2. Sinxron mashinalarning ishlash prinsipi, vazifalari. O`zgaruvchan tok dvigatellari qo`zgalmas stator va aylanuvchi rotordan iborat. Sinxron dvigatellarni rotor chulgamiga o`zgarmas tok beriladi: Bu elektrodvigatellarni stator chulg’amlarida esa o`zgaruvchan, EYuK induktsiyalanadi va o`zgaruvchan tok oqadi. Demak stator va rotor ariqchalarida chulg’amlar joylashgan bo`ladi. Dvigatelni stator chulg’amlari uch fazali tarmoqqa ulanganda aylanuvchi magnit maydoni hosil bo`ladi: Stator chulg’amlaridan oqqan tok hosil qilgan aylanuvchi magnit maydon rotor chulg’amlarini kesib o`tib ularda EYuK induktsiyalaydi, natijada ulardan tok oqadi. Sinxron elektr mashinalari asosan ikki hil bo`ladi. 1.Noayon qutbli, 2.Ayon qutbli. Aniq namoyon qutbli–generatorlarning dvigateli sifatida ko`pincha gidravlik turbina
ishlatiladi. Shuning uchun bunday generatorlar gidrogeneratorlar–deb ataladi. Ularning aylani shlar tezligi 60 dan 750 ayl/min gacha oraliqda bo`ladi. Tezlikning bunday katta farqda o`zgarishi gidrostantsiyalarda suvning bosimi va isrofining turlicha bo`lishi bilan bog’liqdir. Gidrogeneratorlarning qutblarini soni gidroturbinaning tezligiga bog’liq holda bir necha o`ntagacha bo`lishi mumkin. Masalan, turbinaning aylanishlar tezligi 75 ayl/min va standart chastotasi 50 Gts bo`lganda ta juft qutblar bo`ladi.
1-korpus; 2-stator o`zagi; 3-polyus; 4-stator chulg’amining yon qismi; 5-podshipnik qopqog’i; 6-kontakt xalqasi; 7-val; 8-podshipnik; 9-asos fundamenti; 10-kontakt halqasini qopqog’i; 11-chulg’amga tok o`tkazgich; 12-stator chulg’ami chiqishi; 13-yurgazish chulg’ami sterjnyasi; 14-rotor o`zagi; 15-polyus chulg’ami.
51-rasm: Sinxron mashinani konstruktsiyasi.
Yaqqol ko`rinmaydigan–noayon qutbli sinxron mashinalar asosan rotorning aylanishlar
tezligi ko`p bo`lgan 1500 ayl/min, 3000 ayl/min tezliklarda qo`llaniladi. Bunday mashina rotori konstruktsiyasining qutblari bo`rtib chiqmagan qutb sifatida bo`lib, uyg’otish chulg’amlari joylashtiriladigan pazlar silindrsimon shaklda yasaladi. Yaqqol ko` rinmaydigan qutbli sinxron mashinalarni birlamchi dvigateli sifatida bug’ turbinasi qo`llailadi. Shuning uchun bu generatorlar–turbogeneratorlar deb ataladi. Sinxron dvigatellar quvvati bir–necha 10 000 kVA gacha yaqqol ko`rinmaydigan qutbli qilib ishlab chiqariladi. Yaqqol ko`rinadigan qutbli sinxron mashinalarni tayyorlash texnologiyasi hamda konstruksiyasining mexanik mustaxkamligini ularni aylanishlar tezligi 1000 ayl/min dan kam bo`lgan hollarda qo`llash tavsiya etiladi.
Sinxron mashinalar ko`pincha generatorlar sifatida ishlatiladi: O`zgaruvchan tok generatorlarini hammasi deyarli istonosiz sinxron mashinalardir: Sinxron elektrodvigatellar asinxron elektrodvigatellarga qaraganda nisbatan kam ishlatiladi. Ular odatda birday quvvatli va bir hil ish rejimidagi asinxron elektr dvigatellariga qaraganda tejamliroq bo`lgan hollardagina ishlatiladi. Katta quvvatli sinxron elektrodvigatellari havo haydovchi nasoslar da, fazalarni siljitish kompensatorlari sifatida va kichik quvvatlilari esa avtomatik boshqarish tizimlarini qismlarini harakatga keltirishda qo`llaniladi.