Andijon davlat universiteti umumiy pedagogika kafedrasi ijtimoiy pedagogika



Download 5,49 Mb.
bet117/210
Sana28.01.2023
Hajmi5,49 Mb.
#904432
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   210
Bog'liq
majmua 2022 yil Ijtimoiy ped

Mustahkamlash uchun savollar:

O’QUV ADABIYOTLARI, DARSLIK VA O’QUV QOLLANMALAR
Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari
Asosiy adabiyotlar
TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1 Egamberdieva N. M. Ijtimoiy pedagogika. Darslik.T.2009
2.MavlonovaR. Ijtimoiy predagogika.O’quv qo’llanmaT. Istiqlol 2009
3. Gapaguzova M. A. Istoriya sotsialnoy pedagogiki. O’quv qo’llanma. M. Vlados. 2006.
Qo’shimcha adabiyotlar.
4.o’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqslash to’grisida” gi PF-5847-son Farmoni.
5. O’zbekistan Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017 yil, 6 son,70 modda.
6.Mirziyoev SH. M. Qonun ustuvorligi - inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. ‘"O’zbekiston”, 2017.
7. Munavvarov A.K. Pedagogika. - T.: O’qituvchi. 1996 y.
8. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. - T.: O’qituvchi. 1994 y.
9. Yuldoshev J. Ta’lim yangilanish yo’lida. - T.: O;qituvchi. 2000 y.
10. Podlaskiy I.P. Pedagogika. V 2x kn. M.: Vlados, 2003.
Axborot manbaalari
1. www.tdpu.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.ziyonet. Uz
4. www. edu. Uz
5 tdpu-INTERNET. Ped.


25-Mavzu: Mahallalar-ijtimoiy o'z-o'zini boshqarish organi. Ta’lim muassasalarida olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
REJA
1.Mahallalar-ijtimoiy o’z-o’zini boshqarish o’rgani.
2. Ta’lim muassasalarida olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
. Mahalla — ijtimoiylashuvning an‘anaviy omili sifatida O‘zbek mentapitetining muhim xususiyatlaridan biri maxsus ijtimoiy tuzilma mahallaning mavjudligidir. Toshkent shahrida XIX asrdan boshlab mahallalar mavjud. Ularning tashkil topishi va faoliyat yuritishi, bir tomondan, milliypsixologik xususiyatlarga, boshqa tomondan esa aholiga yoshligidanoq ijtimoiy munosabatlarga jalb bo‘lishlariga imkon yaratish bilan bog‘likdir. Boshqacha aytganda, mahalla mikrotsizm bo‘lib, unda axloqiy tamoyil va qoidalarga amal qilish, marosim va jamoat faoliyatining boshqa turlarida ishtirok etish orqali shaxsning yanada kattaroqhamjamiyatda ijtimoiylashuvi usullari shakllanadi. Mahallaning dem okratiyalash uv, ijtimoiylash uv, insoniylashuv va mukammallashuv jarayonlariga faol ta’sir qila olishini Prezident I. A. Karimov quyidagicha ta’kidlab o‘tgan: “Mahalla — bizning jamiyat hayotida insoniy tarbiya va kelishuvning o‘zgarmas manbasi. Tarixning guvohlik berishicha, bizning davlat daryolar bo‘yida paydo bulgan. Tabiat kataklizmalari, tashqi hayvonlarni birgalikda engish, qiyin kunlarda qo‘llab-quvvatlash bizning ajdodlarimizni jamoa bulib yashashga o‘rgatgan. Mehribonlik, rahmdillik kabi insoniy hislatlar aynan mahallada shakllanadi. Bu ma’noda mahallani o‘z-o‘zini boshqarish maktabi, kerak bo‘lsa, demokratiya maktabi desa bo‘ladi” Ijtimoiylashuv nafaqat shaxsning jamiyatda qulayliklarga ega bo‘lishini, balki shaxsning muayyan axloqiy va etnik qoidalarni egallashini ham nazarda tutadi. SHu borada mahalla ijtimoiylashuvining muhim mexanizmi hisoblanadi. CHunki unda:
— har bir inson amal qilishi kerak bo‘lgan muayyan axloqiy qonunlar ishlab turadi;
— muomala bir qator axloqiy tamoyillarga asoslanadi;
hokimiyatga ishonch va xizmat, shaxsiy namuna kuchi, kattalarga hurmat, bolalarga g‘amxo‘rlik;
— axloqva jamoatchilik tarbiyasi amaliy faoliyatga kiritish orqali amalga oshiriladi;
— ommaviy ong qadriyatlari mahalladan oilaga va shaxsga uzatiladi;
— alohida shaxs hayotining asosiy bosqichlari jamoaning barcha a’zolari tomonidan kuzatuvda buladi. Alohida tarixiy davrlarda an’anaviy hayotiy me’yorlarning buzilishiga urinishlar amalga oshirilganligiga qaramay, mahalla bunga qarshilik ko‘rsatdi va an’ana, odatlarning saqlanib qolishiga yordam berdi. Mahallaning ijtimoiy o‘rni uni doimo jiddiy ijtimoiy o‘zgarishlarga uz munosabatini bildirganida va oliy insoniy hdmda axloqiytamoyillargatayanishida namoyon buladi. Masalan, XX asrning 20 — 30 yillarida mahallada ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishga qo‘shilishi, savodsizlikni bartaraf etish, aholining madaniy dunyoqarashini kengaytirish qo‘llabquvvatlangan. II Jahon urushi yillari (1941 — 1945 yillar) mahalla aholisining Rossiya, Ukraina, Belorusiyadan evakuatsiya qilinganlarni qabul qilganliklari hdmmaga ma’lum. Mahalliy aholi vakillari ko‘chib kelganlarga o‘z uylarining bir qismini berishgan, moddiy yordam ko‘rsatishgan. Mahalla jamoalari nihoyatda yuqori axloqiy va ijtimoiy salohiyatga ega bo‘lib, ular odamlarda yaxshi niyatlilik, o‘zaro hurmat, o‘zaro tushunish kabi hislatlarni tarbiyalashadi. Mahalla an’analarni sakdab qolish va ularni yoshlarga etkazish, jamiyatni demokratiyalashtirishning ilk davrlarida milliy qadriyatlarningtiklanishiga katta yordam bergan. YAngi sharoitlarda mahalla o‘z-o‘zini boshqarish organi sifatida yangi mazmun va ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tomonidan ham alohida ta’kidlangan. Mahalla maktablarida tahsil olayotgan yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiy va ma’naviy qiyofalari ham ancha o‘zgarib qoldi. Ularning aksariyati muassasa, maktablarda tashkiliy ish tajribasiga egalar. Oqsoqollarning aksariyat qismi savodxon, ularning ba’zilari ilmiy darajaga egadirlar. Maqalla insonlarning axloqiy birlashuvi markazi bo‘lishni davom ettirmoqda. Bu, avvalambor, mahalla qo‘mitalari faol iyatlarini ng asosiy yo‘nalishlaridan biri — ijtimoiy mehnatni, shu jumladan, obodonlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishda namoyon bo‘ladi. Bunday ishlarning asosiy turlari: ariqlarni tozalash, daraxtlarni kesish, axlatni chiqarish kabi hasharlardir. Bunday tadbirlar, asosan, Navro‘z, Ramazon, Qurbon hayitlari, Mustaqillik kunlari oldidan o‘tkaziladi. Hashar yo‘li bilan uylar, klublar, oshxona, masjidlar bunyod etilmoqda. Eng muhim an’analardan biri mehr-muruvvat ko‘rsatish bo‘lib, u quyidagi ko‘rinishi namoyon bo‘ladi:
— jamoaning g‘amxo‘rligi, qo‘shnilarning kasal, keksa va kam ta’minlanganlarga yordam ko‘rsatishi;
— o‘ziga to‘q kish ilarlarning kam ta’minlangan qarindoshlariga va qo‘shnilariga moddiy yordam berishi;
— oqsoqol va mahalla qo‘mitasi tomonidan boquvchisini yo‘qotgan va qariyalarga yordam ko‘rsatishi va boshqalar. Jamoada yordam ko‘rsatish an’anasi hozir yangi shakllariga ega bo‘ldi va hokimiyatlar hamda mahalla qo‘mitalarining asosiy vazifasiga aylandi. Respublika Prezidentining (1994 yil 23 avgust) ‘‘Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyasini kuchaytirish chora-tadbirlari” haqidagi farmoni bilan aholini ijtimoiy himoya qilishning yangi turi joriy qilindi: kam ta’minlangan oilalarga har oy ko‘rsatiladigan moddiy yordam. Bu yordamning yangiligi shundaki, oilalar taqsimotini mahallaning o‘zi hal qiladi. Ana shu maqsadda 1999 yilning yanvar oyida O‘zbekiston Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining aholining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash” to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi hamda 2002 yilning yanvarida esa “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llabquvvatlashining 2002 — 2003 yillarda mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori talablari amaliyotga keng joriy etildi. Hozirgi kunda mahalla jamiyatda etnomadaniy qadriyatlarni tiklash jarayonida muhim rol o‘ynamoqda. Nikoh, janoza, aqiqa to‘yi, sunnatto‘yi kabi marosimlar o‘tkazilmoqda. Bozor munosabatlarini shakllantirishning murakkab holatida mahallaning ijtimoiylashtirish roli oshib ketdi. Bu, avvalambor, oila qadriyatlarini saqlab qolishda namoyon bo‘ldi. Nizoli holatlar paydo bo‘lganda mahalla oqsoqollari oila vakillari bilan suhbat o‘tkazadi va, odatda, vaziyatga oydinlik kiritadi. Bundan tashqari, mahalla ishsizlarni ishga joylashishlariga, militsiya xodimlariga esa jamoat tartibini saqlashda yordam beradi, xizmatga chaqirilganlar bilan tushuntirish ishlari olib boradi. Avvalgiday, jamoa o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin tutmoqda. Hozirda mahalla maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar bilan yaqin hamkorlik olib borib, ularga binolarni ta’mirlashda, tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirish ishlarida yordam ko‘rsatadi. Mahalla qo‘mitasi majlislarida maktab intizomining jiddiy buzilishlari ham ko‘rib chiqiladi. YOshlarga ta’sir ko‘rsatishning bu rasmiy tarmoqlaridan tashqari, jamoani nazorat qilishning an’anaviy usuli ham sautnib qolgan. Har qanday mahallada boy hayotiy tajribaga ega odamlar mavjud. Ularning asosiy vazifasi aholining an’anaviy ahloq-odob qoidalariga rioya qilishlarini, bolalarning ko‘chadagi yurish-turishini nazorat qilishdir. Ular har qanday odamga tanbehberishlari mumkin, biroqbu ishni doimo ularning hurmatini saqlagan holda amalga oshiradilar. Ota-onalarning bunday munosabatni qadrlashi tahsinga sazovor. SHuning uchun “mahalla — sening ham otang, ham onang” degan maqol mavjud. Boshqa sohalarda namoyon bo‘ladigan milliy tiklanish, xalqning milliy o‘zligini anglash jarayonini faollashtirish orqali amalga oshiriladi. Sobiq Sovet ittifoqi davrida bu kabi an’analar to‘liq yo‘qolib ketmagan, balki ayrim oilalarda o‘ziga xos tarzda saqalanib qolgan va yoshlarga berilgan. Bu, ayniqsa, hayotning an’anaviy turmush tarzini sakdab kelayotgan eski shahar mahallalarida yashovchilar orasida yaqqol namoyon bo‘lgan. Mahalla fuqarolarining yuqori savodxonlik va madaniy darajasi (yosh va o‘rta avlod, o‘rta yoki oliy ma’lumotga ega) badiiy ijodning keng rivojlanishi, marosimlar o‘tkazishda ma’naviy o‘z-o‘zini ifodalashning keng imkoniyatlarini ko‘zda tutadi. SHuni ta’kidlash j oizki, etnik an’analar va marosimlarning tiklanishida, avvalo, oiladagi katta avlod, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, televidenie katta o‘rin tutadi. Hozirgi kunda mahallaning ahamiyati oshib bormokda. Biroq yoshlar tarbiyasida muammolar kam emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlarning axloqiy tarbiyasiga to‘sqinlik qiladigan bir qancha holatlar ham yuzaga kelmoqda. YOshlarning savdo-sotiq qilishga va boshqa tijorat ishlariga sho‘ng‘ib ketishi ularning o‘qishga va bilim olishga bo‘lgan intilishlariga, ijtimoiy munosabatlarga kirishishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmokda. Ba’zi qollarda muallimlar o‘quvchilarni to‘liq tarbiyalash imkoniyatidan mahrumdirlar Buning sababi, ularning boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanishlaridadir. Jamiyatni demokratiyalashtirishning mazkur bosqichida yoshlar faoliyat turi ni tanlashda keng imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Biroq ular bu imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmayaptilar. So‘nggi yillarda yoshlar orasida siyosiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish susayib bormoqsa. Dinning ta’siri kuchaydi, natijada yoshlar mafkuraviy sohada noto‘g‘ri, ekstremistik yo‘nalishlarga kirib qoldilar. Mahalla tarbiyasining an’anaviy usullaridan foydalanib yosh avlod bilan yanada faol ish olib borish, ularda hozirgi jamiyat talablari ga muvofiq keladigan dunyoqarash va axloqiy tamoyillarni hosil qilish kerak. Mahalla azaldan nafaqat o‘sib kelayotgan avlodning tarbiyachisi vazifasini bajargan, balki ularda ijtimoiy fikrni shakllantirgan hdm. Qo‘shnilar o‘rtasidagi barcha nizoli holatlar, shuningdek, oilaviy janjallar mahalla qo‘mitalari faollari tomonidan muhokama qilinadi. Bular orasida ko‘pincha qaynona-kelin, yosh kelin-kuyovlar orasidagi janjallar ko‘p uchraydi. Bunaqa holatlarda xotin-qizlar qo‘mitasi suhbat o‘tkazadi. Agar ikki tomonni yarashtirib bo‘lmasa, bu holat bilan mahalla qo‘mitasi shug‘ullanadi. Odatda, o‘sha joyning o‘zida muammo hal qilinadi. SHuning uchun ajralishlar soni ko‘p emas. So‘nggi paytlarda uy ishlari bilan band ayollar va yosh oilalar bilan ishlash faollashdi, ularni kasb-hunarlarga o‘rgatish ishlari olib borilmoqda. Harbiy qo‘mitalar muddatli xarbiy xizmatga yigitlarni tanlab olish jarayonida ham mahallalarning faol yordamiga tayanishadi. 1999 yilning 14 aprelida O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari haqida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unda yana bir marta fuqarolarningo‘z-o‘zini boshqarishi asosida tarixiy taraqqiyot xususiyatlari, milliy va ma’naviy qadriyatlar, mahalliy odat va an’analar yotishi ta’kidlandi. Bundan tashqari, ushbu qonunda mahallaning vazifalari aniq qilib belgilab qo‘yilgan. YUqorida sanab o‘tilgan vazifalardan tashqari, mahallaga yangi vazifalar: tijorat va maishiy xizmat ko‘rsatishni, hududning tozalik holatini, aholidan soliqlarni o‘z vaqtida topshirilishini nazorat qilish ham belgilangan. Davlat mahallaga avval mahalliy kengashlar bajargan vazifalarni yuklamoqda. Bu esa mahalla qo‘mitalari davlat tuzilmalariga aylanayotganligidan dalolat beradi. Mahallaning ijtimoiy hayotida so‘nggi o‘n yillarda katta o‘zgarishlarni boshdan kechirgan qo‘shnichilik munosabatlari muhim o‘rin tutmoqda. Oilaviy muhitning individuallashuv jarayoni jadal sur’atlar bilan shakllanmoqsa. SHu bilan birga, yaqin qo‘sh nichilik munosabatlari uzbek oilasining qadriyatlaridan biri bo‘lib qolaveradi. Bu, avvalombor, xo‘jalik ishlarida, bolalar tarbiyasida, moddiy qiyinchiliklar yuz bergan vaziyatlarda yordam ko‘rsatishda uz aksini topmokda. Buning asosida esa ma’naviy yaqinlik paydo buladi: kundalik axborot almashinuvi, mahalladagi muammolari muhokamasi, birgalikda hordiq chiqarish va hokazo. SHu tarzda ma\alladagi eng kichik guruxdardan biri — qo‘shnichilik guruhi paydo buladi. Mana shu guruh bilan bir qatorda qarindoshlik aloqalari ham mavjud. qarindoshlik munosabatlari o‘zbeklarning oilaviy qadriyatlari tizimida hali ham birinchi o‘rinda turadi. O‘zbeklarning ijtimoiy hayotidagi muhim hodisalardan biri erkaklar birlashmalari ran, gashtak, ziyofat bo‘lib, ularning maqsadi bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishdir. Har bir yosh guruhi o‘zining o‘zaro munosabat shaklini tuzishga harakat qilgan. Qadimda Toshkentda to‘qma va gap ommaviy tusga ega bo‘lgan. Ular hosil yig‘im-terimi yakunlangan kuzgi-qishki davrda o‘tkazilgan. To‘qmada erkaklar qar kuni bir-birlarining uyida to‘planishgan va har kim qo‘lidan kelgaggini olib kelgan. Buning hammasi “umumiy qozon”ga solingan. O‘zlari taom tayyorlaganlar, o‘zlari uy yig‘ishtirganlar, namoz o‘qiganlar, o‘zaro fikr almashganlar, turli mavzularda suhbatlashganlar. To‘qmadan farkush o‘laroq, ran haftada bir marta, odatda, juma kunlari ishtirokchilardan birining uyida o‘tkazilgan. Har bir gapda saylangan rahbar va ishtirok etish qoidalari mavjud bulgan. Qoidabuzarlar gapdan chetlashtirilgan. Ziyofat xarajatlarini mezbon ko‘targan. XX asrning 30-yillarida namoz o‘qigan va diniy adabiyotlarni mutolaa kdlgan odamlarni qdmash boshlanganligi sababli gaplarda to‘planish xavfli bo‘lib qolgan. Ikkinchi jahon urushi yillaridagi moddiy qiyinchiliklar ham gaplar o‘tkazilmasligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Faqatgina XX asrning 50 — 60 yillariga kelib gaplar asta-sekin tiklana boshladi. Biroq bu gaplar ilgarigilaridan biroz farq qilar edi. Avvalo, endi ayollar orasida ham ran tashkillashtirila boshladi. Hozirda erkakl arniki dan ko‘ra ayollarning gaplari ko‘proq tarqalgan. Oilaviy gaplar, avvalambor, sinfdoshlar, kursdoshlar orasidagi gaplar, shuningdek, kasbiy gaplar ham ommaviylashib bormokda. Gaplarning ijobiy xususiyatlari bilan birgalikda ularda salbiy jihatlar ham mavjud bo‘lib, bular isrofgarchilik va ichkilik bozlik bilan bog‘liq. Bundan tashqari, kitoblar mutolaasi hamda mazmunli suhbatlar tan olinmay qolgan holatlar ham kuzatilmoqda. Avvalgilaridan farkush ravishda hozirgi gaplar yil davomida o‘tkaziladi. To‘y paytida ran ishtirokchilari tuy egasiga yordam kursatishadi. Ular ulfatlarini qiyin kunlarda qo‘llabquvvatlashadi. Har bir gapning o‘ziga xos daragi, nomi va shuhrati bor. Insonni, ayniqsa, yoshlarni qaysi gapga a’zo bo‘lganidan u qanaqa tarbiya olganini aniqlasa buladi. Ayollar orasidagi gaplar XX asrning 60 — 70 yillarida keng rivojlana boshladi. Bu mahalladagi qo‘shnilarning birlashmasi bo‘lib, bunda ishtirokchining yoshi inobatga olingan bo‘lib, har bir maqallada o‘rta yoshli va yosh ayollar (asosan, kelinlar) birlashmalari mavjud bo‘lgan. YAqin qarindoshlar orasidagi gaplar ham keng tarqala boshladi. Odatda, bunda yoshi eng ulug‘ ishtirokchi rahbar bo‘ladi. Bunday gaplarga ayollar farzandlarini ham olib kelishlari mumkin. So‘nggi vaqtlarda oilaviy gaplar paydo bo‘ldi. Ularda erkaklar uz xotinlari bilan birgalikda ishtirok etishadi. Bu gaplar sinfdoshlar yoki kursdoshlarning gaplari sifatida boshlanib, keyinchalik uylangan yigitlar gapga oilaviy kela boshlaydilar. Bu gaplar umumiy qoidalar asosida mavjud bo‘lib, birmuncha kam uchraydi. O‘rta va katga avlod ayollari o‘rtasida to‘planishning boshqa shakllari ham mavjud bo‘lib, bular mushkulkushod va mavlud. Ushbu diniy marosimlar so‘nggi yillarda Tosh kent mahallalarida ochiq-oydin o‘tkazilmoqda. Mavlud yoki mushkulkushodga to‘plangan ayollar diniy marosimlarda ishtirok etish, balki birga muloqotga kirishish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Mahalla hozirda zamonaviy jamiyat hayotining ijtimoiy tizimida o‘z o‘rnini topgan. Milliy va etnik an’analarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston siyosati bu an’anaviy institutning yanada samarali faoliyat yuritishiga yangi zaminlar yaratdi.

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish