Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet130/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Uchinchi rejada talabalarni quyidagilarga jalb etish lozim. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish yo‘lida respublikada g‘oyat yirik qurilishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizning yoqilg‘i mustaqilligiga erishish siyosati izchillik bilan amalga oshirildi. Istiqlolga erishgan O‘zbekiston tarixda ilk bor 1995 yilda neft mustaqilligiga erishdi. Mamlakat endilikda neft mahsulotlariga bo‘lgan o‘z ichki ehtiyojlarini to‘la qondiribgina qolmay, katta salohiyatga ega bo‘lgan istiqbolli va ishonchli eksportyor sifatida jahon bozoriga yo‘l oldi.

Neft-gaz sanoatini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. 2004 yilda I.A.Karimovning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvlari natijasida O‘zbekistonda bu tarmoqlarning rivojlaniishga 2,2 mlrd.dollar ajratdi. 2005 yil may oyida Birinchi Prezident I.A.Karimov XXRda olib borgan muzokaralari natijasida O‘zbekistonda neftь-gaz rivojlanishiga 600 mln.dollar sarmoya ajratildi. Mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun ishonchli energetik bazasi yaratilgan.



Hozirgi kunda respublika energetika tizimi 37 issiqlik va gidro-elektrostantsiyalardan iborat bo‘lib,

ularning umumiy quvvati 11 million kilovattni tashkil etadi. U yiliga 55 milliard kilovattsoatgacha energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

Yirik issiqlik elektrostantsiyalar, jumladan, quvvati 3 million kilovattsoat Sirdaryo GRESi, quvvati 2,1 million kilovatt Yangi Angren, quvvati 1,86 million kilovatt Toshkent, quvvati 1,25 million kilovatt Navoiy GRESlari Respublikamizning asosiy elektroenergetika manbai hisoblanadi.

Issiqlik elektrostantsiyalaridan tashqari, nisbatan arzon va ekologik toza elektr energiyasini yetkazib beruvchi gidroelektrstantsiyalar, jumladan, CHorvoq, Xo‘jakent, Farg‘ona, G‘azalkent va boshqa bir qancha elektrostantsiyalar ishlab turibdi.

O‘zbekiston energotizimining Markaziy Osiyo Birlashgan energotizimidagi ulushi 40 foizni tashkil etadi. Respublikamiz elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga uzatilmoqda.

O‘zbekistonning jahondagi ko‘plab mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari kengayib mustahkamlanib bormoqda. Endilikda jahonning 35 mamlakati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzilganligi va bir qancha jahon banklari bilan shartnomaning imzolanishi O‘zbekistonning xalqaro savdo va xorijiy investitsiyalardan unumli foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaxshiladi.

Amerikaning Kolorado shtatidagi ―Nьyumont‖ firmasi bilan Muruntovda qo‘shma korxona qurilishi natijasida ―Zarafshon-Nyumont‖ qo‘shma korxonasiga firma tomonidan ajratilgan 200 mln. dollar investitsiya yordamida oddiy sharoitdagi yarim asrlik ishlar ikki yilda o‘z natijalarini berdi. Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati oltin rudasini qazib olishdan to zargarlik bezaklarini tayyorlaydigan jahonda tsiklda ishlaydigan yagona korxonaga aylandi.

O‘zbekiston istiqloli mashinasozlik sanoatini, ayniqsa uning muhim tarmog‘i-avtomobilsozlikning rivojlanishiga bog‘liq. 1992 yilning avgust oyida Janubiy Koreya Respublikasi bilan O‘zbekiston o‘rtasida tuzilgan bitim asosida ―UzDEU avto‖ qo‘shma korxonasi tashkil etildi va Asaka shahrida yengil avtomashinalar ishlab chiqarishga kirishildi. 1996 yilning mart-iyul oylarida ―UzDEU‖ avtokorxonasi

―NEKSIYa‖, ―TIKO‖, ―DAMAS‖ yengil avtomashinalarini chiqara boshladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish imkoniyati va sifati oshdi.

Istiqlol yillarida iqtisodiyotda amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar quyidagi jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarga olib keldi:

  • Yonilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyojini O‘zbekiston o‘zini-o‘zi ta‘minlaydigan

bo‘ldi;

  • G‘alla mustaqilligiga erishildi;

  • Ishlab chiqarishda sanoat mahsulotlari hissasi oshdi;

Sanoatda yuksak texnologiyaga asoslangan istiqbolli tarmoqlarning hissasi oshdi; O‘zbekiston yer

osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi. Hozirgi kunda turli ma‘danlar manbalari aniqlangan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo‘lib, ulardagi zahiralar qiymati 970 milliard AQSH dollariga teng. Har yili yurtimiz konlaridan 5,5 milliard dollarlik qiymatdagi foydali qazilma boyliklar olinmoqda. Yangi zahiralardan olinayotgan boyliklarni qo‘shib hisoblaganda, bu raqam 6-7 milliard dollarga yetmoqda. Hozirda 50 dan ortiq mineral resurslar turlari izlab topilgan va ulardan foydalanilmoqda. O‘zbekiston paxta hom ashyosini yetishtirish bo‘yicha jahonda uchinchi o‘rinni va uni eksport qilish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni, oltin qazib chiqarish bo‘yicha yettinchi, uning zahiralari bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston mis zahiralari bo‘yicha jahonda 10-11 o‘rinni egallaydi. Ishlab turgan karьerlar mis va unga yo‘ldosh metallarni 40-50 yil, qalay va qo‘rg‘oshinni 100 yildan ko‘proq vaqt davomida ishlab chiqarishni ta‘minlay oladi. O‘zbekiston uran zahiralari bo‘yicha jahonda 7-8 o‘rinni egallab turibdi. Kumush, qo‘rg‘oshin, rux, volьfram va boshqa foydali qazilmalar hamda strategik materiallar zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston dunyodagi yetakchi o‘rinlarning birida turadi. Hozirgi vaqtda yurtimizda balans zahirasi 5,3 ming tonna oltinga ega bo‘lgan qimmatbaho metallarning 40 ta koni razvedga qilingan. Ulardan faqat 12 tasi Toshkent viloyatining Olmaliq kon maydonida to‘plangan bo‘lib, bu yerdagi 3 ta konda misning 18,5 million tonnadan ko‘proq zahirasi aniqlandi. O‘ziga hos tomoni shundaki, kondagi boyliklar asosan ochiq usulda qazib olinmoqda, bu esa konchilarning rentabelli ishlashini ta‘minlaydi. Muruntov karьerining imkoniyati 5,5 ming tonnadan ortiq oltin zahirasiga teng deb baholanmoqda.

O‘zbekistonda uranning razvedka qilingan zahiralari 120 ming tonna bo‘lib, uni qazib olish 50-60 yilga yetadi. Qazib olish eng samarali va ekologik jihatdan himoyalangan yer ostida ishqorlash usulida amalga oshirilayotir. O‘zbekistonda katta miqdordagi gaz va neft zahiralariga ega. Razvedka qilingan gaz zahirasi 2 trillion kubametr, ko‘mir zahirasi 2 milliard tonnadan ortiqdir. Respublikamizda 160 dan ortiq neftь konlari bor. Beshta asosiy neft-gaz mintaqasini: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G‘arbiy, Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Neftь resurslari bo‘yicha umumiy imkoniyat 4 milliard tonnadan ortiq, gaz kondensati bo‘yicha 630 million tonna, tabiiy gaz bo‘yicha salkam 5 trillion kubametrni tashkil qiladi.

O‘zbekiston rivojlangan ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligiga ega. Yurtimizda har yili qariyib 1,5 million tonna paxta tolasi ishlab chiqarilmoqda, salkam 5 million tonnaga qadar meva va sabzavot mahsulotlari yetishtirilmoqda. Albatta, bu imkoniyatlar mustaqillik bergan ne‘mat, eng katta huquqdir. Bundan tashqari, ayni ana shu boyliklarimiz mustaqilligimizning moddiy, iqtisodiy zamini bo‘lib, yurtimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish uchun xizmat qilmoqda.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish