Nazorat uchun savollar 1. Uch fazali o`zgaruvchan tok tizimi nima? 2. Uch fazali o`zgaruvchan tok qanday hosil qilinadi?
3. Liniya va faza kuchlanishlari qanday? 4. 3 fazali tok zanjirida simmetrik, nosimmetrik ish rejimlari?
5. Uch fazali o`zgaruvchan tok tizimi avfzalligi nima? 6. Uch fazali tok tizimi iste’molchilari nimalar?
7. Fazalardagi EyuK larini o`zaro bog’liqligi qanday? 8. Miqdor jihatidan EyuK lar farqlanadimi?
9. Yulduz va uchburchak ulanishlar qanday hosil qilinadi? 10. Neytral simini ahamiyati qanday?
5-MODUL 5-mavzu: DAVRIY NOSINUSOIDAL TOK ELEKTR ZANJIRLARI
Reja:
Nosinusoidal tok, kuchlanish va E.YU.K. lar haqida umumiy tushunchalar. Nosinusoidal tok, kuchlanish va E.YU.K. paydo bo‘lishining asosiy sabablari. Nosinusoidal kuchlanish va tok manbalari. Nosinusoidal davriy tok, kuchlanish va E.YU.K. larni Fure qatoriga yoyish. Fure qatori tashkil etuvchilarini aniqlashni grafo-analitik usuli.
Nosinusoidal elektrik kattaliklarni ta’sir etuvchi va o‘rtacha qiymatlari. Nosinusoidal tok va kuchlanishli elektr zanjirlarida aktiv quvvat. Nosinusoidal kuchlanishli chiziqli elektr zanjirlarining taxlili.
Nosinusoidal kuchlanishga ulangan zanjirlardagi rezonans hodisalari. Uch fazali zanjirlarda nosinusoidal tok va kuchlanishlar.
Elektr filtrlari haqida tushuncha. Nosinusoidal tok va kuchla-nishlarni filtrlar yordamida
1.Nosinusoidal tok, kuchlanish va EYuKlar haqida umumiy tushunchalar. Elektrotexnikada ko`pchilik hollarda davriy nosinusoidal toklar bilan ishlashga to`g’ri keladi. Ko`pkina hollarda nosinusoidal o`zgarishlar davriy hisoblanadi, qachonki ma`lum T vaqt oralig’idan so`ng barcha o`zgarish jarayonlari takrorlanadi. Bunday davriy o`zgaruvchi murakkab tok tizimi matematik jihatdan turli chastotali va turli boshlang’ich fazali sinusoidal toklar yig’indisi ko`rinishida ifodalanish mumkin. Nosinusoidal tokni ayrim tashkil etuvchilari garmoniklar deb ataladi. Quyida rasmda misol tariqasida bir hil boshlang’ich fazali birinchi va uchinchi garmoniklardan tashkil topgan murakkab tok grafigi ko`rsatilgan. Murakkab tok doimiy tashkil etuvchiga (nul garmonikaga) ega bo`lishi ham mumkin. Parametrlari tokka bog’liq bo`lmagan chiziqli zanjirlarda har qaysisiga Om qonunini qo`llash mumkin bo`lgan gormonik tashkil etuvchilarni har biri
24-rasm. Nosinusoidal tok.
uchun mustaqil tok va kuchlanishlarni hisoblab topish mumkin. Mabodo, zanjir parametri va qo`yilgan kuchlanish garmoniklari berilgan bo`lsa har qanday garmonikali tok Ik=Uk∙ZkYig’indi (summa) tok ayrim garmonik tashkil etuvchilarni faza siljishlarini hisobga olgan holda topiladi. Tokni amaliy qiymati quyidagi formuladan topiladi: E.Yu.K. va kuchlanishlarni amaliy qiymatlari uchun ham formulalar bir hil topiladi. Nosinusoidal tokni aktiv kuvvati bunda Po=Io∙Uo; Pk k0 da quyidagi formula bilan ifodalanadi: Pk=Uk∙Ik∙Cosk