Leksik tipologiya haqida
Tipologiya fani tillar sistemalarining turli ararxik birliklarini
qiyosan umumlashtirib o’rganadi va mazmun planiga muvofiq normal
tipologiya, semantik tipologiyaga bo’linadi. Til yaruslarining o’zaro
aloqosiga ko’ra tipologiyaning quyidagi bo’limlari mavjud :
1. fonologik va fonetik tipologiya
2. morfologik tipologiya
3. sintaktik tipologiya
4. leksik tipologiya.
Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari satsiolingvistik tipologiya, grafik
tipologiya, metodik tipologiya ham uchraydi. Tipologiya so’zi grekcha
“tipos” – tip, tur, obraz, shakl, belgi va “logos” – so’z, fan
so’zlarining qo’shilishidan yasalgan. Tipologiya hozirgi davrda hamma
fanlar uchun xosdir. Shu nuqtai-nazardan lingvistik tipologiya
tushunchasi makrokategoriyaning bir qismi hisoblanadi. Tipologiya
predmet yoki hodisalarning tasvirlash protsessi bilan bog’liqligiga ko’ra
ikkiga bo’linadi:
a) lingvistik tipologiya
b) nolingvistik tipologiya
Lingvistik tipologiya tillar sistemalarini bir-biri bilan qiyoslash, til
qonunlari va kategoriyalarini umumlashtirish, ularni tipologik
klassifikatsiyalashni o’rganadi. Lingvistik tipologiyaning bu turi sof
lingvistik tipologiya deyilib, ekstra lingvistik tipologiyaga qarama-qarshi
qo’yiladi. Ekstra lingvistik tipologiya tilni mazkur tilga yaqin boshqa
sistemalar, masalan, semiotik kommunikatsion va boshqa belgi
sistemalar (sing. system) bilan qiyoslaydi va solishtiradi. Semistik
sistema inson tili, hayvonot tili, mashina tili sistemasi va boshqalarni
o’z ichiga oladi.
Nolingvistik tipologiya lingvistikadan boshqa fanlarda ishlatiladi.
Nolingvistik tipologiya masshtabi juda keng bo’lib, geologiya, tarix,
jamiyatshunoslik, botanika fanlarida san’at va adabiyotda, musiqa va
umuman fanda turli predmet, hodisa va voqealarning o’xshashliklari va
farqiga ko’ra klassifikatsiyasini o’rganadi.
Tipologiya sohasida qilingan ishlar hali umumtipologiya sohasiga
ko’tarila olganicha yo’q. Tipologiyani turli konkret tarmoqlarga
bo’lish asosan hozirgi davrga xosdir, chunki tipologiya haqidagi fan
avval aniq va konkret bo’lmagan.
Umumiy tipologiya tillar sistemelarini umumiy kotegoriyalar asosida
o’rganadi.
Hozirgi tilshunoslikda til umumiy tahlilining bir necha metodi mavjud
bo’lib, ularning barchasi til analizi bilan shug’ullansa-da, xususiyatiga
ko’ra ular bir-biridan farq qiladi va tillar sistemasini turli yo’llar bilan
tekshiradi.
Ma’lum til yoki tillarning hozirgi holati, strukturasi tasviriy yoki
deskriptiv metodga asoslanib o’rganiladi.
Turli tillar sistemalarini umumlashtirib, qiyoslab o’rganuvchi metod
tipologik metoddir.
Tipologik metodlarning barchasini o’z ichiga olgan lingvistik
tipologiya umumiy tipologiya hisoblanadi. Umumiy tipologiya xususiy
tipologik metodlar erishgan natijalarni umumlashtiradi. Dunyodagi
barcha tillar sistemalari umumiy tipologik nuqtai-nazardan yagona bir
strukturaning turli panxronik variantlari hisoblanadi. Shu sababli ham
tipologiya tillar umumiy strukturasining turli elementlari o’rtasidagi
aloqasini, umumiy qonunlarini o’rganadi. Umumiy tipologiya barcha
tillardagi tipologik qonuniyatlarni bayon etadi, til universiyalarini
yaratadi, ma’lum tillar sistemalari asosida universal qonunlarni boshqa
tillar sistemasiga induktiv ravishda tadbiq qiladi.
Tipologiya. (yunoncha typos-nusha, andoza, shakl, iz va logos-so’z,
ta‘limot) – tillar o‘rtasida genetik munosabatlardan qat’iy nazar ularning
tuzilmaviy va funksional xususiyatlarini qiyosiy o’rganuvchi tilshunoslik
sohasi. Ilmiy jihatdan Tipologiya tillardagi farqli va o’hshash alomatlarni
guruhlarga, andozalarga va tiplarga ajratish yo’li bilan tadqiq etish metodi
hisoblanadi. Vazifasiga ko’ra, funksional (ijtimoiy tilshunoslik) va struktural
(tilning ichki qurilishi va tarkibi) tipologiya farqlanadi. Tillarning
morfologik (tipologik tasnifi) amorf (affikslari bo‘lmagan), agglyutinativ,
flektiv, polisintetik tillarni ularning grammatik schakli (tipi) asosida
farqlaydi. Lingvistik tipologiya esa bu tillar guruhlaridagi alomatlarni
kategoriyalar yoki turli tuzilmaviy belgilarning leksik-semantik fonologik,
gramatik va stilistik sathlardagi ifodalanishi sifatida tadqiq etadi va
binobarin, tilning har bir sthiga xos tipologiya farqlanadi. Til tiplarining
rivojlanishi va tillarni rekonstruksiya qilish tarixiy tipologiyaning
vazifasidir. Bu tipologiyaning (ba’zan unga ma’nodosh qo’llanuvchi)
diaxronik tipologiya tillardagi tuzilmaviy o’zgarishlarni o’rganadi.
Lingvistik tipologiya tillardagi xususiyatlarning struktural qonuniyatlarini
topishga intilsa, til universaliyalari bu alomatlar jahondagi qaysi tillarda
qanday tarqalganini o’rganadi. Alisher Navoiyning “Muhokamat-ul-
lug’atayn” asari lingvistik tipologiyaga tegishli bo’lib, unda genetik jihatdan
bir-biridan farqlanuvchi tillardagi semantika, qisman fonetika qiyoslangan.
Hozirgi davrda ikki yoki undan ortiq tillarni o’rganuvchi, qiyosiy yoki
chog’ishtirma tilshunoslik ham lingvistik tipologiyaga asoslanadi.
Lingvistik tipologiya yoki tillar tipologiysasi umumiy tilshunoslikning
bo’limi hisoblanadi. Uning o’z predmeti, o’z bo’limlari hamda tarixi
mavjudki, bu uning boshqa tilshunoslik bo’limlari orasida mustaqil
ekanligini belgilaydi. Tilshunoslik bo’yicha zamonaviy ilmiy adabiyotlarda
lingvistik tipologiyani turlicha tushuniladi. Tipologiyaning predmetini
aniqlashda turli hil fikrlar mavjud. Ba’zi bir olimlar tipologiya fanining
qamrovini haddan ziyod kengaytirib yuborishsa, ba’silari aksincha
tadqiqotning tor yo’nalishinigina tushunadilar holos. Bu yo’nalishda Dj.
Ellisning genetik jihatdan qardosh bo’lgan va qardosh bo’lmagan turli hil
tillar sistemasini qiyosiy o’rganish muammolariga, turli hil filologik
fanlarning bir-biri bilan munosabatini va ularni qiyoslash metodologiyasini,
shuningdek to’la va qisman qiyoslashga belgilangan munsabati mavjud
ilmiy ishi muhim ahamiyat kasb etadi. U qiyosiy tipollogiya sferasiga
tarjima nazariyasini, diallektologiyani, o’zlashmalarni kiritgan.
Qiyosiy
lingvistikaning
nisbatan
batafsil
klassifikasiyasiga
qaramasdan, Dj. Ellisning tadqiqotlari maqsadi, xarakteri va ko’rinishlari
bir biridan aniq farqlanmagan. Tipologik tadqiqotlarda biz tipologiyaning
ma’lum bo’limlariga shartli ravishda biriktirilgan atamalarni uchratamiz.
Bular sirasiga “tipologiya”, “structural tipologiya”, “qiyosiy tipologiya”,
“areal lingvistika”, “xarakterologiya”, “kontrastiv lingvistika”, “konfrontativ
lingvistika”, “til universaliyalari”, “translyasion grammatika”, “qiyosiy
tipologik tilshunoslik” kabi bir qator atamalarni kiritish mumkin.
Tillarni qiyosiy o’rganish haqidagi fan rivoji bilan, tilshunoslar bu
atamalarga farqli ravishda munosbatda bo’la boshladilar.
So’z- istalgan boshqa tizimning birligi sifatida alohida bir tizimni tashkil
etadi. Bunga lingvistik va ekstralingvistik sabablar mavjud. Ekstralingvistik
sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
a) Fizik va aqliy faktorlar. Butun tirik mavjudotlar hususan insonlarning
ehtiyojlari bir hilligidan kelib chiqib o’zbek va nemis tillarida umumiy
tushunchalarni uchratishimiz mumkin: o’zbekcha- yashamoq, yemoq,
Do'stlaringiz bilan baham: |