Uchinchi rejada quyidagilar yoritiladi. CHor Rossiyasi ma‘murlari O‘rta Osiyoning xom-ashyo boyliklarini tashib ketish, o‘lkaga rus kapitalining kirib kelishi, bozorlarini rus mollari bilan to‘ldirish hamda iqtisodiy jihatdan imperiyani bog‘lashda asosiy vosita temir yo‘l deb bilardi. Temir yo‘l o‘z davrining zamonaviy aloqa vositasi ham edi. Rus ma‘murlari qurgan temir yo‘llar O‘rta Osiyoning iqtisodiy jihatdan eng muhim tumanlarini kesib o‘tishi va birlashtirishi lozim edi. 1880 yil noyabrida
temir yo‘l qurilishi boshlandi. Bu temir yo‘l Qizil Arvot orqali Ashxobod va Samarqandga yetkazildi. 1888 yil 15 mayda bu yerga birinchi poezd keldi. Temir yo‘lning davomi Toshkent va Andijonga 1895 yili boshlanib, 1899 yili nihoyasiga yetkazildi, 1915 yilda Jalolobodga yetkazildi.
Rus mustamlakachilik siyosatining ikkinchi bir jihati O‘rta Osiyo yerlariga rus qishloqlaridan dehqonlarni ko‘chirish bo‘ldi. 1868 yildan 1882 yillar davomida Yettisuvda 25 ming aholisi bo‘lgan 29 qishloq, Sirdaryo viloyatida 1300 kishilik 19 qishloq tashkil etildi. 1891 yilda Rossiyaning Yevropa qismidagi kattagina yerlarni qamrab olgan qurg‘oqchilik ruslarni O‘rta Osiyoga ommaviy tarzda ko‘chib kelishiga sabab bo‘ldi. Xonavayron bo‘lgan, yarim och yurgan kechagi rus dehqonlari XX asr boshlariga kelib, sotib olgan yerlarida dehqonchilik bilan shug‘ullanmay yerlarni mahalliy aholiga ijaraga bera boshladi.
1910 yilda Turkiston general-gubernatorligining hozirgi O‘zbekiston hududidagi Sirdaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida 124 ta rus qishlog‘i bo‘lib, bularda 70 mingga yaqin aholi yashagan. Rus aholisi shahar aholisi bilan birga 200 mingdan ko‘proq kishini tashkil etgan.
Rossiya to‘qimachiligi ishlab chiqarishining o‘sib borayotgan talablarini Amerika paxtasi qondira olmayotgandi, shuningdek olisdan xom-ashyo olib kelish juda qimmatga tushmoqda edi. Istilochilik harakatlarining birdan-bir maqsadi arzon qishloq xo‘jalik xom-ashyosini yetishtiradigan yerlarni qo‘lga kiritish edi. O‘rta Osiyo yerlarini qo‘lga kiritishlari bilanoq rus mustamlakachilarining asosiy vazifasi o‘lkada paxtachilikni rivojlantirish bo‘ldi. Rus mustamlakachilari ipaksimon va ingichka tolali amerika paxtasini ektira boshladilar. Toshkent yaqinida urug‘chilik - tajriba bazasi tashkil etilib, unda 1884 yilda mahalliy va amerika paxta navlari chatishtirilib, shunday bir nav yaratildiki, har ikkala navdan ham yaxshiroq nav vujudga keldi. Yangi nav paxta chigiti 1884 yili 300 botmon (1 botmon taxminan 1 gektar yerga to‘g‘ri keladigan o‘lchov birligi) yerga, 1886 yili 12 ming, 1890 yili 59 ming, 1909 yili 191 ming 1910 yilda esa 350 ming botmon yerga ekildi. Turkiston Rossiyaning paxta mustaqilligini ta‘minlab berdi. 1907 yilning o‘zida 5 million pud (1 pud 16 kilogrammga teng og‘irlik o‘lchov birligi) paxta tolasi rus to‘qimachilik sanoati uchun olib ketildi. Masalaning ikkinchi tomoni arzon paxta xom-ashyosi jazavasi savdogarlar, mansabdorlar, harbiy boshliqlar, hokimiyatga dahldor ma‘murlarni, kimniki puli ko‘p bo‘lsa, o‘shani paxta ekishga, yerlarni sotib olib paxta ektirishga undadi. Paxta rus kapitalini ham O‘rta Osiyoga jalb etdi. Paxtani yetishtirish va xarid qilish bilan kamida 30 ta savdo shahobchalari shug‘ullanardi. Rossiyadagi eng yirik banklar - Rus-Osiyo banki, Moskva savdogarlar banki va Davlat banki asosiy qarz beruvchi banklar edi. Bundan tashqari Poltava, Nijegorod - Samarskiy yer banklari ham Turkistonda o‘z bo‘limlarini ochdilar.
Mustamlakachilik iqtisodiy siyosatining muhim jihatlaridan yana biri rus kapitalining kirib kelishidir. Turkistonga kapital paxta yetishtirish va sotish bo‘yicha yirik savdo-ishlab chiqarish kompaniyalari orqali ham kirib keldi. 1913 yilda ―Beshbosh‖ degan juda katta paxta-yog‘ shirkati tuzilib, u Turkistonda yetishtiriladigan paxtaning 30 foizidan ko‘prog‘ini xarid qilar va sotar, 80 ming tonna paxta tolasini tashib ketar hamda 160 tonna chigit tayyorlardi. Ruslarning O‘rta Osiyoni bosib olishi, ularning iqtisodiy-siyosati avvalo mahalliy boylarda mavjud bo‘lgan insof va diyonatni batamom ko‘tarib yubordi. Ekspluatatsiyani, yulg‘ichlikni eng jirkanch shakllarini ruslar mahalliy boylarga ham o‘rgatdilar. Natija nima bo‘ldi? Rusning mustamlakachilik tartibi O‘rta Osiyo xalqlariga nima berdi? Birinchidan, ruslarning O‘rta Osiyoni bosib olgan dastlabki davriga nisbatan XIX asrning 80-90-yillariga kelib, dehqonlar ommasining aksariyat qismi qashshoqlashdi. Ikkinchidan, aniqroq aytadigan bo‘lsak, rus va mahalliy boylar, savdo-sanoatchilari 1889-1890 yillarda Samarqand uezdidagi kambag‘allarning 15 ming desyatina, Jizzax uezdida 5 ming desyatina yerini turli yo‘llar bilan tortib olgan. Bu jarayon Farg‘ona viloyatida bundan ham fojialiroq kechgan.A.F.Middendorfning ta‘kidlashicha, Farg‘onada yersiz qolgan dehqonlarning soni 60 foizga yetgan. Uchinchidan, asrlar davomida ota-bobolaridan qolgan yerlarni shu darajada ko‘p sotish faqat chorizmning iqtisodiy mustamlakachilik siyosati oqibatida yuzaga keldi.
asrning oxirlarida Turkistonda juda ko‘p eski maktablar ishlab turdi. Bular asosan boshlang‘ich va o‘rta hamda oliy diniy ta‘lim beruvchi madaniy o‘choqlar edi. Eski maktablarda ta‘limning sifati talab va uning o‘zining hamda qo‘l ostidagilarning tayyorligiga ko‘proq bog‘liq edi. Ilg‘or domlalar diniy ta‘lim bilan chegaralanib qolmasdan dunyoviy ta‘lim ham berardi. O‘quvchilar xat- savodini chiqarishar, hisobdan ham bir qadar dars olardi. Maktablarda adabiyot, tarix, geografik ilmlarga ham ancha o‘rin ajratilgan. Eski maktabda kambag‘allarning bolalari birinchi bosqichdagi ta‘lim tarbiyadan so‘ng o‘qishni tamomlagan hisoblanardi. O‘ziga to‘q oilalarning farzandlari maktabdorlar qo‘lida yana sakkiz yil shogird bo‘lib, o‘qishni davom ettirar edilar.
Eski maktab odatda kichik bo‘lib, unda 10-15 nafar o‘quvchi tahsil olgan. Lekin madrasalar o‘z xashamatligi, jozibadorligi bilan alohida ajralib turgan.
O‘lkaning yirik shaharlarida madrasalar qurilishi davom etdi. Ular odatda ulug‘vorligi bilan ajralib turar edi. Yirik madrasalar oliy ta‘lim vazifasini bajarib, ularda bir necha muddarislar dars berganlar.
SHaharlarda ba‘zi bir muallimlarning rafiqalari yoki savodxon ayollar otinoyilik qilganlar. Ular qizlarning savodini chiqarganlar.
1897 yilda Andijon atrofida paxta zavodi qoshida dastlabki yangi usul maktabi ochildi. SHundan keyin bunday katta shaharlarda ham maktablar ochila boshlandi. Yangi usul maktablari o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ygan:
Yosh avlodga hozirgi zamon hayotida kerak bo‘ladigan bilimlar berish;
Eski usul ta‘lim mazmuniga yopishib qolmasdan, zamonaviy ta‘lim usullarini qo‘llash:
Tarbiyalash, so‘ngra ruslar bilan mahalliy xalqlarni aralashtirib yuborib, shu yerda Yevropacha turmush tarzining g‘alabasini to‘la ta‘minlashga intildi. 1880 yilda imperiya davlat kengashida Turkistondagi mahalliy aholi bolalarini ruslar bilan birgalikda o‘qitish masalasi ko‘tarilib, unga harbiy vazir general-ad‘yudant graf Milyutin, maorif vaziri graf Tolstoylar rozilik berishdi. Bu masalaga ya‘ni rus tuzem maktablarini shu jabhadan turib hal qilishni Rozinbax g‘ayrat bilan kirishib, u boshlang‘ich maktablar ―rus tuzem‖ maktablari tarmog‘ini yaratish loyihasini ishlab chiqdi. 1884 yilda Toshkentda birinchi rus tuzem maktabi ochildi.
CHorizmning Turkiston o‘lkasi aholisini ruslashtirish siyosatining riyokorligi shunda ediki, rus
amaldorlari o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik xalqlari orasidan yetishib chiqqan va ruschani mukammal o‘rgangan odamlarni xushlamay ulardan cho‘chib turgan va o‘rni kelganda ta‘qib qilgan. CHunki bunday ma‘rifatparvarlar o‘z xalqlarining ko‘zini ochishlari, xaq-huquqlarini tanishlari va milliy onglarini o‘stirishlariga bevosita ta‘sir ko‘rsatishlari mumkin edi. Rus amaldorlariga esa ruschani yaxshi bilgan va xalqning ko‘zini ochib g‘aflat uyqusidan uyg‘otadigan ziyolilar kerak emas edi. Mustamlaka ma‘muriyati Turkiston ziyolilari katta mavqe va mansabga erishsa, o‘z xalqlari uchun sadoqat bilan xizmat qilishlari, mustamlaka tartiblariga qarshi chiqishlari va bu harakatga bosh bo‘lishlari mumkinligidan xavfsirashgan. SHuning uchun ham ularni ma‘lum chegarada saqlab, eng muhim masalalar hal etiladigan idoralardan chetlatishgan.
Mana shu ko‘rilgan yo‘l-yo‘riqlarning o‘lkada amalga oshirilishi o‘lka farzandlarining rus-tuzem maktablarida haqiqiy ilm olishlariga emas, balki imperiya uchun yot millatlardan sodiq mute‘lar tayyorlashdek siyosiy maqsadlarga yo‘naltirilganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |