XX asrning 20 yillari oxirlarida sovetlar mamlakatida ma‘muriy buyruqbozlik, byurokratik tuzumning qaror topishi.
Industrlashtirish siyosati va uning O‘zbekistondagi oqibatlari.
XX asrning 20-30 yillarida fan va madaniyat.
XX asrning 50-80 yillarida O‘zbekistondagi iqtisodiy va madaniy hayot, turg‘unlik holatlari va uning sabablari.
XX asrning 80-yillarida markazning O‘zbekistondagi qatag‘on-zo‘ravonlik siyosati.
Birinchi rejada quyidagilarga e‘tiborni qaratish lozim.20-yillar tariximizga o‘ta murakkab va ziddiyatli, turli ijtimoiy guruh va kuchlar siyosiy qarama-qarshiligi avj olgan, Turkistonda Markazning imperiyacha munosabatlar mustahkamlanayotgan, o‘lkadagi ochlik, iqtisodiy tanglik, vayronaga aylangan sanoat, transport, qishloq xo‘jaligini tiklash, ya‘ni sho‘rolarning ―tinch sotsialistik qurilish‖ yo‘liga o‘tish davri bo‘lib kiradi. Ushbu davrdagi eng dolzarb masalalardan biri bu- hokimiyat masalasi edi. Milliy muxolif kuchlar esa hokimiyat masalasini birinchi navbatda xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilashda ko‘rishar edi. Sanoat va qishloq xo‘jaligining inqirozi, ochlik, inqilobcha zo‘ravonlikning kuchayishi mahalliy xalq milliy manfaatlarining ochiqdan-ochiq inkor etilishi Turkistondagi turli ijtimoiy qatlamlar orasida sovet hokimiyatiga nisbatan ishonchsizlik va norozilikni keltirib chiqarmoqda edi. Aholining aksariyati sovet hokimiyatini qizil armiyachilarning quroli yordamida zo‘rlik bilan olib kirilgan hokimiyat sifatida tan olmas, ular tashkil etayotgan sovetlar va ularning ijroiya qo‘mitalari tub aholi orasida obro‘ga ega emasligi sovet tuzilmalariga qarshi chiqishlarni keltirib chiqarmoqda edi.
Kommunistik partiya o‘zining siyosiy pozitsiyalari hamda sovet davlat tuzumini mustahkamlash bilan birga sovetlarning ijroiya qo‘mitalarini qaytadan tiklash ishlarini olib bordi. Ushbu tartib joylarda ulkaning ijtimoiy-siyosiy hayotida demokratik jarayonlarni kengaytirish, xalq hokimiyatini tiklash shiorlari ostida o‘tdi. Ammo, tarix ko‘rsatib turganidek, aslida bu jarayon tashviqot-mafkuraviy xarakterda bo‘lib, jamiyat va davlat boshqaruvida keng xalq ommasining ishtirokini ko‘rsatishdek tuyulardi. Lekin haqiqatda bunday emas edi. Ko‘p joylarda mahalliy aholi saylash huquqidan mahrum edi. Masalan, ―BXSRda sud qurilishi haqida nizom‖ning xalq maslahatchilarini saylash tartibi haqidagi 3- bob 20-moddasida ko‘rsatilishicha taqsimot taxminan maslahatchilarning 25% ishchilardan, 50%
qishloqlar va kentlardan, ya‘ni dehqonlar va 25% harbiy qismlardan bo‘lishi hisobida edi. Bolьsheviklar keng huquqlar va imtiyozlar bergan ishchi va soldatlarning mutlaqo ko‘pchilik qismi ruslar bo‘lib, oqibatda rahbar lavozimlarning aksariyati ulardan tashkil topgan, milliy ziyolilarning asosiy qismi esa saylov huquqidan umuman mahrum qilingan, bu yerda ziyoli tabaqa umuman odil sudlovga yaqinlashtirilmagan. 1923 yilda Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlarida saylovga xalq sud‘yasi va 46624 ta xalq maslahatchilarining tarkibi 73,5% ishchi, 19% dehqon va 7,5% qizil askarlardan iborat. Bundan ko‘rinib turibdiki xalqni himoya qilish kerak bo‘lgan sudga birorta mutaxassis yaqinlashtirilmay, faqat bolьsheviklarning siyosatini to‘g‘ri, degan kishilar kirgizilgan. TASSRda esa 1920 yilda aholining 93-97 %ni musulmon aholisi, 3-7 %ni ruslar tashkil qilgani holda, xalq sud‘yalarining 48%ni ruslar, 52%ni musulmonlar, sud hay‘ati a‘zolarining 75%ni ruslar, 25%ni musulmonlar tashkil etgan.
Sovet hukumati mahalliy aholidan cho‘chir va unga ishonmas edi. SHuning uchun ham u o‘z siyosiy tuzilmalariga milliy xodimlarni nihoyatda kam jalb qilgan edi.
Partiyaning ushbu mustabidlik yo‘nalishi Turkiston xalqi hayotiga salbiy ta‘sir qildi, mahalliy aholi mustaqil huquqlarga ega emas, o‘z manfaatlarini himoya qilishga bo‘lgan urinishlar esa ―millatchilik‖ deb baholanib, qatag‘ongacha olib kelingan. XX asrning 20-yillaridagi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy ahvol mana shunday edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |