ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI AVTOMATIKA VA ELEKTROTEXNIKA FAKULTETI ELEKTROTEXNIKA, ELEKTROMEXANIKA VA ELEKTROTEXNOLOGIYALAR YO’NALISHI 293-GURUH TALABASI XAKIMOV AXRORBEK SAMARQANDNING TARIXIY OBIDALARI REJA: 1.Samarqand turistik mintaqa 3. Islom Karimov maqbarasi 4. Bibixonim jome masjidi
Samarqand turistik mintaqa
Samarqand dunyo taraqqiyotining eng qadimgi va markaziy shaharlaridan biri boʻlib, jahon madaniyati va fani xazinasiga katta hissa qoʻshgan shahardir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati rahbarligida mustaqillik yillari Samarqand shahridagi arxitektura yodgorliklarini tiklash va taʼmirlash, ayniqsa, eski shahar qismini qayta qurish va taʼmirlash, obodonlashtirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi. Temuriylar sulolasi yaratgan arxitektura yodgorliklari Misr, Xitoy, Hindiston, Gretsiya, Italiya kabi davlatlarda yaratilgan arxitektura obidalaridan aslo qolishmaydi.
Samarqand viloyatiga tashrif buyuruvchi chet ellik turistlar oqimining mintaqalar bo‘yicha taqsimlanishi
Agar kimda-kim bizning qudratimizga shubxa qilsa, biz qurgan binolarga boqsin.
Amir Temur
Go`ri Amir maqbarasi
Go’ri Amir maqbarasi jahonga mashhur va O’rta Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida e’tirof etiladi. Maqbara qurilishi 1403 yilda Amir Temurning vorisi Muhammad Sultonning vafot etishi munosabati bilan boshlangan, Mirzo Ulug’bek davrida tugallangan.
Hamda Amir Temur va temuriylar xilxonasiga aylantirilgan. Maqbara o’rta asr Samarqandining janubiy-sharqiy qismida, Temurning nabirasi MUhammad Sulton XIV asrning oxirida bino qildirgan ansambl qoshida tiklangan.
Islom Karimov maqbarasi
Markaziy Osiyo me`morchiligi an`analari bo’yicha qurilgan maqbara Islom Karimov vafotiga bir yil to’lgan kunda ochildi.
Qurilish ishlarida mahalliy ishchilar bilan birga hindistonlik ustalar ish olib bordi, maqbarada foydalanilgan qimmatbaho toshlar ham Hindistondan olib kelingan.
Maqbara atrofida ayvon bunyod etildi, maqbara yonida joylashgan Hazrati Xizr masjidi restavratsiya qilindi. Shohi Zinda va Hazrati Xizr qabristonlari devorlari yangicha ko’rinish oldi.Qurilish va obodonlashtirish ishlari tunu-kun davom etib, 3 smenada 2 mingdan ziyod ishchi mehnat qildi.
Bibixonim jome masjidi
Bibixonim jome masjidi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1399—1404). Amir Temurning katta xotini Bibixonim (asli Saroymulk xonim) nomi bilan bogʻliq. Amir Temur farmoni bilan qurilgan. Masjidni kurgan usta va meʼmorlarning nomlari nomaʼlum. Masjid hovlisining sahni 63,8×76,0 m boʻlib, toʻrt tomondan ravoq va peshtoklar bilan oʻralgan. Uning umumiy sahni 167×109 m, burchaklarida baland minoralar boʻlgan. Zilzilalar taʼsirida astasekin yemirilib vayron boʻlgan, faqat shim.gʻarbiy minoraning pastki qismigina saqlanib qolgan, bal. 18,2 m. Poydevori harsang toshdan, devorlari pishiq gʻishtdan ishlangan (qalinligi 4,5 m).
Masjidning bir-biri bilan bogʻlangan 6 ta meʼmoriy boʻlaklari saqlanib qolgan. Bular hovlining toʻrida mehrobli va baland peshtoqli bino, ikki yonida uning kichik nusxasi, poyida masjidning ikkiga boʻlingan peshtoqi va shim.gʻarb tomonda minoradir.
Ilgari bu boʻlaklar 3 qator oq marmar ustunli, yengil ravoqli bostirmaayvonlar bilan birlashgan va ular tepasida gumbazchalar (400 ta) boʻlgan. Ustunlar 480 ta (oraligʻi 3,5 m) boʻlib, tagkursili, tanasi oʻyma naqsh, tepasi kalla muqarnaslar bilan bezalgan (ular tuproq ostiga kumilib ketgan, arxeologik qidiruv ishlari natijasida ustunlar, tagkursilar va mayda kosachalardan iborat muqarnasli ustun qoshi topilgan)
Ulugʻbek madrasasi
Ulugʻbek madrasasi – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1417— 22). Registon ansamblining gʻarbida joylashgan. 2 qavatli, toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (56×81 m). Bosh tarzi maydonga qaragan, mahobatli peshtoq mujassamotida keng toqili ravoq (bal. 16,5 m), uning 2 yonida guldastalar (bal. 32 m) bor. Ravoq tepasidagi yulduzli osmon aks etgan qanos bezaklari oʻziga xosdir. Guldasta tepasi muqarnas, sharafalar bilan yakunlangan. Peshtoq ravogʻi cheti morpech shaklida, tokchasidagi namoyonlar oʻziga xos uslubda pardozlangan. Peshtogʻi, guldastasi va tashqi devorlarida girih naqshining turli betakror namunalari aks etgan. Ganchkori panjaralar orqali xonaga yorugʻlik tushib turadi. Moviy va koʻk koshin hamda sopol gishtlar vositasida Samarqanddagi Ulugbek madrasas geometrik naqshlar bilan bezatilgan devor satqi yozuvlar bilan oʻzaro uygʻunlashib, koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Peshtoq orqali chorsi hovli (30×30 m)ga oʻtiladi. Hovli atrofi 2 qavatli hujralar (48 ta) bilan oʻralgan, har bir qujra qaznoq, yotoqxona, umumiy xonadan iborat. Madrasaning shim. va jan. tarzlari oʻrtasida tashqi tomondan alohida peshtoqlar bor. Madrasaning 4 tomonini darsxona va ayvon egallagan. Masjid (22×8 m) jan.sharqiy tomonga choʻzilgan. Tashqi toʻrt burchagida 4 ta baland minora bor.
Shohizinda maqbaralar majmuasi
Shohizinda — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (11—20-asrlar); Afrosiyob tepaligi jan.da joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl. Ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi boʻlib, xalq orasida Shohizinda (tirik shoh) nomi bilan mashhur. Ansambl bir-biri bilan yoʻlak orqali bogʻlangan 3 guruh binolardan iborat.
Quyi guruhdagi inshootlar Ulugʻbek oʻgʻli nomidan qurdirgan Abdulaziz chortogʻi (1434—35), unga shim.dan Davlat qushbegi madrasasi (1812—13) tutash, uning qarshisidagi ayvonli masjid naqshlar bilan nafis bezatilgan. 40 bosqichli tik zinapoya oʻrtaligʻining chap tomonida ziyoratxona va goʻrxonadan iborat qoʻshgumbazli maqbara (15-asr) joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |