tomonlari bilan urinish nuqtalarini hosil qiladi. Kvadrat bilan aylananing markaz chiziqlari ustma-ust tushadi. Kvadrat va aylananing markaz chiziqlari gorizontal chiziqqa nisbatan 300 ga og‘dirish yo‘li bilan izometrik proyeksiyaning O1X1 ва O1Y1 proyeksiya o‘qlari hosil qilinadi. O‘qlarning kesishish markazi O1 nuqtadan kvadratning yarim tomonlari o‘lchab qo‘yilsa, romb hosil bo‘ladi. Rombda kvadrat tomonlari o‘zining haqiqiy qiymatlarini saqlab qoladi. Izometrik proyeksiyalarda kvadratning diogonallari kub yoqlarining dioganallariga teng bo‘lmaydi (3.13-chizma).
3.13-chizma.
Rombning katta dioganalida markaz O nuqtadan simmetrik ravishda ovalning katta AB o’qi 1,22 d ga teng o‘lchab qo‘yiladi. Rombning kichik dioganalida ovalning kichik CD o‘qi 0,7 d qiymatda o‘lchab qo‘yiladi. O nuqtadan R1 radiusli aylana chizib, O3 va O4 nuqtalar hosil qilinadi. O1 va O2
42
nuqtalardan ovalning katta yoylari o‘tkaziladi. Bunda: R=O2C. Ovalning kichik yoylari O3 va O4 nuqtalardan o‘tkaziladi. Bunda R2=O3A.
Qurilgan oval silindr, konusning asosi va sferaning ekvatori bo‘lishi mumkin (3.14-chizma).
Ovalni aylana yordamida ham qurish mumkin. Bunda aylananing diametri ovalning katta o‘qiga 1,22 d ga teng bo‘ladi. Kichik o‘q diametriga perpendikular o‘tkazilib, 0,7 d qiymatga teng bo‘ladi. Agar romb va aylanaga chizilgan, gorizontal proyeksiyalar tekisliklarida joylashgan ovallarni solishtirsak, ular o‘xshash va teng bo‘ladi.
Gorizontal tekislikka parallel yoki unda joylashgan ovalni qurish yo‘lini o‘zlashtirib olgach, V va W proyeksiyalar tekisligiga parallel vaziyatdagi ovallarni qurish tartibi bilan tanishiladi (3.15-chizma).
3.15-chizma.
Chizmada ko‘rinib turibdiki, hamma uchala ovallar bir xil, ularning farqi katta va kichik o‘qlarning yo‘nalishida bo‘ladi (3.16-chizma).
43
3.16-chizma. 3.17-chizma.
Agar aylana V tekislikda joylashgan yoki unga parallel bo‘lsa, ovalning katta o‘qi O1Y1 o‘qiga perpendikular bo‘lib, o‘ng tomonga og‘adi va gorizontal chiziq bilan 600 burchak hosil qiladi.
Agar aylana W tekislikda joylashgan yoki unga parallel bo‘lsa, ovalning katta o‘qi O1X1 o‘qiga perpendikular bo‘lib chap tomonga og‘adi va gorizontal chiziq bilan 600 burchak hosil qiladi.
3.17-chizmada yoqlariga aylana joylashtirilgan kubning to‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiyasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |