Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet70/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

mavzu: IX-XII asrlarda O‘rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg‘onish (renessans) davri: fan va madaniyat ravnaqi




    1. Ilm-fan ravnaqi. O‘rta Osiyolik allomalar va ularning jahon tsivilizatsiyasi xazinasiga qo‘shgan bebaho hissasi.

    2. Badiiy adabiyotning rivoj topishi. Eski o‘zbek (turkiy) adabiyoti rivojiga jiddiy ulush qo‘shgan M.Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy va boshqalar.

    3. Markaziy Osiyo hududida islom madaniyatining tarkib topishi. O‘rta Osiyolik buyuk hadisshunos olimlar (Imom al-Buxoriy, At-Termiziy va boshqalar).

Birinchi rejada talabalarni quyidagilarga jalb etish lozim. O‘rta asr madaniyati shu darajada

yuksaklikka ko‘tarilganki, dunyoviy ilmlar, turli aniq fanlarning yutuqlari, natijalari ularning mazmuni belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan. Turli sohalarda ijod etilib katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan. O‘rta Osiyoda dinshunoslikning o‘ta rivoj topgan asri IX asr bo‘lsa, XII asr ilm-fan taraqqiyotining cho‘qqisi bo‘ldi. IX-XII asrlar davomida O‘rta Osiyo xalqlari dunyo madaniyatiga ilm fanning turli sohalari bo‘yicha hissa qo‘shdilar. Bu davrda yashab ijod etgan O‘rta Osiyolik buyuk olimlarning ijodi, faoliyati, asarlari o‘rta asr ilm-fani rivojida nihoyatda muhim o‘rin tutadi. Buyuk mutafakkirlarimiz Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy kabi olimlarning nomi butun Sharq va Yevropada nihoyatda xurmat bilan tilga olinadi. Markaziy Osiyo olimlari o‘sha paytda ma‘lum bo‘lgan barc ha ilm sohalari bilan qiziqdilar, dunyoviy va diniy fanlar rivojlanishga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shdilar.

Abdullo Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy. (783-850 yy) buyuk mutafakkir va olim Xivada tavallud topgan. Yoshligidan ilm-fanga, ayniqsa tabiiy fanlarni o‘rganishga qiziqdi. Arab, fors, hind, yunon tillarini mukammal o‘rgandi. O‘qigan, o‘rganganlari asosida, tabiatning bergan buyuk iqtidori bilan bir necha fanlarga doir yirik, qimmatli asarlar yaratdi. Uning arifmetika va algebraga doir ―Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr val muqobala‖ (To‘ldirish va qarama-qarshi qo‘yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo‘ldi. Al-Xorazmiyning ikkinchi matematikaga oid asari ―Hind arifmetikasi haqida kitob‖ bo‘lib, bu asar tufayli avval Sharq xalqlari, so‘ngra esa Yevropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug‘i-o‘nlik hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o‘girilgan).

Al-Xorazmiyning ―Kitob surat al-ard‖ (erning surati) asari geografiyaga, ―Astronomik jadvallari‖ astronomiyaga oid bo‘lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, ―Quyosh soatlari to‘g‘risida risola‖, ―Tarix risolasi‖, ―Usturlab haqida risola‖, ―Musiqa risolasi‖ singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning ―Al-jabr val-muqobala‖ asari keyinchalik Yevropada ―Algebra‖ deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat SHarqda emas, balki G‘arbda ham astronomiya fani rivojida katta rolь o‘ynadi.1983 yilda xalqimiz buyuk allomaning 1200 yillik to‘yini katta tantana bilan nishonladi.

Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg‘oniyning tarjimai holiga doir ma‘lumotlar tarixda kam saqlanib qolgan. 861 yilda vafot etgan. Astronomiya, matematika, geodeziya, gidrologiya fanlarining bilimdoni Farg‘ona zaminida tug‘ilib o‘z ilmiy-madaniy zakovati bilan Bag‘doddagi birinchi Ma‘mun akademiyasigacha borgan (ikkinchi Ma‘mun akademiyasi Xorazmshoh Ma‘mun akademiyasi edi). Al- Farg‘oniy, Muhammad Muso Al-Xorazmiy bilan birga bu akademiyadagi olimlarga rahbarlik qilishgan. Farg‘oniy arab ilmiy atamashunosligini vujudga kelishiga va rivojiga katta hissa qo‘shdi. Bag‘dod va Damashqdagi rasadxona qurilishlarida faol qatnashdi va u yerda Ptolemeyning ―Yulduzlar jadvalidagi‖ ma‘lumotlarni tekshirish ishlarini olib bordi.

Al-Farg‘oniy astronomiyaga oid ―Astronomiya negizlari‖ asarida astronomiyaga oid bilimlarni tartibga soldi, o‘zining yangi natijalari bilan boyitdi. O‘sha davr an‘anasiga muvofiq mamlakatlarni yetti iqlimga bo‘lib o‘rgandi. Kuyosh soatlarini bayonini berdi, astronomik asboblari yaratdi. Farg‘oniyning bu asari N.Kopernik davriga qadar Yevropada astronomiya fanidan asosiy qo‘llanma sifatida foydalanildi.

Al-Farg‘oniy 25 yoshidan Ma‘mun akademiyasiga borib, u yerda salkam 50 yil halol mehnat qildi. Ma‘mun davrida Bag‘dodda tashkil etilgan kutubxonada 400 ming jild kitob mavjud edi. Bag‘dod akademiyasida Al-Farg‘oniy bilan birgalikda xorazmlik Muso ibn SHokirning o‘g‘illari Ahmad, Muhammad va Xasan ibn Musolar nomlarini va ularning ilmiy natijalarini ham keyinchalik Beruniy o‘z asarlarida hurmat bilan tilga oladi. Ahmad Farg‘oniyga arab ilmiy dunyosida ―Xosib‖ laqabi berilgan ya‘ni, uni matematika sohasida tengi yo‘qligi tan olingan. Yevropada Farg‘oniyni Alfraganus deb ataganlar. SHuni ta‘kidlash kerakki, 828 yilda Bag‘dodda birinchi rasadxona ishga tushirilganda, uni marvlik falakshunos olim Yahyo ibn Abu Mansur boshqargan. 3 yil o‘tgach Damashqda ana shunday ikkinchi rasadxona barpo qilindi va unga Markaziy Osiyolik alloma Holid ibn Abdumalik Marvarudiy rahbarlik qildi. Al-Ma‘mun iltimosiga ko‘ra har ikkala-rasadxonaning loyihasini, barcha andozalarini qog‘ozga tushirish, ushbu rasadxonalarning vazifalari, ishlari, rejalari hamda ilmiy natijalarini tekshirib fanga kiritish ham ilmiy rahbar Ahmad Farg‘oniyning zimmasiga tushdi.

Xalifa Mutavakkil (847-861) tomonidan 861 yili Al-Farg‘oniy Qoxira yaqinidagi Fustat shahrigaNil daryosi suvi satxini o‘lchash uchun yuboriladi. Farg‘oniyning bu sohada yasagan nilometr asbobi hozirgacha saqlanmoqda. Farg‘oniyning boy me‘rosi, asarlari hozir Qoxira, London, Parij, Berlin kutubxonalarida saqlanmoqda. SHuni ta‘kidlash lozimki, Farg‘oniy asarlarining ko‘p qismi hali to‘liq o‘rganilmagan va o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. 1998 yil kuzida mutafakkir qomusiy olim, yurtdoshimiz, xalqaro miqyosdagi yetuk olim Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik ulkan to‘yi mamlakatimizda, xususan, u tug‘ilib o‘sgan Farg‘ona vodiysi diyorida keng nishonlandi, ajoyib ziyoratgoh tashkil etildi va olimga muhtasham haykal yodgorlik o‘rnatildi.

Abu Nasr al-Farobiy (873-950 yy.) harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryo sohilidagi Farob (O‘tror)da tug‘ilgan, boshlang‘ich ma‘lumotni Buxoro, Samarqandda olgan so‘ng Bag‘dodda uzoq yashab, zamonasining olimlari bilan ilmiy muloqotda bo‘lgan. Ilmning turli sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yozgan. U turli bilimlarning nazariy tomonlari, falsafiy mazmuni bilan ko‘proq qiziqqanligi uchun uning asarlarini 2 guruhga ajratish mumkin: 1) yunon faylasuflari, tabiatshunoslarining ilmiy merosini izlash, targ‘ib qilish va o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar; 2) fanning turli sohalariga oid mavzulardagi asarlar.

Farobiy qadimgi yunon mutafakkirlari Platon, Aristotel, Yevklid, Ptolomey, Porfiriylarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel asarlari (―Metafizika‖, ―Etika‖, ―Ritorika‖, ―Sofistika‖ va boshqa)ni batafsil izohlab, qiyin joylarini tushuntirib bergan, kamchiliklarni ko‘rsatgan. Uning risolalari riyoziyot, falakiyot, tibbiyot, ahloqshunoslik, musiqashunoslik, davlatni boshqarish, ayniqsa falsafa va mantiq ilmi masalalariga bag‘ishlangan. Uning ―Kalom fi-l-javhar‖, ―Masalalar manbai‖, ―Qonunlar haqida kitob‖, ―Falak harakatining doimiyligi haqida‖, ―Kattalarning aqli haqida so‘z‖, ―Yoshlarning aqli haqida kitob‖, ―Mantiqqa kirish kitobi‖, ―Isbot kitobi‖, ―Jon (ruh)ning mohiyati haqida risola‖, ―Falsafa tushunchasining ma‘nosi haqida so‘z‖, ―Falsafaga izohlar‖, ―Musiqa haqida so‘z‖, ―Fizika usullari haqida kitob‖, ―Inson a‘zolari haqida kitob‖, ―Hayvon a‘zolari to‘g‘risida kitob‖, ―Xattotlik haqida kitob‖ va boshqalarni kiritish mumkin. U serqirra, qomusiy olimdir.

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973-1048 yy). Xorazmning Kot shahrida tavallud topgan bu mutafakkir, serqirra olim astronomiya, tarix, tibbiyot, riyoziyot, jug‘rofiya, geodeziya, meteorologiya, etnografiya, falsafa, filologiyaga oid 150 ga yaqin asarlar yaratgan. Bu asarlar Beruniy nomini jahonga taratdi. SHuningdek, uning hikoyalar, she‘rlar bitganligi ham ma‘lum. Beruniy o‘rta asrda birinchi bo‘lib globus yaratdi. U arab, fors, hind turkiy tillarni mukammal bilgan. Uning ―Saydana‖,

―Geodeziya‖, ―Hindiston‖, ―Minerologiya‖, ―Qonuni Ma‘sudiy‖, ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ asarlari o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan. Maxmud G‘aznaviy saroyda ham xizmatda bo‘lgan. U Ibn Sino bilan ham zamondosh edi.

Abu Ali Ibn Sino (980-1037) yil (asl ismi Xusayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan. Uning yoshligi, yigitlik chog‘lari Somoniylar hukmronligining so‘nggi yillariga, xususan, Nuh ibn Mansur Somoniy hukmronligi davriga to‘g‘ri keladi. Abu Ali ibn Sino jahon madaniyati, ilm-fani xazinasiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk siymolardan biridir. U falsafa, mantiq ruhshunoslik, adabiyotshunoslik, she‘riyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, astronomiyaga oid yuzlab asarlar yaratdi. Uning asarlarining umumiy soni 450 dan oshdi, lekin bizgacha 160 ga yaqini yetib kelgan. Ibn Sinoning ilmiy qiziqishlari doirasi shu qadar keng bo‘lganki, uning 40 dan ziyod tibbiyotga, 30 ga yaqin astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga, 185 ta falsafa, mantiq va ilohiyotga bag‘ishlangan asarlar yaratgani ma‘lum. Ibn Sinoning bizga ma‘lum bo‘lgan katta asari ―Kitob ush-shifo‖ 22 jilddan iborat bo‘lib, 4 ta katta bo‘limini mantiq, fizika, metafizikaga doir masalalar egallagan. ―Kitob un-najot‖ 4 ta katta qismdan – mantiq, fizika, matematika, metafizikadan iborat. ―Kitob lison ul-arab‖ 10 jidlni tashkil etadi. ―Donishnoma‖ fors tilida yozilgan bo‘lib, 4 qismni o‘z ichiga oladi. Tarixiy haqiqat shuni ko‘rsatadiki, IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda jahonshumul ma‘naviy uyg‘onish davri bo‘ldi. Biz uchun chin ma‘noda ulkan meros asri bo‘ldi.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish