Andijon davlat universiteti umumiy pedagogika kafedrasi ijtimoiy pedagogika



Download 5,49 Mb.
bet20/210
Sana28.01.2023
Hajmi5,49 Mb.
#904432
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   210
Bog'liq
majmua 2022 yil Ijtimoiy ped

Mustahkamlash uchun savollar:
O’QUV ADABIYOTLARI, DARSLIK VA O’QUV QOLLANMALAR
Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari
Asosiy adabiyotlar
TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1 Egamberdieva N. M. Ijtimoiy pedagogika. Darslik.T.2009
2.MavlonovaR. Ijtimoiy predagogika.O’quv qo’llanmaT. Istiqlol 2009
3. Gapaguzova M. A. Istoriya sotsialnoy pedagogiki. O’quv qo’llanma. M. Vlados. 2006.
Qo’shimcha adabiyotlar.
4.o’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqslash to’grisida” gi PF-5847-son Farmoni.
5. O’zbekistan Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017 yil, 6 son,70 modda.
6.Mirziyoev SH. M. Qonun ustuvorligi - inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. ‘"O’zbekiston”, 2017.
7. Munavvarov A.K. Pedagogika. - T.: O’qituvchi. 1996 y.
8. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. - T.: O’qituvchi. 1994 y.
9. Yuldoshev J. Ta’lim yangilanish yo’lida. - T.: O;qituvchi. 2000 y.
10. Podlaskiy I.P. Pedagogika. V 2x kn. M.: Vlados, 2003.
Axborot manbaalari
1. www.tdpu.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.ziyonet. Uz
4. www. edu. Uz
5 tdpu-INTERNET. Ped.
7-Mavzu: O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi.
REJA.
1.O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi.
2.Ijtimoiy pedagogika tushunchasi.
3.Mustaqillik davrida Ijtimoiy pedagogikaning pedagogika fanlar sohasidagi tutgan o’rni.
Ijtimoiy pedagogika tushunchasining mohiyati
Sotsiologiya fani jamiyatning o`zini-o`zi anglashida qudratli vositadir. qaysi jamiyatda sotsiologiya kuchliroq rivojlansa, bu mana shu jamiyatning o`zini to`laroq anglayotgani alomatidir. Sotsiologiya fani inson xulq-atvorini tushunishning aniq va favqulodda yorqin istiqbolini ochadi. Sotsioloyani o`rganar ekanmiz, dunyoga o`zimiz berayotgan talqindan hayotimizni shakllantirayotgan ijtimoiy ta'sirlarga nazar tashlash uchun yuqoriroq o`qtariladi.
Sotsiologiya fani jamiyat va undagi insonlararo, insonlar va ijtimoiy institutlararo munosabatlar haqidagi fan sifatida pedagogika faniga juda katta material tayyorlab beradi.
Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan esa ijtimoiy pedagogika (lat. Socium-jamiyat) shug`ullanadi. Sotsiologiya- insonning ijtimoiy turmushini o`rganish, guruh va jamiyatni o`rganishdir.
Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori- uning predmetidir. Sotsiologiyaning faoliyat maydoni keng bo`lib, u ko`chada individlarning tasodifiy to`qnashuvlaridan to global ijtimoiy jarayonlarni tadqiq qilishgacha bo`lgan sohalarni qamrab oladi.
Sotsiologiya bizga o`zimiz haqimizda, o`zimiz yashayotgan jamiyat haqida, shuningdek makon va zamonda bizdan uzoq bo`lgan jamiyatlar haqida bilim olish imkonini beradi.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga sabab bo’lmoqda. YAxshi ma’lumki, har qanday fan inson bilimi sohasi sifatida nazariya va amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-birini to’ldirib kelishadi va voqelikning mukammallashuviga o’z ta’sirini ko’rsatishadi. Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida o’rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko’pgina boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o’quv fani bo’lib ham xizmat qilishi mumkin.
O’zbekiston qadimiy tarix va pedagogik an’analarga ega davlat bo’lgani uchun qadimdan ijtimoiy pedagogika fanining SHarq mutafakkirlari va diniy arboblar asarlarida rivojlanishi asoslari mavjuddir. XIX asrda o’zbek ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarning ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy bilimlar uchun boy materialni tashkil qiladi. Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to’xtatib qo’shildi. bu ish avvaliga inqilobgacha bo’lgan davrda pedagogikadan voz kechish, so’ngra ijtimoiy muammolarni ma’lum qilmaslik siyosati bilan amalga oshirilgan bo’lsa, ana shu asosdan kelib chiqib, aytish mumkinki, ijtimoiy pedagogika ilmiy nazariy bilimlar va ijtimoiy –pedagogik faoliyatini o’rganadi, keyinchalik unga burjuaziya fani sifatida qaralgan. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX asrning 90-yillarida ro’y berdi. Uning qayta “tug’ulishi” ijtimoiy pedagoglarning zamonaviy sharoitlardagi faoliyatlarida, amaliyotda ijtimoiy pedagogika fanining yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug’ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va jamiyatning faoliyat yuritishining yangi tamoyillari-bozor iqtisodiyoti, raqobat, byudjetdan pul ajratishni kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda. SHu bilan birga ijtimoiy hayotni demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining kam ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq bundan avvalgi davrning nazariya va amaliyotining tizimlashtirilmog’ini bu ikki soha bir-biridan alohida ravishda rivojlanishiga sabab bo’ldi va ijtimoiy pedagogika fan sifatida shakllanishiga ta’sirini ko’rsatdi. Natijada bugunda ilmning bu sohasini to’liq qamrab oluvchi ta’rif mavjud emas.
Masalan, YU.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs va guruhni tarbiyalash va o’qitish nazariya va amaliyoti” deb ta’kidlaydi.
A.V.Mudrikning fikricha ijtimoiy pedagogika-“barcha yosh guruhlar va ijtimoiy toifalarni ijtimoiy tarbiyasini o’rganuvchi pedagogikasi”dir.
V.D.Semenov ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasi fan yutuqlarini birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy-tarbiya amaliyotida amalga oshiradi, deb hisoblaydi
Avloniydan so‘ng ma’rifat va dunyoviy bilimlarning faol targ‘ibotchisi Miskin edi. Miskinning ta’limiy va ma’rifiy qarashlari ijtimoiy-siyosiy mohiyatga ega bo‘lib, u o‘zbek ilg‘or pedagogik g‘oyalarining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Miskin ta’lim jarayonini yosh avlodni xalqqa xizmat qilish uchun tarbiyalash kerak, deb tushungan va o‘z qarashlarini rivojlantirgan. Miskin va boshqa o‘zbek ma’rifatparvarlarining intilishlari tarbiyaning ijtimoiy jihatini oshirishga, ijtimoiy tarbiyani kengaytirishga, insonning turli ijtimoiy munosabatlarga kirishi, boshqa davlatlar va xalkugar hayotini o‘rganishga qaratilgan edi. Biroq bu ijtimoiy xususiyatlar bilan birga o‘zbek ma’rifatparvarlari XIX asr ikkinchi yarmida o‘z qarashlarining tizimli emasligi bilan, mustamlaka tuzumga qarshi kurashga tayyor bulgan mustahkam dasturlarining yo‘qligi bilan ajralib turardilar. Dunyoqdrashlarining cheklanganligi va turli qaramaqarshiliklarga uchraganligiga qaramay, ular O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaga oid ilg‘or g‘oyalarning rivojiga katta hissa qo‘shdilar. XX asr boshidagi o‘zbek pedagogik g‘oyasini uch asosiy yo‘nalishga ajratish mumkin:
— ko‘proq hukmronlik qiluvchi o‘rta asr feodal klerikal yo‘nalishi;
— paydo bo‘layotgan milliy burjua yo‘nalishi (jadidchilik).
Uning vakillari bu davrda feodal klerikal maktabga qarshi chiqib, o‘zlarining “usuli jadid” maktablarining pedagogik talablarini ilgari surganlar;
— demokratik taraqqiyparvar yo‘nalish. Demokratik pedagogika o‘rta asr maktablarini vatarbiyasini tanqid qilgan, inkor etgan va unga qarshi yangi, ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan.
XX asr boshida O‘zbekistonda demokratik pedagogikaning eng yirik vakili Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889 — 1929) edi. Hamza XX asr boshida o‘zbek xalqi madaniy hayoti va ma’rifiy harakatining eng yirik namoyandasi bo‘lgan. Uning nomi bilan O‘zbekiston tarixining butun bir davri bog‘liq. U o‘z asarlarida o‘zbek xalqi pedagogik g‘oyasi rivojining eng yaxshi yutuqlarini jamlab hamda chet el ijtimoiy-ma’rifiy g‘oyalariga tayanib, ta’lim-tarbiyaning eng global muammolarini ko‘tara olgan. Qo‘qonda milliy maktabning yaratilishi, keyinroq esa Farg‘ona, Marg‘ilon va Toshkentda shunday maktablarning yaratilishi bu ajoyib pedagog va jamoat arbobining jasoratli qadami bo‘ldi. Bu maktablarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo‘lga qo‘yilishi shaxsning har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy faollashuvi uchun sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan edi. Hamzaning pedagogik faoliyatining ijtimoiy tavsifi tarbiyaning barcha turlari (estetik, akushy, jismoniy, axloqiy, mehnat), muomala va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabat malakalarini rivojlantirish jarayonida, tarbiyalanuvchilarning turli hayotiy, madaniy va aqliy darajalarini oshirishlari uchun imkoniyatlar yaratishga asoslanadi. 1911 yilda Hamza o‘zining yangi usul maktabini ochdi va Unda o‘quv jarayonini tashkil etishni tubdan isloh qildi. Biroq uning pedagogik faoliyatidagi eng asosiy hodisa 1914 yilda etimlar va kam ta’minlangan bolalar uchun “Dorul ojizin” nomli maktabning ochilishi bo‘ldi. Unda bolalar bepul ta’lim olganlar hamda kitob, daftar, qalam va boshqa o‘quv qurollari bilan ta’minlanganlar. Biroq Hamzaning maktablarni islohqilish va demokratiyalashtirish uchun qilgan harakatlari musulmon ruhoniylari va chor hukumatining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Buning oqibatida “Dorul ojizin” yopildi va Hamza chor politsiyasi nazoratiga olindi. Hamza ta’limning mohiyatini ozodlikka erishishi uchun asosiy qurol hamda faol ijodiy shaxsni tarbiyalashdagi vosita, deb hisobladi. Uning qarashlari ilg‘or uzbek pedagogik g‘oyasining rivojlanishida katga qadam edi. Insonni reallikdan ajratuvchi va uni shukronalik ruhida tarbiyalovchi hukmron sxolastik tarbiyadan farush o‘laroq, Hamza Hakimzoda ta’lim moqiyatiga yangi qarashlarni kiritdi. Ta’lim jarayonini yosh avlodni xalqqa xizmat qilish ruhida tarbiyalash, deb tushundi. SHoir tarbiyaning asosiy vazifasi — yoshlarni jamoat faoliyatiga tayorlash, deb bilgan. Hamza yoshlar o‘z Vatani va xalqi oldidagi ma’suliyatlarini tushunishi kerakligini ko‘p marta ta’kidladi. Hamza tarbiyaga eng kuchli ta’sir qiluvchi omillarga muhit va oilani kiritgan. Gudakning kelajagi, undagi hislarning, dunyoqarashning rivoji va boshqa ijtimoiy psixologik vazifalar uni o‘rab turgan atrof-muhit va turmush tarzi ga bog‘liqdir. Oilaning bola tarbiyasidagi o‘rni bolani jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishuvchan kdlib tarbiyalashdan iboratdir. Hamza tarbiyada onaning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi, chunki u bolalar bilan psixologik, ruhiy va biologik jihatdan eng ko‘p bog‘langan shaxsdir. U bolalarni e’tiborsiz yoki notugri tarbiyalaydigan ota-onalarni qoralaydi. Hamza ta’lim-tarbiyada tub o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun bir qator yangi darsliklarni uzbek tilida yaratdi: uzbek alifbosini urganish uchun “Engil adabiyot”, o‘qish uchun “O‘qish kitobi”, adabiyotdan “Qiroat kitobi”. Hamzaning kitoblari ta’lim oluvchilar tomonidan katga qizikdsh bilan o‘qilgan va tez ommalashtirilgan. Hamzaning barcha kitoblari o‘zbek bolasining erkin o‘qishi uchun qulay hisoblangan. 1917 — 1940 yillardagi ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yunalishlari. Hamza faoliyati ikki davr — inqilobgacha va inkdlobdan keyingi davrlar to‘qnashuvida davom etgan. 1917 yilgi oktyabr inqilobi natijasida bolsheviklarning yangi hokimiyati tomonidan xayriya faoliyatiga chek qo‘yilgan va uning moddiy (shaxsiy mulk) va ma’naviy (din) manbalari yo‘q kdlingan. Ijtimoiy muammolarni echishni esa davlat o‘z zimmasiga olgan Bu vaqtda barcha joylarda, jumladan, O‘zbekistonda ijtimoiy tarbiya bo‘limlari tuzila boshlanadi. Voyaga etmaganlarni ijtimoiy huquqiy himoyasi bo‘yicha muassasalar tashkil etiladi. XX asrning 20-yillarda maktabga moddiy yordam beruvchi “komsod” (yordam qo‘mitasi) nomli tashkilotlar faoliyat yuritgan. SHuningdek, kam ta’minlangan oilalarni moddiy ta’minlovchi “kambag‘allik fondlari” ham mavjud bo‘lgan. Bu fondlar kambag‘al oilalarni eng kam miqdordagi oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlaganlar. V. F. Lubensov tomonidan boshqariladigan Karl Libxknet nomli mehnat maktabining tuzilishi respublika hayotida muhim voqea bo‘lgan. Maktabining faoliyati ijtimoiy pedagogik tamoyillarga asoslangan edi. Ushbu ta’lim muassasasi Toshkent shahri yaqinidagi 600 ta etim bolalar tarbiya topgan ilk maktablardan edi. Turkiston ASR hukumati 1918 yilda maktabga Nikolskoe qishlog‘i yonidagi yangi binoni beradi. 1919—1920 yillar qishi juda og‘ir keladi. Bolalar isitilmagan xonalarda yashashar edi, na chiroq, na kerosin bor edi. Qiyinchiliklarga qaramay maktab pedagogik jamoasi ijod bilan mashg‘ul bo‘lishni davom ettirardi. Maktab bayramlarida yosh iqgidorli bolalar turli tamoshalarda ishtirok etishardi. O‘quvchilar aksariyat vaqtlarini toza qavoda, sport bilan shug‘ullanish yoki turli rasmlar chizish bilan o‘tkazishardi. O‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, maktab pedagoglari ta’limtarbiyani qattiqqullik va kuchli intizom tamoyillari asosida olib borar edilar. Maktabning o‘quv va mexdat faoliyati yorqin ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan. Masalan, “Nihol” to‘garagi eng kambag‘al aholiga 6000 dona nihol hadya etdi, 30 ta dehqonga qishloqxo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etishga ko‘maklashadi. “Tozalik” to‘garagi qishloqdagi ovqatlanish, suvdan foydalanish, maishiy va sanitar-gigienik sharoitlarni nazorat qilardi. O‘qituvchilar o‘zlari turli fanlardan o‘quv qo‘llanmalari tuzar edilar. Jismoniy mehnat, o‘quv va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar bilan o‘rin almashtirib o‘tkazilardi. Bahor, yoz va kuzda mashg‘ulotlar dala va bog‘larda o‘tkazilar edi. Ular bug‘doy, paxta, guruch, jo‘xori, sabzavotlar etishtirish bilan birga ipakchilik, asalarichilik bilan ham shug‘ullanishardi. Bunday turli xil mashg‘ulotlar o‘quvchilarda afotexnik va zootexnik ko‘nikmalar shakllanishiga olib kelgan. Bolalar mustaqilligi va mas’uliyatligini rivojlantirishning yana bir metodi o‘z-o‘zini boshqarish tizimi bo‘lib, u jamoada muomala qilish ko‘nikmalarini shakllanishiga ko‘mak bergan. Maktab jamoasi barcha moddiy qiyinchiliklarni bartaraf etgan va 1921 yilda bu muassasa tajriba maktabiga aylantirilgan. Qisqa vaqg mobaynida iqtidorli va qiziquvchan pedagoglar jamoasining tashabbusi bilan ushbu maktabga o‘qituvchi kadrlar malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi, shahar va qishloq maktablari uchun metodik qo‘llanmalar, dasturlar chiqaruvchi respublika ilmiy-metodika markazi maqomi berilgan. Maktab jamoasi ilk marta “Qishloq o‘qituvchisining kutubxonasi” nomli metodik darsliklar yaratgan. SHuningdek, 1925 yilda V. Lubensovning “Boshlang‘ich maktabda dars berish metodlari” (o‘zbek tilida) nomli kitobi, 1928 yilda V. F. Lubensov va N. P. Arxangelskiy taxriri ostida "Bilim” nomli o‘zbek maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ilk xrestomatiya chop etilgan. Bu maktab tajribasi nihoyatda qiziqarli bo‘lib, ba’zi jihatlarini zamonaviy ijtimoiy vaziyatda qullash maqsadida o‘rganishni talab qiladi. 1920 — 1930 yillarda ijtimoiy pedagogik tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar bulgan:
— savodsizlikni bartaraf etish (ayniqsa, ayollarda);
— mehnat tarbiyasi va ta’limni yo‘lga qo‘yish;
— maktab-internatlarni yaratish;
— ta’limni ishlab chiqarish bilan birlashtirish.
XX asrning 30-yillarida bolalarning maktabdan tashqari faoliyati rivojlana boshlagan. Bunda bolalarning texnik va qishloqxo‘jalik stansiyalari, klublari, kutubxona va teatrlari faoliyat yuritgan. Maktab to‘garaklari yoshlarning ijodini rivojlantirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini marokush o‘gkazishlari uchun vosita sifatida tashkil qilinar edi. Aynan shu davrda pedagogik faoliyatini boshlagan uzbek shoiri G‘. G‘ulomni (1903 — 1966) tilga olmay iloj yo‘q. 1918 yilda G‘. G‘ulom ilk o’zbek maktab-internatlarining ochilishida faol ishtirok etgan va 1943 yilgacha bu maktablarda dars bergan. Uning faoliyati bir qator ijtimoiy pedagogik vazifalardan—savodsizlikka qarshi kurash, kattalar uchun kechki kurslarni tashkil qilish, ta’lim berishning ilg‘or usullaridan foydalanish, o‘quvchilarning mustaqil badiiy faoliyatiga raqbarlik qilish, o‘quvchilarda kasbga va mehnatga qiziqish uyg‘otishdan iborat edi. G‘.G‘ulom oilaviy tarbiyaga katta e’tibor bergan va bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy rivojlanishi ko‘p jihatdan ota-onaning shaxsiy namunasiga bog‘liq ekanligini dalillar bilan asoslab bera olgan., Urush yillari (1941 — 1945)da aholiga ijtimoiy pedagogik yordam ko‘rsatish chora-tadbirlari. 1941 — 1945 yillar urush oqibatida yuzaga kelgan ijtimoiy muammolar bolalarning ahvolini og‘irlashtirdi. Davlat va jamoatchilikning urushning “begunoh” qurbonlari — bolalarga munosabati o‘zgardi. Davlat bu muammolarni ko‘chirib keltirilgan bolalar uchun maktabinternatlar yaratish va bolalar uylari sonini ko‘paytirish orqali hal qilishga harakat qildi. Bu harakat, ayniqsa, harbiy urush o‘choqlaridan ko‘plab bolalar muassasalari ko‘chirib keltirilgan O‘zbekistonda yaqqol namoyon bo‘ldi. Ko‘chirib keltirilgan bolalar va kattalarni joylapggirish va qabul qilish respublika hayotiningurush yillaridagi asosiy faoliyatiga aylandi. 1941 yilda Toshkentda Zuev va Pastki Qrim bolalar uyining tarbiyalanuvchilari joylashtirildi. Pop tumanidagi eng zur maktab bolalar uyiga aylantirildi. Biroq kerakli jihozlar: krovat, ko‘rpa-to‘shak, yostiq, kiyim-kechak yo‘qedi. Bularning barchasini mahalliy aholi olib kelib bergan ediJ SHuningdek, Toshkentda 1-,2-,3-,15-,18-sonli bolalar uylari, 14- va 15-sonli maktab-bolalar uylari, Belorussiya bolalar uyi, Go‘daklar uyi ham faoliyat yuritardi. Arxivlarda Toshkentdagi Go‘daklar uyining 1941 — 1942 yillardagi qaydnoma kitoblari saqlanib qolgan. Unda kengash nomiga tushgan “bolalikka olish” haqidagi arizalar uchraydi. Go‘daklar uyida bunday arizalar 1941 yil yanvar-sentyabr oylarida 11ta, noyabr oyida 32 ta, dekabrda 79 ta, 1942 yil yanvar oyida esa 86 taga etgan. O‘sha yillarda Toshkent shahrida voyaga etmaganlarni qabul qilish va ularni bolalar uyiga joylashtirish markazi tashkil kdlingan edi. 1942 yilda bunday markazlar Toshkent, Farg‘ona, Urganch, Namangan. Andijon, To‘rtko‘l shaharlarida ham tuziladi. Toshkent viloyatining Kalinin tumanidagi 2-sonli bolalar uyi Odessa va Lugansk shahrining ikkita bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini qabul qildi. Moskva, Odessa va Voronejdan ko‘chirib keltirilgan 4 ta harbiy-musiqa maktabi ham bolalar uyiga joylashtirilgan edi. 1942 yil Yangiyo‘l tumanida yangi bolalar uyi tashkil qilindi. SHuningdek, Rishton, Vobkent, Qarshi tumanlarida ham bolalar uylari faoliyat yuritardi. O‘zbekistonga, jumladan, Samarqandga Evropa davlatlaridan 21-sonli Polsha bolalar uyi va ispan yoshlari ko‘chirib keltirildi. “Front kundaligi” asari muallifi, mashqur rumin publitsista va yozuvchisi Xarlamb Zinke ham urush yillarida O‘zbekistonga 18 yoshida evakuatsiya qilingan edi. U Samarqandsa kolxozchi Abdurasul Jo‘raev oilasida yashagan. 1944 yil noyabr oyidan Toshkentda ko‘chirish markazi faoliyat yuritgan va unda bolalar uyi rahbarlarining eng yaxshilari navbatchilik qilishgan. Bolalarni ko‘chirish jarayoni \am havfsiz emas edi, chunki bolalar haftalab yo‘lda bo‘lishar, ular orasida dizenteriya va teri kasalliklari keng tarqalar edi. SHuning uchun bolalar ikki hafta mobaynida vrachlar nazorati ostida bo‘lishar va faqat shundan keyingina turli bolalar uylariga jo‘natilar edilar. Bu yillarda ko‘chirib keltirilgan bolalarni tarbiyaga olish kengtarqaldi. Masalan, birinchilardan bo‘lib leningradlik qizaloq—Faina Usmon Yusupov va uning xotini Yulya Stepanenko tomonidan tarbiyaga olingan. Barchaga toshkentliktemirchi SHoahmad SHomahmudov va uning xotini Bahri ayaning jasorati ma’lum. Ular turli millatdagi 14 bolani o‘z oilalariga qabul qilishgan. Toshkentdagi 110-sonli maktabga ko‘chirib keltirilgan turtta bolani qabul qilishdi va ularga alohida xona ajratishdi. Evakuatsiya qilingan bolalarni o‘qitish bo‘yicha \am choralar ko‘rila boshlangan. 1944 — 1945 yillarda ko’r va kar bolalar uchun maxsus sinflar tashkil qilindi. 1942 yil avgustda “Pravda” gazetasida A. Tolstoyning O‘zbekistondagi taassurotlari haqidagi maqolasi (“Samootverjennost”) e’lon qilinadi. Urush davrida bolalar uylari tarmog‘i va ulardagi tarbiyalanuvchilar soni muttasil oshib borgan. *1945 yil oxiriga kelib respublikada 267 ta bolalar uyi mavjud bulib, ularda 30792 nafar bola tarbiyalangan^ Urush davrida davlat va jamoat tuzilmalarining asosiy harakatlari bolalarning maktabda o‘qishlarini ta’minlashga qaratilgan edi. Xalq ta’limi xodimlari nafaqat o‘quv jarayonini boshqarganlar, balki frontdagilar, ularning oilalari hamda ko‘chirib keltirilgan bolalarga kerakli yordamlarni \am berganlar. 1942 yildan boshlab shahar va qishloq maktablari frontchilarning oilalari va farzandlariga yordam ko‘rsatish maqsadida ularga issiqovqat, darsliklar, dafgarlar, kiyim-kechak etkazib berishgan. Maktablarning o‘quvchilari kasal bo‘lgan sinfdoshlariga va ularning oila a’zolari — onalari va buvilariga uy ro‘zg‘or ishlarida yordam berishgan, oziq-ovqat va yoqilg‘i olib kelishgan, yosh go‘daklarga qarab turish gan. Toshkentning 50-sonli maktabining tashabbusi 1943 yildan boshlab maktabda 150 kishilik bolalar dam olish maskani tashkil qilindi. Bu maskanda boshlang‘ich sinf bolalari soat 19:00 gacha qolishardi. Bolalar bu erda gigienik talablarga javob beruvchi xonalar, yuqori sifatli tushlik bilan ta’minlanishgan, o‘qituvchilar nazorati ostida dars tayyorlashgan, toza havoda sayr qilishgan. Ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda www.ziyouz.com kutubxonasi maktabdan tashqari muassasalar, shuningdek, to‘garak, ma’ruza, tematik kechalar keng tarqalgan. Badiiy ijod uylari va saroylarida badiiy, mehnat, vatanparvarlik, estetik va jismoniy tarbiya amalga oshirilgan. Maktabdan tashqari bolalar muassasalariga jiddiy qiyinchiliklarni engishgato‘g‘ri keldi. CHunki ularning aksariyati o‘z binolarini ko‘chirib keltirilgan tashkilot va korxonalarga yotoqxona qilib bergan bo‘lib, qolganlari esa yopilgan edi. (Agar urushgacha maktabdan tashqari muassasalarda ko‘proq bolalarning badiiy tarbiyasiga bog‘liqto‘garaklar ochilgan bo‘lsa, urush yillarida esa aviamodelchilar, yosh tabiatshunoslar, texniklar, fiziklar va ximiklar to‘garaklari soni ko‘paydi. Bunday to‘garaklarda ishlash bolalarning va o‘smirlarning texnik qobiliyatlarini oshirdi va ularda turli mehnat sohalari bo‘yicha ko‘nikmalar paydo qildi. O‘zbekiston bolalarini badiiy tarbiyalash markaziy uyi 1942 yilda bolalar rasmlari kurgazmasini tashkil qilishda tashabbus ko‘rsatdi. Rasmlarda urush dahshatlari bilan to‘qnash kelgan bolalarning taassurotlari joy olgan edi. Ko‘rgazmada ishtirok etgan 400 ta eng yaxshi raem katta muvaffaqiyat bilan Moskvada, keyinchalik esa Amerika rassomlarining iltimosiga kura, NyuYorkda (1943 y.) ham namoyish qilingan. Urush yakunlanganidan so‘ng ko‘pgina ko‘chirib keltirilgan bolalar va oilalar o‘z yurtlariga qaytishgan. Bu davrda bolalar uylari tarbiyalanuvchilari sonining kamayishi kuzatilgan, ammo ko‘pchilik bolalar va oilalar o‘z xohishlari bilan O‘zbekistonda qolganlar. 1956 yilda O‘zbekiston hukumati jamoatchilikning keng yordami bilan oltita internat-maktabni ochdi: ikkitasi Toshkentda, qolganlari YAngiyo‘l, Farg‘ona, Qo‘qon va Xivada edi. 1962 yilda maktab-internatlar soni 119 taga, tarbiyalanuvchilar soni esa 38000 taga etdi. Maktab-internatlar yangi turdagi o‘quv-tarbiya muassasalari bo‘lib, ularda bolalarning o‘qishi va rivojlanishi uchun juda yaxshi sharoitlar yaratilgan edi. Bunday muassasalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari axloqiy, estetik va jismoniy tarbiya, mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, hayot va amaliy faoliyat bilan aloqa o‘rnatishdan iborat bo‘lgan. Keyinroqrespublikada yangi maxsus maktab-internatlar: Glier nomidagi musiqa maktabi, san’at maktabi va sport maktabi ochildi. Bundan tashqari, aqliy va jismoniy nogiron bolalar uchun ham maktab-internatlar tashkil qilindi. XX asrning 60-yillarida boshqa turdagi tarbiya muassasalari bo‘lmish kuni uzaytirilgan maktab, yasli va bolalar bog‘chalarining rivojlanishi kuzatildi. Biroq bu muassasalarning faoliyat yuritishiga qaramay, davlatning bu haqda “gapirmaslik” siyosati tufayli ularning ilg‘or tajribasi matbuot va pedagogik nashrlarda yoritilmagan. Oqibatda respublikaning ijtimoiy pedagogika fani bugungi kunda ni\oyatda qashshoq nazariy va amaliy bazaga suyanishga majburdir. XX asrning 70-yillari oxirida yoshlarning, ayniqsa o‘smirlarning axloqida keskinliklar kuzatila boshlandi. XX asrning 80-yillarida alkogolizm, narkomaniya va taksokomaniyaga qarshi kurash va profilaktika muammolari haqida masala ko‘ndalang qo‘yildi. Bunday muammolarning paydo bulishi va tarqalishi maktabning oila bilan munosabatida bir qator muammolarni keltirib chiqardi. O‘quvchilarning ijtimoiy va kasbiy ko‘nikmalarini hosil qilish shakllaridan biri o‘quv-ishlab chiqarish korxonalarining tashkil qilinishi bo‘lib, unda mutaxasislarga bo‘lgan e\giyojni xisobga olingan holda bolalar turli kasblarga o‘qitilganlar. Misol tariqasida Toshkentdagi 210-TTZ ishlab chiqarish korxonasini keltirish mumkin. Davlat idoralarining va maktablarning bolalarni ijtimoiy-pedagogik faoliyati bilan bir vaqtda maktabgacha ijtimoiy tarbiya muassasalari ham shakllangan va rivojlangan. Uzbekistonda ommaviy maktabgacha ta’lim muassasalarining rivojlanishi va unda bolalarning ijgimoiylashuvi tarixidan. O‘zbekistonda ommaviy maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelishi XX asrning 1 yarimiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda Turkistonda bolalarni gimnaziyaga kirishga tayyorlovchi xususiy bolalar bog‘chalari mavjud edi. 1919 yilda respublikadagi siyosiy va iqtisodiy holat munosabati bilan o‘sib kelayotgan avlodning sog‘lig‘ini saqlash, oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi “Bog‘chalarni himoyalash Kengashi^tuzildi. Bolalarni davlatning yanada sermahsul mintaqalariga ko‘chirib o‘tkazish, shuningdek, ularni ovqat, kiyim-kechak, turar joy, yoqilg‘i, tibbiy yordam bilan ta’minlash masalalari o‘rganilgan. Bu masalalarni echishning asosiy vositasi — ommaviy oshxonalar, bolalar bog‘chalari va yaslilar tashkil etish bilan bir qatorda ayollarni respublikaning jamoat va siyosiy hayotida faol ishtirok etishlariga yordam berishga tayyorlash edi. Ta’lim ishini rivojlantirish uchun 1918 yilda Toshkentning Eski shahar qismida uzbek bol al ari uchun 4- bolalar bogchasi tashkil kdlindi. 1919 yilda esa Samarqandda 2-bolalar bog‘chasi va 3-bolalar uyida maktabgacha guruhlar ochildi. 1926 yilga kelib qirqga yaqin maktabgacha ta’lim muassasalarida 2000 nafar bolalar tarbiyalangan1. SHu yillarda maktabgacha tarbiya muassasasi xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturining ishlab chiqilishi muhim yutuq hisoblandi.|1927 yildan ayollar erkinligini himoya qilishga qaratilgan “Hujum” harakatining boshlanishi munosabati bilan bolalarning bolalar bog‘chasiga berish hollari yanada ko‘paydi. Ishlayotgan ayollarga yordam tariqasida kasaba uyushmalari va yirik fabrika-zavodlar tomonidan bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari tashkil etildi. XX asrning 30-yillarida maktabgacha tarbiya amaliyoti bolalar bog‘chalariningtozalik va metodik ta’minlanganlik holatini tekshirish xollari kengtarqaldi. Bu tekshirish natijalariga ko‘ra bog‘chalardagi xonalar va bolalar maydonchalarning jihozlanmaganligi, ularni asbob-uskunalar va sifatli oziqovqat bilan ta’minlanmaganligi, tozalik me’yorlariga amal qilinmasligi kabi .kamchiliklarga qarshi kurash olib borilgan. Qishloqlardagi bolalar bog‘chalari va maydonchalari, joylardagi ta’lim muassasalariga nisbatan bo’lgan salbiy qarashlar tufayli, katta qiyinchiliklarga uchragan. 1930 yilda O‘zbekistonda respublikaning barcha katta shaharlari va viloyatlarida o‘z bo‘linmalariga ega bulgan pedagogik maslahatxonalar tashkil qilindi. Uning faoliyati doimiy ma’ruzalar, radiosuhbatlar, ayollar uchun ko‘rgazmalar tashkil qilishdan iborat edi. Ular uchun ‘‘bolalarga eng yaxshi burchak jihozlash” musobaqasi xam o‘tkazilgan. Pedagogik maslahat beruvchilar oilalarga borishgan, bolalar burchaklarini tashkil qilishgan va shu bilan birga, bolalarni bog‘chalarga qabul qilish tartibi hamda oilalarga tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatlar berib borishgan. 1933 — 1934 yillarda O‘zbekistonda 3840ta kolxoz maydonchalari bulib, unda 127 ming tarbiyalanuvchi qatnashgan.
Qarang: Eshonxo‘jaeva O.O. O‘zbekiston SSRda ta’limning rivojlanishi. 1933 yil esa bolalar bog‘chalari uchun ilk dastur loyihalarini ishlab chiqarish yili sifatida nishonlandi. Rusiy zaboi bolalar bog‘chalari dasturlari asosida tuzilgan bu dasturlar keyinchalik mahalliy sharoitlarni inobatgaolib qaytatuzildi. Ta’lim birlashmalarining metodik faoliyati yagona markaz tomonidan rahbarlikni amalga oshirishga ehtiyoj sezganligi sababli, 1934 yilda Toshkent shahrida tuzilgan Respublika ta’lim metodik xonasi shunday markaz vazifasini bajardi. Ommaviy maktabgacha tarbiyaning rivojlanishida eng katta to‘siqlardan biri malakali kadrlarning etishmasligi bulgan. Qishloq aholisidan kadrlar tayyorlash uchun qisqa muddatli uch oylik kurslar tashkil qilingan. Bundan tashqari, XX asrning 30-yillaridan boshlab ta’lim mutaxassislarini tayyorlash vazifasi pedagogika o‘quv yurtlari zimmasiga yuklandi. 1930 yildan boshlab Toshkentda faoliyat yurituvchi pedagogika o‘quv yurti 1936 yilga kelib 60 nafar mutaxassis tayyorlandi. 1938 — 1939 yillarda respublikada 927 ta bolalar bog‘chasi ochilgan bo‘lib, ularda 36710 nafar bola tarbiyalanar edi. Maydonchalar soni esa 4835 ta bo‘lib, 152000 nafar bolani qamragan edi. SHu bilan birga, bu vaqtda o‘qish, ish va ijtimoiy faoliyat bilan band bo‘lgan onalar uchun “Bolalar xonalari” ham tashkil qilingan edi. SHu yillarda ta’limni yaxshilash maqsadida quyidagi choralar ko‘rilgan:
— joylarda metodik ishlarni tashkil qilish;
— jixozlar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘yingohlarga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish;
— ta’lim masalalariga jamoatchilik va aholining e’tiborini qaratish (matbuotda nashr qilish, hujjatlarni tuzish) va shu kabilar.
Urush yillari O‘zbekistonga 200000 bola ko‘chirib keltirilgan va natijada bolalar bog‘chalari tarmog‘ining kengayishi, ularda ish kunini uzaytirish zarurati paydo bo‘lgan. O‘sha yillarda maktabgacha internatlar ham tashkil qilingan. Ulardagi tarbiyaning o‘ziga xosligi shundan iborat ediki, ularda o‘z oilasi, yaqinlarini yo‘qotgan bolalar tarbiyalangan. Bu hol pedagoglarda har bir bola uchun yanada mas’uliyatli vae’tiborli bo‘lishni taqozo etgan. Urushdan keyingi davrda oziq-ovqat muammolari tufayli kuchsizlangan bolalar uchun sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari kuchaytirildi. SHu maqsadda respublikaning bir qator shaharlarida sanatoriya tipidagi bog‘chalar tashkil qilindi. Qishloq hududida ta’limning rivojlanishiga katta ahamiyat berildi. Bu qishloqhujaligi mahsulotlarini ishlab chiqishda ayollar mehnatidan foydalanish zarurati bilan bog‘liq edi. 1959 yildan ta’limning yagona tuzilishini tashkil qilish maqsadida ikki turdagi ta’lim muassasalari bitta bolalar bog‘chasiga birlashtirildi. Bu esa, uz navbatida, bolalarni tarbiyalash jarayonining faollashuviga olib keldi. O‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarni etkazib berish Toshkent va Marg‘ilon pedagogika bilim yurtlari zammasiga yuklangan bulib, ular 1957 — 58 yillarda 517 nafar mutaxassis tayyorlashgan. Metodika va tarbiya ishlarini yaxshilash maqsadida Toshkent, Samarkand, Buxoro, Namangan, Farg‘ona, CHirchiq shaharlarida metodik xonalari ochilgan. 1961 yilda Krri-Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekistondagi ta’lim muammolari borasida tadqiqot olib boruvchi, bolalar bog‘chalari va metodika xonalariga yordam ko‘rsatuvchi markaz ochildi. Toshkentda 1966 yil 26 aprelda bulib utgan zilzila natijasida 225 ta ta’lim muassasalari barbod bo‘ldi. Biroq qisqa vaqt mobaynida boshqa respublika quruvchilari yordami bilan bu muassasalar qaytatiklandi. XX asrning 60 — 80-yillarida ommaviy ta’lim quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilgan:
— xo’jaliklararo ta’lim muassasalarining ish tajribasini urganish uchun respublika miqyosida anjumanlar o‘tkazish;
— kolxozlar orasida “Eng yaxshi ta’lim muassasasi” sovrinlari uchun musobaqalar o‘tkazish;
— yuqumli kasalliklardan aziyat chekuvchi bolalar uchun maxsus muassasalar tashkil etish;
— bolalar sog‘ligini saqlash bo‘yicha ta’lim muassasalarini tashkil qilish; — maktabgacha tarbiya muassasalari uchun tarbiyachilar va tibbiyot xodimlarini tayyorlash;
— respublikaning pedagogik va musiqa o‘quv yurtlarini keng turdagi mutaxassislar tayyorlab berishga o‘tkazish;
— maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona dasturini ishlab chiqish;
— bolalarning estetik tarbiyasiga katta ahamiyat berish
— qardosh millatlarning san’at asarlaridan foydalanish, bolalar chizgan rasmlar ko‘rgazmalarini uyushtirish va shu kabilar. O‘zbekiston mustaqil davlat maqomini qo’lga kiritishi bilan jamiyatning ijtimoiy muammolari yanada ko‘paydi va keskinlashdi. Buning sabablari, birinchidan, siyosiy, ma’naviy, iqtisodiyot sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarning almashishi, ikkinchidan esa, bu davrda ijtimoiy muammolarni hal etishda ma’lum qiyinchiliklarga duch kelish holatlari yuzaga keldi. Biroq demokratiya va oshkoralik tamoyillari, ajdodlarning boy tajribasi yordamida davlat tomonidan muhtojlarga real ijtimoiy-pedagogik yordam berilmoqda, ijtimoiy pedagogika fanini rivojlantirish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish