Beshinchi rejada quyidagilar yoritiladi. Hozirgi vaqtda Respublikada quyidagi siyosiy partiyalar faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi 1991-yil 1-noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta‘sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu quriltoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‘zbekiston XDPsining ―O‘zbekiston ovozi‖, ―Golos O‘zbekistana‖ gazetasi va ―Muloqat‖ jurnali nashr etilmoqda.
1995-yil 18-fevralda O‘zbekiston ―Adolat‖ sotsial demokratik partiyasi tuzildi. Partiyaning Toshkentda bo‘lgan 1-ta‘sis quriltoyida uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi.―Adolat‖ nomli ijtimoiy- siyosiy xaftalik gazetasi nashr qilinmoqda.
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan partiyalardan yana biri ―Milliy tiklanish‖ demokratik partiyasi. U 1995-yil 3-iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta‘sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. ―Milliy tiklanish‖ xaftalik gazetasi nashr qilinmoqda.
2003-yil oxirida O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi
tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatlarini himoya qilishdan iborat. O‘zLDPning ―XXI asr‖ xaftalik gazetasi nashr qilinmoqda.
O‘zbekiston Prezidentining 1996-yil 17-apreldagi farmoniga muvofiq, Respublika yoshlarining
―Kamolat‖ jamg‘armasi nodavlat xayriya-jamoat birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. 2001-yil 25- aprel kuni Toshkentda bo‘lgan yoshlar kuriltoyida o‘zini-o‘zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot
- O‘zbekiston Respublikasi ―Kamolat‖ yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi tasdiqlandi. Harakatga 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari a‘zo bo‘lishi mumkin. Harakatning Oliy organi – 5 yilda bir marta chaqiriladigan qurultoy, rahbar organi-6 oyda bir marta chaqiriladigan Markaziy Kengash, ijroiya organi- 2 oyda bir marta chaqiriladigan Ijroiya qo‘mita hisoblanadi. Harakat tarkibida uning homiyligi asosida ishlaydigan, 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarni birlashtirgan Bolalar tashkiloti tuzilgan. Harakat yoshlar muammolari instituti, ―Yangi asr avlodi‖ nashriyot-matbaa markazini ta‘sis etgan. ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy harakati muassisligida
―Turkiston‖, ―Molodyoj Uzbekistana‖ gazetalari, ―Yosh kuch‖, ―Sirli olam‖, ―Sinfdosh‖, ―G‘uncha‖,
―Yoshlik‖, ―Qalb ko‘zi‖, jurnallari nashr etiladi.
2008 yilda O‘zbekiston Ekologik harakati ham o‘z faoliyatini boshladi. Bugungi kunda atrof- muhitni muhofaza qilish masalalari nihoyatda muhim va dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Oliy majlisning quyi palatasiga 15 ta deputatlik o‘rni O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlarga berildi.
Axborot sohasini isloh etish – demokratik jamiyat asoslarini barpo etish muhim shartidir. O‘zbekiston konstitutsiyasining XV bobi ommaviy axborot vositasiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘z ichiga bitta – 67-moddani oladi. Unda, ―Ommaviy axbobot vositalari erkindir va qounga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. TSenzuraga yo‘l qo‘yilmaydi‖, deyiladi. Yaqin 10 yil ichida OAV ga daxldor 10 ga yaqin qonun hujjatlari ―Axborot erkinligi printsiplari va kafolotlari to‘g‘risida‖ qonun, ―Ommaviy axbobot vositalari to‘g‘risida‖ qonun,
―Telekommunitsiyalar to‘g‘risida‖ qonun, ―Reklama to‘g‘risida‖ qonun qabul qilindi. Ana shunday qonun hujjatlari asosida mamlakatimizda OAV sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish imkoni yaratildi. Hozirda OAV larning soni 1,5 barobarga, elektron OAVning soni esa 7 barobarga ko‘payib, ularning umumiy soni qariyib 1200 taga yetdi. Mavjud barcha telekanallarning qariyib 53%i radiokanallarning esa 85 %i nodavlat OAV hisoblanadi. OAV O‘zbekistonda yashaydigan millat va elatlarning 7 ta tilida faoliyat olib boradi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2011 yil 30 dekabrda e‘lon qilingan ―Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida‖gi 1672-sonli qaror kontseptsiyada belgilab berilgan axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta‘minlash yo‘nalishidagi tamoyillarning hayotdagi amaliy ifodasi bo‘ldi. Ushbu qaror bilan ommaviy axborot vositalari, nashriyot, poligrafiya korxonalari va matbuot tarqatuvchi tashkilotlarga, bojxona to‘lovlari bo‘yicha katta imkoniyat va imtiyozlar berilgani moliyaviy barqarorligini ta‘minlashda alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, siyosiy partiyalarning roli va ta‘sirini kuchaytirish, ularning ishonchli vakillari sonini ko‘paytirish, saylov jarayonida ularga qo‘shimcha huquq va vakolatlar berish ishtirokida, saylov jarayoniga markaziy va mahalliy davlat
hokimiyati organlarining aralashuviga yo‘l qo‘ymasdan o‘tkazilishini ta‘minlashda g‘oyat muhim rolь o‘ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |