Andijon davlat universiteti



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana14.01.2020
Hajmi0,72 Mb.
#33900
1   2   3   4
Bog'liq
yosh ogir atletikachilarda kuch sifatini nostandart mashqlar yordamida rivojlantirish samaradorligi


  

 

 

 

 

 



28 

2.1. Og‘ir atletika mashg‘ulotlarining shaxsga xos xususiyatlari 

YOsh og‘ir atletikachilarning boshlang‘ich tayyorgarligi jarayonini 

yanada xolisona o‘rganish maqsadida biz sotsiologik tadqiqot o‘tkazdik. 

Og‘ir  atletika  bilan  shug‘ullanayotgan  bolalar  va  o‘smirlar,  ularning 

murabbiylari o‘rtasida o‘tkazilgan anketa so‘rovi natijalari tahlil qilindi. 

Bunday  tadqiqot  natijalari  quyidagilarni  aniqlashga  imkon  berdi. 

Hamma  yosh  guruhlarida  og‘ir  atletika  mashg‘ulotlari  bilan 

shug‘ullanish uchun turtki bo‘lgan etakchi motivatsion omil – bu kuchli 

bo‘lish  istagidir:  100%  so‘ralganlarning  57%  shu  javobga  to‘xtalgan. 

YOsh  o‘tishi  bilan  do‘stiga  hamroh  bo‘lib  yoki  murabbiyning  taklifiga 

ko‘ra  shug‘ullanishga  kelgan  bolalarning  foizi  ortdi.  Sport 

musobaqalarining  ommaviylashtirishdagi  ahamiyatini  10–11  va  13 

yoshdagilarning  muvofiq  ravishda  17%  hamda  15%  ta’kidlab  o‘tgan. 

Farzandlarining  og‘ir  atletika  bilan  shug‘ullanishlariga  ota–onalarning 

munosabatlariga  kelsak,  48%  dan  71%  gacha  shug‘ullanuvchilarning 

ota–onalari rozi; 29% dan 50% gacha ota–onalar befarq va faqat 2% dan 

5% gacha bolalarning ota–onalari mashg‘ulotlarga qarshilar. Boz ustiga, 

yosh  o‘tishi  bilan  rozi  ota–onalar  soni  ortib,  norozilar  soni  kamayib 

bordi. Hamma yosh guruhlarida ko‘pchilik eng sevimli mashg‘ulot turi 

sifatida  og‘ir  atletika  mashqlari  texnikasini  takomillashtirish  va  kuch 

sifatlarini rivojlantirishni qayd etganlar: muvofiq ravishda 33% dan 71% 

gacha  va  33%  dan  100%  gacha.  Musobaqa  faoliyatini  10–11  va  13–15 

yoshdagilarning 31% dan 50% gacha, 12 yoshdagilarning esa 83% afzal 

ko‘rishadi.  O‘rtoqlari  va  murabbiy  bilan  muloqot  qilish  15  yoshdagi 

bolalar  uchun  muhim  hisoblanadi  –  muvofiq  ravishda  -  19%  va  28%. 

SHug‘ullanuvchilarning  50%  dan  86%  qismigacha  navbatdagi 

mashg‘ulotlarni kutishadi va 14% dan 66% gacha qismi odatga ko‘ra 

mashg‘ulotlarga borishadi.  



 

 

 



29 

 

Mashg‘ulotlarga halaqit beruvchi asosiy sabablar sifatida 17% dan 



66%  gacha  shug‘ullanuvchilar  maktabda  berilgan  uy  vazifalarini 

bajarishni;  17%  dan  25%  gacha  so‘raluvchi  –  uydagi  majburiyatlar  va 

transport  muammolarini  ko‘rsatib  o‘tganlar.  Bu  erda  ko‘pchilik  –  69% 

gacha  yosh  og‘ir  atletikachilar  mashg‘ulotlarga  xalaqit  beruvchi  jiddiy 

sabablarni  ko‘rsata  olmaganlar.  Og‘ir  atletika  mashg‘ulotlari  ta’sirida 

maktab o‘quvchilarining 8 % dan 33% gacha qismi uzlashtirishda yuqori 

natijaga  erishganlar.  33%  dan  71%  gacha  bolalar  o‘zlarini  kuchliroq  his 

qilganlar;  8%  dan  33%  gacha  sinfdoshlari  orasida  uz  obro‘larini 

oshirganlar.  Muntazam  mashg‘ulotlarni  boshlagandan  so‘ng  hech 

qanday sezilarli o‘zgarishlarni ko‘zatmagan shug‘ullanuvchilar foizi 

ham  yuqori  –  67%  gacha.  O‘qituvchilar  va  sinfdoshlarning  og‘ir 

atletika mashg‘ulotlariga bo‘lgan ijobiy munosabatini 8% dan 50% gacha; 

salbiy  munosabatni–8%  dan  17%  gacha;  befarqlikni–5%  dan  92%gacha 

maktab  o‘quvchilari  qayd  etganlar.  Olib  borilayotgan  tadqiqotlar 

davomida  biz  shug‘ullanuvchilarning  oldingi  harakat  tajribalari  bilan 

qiziqdik.  SHu  sababli  biz  quyidagi  savollarga  javob  olishga  harakat 

qildik:  ular  og‘ir  atletika  sektsiyasiga  kelishdan  oldin  qanday  sport 

turlari 


bilan 

shug‘ullanishgan 

va 

umuman 


sport 

bilan 


shug‘ullanishganmi yoki yo‘q? Olingan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, 

10–15  yoshdagi  yangi  shug‘ullanuvchilarning  12%  dan  25%  gachasi 

sport bilan umuman shug‘ullanmaganlar.  

SHarq  yakkakurashlari  bilan  12%  dan  37%  gacha,  sport  kurashi 

turlari bilan 12% dan 83% gacha; so‘zish bilan 25% dan 50% gacha; sport 

o‘yinlari (ko‘proq futbol) bilan 17% dan 62% gacha; tennis bilan 6% dan 

12% gacha; akrobatika bilan 12% dan 25% gacha; engil atletika bilan 6% 

dan  12%  gacha  ,  atletik  gimnastika  bilan  17%  dan  50%  gacha  bolalar 



 

 

 



30 

hamda  o‘smirlar  shug‘ullanishgan.  Bunda  10–15  yoshdagi  bolalar  va 

o‘smirlar  orasida  eng  afzal  sport  turlari  sport  kurashi,  sport  o‘yinlari, 

so‘zish,  atletizm  bo‘lib,  bu  sport  turlari  bilan  maktab  o‘quvchilarining 

yarmi va undan ko‘prog‘i turli yillarda shug‘ullanishgan. 

SHunday  qilib,  og‘ir  atletika  bilan  muntazam  shug‘ullana 

boshlashdan  avval  yangi  shug‘ullanuvchilarning  taxminan  uchdan  bir 

qismi uz jismoniy sifatlarini faqat maktabda jismoniy tarbiya darslarida 

va bo‘sh vaqtlarda 

erkin  harakat  faolligi  vositalari  yordamida  takomillashtirib 

borganlar. 

Maktab  o‘quvchilarining  aksariyati  undan  tashqari  uz  harakat 

imkoniyatlarini  har  xil  sport  turlari  vositalari  yordamida  rivojlantirib 

borganlar.  SHu  sababli  koordinatsion  murakkab  texnikaga  ega  og‘ir 

atletika mashqlarini egallash va asosiy harakat sifatlarini rivojlantirishga 

bo‘lgan  ularning  tayyorligi  shug‘ullanmagan  tengdoshlariga  qaraganda 

ancha yuqori bo‘ldi. Olingan ma’lumotlar yangi shug‘ullanuvchilarning 

o‘quv–mashg‘ulot jarayoni davomida hisobga olindi. Amaliyotda u yoki 

bu  uslubiy  tizimdan  muvaffaqiyatli  foydalanish  quyidagi  sub’ektiv 

omillar  bilan  belgilab  beriladi:  murabbiyning  dunyoqarashi,  uning 

hozirgi  zamon  sharoitlarida  sport  turining  asosiy  muammolarini  ko‘ra 

bilish  va  rivojlanish  istiqbolini  baholay  olish  qobiliyati,  shuningdek, 

kasbiy izlanish hamda pedagogik mahorat.  

Og‘ir  atletika  murabbiylarining  ko‘rsatib  o‘tilgan  kasb  faoliyati 

tarkibini  o‘rganish  uchun  yosh  og‘ir  atletikachilar  bilan  ishlaydigan  18 

nafar  mutaxassislar  orasida  anketa  so‘rovi  o‘tkazildi.  Olingan 

javoblarning  tahlili  shuni  ko‘rsatadiki,  ko‘pchilik  murabbiylar  imkoni 

boricha  sport  fanidagi  yangiliklardan  boxabar  bo‘lib  boradilar,  davriy 

nashrlarni  olib  turadilar,  og‘ir  atletika  sportidagi  nazariy  va  amaliy 


 

 

 



31 

masalalarga  oid  ilmiy  bahslardan  xabardor  bo‘lishga  intiladilar.  Biroq 

ilmiy  izlanishlarning  zarurligi  va  natija  berishiga  shubha  bilan 

qaraydigan,  bolalar  va  o‘smirlar  mashg‘ulot  jarayonini  boshqarishda 

faqat  o‘zining  sport  va  pedagogik  tajribasiga  tayanadigan  murabbiylar 

ham  uchradi.  So‘ralganlarning  uchdan  bir  qismi  sport  ustasi,  qolganlar 

turli  sport  razryadiga,  asosan,  sport  ustaligiga  namzod  va  I  razryadga 

ega edilar.  

Aytish  mumkinki,  murabbiylarning  sport  malakasi  darajasi  og‘ir 

atletikaning sport turi sifatidagi o‘ziga xos xususiyati to‘g‘risida amalda 

tasavvurga  ega  bo‘lish  uchun  to‘la  etarli  hisoblanadi.  Boshlang‘ich 

tayyorgarlik bosqichida haftalik tsiklda mashg‘ulotlar va mashg‘ulotdagi 

mashqlar  soni  to‘g‘risidagi  masala  yuzasidan  bildirilgan  fikrlarda 

tafovutlar  borligi  aniqlandi.  So‘ralgan  murabbiylarning  taxminan 

to‘rtdan  bir  qismi  haftada  beshta  mashg‘ulot  o‘tkazishni,  har  birida 

to‘rttadan  mashq  bajarishni  optimal  deb  hisoblaydi.  Qolganlar  haftada 

uchta–to‘rtta  mashg‘ulotlar  etarli  ekanligini  bildirishgan.  Bunda 

oxirgilarning  yarmisi  yuklamaning  asosiy  parametrlarini  rejalashtirish  

shug‘ullanuvchilarning  mutlaqo  individual  qobiliyatlariga  bog‘liq,  deb 

hisoblasa,  ikkinchi  yarimisi  standart  tavsiyalarni  aytishgan:  haftada 

uchta asosiy va bir nechta qo‘shimcha mashqlardan iborat bo‘lgan uchta 

mashg‘ulot,  unda  4  ta  urinish  va  urinishda  8–12  marta  takrorlash 

berilgan.  Hamma  so‘ralgan  bolalarni  sektsiyaga  7–8  yoshdan  saralab 

olganlar.  

Bir  necha  yil  og‘ir  atletika  mashg‘ulotlarining  o‘ziga  xos 

xususiyatlariga moslashish, UJT va saralashga ajratiladi, taxminan 10–12 

yoshdan  esa  maxsus  mashqlardan  faol  foydalangan  holda  chuqur 

takomillashuv  boshlanadi.  Murabbiylarning  ko‘pchilik  qismi  UJT  ni 

an’anaviy  tarzda,  ya’ni  kelgusidagi  chuqurlashtirilgan  mashg‘ulotlarga 


 

 

 



32 

mustahkam  funktsional  va  harakat  bazasini  yaratish  sifatida 

tushunishadi. Lekin umumiy jismoniy tayyorgarlikni o‘ta ixtisoslashgan 

holda tasavvur qiladigan murabbiylar ham uchradi. Ular UJT ni deyarli 

kuch  tayyorgarligi  bilan  almashtirib  yuborganlar.  Og‘ir  atletika  va 

umuman,  zamonaviy  sport  uchun  eng  muhim  muammolardan  biri, 

murabbiylarning fikricha, yoshlarda bir maqsadni ko‘zlab mehnat qilish, 

yuklamalarga  bardosh  berish,  o‘zini  biron–bir  narsadan  tiyish  kabi 

xohishning pasayishidir.  

YOshlarni  og‘ir  atletika  bilan  faol  shug‘ullanish  uchun 

qiziqtirishga  qodir  bo‘lgan  choralar  to‘g‘risida  so‘z  yuritib,  ko‘pchilik 

so‘raluvchi maktab o‘quvchilari va ularning ota–onalari bilan muntazam 

muloqotda  bo‘lish,  ko‘rgazmali  musobaqalar  hamda  mashg‘ulotlarning 

afzalliklari  to‘g‘risida  ochiq  ma’ruzalarni  o‘tkazish  zarur  ekanligini 

ko‘rsatib o‘tganlar. 

 Biroq so‘ralganlarning taxminan uchta qismi bolalar va o‘smirlarni 

og‘ir  atletika  mashg‘ulotlariga  jalb  qilish  bo‘yicha  maxsus  choralar 

ko‘rish  zarurligini  rad  etadi.  Ular  qat’iy  ravishda  saralab  olish  bilan 

cheklanishni  tavsiya  etadilar.  Hech  kimni  kuch  bilan  ushlab  turish  va 

shug‘ullanishga  ko‘ndirishning  hojati  yo‘q.  Ushbu  qarash  vakillarining 

ta’kidlashicha,  teskari  samara  yuzaga  keladi.  O‘ziga  va  uz  sport  turiga 

hurmat  bilan  qaraydigan,  sportda  shogirdlari  yaxshi  natijaga  erishishi 

uchun 

umid 


bog‘laydigan 

murabbiy 

shug‘ullanuvchilarni 

mashg‘ulotlarga  jiddiy  munosobatda  bo‘lishga  chaqiradi.  Bizningcha, 

shug‘ullanuvchilar  bilan  shunday  o‘zaro  munosabatlarga  amalda 

tayanadigan  murabbiylar  haqiqatdan  ham  yoshlikdan  malakali 

sportchilarni tayyorlashda yuqori natijalarga erishadilar.  

So‘ralgan murabbiylarning ko‘pchilik qismi shug‘ullanuvchilar ota 

–  onalari  bilan  muntazam  muloqotda  bo‘lib  turadilar.  Bunday 


 

 

 



33 

munosabatlar asosan ota–onalarning farzandlari og‘irliklar bilan mashq 

qilishlari  yuzasidan  xavotirlarini  engib  o‘tishga  qaratilgan.  Muloqot 

maxsus  uchrashuvlar,  suhbatlar,  mashg‘ulotlar  va  musobaqalarni  borib 

ko‘rish shaklida amalga oshiriladi. SHug‘ullanuvchilar bilan qattiqqo‘llik 

bilan mashg‘ulotlar olib boradigan murabbiylar bolalar va o‘smirlarning 

ota–onalari,  shuningdek,  tibbiyot  xodimlari  bilan  muloqot  qilishdan 

qochishga harakat qilishadi, buni befoyda, deb hisoblashadi. Mashg‘ulot 

jarayonini  takomillashtirish  yuzasidan  ota–onalarning  takliflari  yo‘q. 

Ular,  asosan,  murabbiyga  ishonadilar,  ayniqsa,  tushuntirish  ishlari  olib 

borilgan  bo‘lsada,  farzandlari  sog‘lig‘i  uchun  xavotirlanishni  davom 

ettiraveradilar.  SHuningdek,  so‘rov  murabbiylarning  yosh  og‘ir 

atletikachilar  oilasining  ijtimoiy  maqomi  to‘g‘risida  xabarlari  borligini 

ko‘rsatdi.  Og‘ir  atletika  sektsiyasiga,  asosan,  ishchi  oilalarning 

farzandlari  (90%  gacha)  kelishadi  va  shug‘ullanuvchilarning  deyarli 

yarmi yolg‘iz oilalarda yashaydi.  

Ushbu hol, bizningcha, moddiy daromadi yuqori bo‘lmagan oilalar 

uchun ham og‘ir atletika bilan shug‘ullanish engil ekanligini ko‘rsatadi. 

Hozirgi zamon yoshlarining ko‘proq nimaga qiziqishlariga oid savolning 

javobi  ham  yakdillikni  ifodalaydi.  Hamma  murabbiylar  bolalar  va 

o‘smirlarning  hozirgi  va  kelgusidagi  istak–intilishlari  sifatida  ijtimoiy 

maqomga  ega  bo‘lishni  ta’kidlaganlar,  shunga  muvofiq  u  yoki  bu 

faoliyat  turiga  bo‘lgan  munosabat  ham  belgilanadi.  Tabiiyki,  sport 

hozirgi  sharoitlarda  bolalar  va  o‘smirlar  uchun  eng  ustuvor 

yo‘nalishlardan biri. Mashg‘ulotlarga qatnashish istagi juda katta. SHarq 

yakkakurashlari  va  atletik  gimnastika  hamma  erda  ommaviylik  bobida 

etakchi o‘rinda turadi. 

 Biroq  shunga  qaramasdan,  yoshlarning  an’anaviy  sport  turlari, 

jumladan,  og‘ir  atletika  bilan  shug‘ullanishga  bo‘lgan  qiziqishlari  juda 


 

 

 



34 

yuqori.  SHunday  qilib,  yosh  og‘ir  atletikachilar  murabbiylarining 

ularning  kasb  faoliyatiga  doir  bir  qator  savollarga  bergan  javoblarini 

tahlil  qilib,  ma’lum  bir  xulosaga  kelish  mumkin.  Birinchi  navbatda, 

so‘rovda  qatnashgan  og‘ir  atletika  bo‘yicha  murabbiylarning  ko‘pchilik 

qismi  ilmiy  tadqiqotlar  natijalaridan  xabardorlar  va  ularni  kundalik 

amaliyotga tatbiq etish juda muhim, deb hisoblaydilar. So‘rovda ishtirok 

etgan  barcha  murabbiylar  sport  unvonlari  va  razryadlariga  ega.  Bu 

mutaxassis  sifatida  ularning  malakasini  oshiradi  va  yosh  atletlar  ko‘z 

oldida obro‘larini ko‘taradi. Hamma so‘ralganlar sektsiyaga 7–8 yoshdan 

qabul qilishni to‘g‘ri, deb hisoblaydilar. SHuningdek, keyingi bir necha 

yil  davomida  boshlang‘ich  tayyorgarlik  davrida  ko‘proq  UJT,  10–11 

yoshdan  esa  chuqurlashtirilgan  ixtisoslashuvni  boshlashni  tavsiya 

qilganlar. 

 Bunda  murabbiylarning  ko‘pchilik qismi  haftada 4  ta  mashg‘ulot 

o‘tkazish, mashg‘ulotda 3–4 mashq, har bir mashqda 4 ta urinish va bir 

urinishda  4–12  marta  takrorlashni  bajarishni  bolalar  uchun  engil  deb 

hisoblaydilar. Bundan tashqari, tibbiyot xodimlari bilan uzviy hamkorlik 

qilish manfaatli ekanligini ta’kidlab o‘tganlar.  

 

2.2. YOsh og‘ir atletikachilarning boshlang‘ich tayyorgarligi  

Biz  tomonimizdan  ishlab  chiqilgan  usuliyatning  samaradorligi 

hozirgi  paytda  amal  qilayotgan  an’anaviy  boshlang‘ich  bosqichda  og‘ir 

atletikachilar  tayyorgarligi  usuliyati  bilan  taqqoslab  baholandi.  SHu 

sababli  avval  10–15  yoshdagi  nazorat  guruhi  og‘ir  atletikachilari 

mashg‘ulotlarining  uslubiy  xususiyatlarida  batafsil  to‘xtalib  o‘tishni 

lozim,  deb  hisoblaymiz.  10–15  yoshdagi  nazorat  guruhi  og‘ir 

atletikachilari  mashg‘ulot  yuklamasining  umumiy  hajmi  o‘quv  yili  (10 

oy)  davomida  320  soatni  tashkil  etdi.  Bu  BO‘SM  larning  boshlang‘ich 



 

 

 



35 

tayyorgarlik  guruhlari  uchun  darslar  dasturi  tavsiyalari  atrofidadir. 

Ulardan 240 soati UJT va 80 soati MJT uchun ajratilgan (foizlarda nisbat 

75:25%  ni  tashkil  etadi).  Mashg‘ulotlarda  31  ta  og‘ir  atletika 

mashqlaridan  foydalanildi.  Ularning  soni  va  tarkibi  oylik  tsikllarda 

birmuncha  o‘zgartirildi.  MJT  ning  asosiy  qismi  miqdori  BO‘SM  uchun 

darslar  dasturiga  muvofiq  bo‘ldi  va  23  ta  maxsus  og‘ir  atletika 

mashqlarini uz ichiga oldi. Siltab ko‘tarish va dast ko‘tarish mashqlarida 

90–100% li og‘irliklarni ko‘tarish soni bir oyda 20–30 atrofida va muvofiq 

ravishda  bir  o‘quv  yilida  200–300  atrofida  bo‘ldi.  Bu  kattaliklar  ham 

ilmiy–uslubiy  adabiyotlarda  ko‘rsatilgan  ma’lumotlardan  yuqori;  bir 

yilda  sub–va  maksimal  vaznlardagi  SHKS  100–200.  Nisbiy  shiddatning 

o‘rtacha  yillik  ko‘rsatkichi  70%  ga  teng.  Asosiy  mashqlarda  (shtangani 

siqib ko‘tarish va egilishlarsiz) SHKS da yillik tsiklda yuklama hajmining 

shiddat  zonalari  bo‘yicha  taqsimlanishi  kichik,  katta  bo‘lmagan  va 

o‘rtacha  og‘irliklar  tomon  o‘zgardi  (muvofiq  ravishda  31,  25  va  25%). 

Katta, sub – va maksimal vaznlar zonasi muvofiq ravishda 15 va 4 % ni 

tashkil etdi. Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari uchun yaqinlashtiruvchi 

dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish mashqlarida maksimaldan kamida 50% 

gacha  bo‘lgan  shtanga  vazni  hisobga  olindi.  Nazorat  guruhlarida 

haftalik  tsiklda  to‘rttadan  mashg‘ulot  rejalashtirilgan  edi.  Har  bir 

mashg‘ulotda  3  tadan  6  tagacha  mashqlar,  har  bir  mashqda  6–8  ta 

urinishlardan foydalanildi.  

 

 



 

 

 



36 

III-BOB. TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING 

MUXOKAMASI. 

3.1. Yosh og‘ir atletikachilarni tayyorlashda nostandart mashqlardan 

foydalanish tajribasini o’rganish natijalari. 

Sport  zahiralarini  tayyorlash  jarayonini  rejalashtirishda  trenerlar 

tajribasini o’rganish muhim ahamiyatga egadir. 

Sport  tayyorgarligi  ko’p  bosqichli  murakkab  pedagogik  jarayon 

bo’lib, mashg‘ulotlarni ilmiy asosda tashkil qilishni etadi. 

Mashg‘ulotlarda  qo’llaniladigan  jismoniy  va  texnik-taktik 

mashqlar  shug‘ullanuvchi  bolalarning  yoshi,  jismoniy  va  funktsional 

imkoniyatlariga  moslab  rejalashtirilishi  va  qo’llanilishi  lozim.  Ushbu 

mashqlar  hajmi,  shiddati,  qaytarilishi  va  davom  etish  vaqti  biologik 

qonuniyatlarga  asoslanishi  lozim.  Agar  mashqlar  yuklamasi  bolaning 

imkoniyatidan  o’ta  yuqori  bo’lsa,  bunday  yuklama  shu  bolaning 

organizmiga  salbiy  ta’sir  etishi  mumkin.  Aksincha,  yuklama 

imkoniyatdan kam bo’lsa shakllanish jarayoni sustlashishi muqarrar. 

Ayrim  trenerlar  qisqa    muddat  ichida  jismoniy  sifatlarni 

rivojlantirishni  jadallashtirish,  tezroq  malakali  sportchi  tayyorlash 

maqsadida  maxsus  va  ixtisoslashgan  mashqlarni  zo’rma-zo’raki 

qo’laydilar.  To’g‘ri,  ayrim  xollarda  ya’ni  agar  bolaning  nasliy  va 

individual  jismoniy    imkoniyatlari  serzahira  bo’lsa,  bunday  bola  tez 

orada yaxshi sportchi bo’lib etishishi mumkin. Ammo, aksariyat hollarda 

bunday  katta  yuklamali  mashg‘ulotlar  bolaning  tez  charchashi, 

zo’riqishi,  hatto  uning  kasallanishiga  olib  kelishi  mumkin.  Sport 

amaliyotida  shunday  xolatlar  ham  uchraydiki,  bir-biriga  o’xshash 

muntazam  beriladigan  mashqlar  sport  bilan  endi  shugullanishni 

boshlagan  bolada  qiziqishni  so’ndiradi,  unda  sport  bo’lgan  ixlos 

yo’qoladi,  pirovardida  u  sport  bilan  shug‘ullanmay  qo’yadi.  Shuning 


 

 

 



37 

uchun  yosh  sportchilarni  tayyorlashda,  ayniqsa  dastlabki  o’rgatish 

bosqichidajismoniy  sifatlarni  rivojlantirish,  texnik-taktik  mahoratni 

shakllantira  borish  uchun  noan’naviy,  nostandart  mashqlardan 

foydalanish  juda  foydali  va  o’ta  muhimdir.  Hozirgi  kun  sport 

amaliyotida  yosh  sportchilarni  tayyorlash  jarayoni  qanchalik  o`z 

tarkibiga  nostandart  mashqlarni  kiritganligini  o’rganish  uchun  biz 

murabbiylar o’rtasida so’rovnoma o’tkazdik. 

Savolnoma  natijalari  1  jadvalda  aks  ettirilgan.  Jadvaldan  ko’rinib 

turibdiki, savolnomada ishtirok etgan 30 nafar trenerlardan 6 tasi (20%) 1 

savolga (o’quvchilarni sport tugaragiga tanlab olishda NS mashqlardan 

foydalanasizmi?) «ha» deb javob berishgan bo’lsa, 20 tasi (66,7 %) «yo’q» 

deb  4  si  (13,3  %)  esa  «qisman»  deb  javob  berdi.  Ushbu  natijalar  shuni 

ko’rsatadiki  tanlov  jarayonida aksariyat  trenerlar    harakatli  o’yinlardan 

umuman foydalanmas ekanlar.  

Ma’lumki,  har  bir  sport  turiga  hos  nostandart,  harakatli  o’yinlar 

mavjud bo’lib, ulardan tanlov jarayonida foydalanish bolaning shu sport 

turiga  xos  harakat  qobiliyatlarini  aniqlashga  yordam  beradi.  Muhimi 

shundaki,  harakatli  o’yinlar  davomida  muayyan  harakat  vazifasini  hal 

etish  extiyoriy  ravishda  mustaqil  qaror  qabul  qilish  asosida  amalga 

oshiriladi. SHu harakatni ijro etishda bolaga berilgan erkinlik imkoniyati 

undagi qobiliyatlarni namoyon etlishiga qulay vaziyat tug‘diradi. 

2 savolga (mashg‘ulotlar davomida jismoniy sifatlarni rivojlantirish 

maqsadida NO’Mdan foydalanasizmi?) 14 ta trener (46,7 %) «ha» va 16 

ta  (53,3  %)  «yo’q»  deb  javob  beradilar.  «Qisman»  degan  javob  qayd 

etilmadi.  

Demak, savolnomada ishtirok etgan trenerlarning deyarli teng ikki 

yarmi  «ha»  va  «yo’q»  deb  javob  berganliklari  ularning  ikki  toifaga 



 

 

 



38 

mansub  pedagogik  yondoshuv  asosida  mashg‘ulot  o’tkazishlaridan 

darak beradi. 

Yosh sportchilarni tayyorlashda harakatli o‘yinlar dan foydalanish 

darajasini anio‘lash bo‘yicha o‘tkazilgan savolnoma 

NATIJALARI 

n=30 

 

№ 



Savollar  

Ha  Yo‘


Qisman 


1

Kuch sifatini rivojlantirishda NO‘M dan 



foydalanasizmi?  

20 



2



Mashg‘ulotlar 

davomida 

kuchni 

rivojlantirish  uchun  NO‘M  laridan 



foydalanasizmi? 

14  16 


z



Yosh sportchilarda kuchni rivojlantirish 

uchun NO‘M laridan foydalanasizmi? 



15 



4

Mashg‘ulotning  tayyorgarlik  kuchni 



NO‘M dan foydalanib rivojlantirasizmi?  

11  1z 


5



Mashg‘ulotning  asosiy  qismida  kuchni 

NO‘M lari yordamida rivojlantirasizmi? 

18 


6



Mashg‘ulotning 

yakuniy 


qismida 

kuchni 


NO‘M 

lari 


bilan 

rivojlantirasizmi? 

21 


7



Kuchni  rivojlantirishda  trenajyorlardan 

foydalanasizmi?  

10  11 



 



 

Izoh: NO‘M – nostandart o‘yin mashqlari. 



 

 

 



39 

Birinchilari – jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun NO’Mlaridan 

foydalanishsa,  ikkinchilari  –  bu  imkoniyatdan  foydalanmay 

mashg‘ulotlarda  faqat  standart  va  an’anaviy  jismoniy  mashqlardan 

foydalanadi deb xulosa qilish mumkin.  

Binobarin,  iikkinchi  guruh  trenerlari  NO’Mlarining  o’ta  muhim 

amaliy    ahamiyatiga  e’tibor  qilmaydilar  yoki,  ehtimol  NO’Mlarini 

jismoniy sifatlarni rivojlantirishda samarali vosita deb bilmaydilar. 

3 savolga berilgan javoblar ham yuqorida qayd etilgan ko’rinishda, 

lekin karoq foiza kuzatiladi (jadvalga qarang). Bu savolga «Qisman» deb 

javob berganlar soni ko’proq bo’lib, 50 % ni tashkil etdi. 

4,5,6 savollar mashg‘ulotlarni o’tkazish, o’rganish va sportchilarni 

tayyorlash  jarayoniga  bevosita  aloqador  bo’lib,  trenerlarning  kasbiy-

pedagogik  faoliyatida  va  xususan  mashgulotlar  samaradorligini 

oshirishda  muhim  rol  o’ynaydi.  Jumladan,  respondent  trenerlar 

«Mashg‘ulotning  tayyorgarlik  kismida  NӮMdan  qo’llaysizmi?»  degan 

savolga 36,7% «ha», 43,3% «yo’q» va 20% «qisman» deb javob berishdi.  

Mashg‘ulotning  asosiy  kismida  faqat  z  tagina  trener  NO’Mdan 

foydalanishlarini bildiradilar. Bu savolga 60% trenerlar «yo’q» va 30% - 

«qisman»  deb  fikr  bildirishdi.  Mashg‘ulotning  yakuniy  qismida  esa 

NO’Mlaridan  foydalanadigan  trenerlar  soni  nisbatan  ko’proq  bo’ldi 

(43,3%).  30%  trenerlar  –  «yo’q»  degan  javobni  bildiradilar.  26,7% 

respondentlar  mashg‘ulotning  yakuniy  qismida  qisman  foydalanlar 

ekanlar. 

Ta’qidlash  lozimki  respondentlarning  faqat  10  tasi  kuchni 

rivojlantirishda trenajyorlardan foydalanishni afsuslanarli holdir. 

So’rovnoma davomida olingan natijalar va ularning qiyosiy tahlili 

shuni  kursatdiki,  aksariyat  respondent  trenerlar  yosh  sportchilarni 

tayyorlashda,  ayniqsa  jismoniy  sifatlarni  rivojlantirishda    asosan 


 

 

 



40 

standart  mohiyatga  ega  umumiy  yoki  maxsus  jismoniy  mashqlarga 

ko’proq  e’tibor  qaratar  ekanlar.  Bu  borada  harakatli  o’yinlargi  qo’lay 

vosita  sifatida  ikkinchi  darajali  o’rin  berilishi  kuzatiladi.  So’rovnomada 

ishtirok  etgan  respondent  trenerlar  bilan  o’tkazilgan  suxbat  davomida 

yana  bir  ahamiyatli  narsa  ma’lum  bo’lidki,  ularning  ko’pchiligi  juda 

keng  ommalashgan  harakatli  uyinlar,  ayniqsa  milliy  halq  harakatli 

o’yinlar  haqida  to’liq  ma’lumotga  ega  emas  ekanlar  Ayrim  trenerlar 

o’yinsimon  nostandart  mashqlarni  shunchaki  dam  olish  yoki  bolalarda 

kayfiyat uyg‘otish vositasi xolos deb o’ylashlari  jiddiy tashvishga soladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 



41 


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish