Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet124/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

To‘rtinchi masalada quyidagilar yoritiladi. Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini, taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilash, milliy davlatchilikni tiklash, demokratik-huquqiy davlat barpo etish, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish imkoniyatini yaratdi. Mustaqillik davlat boshlig‘ini, hokimiyatning vakillik organlarini xalq tomonidan demokratik yo‘l bilan erkin saylab qo‘yilishini ta‘minladi.

O‘zbekistonda Oliy davlat vakillik organi-parlamentni shakllantirishda xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillarga va rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanildi.



O‘zbekiston mustaqilligi e‘lon qilingan paytda 1990 yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi Oliy Kengash faoliyat ko‘rsatmoqda edi. U 1990-1994 yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. SHu yillar ichida Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun, 500 dan ziyod qarorlarni qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida demokratik tamoyillarga asoslangan yangi parlamentni shakllantirishning huquqiy asoslari belgilab berildi. Konstitutsiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida bir palatali parlament-Oliy Majlisni shakllantirishga kirishildi.

1993 yil 28 dekabrda bo‘lib o‘tgan Respublika Oliy Kengashining XIV sessiyasida ―O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida‖, 1994 yil 22 sentyabrda bo‘lib o‘tgan XVI sessiyada

―O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida‖ qonunlar qabul qilindi. Ularda qonunchilik sohasida tub islohotlarni amalga oshirish zaruriyati kun tartibiga qo‘yiladi.

Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va ―O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risidagi‖ qonunga muvofiq Oliy Majlisning mutloq vakolatlari jumlasiga:

    • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

    • O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini qabul qilish va ularga o‘zgartirish qo‘shimchalar kiritish;

    • O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish;

    • Ma‘muriy, hududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasi chegaralarini o‘zgartirish;

    • Boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;

    • Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini idora etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;

    • Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tizimini va vakolatlarini belgilash;

    • Xalqaro shartnomalar va bitimlarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;

    • Oliy majlis va mahalliy vakillik organlariga saylov tayinlash, Markaziy Saylov komissiyasini

tuzish;

  • Vakolati tugashi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov kunini tayinlash;

  • Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlarini saylash;

  • Vazirlar mahkamasi a‘zolarini Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimidan

ozod etish to‘g‘risidagi prezident farmonlarini tasdiqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi.

O‘zbekistonda ikki palatali milliy parlamentni tashkil qilish masalasi O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidane 2000 yil 25 mayda Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida ilgari surildi.

―SHuni yaxshi anglab olishimiz zarurki, hayot o‘zgarishi bilan, odamlarimizning siyosiy va ma‘naviy ongi o‘zgarishi bilan, bizning parlamentimizning tashkil etilishida ham, uning faoliyatida ham tegishli o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiydir. SHu holatlarni nazarda tutib, men doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali

parlament tizimiga o‘tish taklifini kiritmoqchiman, ya‘ni biz 2004 yilda bo‘ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib tashkil etishimiz lozim‖1.

Ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi hayotning o‘zidan, hokimiyat tarmoqlarini aniq ajratish asosida milliy davlatchilik institutlarini yanada mustahkamlash zaruriyatidan kelib chiqadi. Ma‘lumki demokratik mamlakatlarning aksariyatida parlament ikki palatalidir. XX asrning so‘ngi o‘n yilliklarida ikki palatali tizim parlamentarizm taraqqiyotining asosiy tendentsiyasiga aylandi.

Ikk palatali parlamentning bir qator ijobiy tomonlari bor:



    • Populistik maqsadni, ayrim guruhlar manfaatini ko‘zlovchi mukammal bo‘lmagan qonunlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    • Mamlakat mintaqalarining manfaatlari to‘laroq inobatga olinadi.

    • Milliy davlatchilik institutlari tizimi o‘rtasida parlamentning nufuzi ortadi, qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlar mutanosiblashadi.

    • Parlament qabul qilayotgan qonunlarning sifatini yaxshilashga, xalqning xohish irodasini to‘laroq namoyon bo‘lishiga imkon beradi.

    • Parlament ishida demokratik fikrlar xilma-xilligi ko‘proq namoyon bo‘ladi.

    • Jamiyatni ideallashtirishni tezlashtiradi.

    • Deputatlar faoliyatini professionallashga, siyosatchilar tabaqasini shakllantirishga ko‘proq imkoniyat beradi.

Oliy majlis 2002 yil 27 yanvarь kuni kelgusi chaqiriqda ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qildi. Referendum 2002 yil 27 yanvar kuni demokratik asosda keng jamoatchilik va xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari kuzatuvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Referendumda fuqarolarning 91,58 foizi ishtirok etdi.

2002 yil 12-13 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy majlisning 10 sessiyasida xalqimizning xohish irodasi bilan ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining senati to‘g‘risida‖, ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida‖ konstitutsiyaviy qonunlarni hamda ularnin amalga kiritish to‘g‘risida qarorlarni qabul qildi.

Oliy majlis tarkibida ikki palata tuziladi. Yuqori palata- Senat, quyi palata- Qonunchilik palatasi, deb ataladi. Ikki palataning vakolat muddati besh yil deb belgilangan. Quyi palataga saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida 120 ta deputat saylandi. Senatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biridan teng miqdorda 6 nafardan jami 84 kishi saylandi. Senatning 16 nafari fan, san‘at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat uchun alohida xizmat qilgan katta tajribaga ega bo‘lgan obro‘‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan saylanadi.

Qonunchilik palatasining 2005 yil 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida E.H. Xalilov

Qounchilik palatasining Spikeri etib saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005 yil

27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida M.SHarifxo‘jaev Senat raisi etib saylandi va uning o‘rinbosarlari ham saylandi. Shunday qilib ikki palatali parlament tashkil etildi. Ikki palatali Parlamentning tashkil etilishi natijasida Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati o‘rtasida vakolatlar yanada demokratik asosda qayta taqsimlandi. Parlament jamiyat hayotidagi mavqei o‘sdi. Qonun loyihalari dastlab qonunchilik palatasida ko‘rib chiqiladi va qabul qilinadi. So‘ngra senat tomonidan qo‘rib chiqilib, tasdiqlanadi. Qonun prezident tomonidan imzolanib, matbuotda e‘lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog‘iston hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma‘naviy sohasining samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi. Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta‘minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasida 14 ta vazirlik (Moliya, Iqtisodiyot, Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish, Madaniyat va sport ishlari, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo, Mudofaa, Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim, Xalq ta‘limi, Qishloq va suv xo‘jaligi,




1Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot- pirovard maqsadimiz. – Asarlar, 8-jild. – Toshkent: ―O‘zbekiston‖, 2000. – 483 bet.

Adliya, Sog‘liqni saqlash, Favqulodda vaziyatlar) va 9 Davlat qo‘mitalari, hamda O‘zbekiston Xotin- qizlar qo‘mitasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Demokratik davlat qurilishida sud hokimiyatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiya va boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. 1993 yil 2 sentyabrda ―Sudlar to‘g‘risida‖gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun sudlar faoliyatini tartibga solishga xizmat qiladi. Konstitutsiyaning 106-moddasiga muvofiq: ―sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarda, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalardan mustaqil holda ish yuritadi‖.

Sud tizimi 5 yil muddatga saylanadigan konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlaridan, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo‘jalik sudlaridan iborat.

Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning faoliyatini konstitutsiyaga mos ekanligini nazorat qiladi. Oliy sud fuqorolik, jinoiy va ma‘muriy sudlov ishlarini tartibga soladi. Xo‘jalik sudlari esa, xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqadi. Sud‘yalar mustaqildirlar va faqat qonunga bo‘ysunadilar.

Sud‘yalar siyosiy partiyalar va harakatlarga a‘zo bo‘la olmaydilar. Oliy sud va Oliy xo‘jalik raislari, uning a‘zolari Oliy Majlisning deputati bo‘la olmaydilar. Barcha ishlarda ochiq ko‘riladi.

O‘zbekiston respublikasi sud hokimiyati 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi



―Sudlar to‘g‘risidagi‖, va 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan ―Jinoiy jazolarni liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, jinoyat protsessual kodekslari hamda ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi haqida‖gi qonunlar asosida yanada takomillashib bormoqda. Sud ishlarida qonuniylikka amal qilishga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining sud himoyasi huquqi bilan ta‘minlanishiga, fuqarolar huquq va erkinliklarining himoyalanishiga e‘tibor tobora yaxshilanib bormoqda.

Huquqni qo‘llash va sud amaliyotida 2001 yildan boshlab yarashuv instituti joriy etildi va u

samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Yarashuv institutining joriy etilishi maqsadida o‘tgan davr mobaynida 130 mingga yaqin fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi. SHuningdek, sud qarorlari ijrosini to‘xtatib turish huquqi prokuratura vakolatlari doirasidan chiqarildi. Tuman va shahar prokurorlarining esa tergov, ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatlarini uzaytirish huquqlari bekor qilindi. ―Xabeas korpus‖ instituti joriy etildi, ya‘ni 2008 yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanktsiya berish huquqi prokurordan sudga o‘tkazildi. 2005 yil 1 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining



―O‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida‖gi Farmoni e‘lon qilindi. Farmonga asosan, O‘zbekiston

Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan o‘lim jazosini umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo bilan almashtirish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. O‘zbekistonda 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab o‘lim jazosi bekor qilindi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo turi joriy etildi. Sud hokimiyati qonunning ustunligi va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi ta‘minlash yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari 2012 yil 30-31 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida ma‘qullangan ―Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun-hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi‖ O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati rivojlantirish kontseptsiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish yuzasidan O‘zbekiston respublikasi oliy sudi tashabbusi bilan parlament muhokamasiga kiritilgan. Qonunning asosiy maqsadi ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, ayblanuvchini lavozimidan vaqtincha chetlashtirish, tarzidagi prtsessual majburlov choralarini qo‘llashning yangi huquqiy mexanizmini yaratish, suddan jinoyat ishini qo‘zg‘atish huquqini chiqarib tashlash, sud tergovi vaqtida jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda sud tomonidan qaror qabul qilishning huquqiy mexanizmini belgilash, sudda jinoyat ishi yuzasidan ayblov hulosasini o‘qib eshittirish majburiyatini prokurorga yuklash, sudga hukmning faqat qaror qismini e‘lon qilish huquqini berish yo‘li bilan jinoyat ishlarini sudda ko‘rish tartibini yanada soddalashtirishdan iborat. Umumiy ta‘kidlaganda, Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual, Fuqarolik protsessual, Xo‘jalik protsessual kodekslari, ―Prokuratura‖, ―Sudlar to‘g‘risidagi‖ O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu o‘zgartirish va qo‘shimchalar odil sudlov sifatini yanada yaxshilash barobarida qonunbuzarlik, jinoiy qilmish uchun jazoning muqarrarligini ta‘minlashga ham xizmat qiladi.

Mustaqillikning o‘tgan 24 yil mobaynida O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi va ijtimoiy siyosiy taraqqiyot tajribalari shuni ko‘rsatadiki, mamlakat demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida maqsadga qarab ishonch bilan olg‘a siljimoqda. Ularning tobora chuqurlashib borayotgan va samarali hamkorligi mamlakatda siyosiy barqarorlik, fuqorolar osoyishtaligi va millatlararo totuvlikni ta‘minlamoqda.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish