3.Virtual mahalliy tarmoqlari.
Virtual mahalliy tarmoqlarda axborot almashinish jarayonida ma’lumotlar birligini ifodalash uchun xabar termini bilan birga boshqa iboralar xam qo’llaniladi. Virtual mahalliy tarmoqlar standartlarida xar-xil tarmoqlar protokollari uchun mo’ljallangan ma’lumotlar birligini ifodalash uchun protokolga tegishli malumotlar bloki - Protocol Data Unit (PDU) degan umumiy nom qo’llaniladi. Ma’lum bir tarmoqga tegishli ma’lumotlar blokini ifodalash uchun ko’pincha maxsus nomlar qo’llaniladi, bular quyidagilardir: kadr, paket, deytagramma va segment.
2 -rasm. Xar-xil tarmoqlarga tegishli xabarlarning ko’rinishi.
Virtual mahalliy tarmoqlarda fizik aloqa kanallari orqali bitlarni uzatish amalga oshiriladi. Fizik aloqa kanallaridan biri bo’lib - koaksial kabel, uralma juftlik kabeli, optik tolali kabel yoki rakamli territorial kanal kabi axborot uzatish muxitlaridan biri xizmat qilishi mumkin. Bu satxda axborot uzatish muxitining va diskret axborotni uzatuvchi elektr signallarining kursatgichlari aniklab olinadi. Masalan, axborot uzatayotgan signalning kuchlanishi yoki tok satxi, impulьslarning frontlarini qiyalik darajalari, uzatilayotgan axborotning kodlash tipi va signallarni uzatish tezligi kabi ko’rsatgichlar.
Fizik satxning funktsiyalari (vazifalari) virtual mahalliy tarmoqlarga ulangan xamma qurilmalarda amalga oshiriladi. Kompyuterlarda esa bu satx vazifalari tarmoq adapteri yoki ketma-ket port tomonidan amalga oshiriladi. Shu satxda ulagichlarning xillari va ulardagi ulanish nuqtalarining (kontaktlarning) qaysi biri nima uchun ishlatilishi kelishib olinadi.
Misol tariqasida fizik satx protokoli sifatida Ethernet texnologiyasining 10Base-T standartini keltiramiz. Bu standartda 100 Om tulkin qarshilikka ega bo’lgan 3 kategoriyali ekranlanmagan uralma juftlik kabeli, RG-45 uzatgichi ishlatiladi, fizik segmentning maksimal uzunligi 100 m, kabelda malumotlarni ifodalash uchun manchester kodi ishlatiladi, xamda elektr signallarning va muxitning ba’zi bir boshka ko’rsatgichlari keltiriladi.
Kanal satxi (Data Link laer) - bu satxda uzatish virtual mahalliy tarmoqlar muxitiga ulanish mumkin yoki mumkin emasligini tekshirish, xamda uzatilayotgan malumotlardagi xatoliklarni aniklash va ularni tugirlash mexanizmini amalga oshirish kabi vazifalar bajariladi. Buning uchun kanal satxida bitlar ketma-ketligi kadrlar (frames) deb ataladigan to’plamlarga guruxlanadi, kanal satxi xar bir kadrni to’g’ri uzatilishini ta’minlab beradi. Buning uchun xamda kadrni kadrdan ajratib turish uchun kanal satxi xar bir kadrni boshlanishidan avval va oxirida maxsus bitlar ketma-ketligini joylashtiradi. Xar bir kadrning baytlari ma’lum bir yo’l bilan ishlanib nazorat qilish summasi xisoblanadi va u xam kadr tarkibiga qo’shilgan bo’ladi. Kadr tarmoq orqali o’z manziliga yetib kelganida, uni qabul qilib olgan stantsiya xam nazorat qilish summasini qayta xisoblaydi va kadrda birga yuborilgan nazorat qilish summasi bilan solishtiriladi. Agar ular bir xil bo’lsa kadr to’g’ri yetib kelgan xisoblanadi va qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |