O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI
“IQTISODiyot va qurilish” FAKULTETI
“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi
“MOLIYA”
FANIDAN KURS ISHLARI VA UNI
BAJARISHBOʻYICHA
USLUBIY KOʻRSATMA
OLIY TA’LIMNING
60410500 - “BANK ISHI VA AUDIT”
BAKALAVRIYAT YO’NALISHI TALABALARI UCHUN
Andijon-2022
TAVSIYA ETILGAN
“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi majlisida muhokama qilingan va tavsiya etilgan
Kafedra mudiri____________________ A. A. Xakimov
kafedra majlisining ______sonli bayonnomasi
“___” _________ 2022 yil
MA’QULLANGAN
“Iqtisodiyot va qurilish” fakulteti kengashida muhokama qilingan va mahqullangan
Fakultet dekani_________________ B. N. Mamayev
“_____”___________2022 yil
TASDIQLAYMAN
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
Oʻquv-uslubiy kengashida koʻrib chiqilgan va tasdiqlangan
O’quv uslubiy bo’lim boshlig’i _______________D.U.Yuldasheva
“______”_______2022 yil
Tuzuvchi:
Sh.Odilbekov - Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi
Taqrizchilar :
Andijon mashinasozlik instituti “Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish” kafedrasi dotsenti, i.f.d. U.Madrahimov;
Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti” kafedrasi dotsent, i.f.n. B.Nosirov (turdosh OTM)
KIRISH
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va makroiqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlarini barqarorligini taʼminlash maqsadida olib borilayotgan strategik harakatlar buxgalteriya hisobi sohasida ham xalqaro andazalar asosida hisob jarayonini tashkil etish zaruratini yuzaga chiqarmoqda. Bu oʻz navbatida mamlakat oliy taʼlim muassasalarida tayyorlanayotgan kadrlarning malakasini oshirish, xalqaro andozalar talablariga javob bera oladigan mutaxassislarni yetishtirish zaruratini shakllantiradi. Oʻzbekiston Respublikasining “Bank ishi va audit” taʼlim yoʻnalishining davlat taʼlim standartlarida va oʻquv rejalarida“Buxgalteriya hisobi” fanini bakalavriat yoʻnalishi talabalari tomonidan oʻrganilishi nazarda tutilgan.
Ushbu fan iqtisodiyot tarmoqlarida buxgalteriya hisobining oʻrni va ahamiyati, buxgalteriya hisobi obyektlari, usullari (metodlari) va tamoyillari, moliya hisobining schyotlar tizimi, hujjatlashtirish va inventarizatsiya, moliya hisobining registrlari va shakllari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi, investitsiyalar hisobi, tovar-moddiy zaxiralar hisobi, pul mablagʻlari hisobi, mehnat va ish haqini hisobga olish, mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi hisobi, budjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish, tayyor mahsulot va uning sotilishini hisobga olish, majburiyatlar hisobi, xususiy kapital hisobi, moliyaviy natijalar hisobi, hisobotlarni tuzish va taqdim etish, uning meʼyoriy tartibga solinishi hamda hozirgi kunda buxgalteriya hisobining rivojlanish tendensiyasi, istiqbolli hamda respublikamizdagi ijtimoiy iqtisodiy islohotlar natijalari va ustuvor vazifalari masalalarini qamrab oladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish boʻyicha qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar bilan tanishish, buxgalteriya hisobi obyektlari va ularning taʼsirida sodir boʻlgan xoʻjalik jarayonlarini hisobga olish, hisobga olingan maʼlumotlarni umumlashtirish, qayta ishlash hamda maʼlumotlarni foydalanuvchilarga oʻz vaqtida va sifatli koʻrinishda taqdim etish muhim oʻrin tutadi.
Buxgalteriya hisobini ilmiy asoslangan uslubiyot, ilgʻor chet el va mamlakatimiz tajribasini umumlashtirish hamda boshqaruv sohasidagi zamonaviy talablar negizida tashkil etish amaliyoti manfaatdor axborotdan foydalanuvchilarga har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborotlarni taqdim etish imonini beradi. Ushbu fan asosiy mutaxassislik fanlari tarkibiga kiritilgan boʻlib, amaliyotda xoʻjalik yurituvchi subyektlarni boshqarishning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.
KURS ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Kurs ishining maqsadi talabalarda buxgalteriya hisobining obyektlari va ularning oʻrganish usullari (metodlari), asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi, investitsiyalar hisobi, tovar-moddiy zaxiralar hisobi, pul mablagʻlari hisobi, mehnat va ish haqini hisobga olish, mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi hisobi, budjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish, tayyor mahsulot va uning sotilishini hisobga olish, majburiyatlar hisobi, xususiy kapital hisobi, moliyaviy natijalar hisobi, hisobotlarni tuzish va taqdim etish boʻyicha yoʻnalishiga mos bilim, koʻnikma va malaka shakllantirish hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi mablagʻlar, ularning tashkil topish manbalarining harakatini toʻgʻri aks ettirish, hisobotlarni tuzish, moliyaviy hisobot maʼlumotlarining shaffofligini taʼminlash, boshqa subyektlar bilan hisoblashishlarni toʻgʻri tashkil qilishni qonunlar, qarorlar va boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida oʻrgatishdan iborat.
Fanning oʻquv rejasida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy hisob-kitob va koʻnikmalarni puxta egallash maqsadida ushbu fan boʻyicha kurs ishlarini tayyorlashlari belgilangan.
“Buxgalteriya hisobi” fani institutning 3-bosqich 60410500 - “Bank ishi va audit (tarmoqlar boʻyicha)” taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun 240 soat dastur asosida oʻqitiladi.
Oʻquv dasturining tarkibiy qismi boʻlgan kurs ishi nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida “Byudjet hisobi toʻgʻrisida”gi qonun hamda fanga bogʻliq boʻlgan boshqa qonunlar, buxgalteriya hisobining milliy standartlari, buxgalteri hisobining tashkil qilish va yuritish boʻyicha qabul qilingan huquqiy-meʼyoriy hujjatlar, darslik, oʻquv-ilmiy adabiyotlar, internet manbalari va tarmoq korxonalari maʼlumotlaridan foydalanib tayyorlanadi.
Kurs ishi talabalar bilimini yanada mustahkamlash, ularni ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb etish, mustaqil qaror va xulosalar chiqarish koʻnikmalarini shakllantirish uchun yoziladi. Kurs ishini tayyorlash jarayonida ehtimol darslarda ham koʻrib chiqilmagan masalalarga duch kelinishi mumkin. Bu masalalarni rahbar bilan birgalikda hal etish, muammolarning anʼanaviy va noanʼanaviy yechim usullarini qoʻllash boʻyicha bilimlarini chuqurlashtiradi.
Kurs ishi alohida tanlab olingan mavzu boʻyicha yoziladi. Biroq, ish tanlangan mavzu bilan cheklanib qolmasligi kerak. Mavzuni toʻliq yoritish maqsadida boshqa fan boʻlimlaridan, oʻzaro aloqa boʻlgan mavzulardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Kurs ishi rahbari etib kafedra tavsiyasiga koʻra kafedraning tajribali professor-oʻqituvchilaridan tayinlanadi.
Kafedra tomonidan tayinlangan kurs ishi rahbari:
- Kurs ishi topshirigʻini beradi;
- talabaga kurs ishi bajarishida koʻrsatmalar beradi;
- doimiy ravishda maslahatlar uyushtiradi;
- talabaning kurs ishini bajarilishini nazorat qiladi;
- kurs ishiga taqriz beradi hamda talabani himoya qilishi uchun tavsiya qiladi;
- kurs ishi boʻyicha barcha maʼlumotlar, hisob-kitob ishlarini toʻgʻriligiga talabaning oʻzi shaxsan masʼuldir.
“Moliya” fanidan kurs ishi muayyan mavzu boʻyicha umumiy yaxlitlikka ega ilmiy-amaliy fikrlarni aks ettiruvchi loyihaviy ish hisoblanadi. Kurs ishi buxgalteriya hisobi (moliyaviy va boshqaruv hisobi)ga doir masalalarni aks ettirishga mos kelishi talab etiladi.
KURS ISHI MAVZUSINI TANLASH TARTIBI
Talabalarga “Moliya” fanidan kurs ishi mavzulari belgilangan tartibda kafedra yigʻilishida tasdiqlangan oʻquv fani mavzulari doirasida ishlab chiqilgan mavzular asosida beriladi. Talaba tomonidan oʻzining qiziqtirgan mavzusini mavzular roʻyxatidan tanlab olishi mumkin. “Moliya” fanidan kurs ishi mavzulari 1-sonli ilovada keltirilgan.
Mavzu har bir talaba uchun alohida-alohida belgilanadi. Masalan: Asosiy vositalarni taʼmirlash hisobi.
Kurs ishini yozishdan oldin kurs ishi rejasi tuziladi. Kurs ishi yozish boʻyicha rejani tuzilish namunasi 2-ilovada keltirilgan.
Kurs ishini yozish quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
Berilgan (tanlangan) mavzu boʻyicha kurs ishini rejasini tuzish.
Kurs ishini mavzusi boʻyicha adabiyotlar roʻyxatini tuzish va mavzuga doir nazariy maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish.
Tarmoq korxonalarning maʼlumotlarini olib va ularni tahlil qilish;
Kurs ishini yozishda oldiga qoʻyilgan maqsadga muvofiq amaliy maʼlumotlar, hisob-kitoblar, hujjat nusxalari va mavzuga oid boshqa materiallarini toʻplash, ularni oʻrganish va tahlil qilish.
Yuqoridagi toʻplangan materiallardan foydalangan holda kurs ishini yozish.
Kurs ishini himoyaga tayyorlash.
KURS ISHINING MAZMUNI VA TARKIBI
“Moliya ” fanidan kurs ishini tayyorlash mavzuni tanlashdan boshlab, to tayyor ishni himoyaga topshirgunga qadar boʻlgan jarayonni oʻz ichiga oladi va quyidagi qismlardan iborat boʻladi:
Kirish qism;
Asosiy qism;
Xulosa va takliflar;
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati;
Ilovalar.
“Kirish” qismida mavzu toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot beriladi. Kirish qismida tanlangan kurs ishi mavzusining dolzarbligi va iqtisodiyotdagi ahamiyati, aniq sharoitlarda bu masalaning qoʻyilishi va yechimining oʻziga xos jihatlari asoslab beriladi. Shunindek, kirishda kurs ishining maqsad va vazifalari aniq koʻrsatiladi.
Kurs ishining “Asosiy qism”da mavzuni nazariy qismi adabiyot manbalari, nazariy va amaliy materiallar (Qonun, standartlar, darslik va oʻquv qoʻllanmalari, nizomlar, tushuntirish xatlari, koʻrsatmalar, tartiblar va boshqa meʼyoriy hujjatlar) asosida yoritiladi.
Kurs ishining asosiy qismida oʻrganilayotgan mavzuning nazariy va amaliy jihatlari ochib beriladi, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida buxgalteriya hisobining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari, tanlangan mavzuning umumnazariy masalalari koʻrib chiqiladi.
“Xulosa va takliflar” qismida mavzu boʻyicha yakuniy baho berilib, olib borilgan hisob-kitob va tahlil ishlari, erishilgan natijalar umumlashtirib xulosalar qilinadi, talabaning takliflari keltiriladi.
“Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati” qismida kurs ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati keltirilib, huquqiy-meʼyoriy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, asosiy adabiyotlar tartib bilan yoziladi. Huquqiy-meʼyoriy hujjatlarning raqami va tasdiqlangan sanasi, adabiyotlarning mualliflari alfavit ketma-ketligida chop etilgan sanasi koʻrsatilgan holda yozilishi zarur.
“Ilovalar” qismida mavzu boʻyicha amalga oshirilgan hisob-kitoblar, mavzuga doir hujjat nusxalari, tarmoq korxonalarning maʼlumotlari, hisobot shakllarining nusxalari ilova qilinadi.
Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil holda mantiqiy jihatdan savodli uslubda yozilgan boʻlishi kerak. Koʻp soʻzli bayonnomalarga, shuningdek oʻquv qoʻllanmalar va iqtisodiy adabiyotlardan toʻgʻridan-toʻgʻri koʻchirib yozishga ruxsat etilmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati quyidagi tartibda keltiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼruzalari va asarlari.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish boʻyicha vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar.
Kitob va turkum nashrlari.
Dissertatsiya, avtoreferat kabi ilmiy ishlar.
Jurnallardagi maqollarga havolalar.
Simpozium va konferensiya ishlariga havolalar.
Internet materiallari.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning maʼlumotlari, hujjatlari, hisob-kitoblari, hisoboti va mavzuga oid boshqa maʼlumotlar.
Kurs ishining matni – bu tanlangan mavzu mohiyatini aniq va ketma-ket yoritishdan iborat. Har bir keyingi qism oʻzidan oldingisining mantiqiy davomi boʻlishi, oldingi qismlarda ilgari surilgan fikrlardan kelib chiqishi va kurs ishining maqsadi va shu maqsaddan kelib chiqqan vazifalar bilan bogʻliq boʻlishi shart. Kurs ishi ham maʼlum darajada ilmiy tadqiqot ishi hisoblanadi.
Kurs ishi boʻyicha asosiy maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining sohaga doir Qonunlari, Hukumat qarorlari va qabul qilingan standartlar, darslik va oʻquv qoʻllanmalaridan olinadi.
Kurs ishi uning varaqlarini koʻpligiga qarab emas balki, mazmuniga qarab baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |