Iqtisodiy islohotlar, uning strategiyasi, ustivor yo‘nalishlari va bosqichlari.
Bozor infratuzilmasini shakllantirish. Respublika iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar.
O‘zbekistonning kuchli ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosati va uning jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlashdagi roli.
O‘zbekiston Respublikasining tinchliksevar tashqi siyosati asoslarining yaratilishi, uning tamoyillari.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi va uning xalqaro nufuzining ortib borishi.
Respublikaning jahonning turli mamlakatlari bilan hamkorlik munosabatlarining kengayib borishi.
Birinchi rejada quyidagilar yoritiladi.Istiqlol O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish uchun qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratdi. Bizning diyorimizda bozor munosabatlari yangilik emas. Ming yillar davomida ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan ajoyib mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyoning to‘rt tomonga chiqarib savdogarlik qilgan, mol almashgan. O‘zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib o‘zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘limizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bo‘lib qoldi. O‘zbekiston tanlagan islohot yo‘li ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi.
Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik
mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o‘zining hayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy tazyiqlarsiz, o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog‘i kerak:
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
bahoni bosqichma-bosqich erkinlashtirish;
bozor infratuzilmasini shakllantirish;
aholini ijtimoiy himoyalash.
davlat bosh islohotchi o‘rnida bo‘lib, u islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim:
davlat islohotchi rolini bajaradi;
Ijtimoiy sohaga alohida e‘tibor beriladi;
Iqtisodiy faoliyatning huquqiy asosini yaratadi;
Iqtisodning erkinlashtirilishini ta‘minlaydi;
Ijtimoiy muammolarni hal qiladi;
Ishbilarmonlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi;
Ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy muammolarni bartaraf etadi va boshqalar.
bozor munosabatlariga o‘tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart:
qonun ustivorligi;
Qonun oldida hammaning tengligi;
Yuridik va jismoniy shaxslar o‘z ish faoliyatini qonun asosida bajarishi;
Davlat hokimiyatitning konstitutsiyaviy bo‘linish tamoyilini ta‘minlash kiradi.
bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o‘tkazish:
aholini ish bilan ta‘minlash
daromad siyosatini yuritish: pul daromadi;
ijtimoiy ta‘minot, ijtimoiy kafolat, ijtimoiy adolatni ta‘minlash;
aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
xalqning moddiy turmush sharoitini yaxshilash;
har kimning mehnat qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, qobiliyatiga yarasha ish bilan ta‘minlash.
ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo‘nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tish evolyutsion yo‘l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur:
islohotlarni bosqichma-bosqich, tadrijiy yo‘l bilan amalga oshirish;
ma‘muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berib, asta-sekin boshqaruvning demokratik, erkin iqtisodiy boshqaruviga o‘tish;
yangi uy qurmay turib, eskisini buzmaslik;
kishilar tafakkuri, ongini bosqichma-bosqich takomillashtirish;
odamlarning qashshoqlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
siyosiy sohani, davlat va jamiyat qurilishini asta-sekin isloh qilish va h.k.
Haqiqatdan ham bugun ya‘ni mustaqilligimizning 24 yillik taraqqiyotida erishilgan yutuqlarga va natijalarga holisona baho berib, aytish mumkinki, yurtimizda o‘z vaqtida islohotlarning ―shok terapiyasi‖ usulidan qat‘iy voz kechilib, tadrijiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olingani tufayli xalqimizning og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy to‘fonlardan asrab qolishga muvaffaq bo‘linganini hayotning o‘zi ko‘plab misollarda isbotlamoqda. Yurtimizda o‘tgan davrda barcha jabhalarda yuqori o‘sish sur‘atlariga erishmoqda, jamiyatimizda barqarorlik, uning ma‘naviy-ma‘rifiy negizlari mustahkamlanmoqda, hayotimizda amalga oshirilayotgan ulkan yangilanish va o‘zgarishlar, mamlakatni modernizatsiya qilish yo‘lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, nufuzli xalqaro tashkildotlar tomonidan yuqori baholanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |