KURS ISHINI BAJARISHNI TASHKIL ETISH
Kurs ishini topshirish muddati oʻquv rejasiga binoan belgilanadi. Kurs ishi rahbari talaba bilan birgalikda kurs ishi topshiriqlarini va ularni bajarishning taqvim jadvali asosida ishni tashkil qiladi.
Kurs ishini bajarish rahbar tomonidan tasdiqlangan topshiriqlarga va taqvim jadvaliga qaʼtiy muvofiq holda amalga oshirilishi lozim.
KURS ISHI YOZISH DAVOMIDA QOʻYILADIGAN ASOSIY TALABLAR
Kurs ishini himoya qilishga quyidagi umumiy talablar qoʻyiladi:
- muammoni bibliografik tahlil qilish;
- chizma va jadvallarni muayyan tizimga keltirilgan holda rasmiylashtirish;
- toʻplangan materiallarni tanqidiy oʻrganish;
- taklif va tavsiyalarni asoslab berish;
- fikrni ketma-ketlikda, muayyan izchillikda bayon qilish;
- kurs ishini qoʻyilgan talablar boʻyicha rasmiylashtirish.
Kurs ishini yozishda quyidagilarga amal qilinadi:
Kursi qoʻlyozma va kompyuter yordamida bajarilishi mumkin.
Qoʻlyozma asosida tayyorlangan kurs ishining hisob-tushuntirish xatini umumiy hajmi 35 betdan kam boʻlmasligi kerak.
Kompyuter yordamida bajarilgan kurs ishi kamida 25 varaqdan iborat boʻlishi mumkin. Belgilangan varaqdan ortiqchasi chegaralanmaydi. Matnlar Times New Roman shriftida 14 oʻlchamda 1,5 interval oraligʻida terilishi kerak.
Kurs ishi betlarida quyidagi masofa qoldirilishi lozim:
Chap tomondan - 30 mm; yuqoridan - 20 mm; oʻng tomondan - 15 mm; pastdan - 20 mm.
Har bir qatorga 58-60 tadan belgi yoziladi.
Kurs ishining varaqlarini pastiga tartib raqami qoʻyiladi, nuqtasiz va chiziqsiz raqamlanadi.
Kurs ishi chizmalari, jadvallar, illyustratsiyalar Davlat standarti talablari asosida boʻladi;
Kurs ishi boblari Rim raqamlarida keltiriladi, rasmlar har bir bob uchun 1.1-rasm, 2.1-rasm koʻrinishida, chizmalar, jadvallar, hisob kitoblar 1.1-ilova, 2.1-ilova koʻrinishida beriladi.
Kurs ishi hisob-tushuntirish xatida har bir varaq toʻliq yoziladi, boʻsh joylar qolmasligi kerak, agar bob tugasa ham boʻsh joydan keyingi bobni yozib ketilishi kerak.
KURS ISHINI TAYYORLASH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
Kurs ishining har bir sahifasi raqamlanishi kerak. Kurs ishiga 3-ilovada keltirilgan koʻrinishdagi titul varaq toʻldiriladi. Tartib raqam sahifaning pastki qismiga satrning oʻrtasiga qoʻyiladi.
1. Kurs ishi talaba tomonidan tanlab olingan kundan boshlab 30 kun muddat ichida “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasiga taqdim etiladi. Kurs ishi mavzusini tanlash ushbu kurs boʻyicha nazariy mashgʻulotlar boshlangan kundan boshlanadi. Taqdim etilgan kurs ishlari 7 kun muddat ichida oʻqituvchilar tomonidan koʻrib chiqilib, taqrizlar yoziladi. Agarda yozilgan taqriz ijobiy boʻlsa himoyaga tavsiya etiladi. Aksincha taqriz yozilish mobaynida kamchiliklar aniqlansa ishni qayta ishlash uchun qaytariladi. Qayta ishlash muddati talaba tomonidan 10 kun muddat ichida amalga oshiriladi. Har bir talaba oʻz ishini alohida himoya qiladi. Boshqalardan koʻchirib olingan, bir xil mavzuda yozilgan kurs ishlari “Qoniqarsiz” deb hisoblanadi. “Qoniqarsiz” baholangan ish qayta ishlanib, soʻng himoyaga tavsiya etiladi.
2. Kurs ishini yozishda quyidagi 4-ilovada keltirilgan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |