Buyuk davlatchilik shovinizmi-ko‘p millatli mamlakatlarda tarixiy taraqqiyot jarayonida davlatda yetakchi mavqeni egallagan, o‘z millatini ―oliy‖ millat deb e‘lon qilgan hukmron millat mafkurasi va siyosati, shovinizm va millatchilikning bir turi. Milliy va ko‘p millatli davlatlar hamda mustamlaka imperiyalari tashkil topayotgan davrda vujudga kelgan. Hukmron ―buyuk‖ millatlar siyosati va boshqa millat va elatlarni asoratga solish, ayovsiz ishlatish, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda kamsitishga qaratilgan.
Baqtriya — tarixiy-geografik hudud. Qadimgi Baqtriyaga hozirgi Janubiy O‘zbekiston (Surxondaryo), Janubiy-G‘arbiy Tojikiston va SHimoliy Afg‘oniston yerlari kirgan, Baqtriya eroncha
―baxtar‖ so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, ―quyosh chiqadigan o‘lka‖ demaqdir. Mazkur hudud qadimgi yunon muarrixlari asarlarida Baqtriana, Baqtriya deb atalgan. Ilk o‘rta asrlar davriga kelib, qadimgi Baqgriya yerlarida turkiy qabila — toharlar keng yoyilishi munosabati bilai Tohariston deb yuritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |