«Avesto» toʻrt qismdan iborat (1 - chizma):
1 – chizma
«Avesto» boshidan oxirigacha er yuzida adolat qaror topishi uchun kishilarning rangidan, tilidan va urf-odatlaridagi farqlaridan qat’i nazar ularning ro’shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok insonlarni shakllantirish va tarbiyalash g’oyasi bilan sug’orilgan. Unda xalqlarning qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o’z aksini topgan. «Avesto»da er dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okeanlar bilan o’ralganligi haqida yozilgan. Unda 16 mamlakatningnomi ko’rsatilgan bo’lib, ulardan to’qqiztasi (masalan, Sug’diyona, Marg’iyona, Nisoya, Gurgon, Varana va boshqalar) Markaziy Osiyo hududida joylashgan.
B u dinning ta'sir doirasi juda keng boʻlib, hozirgi Eron, Markaziy Osiyo, Kavkazorti yurtlari (ayniqsa Ozarbayjon) va boshqa joylarda tarqalgan. M.a. II ming yillik oxiri - I ming yillik boshida paydo boʻlgan "Avesto"ning toʻliq asl nusxasi saqlanmagan, uning ayrim qismlari topilgan, u qadimiy parfyan, oromiy yozuvida bitilgan, hozirgi davrda rus va oʻzbek tillariga tarjima etilgan, ayrim boʻlaklari "San'at", "Oʻzbek tili", "Fan va turmush" jurnallarida e'lon qilindi. Zoroastrizmning asosiy g`oyasi dualizmga, ya'ni bir tomondan Yaxshilik va Yorug`lik (xudosi Axura Mazda), ikkinchi tomondan Yovuzlik va qorong`ilik (xudosi Anxra Manu) kuchlari oʻrtasidagi kurashdir. Inson xoʻjalik faoliyatida tabiiy muhit bilan chambarchas bogʻliq deb uqtiriladi, ammo, insonga alohida e'tibor beriladi. Insonga tanlash huquqi berilgan boʻlib, u Yaxshilik yoki Yomonlik tomonlarni olishi va shunga mos harakat qilishi kerakligi aytiladi. Yaxshilik odamining faoliyati yaxshi g`oya, yaxshi soʻz va yaxshi ishlar bilan bog`langan boʻlishi kerak. Moddiy boyliklarni koʻpaytirish yerug dunyodagi yaxshi ishlarning asosiysi hisoblangan. Shu sababli
"Avesto" matnlarida natural-xoʻjalik faoliyati keng targ`ib etilishi va amaliy maslahatlar berilishi tasodif emas.
Avesto ma'lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini bilib olish mumkin. Bu davrda urug` jamoasi yemirilib, dastlabki sinf (kasta)lar paydo boʻlganligi ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, demak, ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr boʻlgan. Aholi koʻproq yarim koʻchmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstensiv chorvachilik yetakchi edi. Ideal hayot tarzi quyidagicha talqin etilgan boʻlib, uningcha yerdan shunday joyni topish yoki yaratish kerakki, u yerda koʻp ovqat pishirilishi, doim katta boʻlak goʻsht tegishi, otlar pishqirib turishi, ot-arava g`ildiraklari jarangi chiqishi, qamchilar doim koʻtarilib, ovozi chiqib turishi, odamlar jag`i tinmaydigan (ovqat yeyishda), ziravorlar yetarlicha yashirib qoʻyilgan, xushbuy hidlar arimaydigan, yaxshi hayot uchun kerakli barcha narsalarni istakka qarab, koʻp miqdorda saqlanadigan omborlar bor joy tushunilgan.
«Avesto» shakllanishi davrida kishilik jamiyati yanada rivojlana bordi. Ko’chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush tarzi o’rnini o’troq yashash egallay boshladi va dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo’lishi o’troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko’rsata bordi. Ana shu o’troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan ko’chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ko’rsatib berishda «Avesto»ning ahamiyati kattadir.
"Avesto" boʻyicha turli tabiiy ofatlarga qarshi zahira oziq-ovqatlar barpo qilish qoʻllab-quvvatlanadi (Konfutsiylik va boshqa ta'limotlarda ham bu g`oya katta oʻrinni tutadi). "Avesto"ning yozilishi jihatidan keyingi davrga mansub fikrlarda, masalan, chorvadorlar hamkori Yim toʻg`risidagi afsonada "oltin asr"dagi mol-qoʻylarning moʻl-koʻlligi haqida soʻz yuritiladi. Yimning xizmati ulug`lanib, kuchli sovuq, qor va suv toʻfonidan hayvonlar va odamlarni qutqarish uchun "varu" (qoʻrg`on) qurdirib, unga suv oʻtkazadi, mayda va yirik mollar, odamlar, it, qush, barcha oʻsimliklar urug`i va yonib porlab turgan olovni keltiradi (Nuh payg`ambar bilan solishtiring). Odamlar uchun turar joy, hayvonlar uchun molxonalar qurilgani aytiladi.
"Avesto"ning 3-bobi (fargard) "Vandidot" bo`lib, nisbatan keyingi davr voqealarini aks ettiradi, unda asosan dehqonchilik va dehqon mehnati ulug`lanadi (avvalgi boblarda chorva yetakchi edi). Endilikda ko`proq ekin ekiladigan, don, o`t, mevali ekinlar o`stiriladigan, suvsiz joylarni sug`oradigan, suvi ortiqcha yerlar quritiladigan (sug`orish bilan birga zax qochirish) joylar maqtaladi, hatto yerlarga ko`p go`ng solinishi, buning uchun esa ko`proq kichik va katta qoramollar boqish tavsiya etiladi. Bunda juda katta tabiiy mantiq borligi aniq ko`rinib turibdi.
Kitobning bu bobida dehqonchilik va ayniqsa don ekish, g`allakorlik ulug`lanadi. Aholini qunt bilan don yetishtirishga undaladi, hatto g`allakorlar e'tiqodni olg`a suruvchilar deb talqin etiladi. "Dehqonchiliksiz mo`l-ko`lchilik yo`q", degan aqida ilgari suriladi (fiziokratizm ta'limoti bilan solishtiring). "Kimda-kim zaminni chap va o`ng qo`l bilan, o`ng qo`l va chap qo`l bilan shudgor qilsa, zamin unga farovonlik baxsh etadi. U go`zal va pokiza qizga o`xshaydi. Bu qiz er xonadoniga kirib borib, o`z to`shagidan halol yostiqdoshiga farzandlar tug`ib beradi. Zamin ham mo`l-ko`l mevalarini in'om etadi", deyilgan, bunda yerni tobora madaniylashtirish va undan ko`proq naf olishi haqida gap boradi.
«Avesto»da: «… erga yaxshi, sog’lom urug’lar sepishdan ortiq savob ish yo’q…» deyilib, xalq xo’jaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat kasb etishi ko’rsatib beriladi. «Olam go’zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, kimki erga urug’ qadabdiki, u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu yo’lgina haqiqat bo’lib, qolgani sarobdir», – deyiladi unda. Qo’riq va bo’z erlarni o’zlashtirish, uni jamoa o’rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlarini va chorva mollarini ko’paytirishga ham alohida e’tibor berilgan.
Bu din hozirgi Markaziy Osiyo, ayniqsa qadimgi Eronda keng tarqaldi, davlat diniga aylandi. M.a. VI-V asrlarda Doro I podsholigi yillarida Eronda, keyinchalik boshqa davlatlarda tarqaldi. Islom dinigacha bo`lgan davrda respublikamiz aholisining asosiy qismi bu dinga e'tiqod qilgan, uning ayrim qoldiqlari hali ham qayd etilib turadi (kelin-kuyovlarni olov atrofida aylantirish, vafot etganlarga chiroq yoqish va boshqalar).
«Avesto»da er, suv, havoni bulg’ash, ifloslantirish og’ir gunoh hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga, atrof-muhitga aslo vaxshiyona munosabatda bo’lmaslikka chorlaydi. “Avesto” kitobida shunday soʻzlarini maʻlum qilasak ham boʻladi “Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman, dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va but-butun asrashga burchlidir”.
Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda shunday deyiladi: «Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na sog’lom baquvvat bolalarga ega bo’ladi… Yomon ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mo’l-ko’l bo’lsa, muqaddas so’zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bu erda biz sog’lom avlod to’g’risida, iqtisodiy va madaniy, ma’naviy yuksalish o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjudligi to’g’risida fikr yuritilganligini ko’ramiz. O’sha davrda aytilgan bunday fikrlar, ajdodlarimiz Qadimgi Dunyo madaniyatida yuqori yutuqlarga erishganligidan dalolat beradi.
Bu noyob kitobda patriarxal urug’ jamoasi haqida, uning tugatilishi davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Demak, «Avesto» miloddan avvalgi IX–VII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy hayoti haqida g’oyat muhim ma’lumotlar beruvchi bebaho obida, xalqimizning merosiy boyligidir.
“Kimki g`alla eksa, u haqiqatni ekadi”
Do'stlaringiz bilan baham: |