Beshinchi rejada quyidagi masalalarni yoritish zarur. Jadidchilik harakatining diqqat masalalaridan biri o‘lkada keng miqyosda madaniy-oqartuv ishlarni amalga oshirish edi. Jadidlar Turkiston o‘lkasining yangidan va ko‘tarilib kelayotgan madaniyatida faqat G‘arb emas, balki SHarq madaniyatining ham usul va alomatlarini o‘zida mujassamlashtirgan edilar.
Bu hodisa, ayniqsa adabiyot, san‘at, me‘morchilik, maorif sohalarida ko‘proq seziladi va ko‘zga
tashlanadi. Ular SHarq maorif tafakkuri va ahloq ta‘limotlaridan ham samarali foydalanganlar.
asr boshlarida madaniyat sohasida ham jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jadidlarining amaliy dasturiga ko‘ra madaniyat isloh etila boshlagan edi. Jadidlar yaratayotgan madaniyat Turkistonliklarning kiyim-kechagida, poyafzalida, tashqi ko‘rinishida, to ongi va madaniy tafakkurigacha barcha narsani o‘zgarishga mahkum qilgan edi va shunday bo‘ldi. ―Turkistonliklar soch qo‘ydi, soqol-mo‘ylovini qirdi, Yevropacha yoqali ko‘ylak, kostyum, palьtolar, poshnali oyoq kiyimlar va yangi bichimdagi bosh kiyimlarni asta sekin kiyish keng tarqala bordi‖.
Madaniyatdagi yangiliklar va o‘zgarishlar yengil kechmadi. Bu qiyin, mashaqqatli va xavf-xatarga to‘la ko‘p yillik jarayon edi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Toshkentda telegraf o‘rnatilgani ma‘lum. Bu telegraf chor hukumati tomonidan joriy qilingan deb o‘ylaydilar. Aslida esa, Toshkent telegrafi Said Azimboy tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Telegraf uchun qulay bo‘lgan imoratni ham Said Azimboy in‘om qilgan ekan. Bundan tashqari jadidlar kutubxonalar, hunar o‘rgatuvchi ixtisoslashgan maktablarni ham o‘z mablag‘lariga ochdilar.
Ayni paytda, xalq dorilfununi tashkil etish uchun mablag‘ yig‘dilar, ammo chor hukumati bunga
yo‘l qo‘ymay, yig‘ilgan mablag‘larni birinchi jahon urushi harakatlari uchun topshirishga majbur etdi.
SHunga qaramay ular butun Turkiston bo‘ylab tuzilgan ―Jamiyati xayriya‖lar orqali to‘plangan pullar evaziga millatning iste‘dodli yoshlarini Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy-Novgorod, Qozon, Boku kabi shaharlarga, shuningdek chet ellarga Olmoniya, Frantsiya, Angliya, SHvetsariya, Turkiya, Misr, hatto Amerika va Yaponiyaga o‘qishga yuborishga intildilar. Ularning rejasiga ko‘ra, bu yoshlar chet ellarda shifokorlik, muxandislik, iqtisodiyot, huquqshunoslik kabi yana boshqa ko‘plab zamonaviy bilimlarni egallab qaytishlari va millat ravnaqi uchun kurashuvlari lozim edi. Bulardan tashqari, jadidlar Turkistonning yirik shaharlarida matbaa ishlarini tashkil qildilar. Ular gazeta va jurnallar chiqardilar. Bular: Toshkentda ―Xurshid‖, ―Sadoi Turkiston‖, ―Turon‖, ―Turk eli‖, ―Najot‖, ―Kengash SHuroi Islom‖,
―Ulug‘ Turkiston‖, Samarqandda ―Oyna‖, ―Xurriyat‖, Buxoroda ―Turon‖, ―Buxoroi SHarif‖, Qo‘qonda
―Sadoi Farg‘ona‖, ―Tirik so‘z‖, ―Kengash‖, ―Yurt‖, ―Xurriyat‖, Farg‘onada ―Farg‘ona nidosi‖ kabi boshqa ko‘plab chop etilgan gazeta va jurnallar ana shular jumlasidandir.
Jadidlar maktab uchun yaratgan darsliklarida tarix, millat, Vatanga ta‘rif beradi. Vatanni, xalqni, ona yerni himoya qilish har bir fuqaroning burchi ekanligini uqtiradi.
Jadid maktablari uchun darsliklar tayyorlash davom etadi. Abdullo Avloniy ―Birinchi muallim‖,
―Maktab Gulistoni‖, ―Turkiy Guliston yohud ahloq‖, Sadriddin Ayniy ―Taxsibus sibyon‖, Fitrat
―O‘qish‖, ―O‘quv maktablarining so‘nggi sinflari uchun‖, Hamza ―O‘qish kitobi‖, ―Qiroat kitobi‖, ―Engil adabiyot‖ darsliklarini yozdilar. Zikr qilingan darsliklarda SHarq allomalari asarlaridan tashqari rus, qadimgi grek, arab, fors, Yevropa yozuvchi va pedogoglarining bolalar uchun maxsus bitgan hikoyalari salmoqli o‘rin egallaydi.
Jadidlar nashr shirkatlari tuzdilar, bosmaxona ochdilar. Teatr ishlarini yo‘lga soldilar. Yillar o‘tib, jadidlar harakati va ular ochgan maktablar hamda hunar o‘quv muassasalari, gazeta va jurnallar, kutubxonalar va nashriyotlar, teatr va xayriya jamiyatlari, shirkat va hokazolar asta-sekin katta ijtimoiy kuchga aylandi.
Jadidlar davri-bu milliy uyg‘onish, Turkiston fuqarolari qadr qimmatini tiklash davri bo‘ldi. SHunday qilib, vaqti-soati bilan jadidchilik harakati Turkistonning eng baquvvat va yagona ijtimoiy- siyosiy, milliy-mafkuraviy kuchiga aylandi. Maxmudho‘ja Bexbudiy tarjimai holiga Xoji Mu‘in yozgan
―Bosh so‘zi‖da quyidagi fikrlarni bildirgan: Biz Turkiston turklari, bugungi muhtasham madaniyatimiz so‘ngidan keyin, so‘nggi asrlarda har bir jihatdan juda chetda qoldik. Lekin so‘ng bo‘lsa ham gunoh va xatolarimizdan xabardor bo‘la boshladik. Biroz uyg‘onib ketdik. Bizda intixob davri 1901 yildan boshlandi‖.
Jadid harakati yuzaga kelganda Turkistonda hayot nihoyatda qiyin va og‘ir kechar edi. O‘lka o‘z o‘tmishi, tarixi, fan va madaniyatidan bexabar ahvolga tushib qolgan edi.
Jadidlar Turkistonni g‘aflat uyqusidan uyg‘otishga va olamni ko‘z ochib ko‘rishga, o‘zligini
tanishga da‘vat etdi. Bu savobli ishda jadid adabiyoti, jadid teatri, jadid matbuoti, azaliy va adabiy bo‘lgan inson ruhiyatini teran badiiy kayfiyatini yuksakka ko‘tarib yubordi. Ular ovrupacha teatr va adabiyotning yangi-yangi janrlarini Turkiston madaniy va ma‘naviy hayotiga joriy etar ekanlar, xalq og‘zaki dramasining muayyan shakllaridan baxramand bo‘ldilar.
Jadid ziyolilarining teatrchilik harakatlari yuzaga kelishda o‘sha zotlarning g‘ayrat va qiyinchilik bilan yozilib, matbuot sahifalariga ko‘chgan kuzatishlari, mulohazalari ham ma‘lum darajada ahamiyat kasb etdi, milliy tafakkurni shunga tayyorladi, yo‘naltirdi.
Darhaqiqat, teatr-dunyo, dunyo esa tomoshaxona. Sahna aylangani kabi dunyo ham hamisha aylana harakatda. Kelajakni ko‘zlagan odam o‘tmishini, kechmishni o‘ylashi, bugunini rostlashi zarur.
Jadidlarning o‘z maqsadlarini ruyobga chiqishida madaniy oqartuv ishlaridagi faoliyati ham tahsinga sazovordir. Zero, mustaqil davlat poydevorini tiklar ekanmiz, o‘tmishidan, xususan yaqin tarix jadidlar saboqlaridan ibrat olmasligimiz mumkin emas. Ular ibrati qilgan ishlarida va aytgan so‘zlarida qoldi. Ularning millati nomidan aytgan so‘zlari, dardi-iztiroblari esa she‘r bo‘lib va yana ―teatr risolalari‖ deb atalmish sahna asarlarida qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |