Andijon davlat universiteti umumiy pedagogika kafedrasi ijtimoiy pedagogika


- Mavzu: Ta’lim muassasalarida olib boriladigan ijtimoiy-reabilitatsion faoliyat



Download 5,49 Mb.
bet119/210
Sana28.01.2023
Hajmi5,49 Mb.
#904432
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   210
Bog'liq
majmua 2022 yil Ijtimoiy ped

26- Mavzu: Ta’lim muassasalarida olib boriladigan ijtimoiy-reabilitatsion faoliyat.
REJA
1.Ta’lim muassasalarida olib boriladigan ijtimoiy-reabilitatsion faoliyat.
2. Yordam ko’rsatish majmuasining umumiy konsepsiyasi.
3.Bolalar va o’smirlarga yordam ko’rsatish xizmati strukturasi va tuzilishining tamoyillari.
4Ta’lim tizimidagi xududiy reabilitatsiya xizmati.
5.O’zbekistonda SOS - bolalar mahallasining faoliyati.
ustaqillik.
Mahallalar-ijtimoiy o’z-o’zini boshqarish o’rgani
. Ijtimoiy pedagogning maktabyoshidagi bolalar bilan olib boradigan faoliyati Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish. Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Mazkur faoliyat o‘quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlari bilan bog‘liq bo‘lib, o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga muvafaqqiyatli moslashuvidan, ularni jamiyatning faol a’zosiga aylanishigacha bulgan murakkab davrni uz ichiga oladi. Sungti yillarda Respublikamizda maktab o‘quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish yanada keng rivojlanmoeda. U qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy pedagogik, tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib bormoqda. Ayni vaqtda pedagogik jamoalarda nafaqat ta’lim-tarbiya masalalari, balki o‘quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolari ham hal qilinmokda. > Davlatimizdagi o‘zgarishlar mavjud ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti. CHunki ta’lim tizimida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar aks etmasligi mumkin emas. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va ‘‘Kadrlartayyorlash milliy dasturi”dan kelib chiqib, umumta’lim maktabi o‘zining o‘quv, tarbiyaviy va ijtimoiy vazifalarini ko‘rib chiqib, birinchi o‘ringa quyidagi ijtimoiy vazifalarni qo‘ymoqda:
— ta’limni bolalar va o‘smirlar manfaati asosida tashkil qilish;
— maktabda tarbiya ishini ta’lim bilan teng yuritish;
— maktab faoliyatini qayta yo‘naltirish;
— maktab ishini takomillashtirish;
— o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, turli to‘garaklar tashkil etish. Maktabning asosiy ijtimoiy vazifasi bolaning ta’limtarbiya olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirish hisoblanadi. Xozirgi paytda bolalarning ijtimoiy pedagogik himoyasi quyidagicha amalga oshirilmokda:7 '‘.M aktab ma’muriyati tomonidan kam ta’minlangan oilalar farzandlariga moddiy yordam berilmoqda hamda bepul ovqatlanish tashkil qilinyapti. Sinf rahbarlari tomonidan bolaning oiladagi holatini o‘rganilib, “tarbiyasi og‘ir bolalar” bilan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazilmokda. Maktab psixologi bola qobiliyatlari va qiziqishlarini o‘rganadi, ota-onalar va bolalarga maslahat beradi. Maktabda mavjud bo‘lgan sog‘liqni saqlash xizmati maktab o‘quvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi, jismoniy tarbiya guruhlari tuzadi, kuchsiz bolalarga maxsus ovqatlanish tashkil qiladi hamda karantin sinflarini nazorat qiladi. M aktabda ij tim oiy ishga maktab direktori o‘rinbosarlaridan biri rahbarlik qilib, maktabning ta’lim muassasalari, turli davlat tashkilotlari bilan aloqasiga katta e’tibor qaratadi. Ota-onalar qo‘mitasi ham o‘z o‘rnida tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashga yordam beradi. Turli davlatlarda ijtimoiy pedagog ishiga ikki xil yondashuv mavjud: u maktab bilan hamkorlik qiladi yoki maktabning shtatli hodimi hisoblanadi. Maktab bilan hamkorlik jarayonida ijtimoiy pedagog teztez maktabga borib turadi, ota-onalar va o‘quvchilarning o‘zaro munosabtlarining yaxshilanishiga yordam beradi, dars qoldirish sabablarini aniqlaydi. U bolalar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan oilalarni hamda jismoniy va ruhiy nuqsoni bor bolalarni aniqlaydi. Ijtimoiy pedagog bola yoki oilaga yordam berish maqsadida bolaning uzoq davom etgan kasalligi sabablarini surishtiradi, o‘qishda ortda qolmasligi uchun u bilan uyda va kasalxonada alohida mashg‘ulotlarni tashkil qiladi. Bundan tashqari, bola tarbiyasidagi muammolarni hal qilish uchun huquqshunos, shifokor, militsiya qodimlari xizmatidan foydalanadi. Ko‘pgina G‘arbiy Evropa davlatlarida ijtimoiy pedagog maktabning shtatli xodimi bo‘lib, ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni aniqlaydi. Bu bolalar maktab o‘quv dasturini o‘zlashtirishga qobiliyati etmaydigan bolalardir. Ular maktab yoki oilada ruhiy tushkunlikni boshdan kechirishgan bo‘lishi ham mumkin. Odatda, bu toifadagi bolalar voyaga etmaganlar ishlari bo‘iicha komissiya ro‘yxatida turishadi. Ba’zan bolalar va ularning atrof dagilar bilan m un osabatlar i n i oydinlashtirishning o‘zi ham etarlicha yordam berishi mumkin. Ijtimoiy pedagog o‘quvchining maktabdan tashqari vaqtini tashkillashtirib, o‘z tarbiyaviy ishini sshibborishda ota-onalar bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlik yuzasidan seksiya, klublar, turli mehnat va turistik bo‘linmalar uyushtiriladi. Ijtimoiy pedagog pedagogik jamoaning tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ish tashkil kdlishi va olib borishini rejalashtiradi va tartibga soladi. U doimiy tarzda sinflardagi psixologik muhitni monitoring qiladi va natijalar yuzasidan maktab pedagogik jamoasiga axborot berib turadi. Aynan shu holat maktabda ijtimoiy ish olib borishning rejasini tuzishda muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagog maktabdan haydalgan yoki ixtiyoriy ravishda boshqa maktabga o‘tgan bolalarga alohida e’tibor qaratishi, ularni boshqa maktabga joylashtirishga, yangi jamoaga ko‘nikishlariga yordam ko‘rsatishi kerak. Ijtimoiy pedagog o‘qish vaqtida noqonuniy ishlab yurgan bolalarni aniqlaydi, muammolarini o‘rganadi va ularning o‘qishlari masalasini hal qiladi. U ko‘p bolali oilalarning barcha imtiyozlardan foydalanishlari ni, bolalarning reabilitatsion markazlarga qatnashlarini nazorat qiladi, ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarga e’tibor beradi, tarbiyasi og‘ir bolalarni tarbiyalashda oilalarga yordamlashadi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘riibosari o‘z faoliyatida to‘garak, seksiya, klublarni tashkil qilish, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan individual ishlashini, yashash joyida bolalar bilan konsultatsiya o‘tkazish, alohida pedagogik e’tiborga muhtoj bolalar bilan ish olib borishni rejalashtiradi, boshqaradi va nazorat qiladi. Alohida fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar bolalarning qiziqishlarini o‘rganib chiqib, ularni turli to‘garak va seksiyalarga jalb qilishadi, maktabda xilma-xil tadbirlar tomonidan davlat yoki sploti bilan bog`liq bulgan guruxlar va norasmiy 1avjud bulgan guruhlarga bulinadi [ psixologik makomiga ko`ra ular ikkiga bulinadi. Biroq bu guruudarda hayot haqida yolg‘on tasavvurlarga ega ma’lumotlar ham tarqatilishi mumkin. Tarbiyachining vazifasi:
1) guruhdagi muomalaning mazmunini bilish;
2) tarbiyaviy ta’sirni to‘g‘ri tashkil qilib, ma’lumotni to‘g‘ri tomonga yo‘naltirish. Guru\larning o‘rganilishi va taxdil qilinishi lozim bo‘lgan mashg‘ulotlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: vaqt bo‘yicha doimiy va vaqtinchalik, yo‘nalishi bo‘yicha ijobiy (mehnat, sport, san’at bilan mashg‘ul bo‘lish) va salbiy (chekish, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish, qimor o‘ynash). Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar guruhlari bilan ijtimoiypedagogik ish olib borishning metodlari va texnologiyalari quyidagilardan iborat:
— maktab va maktabdan tashqari o‘smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sir (seksiya, klub, to‘garaklar);
— intizomli, a’lochi o‘quvchilarning pedagogik qarovsiz sinfdoshlariga ta’siri. Bu yo‘nalish bir-biri bilan do‘stlashish xohi sh i , o‘zar o muomalaga ehti yoj bo‘lgani da juda muvafaqqiyatli amalga oshib, uning asosida qiziqishlar umumiyligi (sevimli sport turi, texnika, musiqa va boshqalar bilan shug‘ullanish) yotadi. Bu yo‘nalishni amalga oshirishning muvaffaqiyati, ko‘pincha, o‘qituvchi va sinf rahbarining mohir rahbarligiga bog‘liq;
— sinf jamoasining pedagogik qarovsiz o‘smirlargata’siri. Bu birgalikdagi faoliyat sayohatga chiqish, spartakiadalar, san’at festivallari, ko‘rgazmalar, jamoaviy harakatlar kabilardan iborat. Sinfda jamoaviy ishlarga jalb qilingan pedagogik qarovsiz bolalar nafaqat o‘zlari uchun, balki jamoa uchun ham mehnat qilayotganlarini va ularning ishtirokiga ko`p narsa bog‘liqligini anglab etishadi. Bunday faoliyatlarda og‘aynichilik aloqalari vujudga keladi, boshqalarga nisbatan tugri munosabat shakllanadi va yuklatilgan vazifa uchun mas’uliyat hissi ortadi. Pedagogik qarovsiz bolalarga tarbiyaviy ta’sirning muvaffaqiyatini ta’minlanishi mikromuqitning tarbiyaviy ishlari maktab jamoasi bilan hamkorlikda va bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishiga bogliq. Maktabdan tashqari o‘smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sirni tashkil qilishda quyidagi holatlarni inobatga olish lozim:
1. To‘garak, seksiya, klubda o‘smirlarda anikdangan bitta qiziqish bilan cheklanmaslik kerak. Pedagog o‘smirlarni meqnat, turli o‘yinlar, ijodiy faoliyat orqali atrofdagilar bilan normal munosabatlarga tayyorlashga intilishi lozim.
2. Norasmiy guruhga yoki uning aksariyat a’zolariga ta’sir ko‘rsata turib, ularni rasmiy guruhga o‘tishlariga erishish mumkin. Bu jarayonni, shartli ravishda, “rasmiylashtirish” deyiladi. CHunki bu jarayon, o‘smirlar uchun sezdirilmagan holda tarbiyachi tomonidan norasmiy guruhning rasmiy guruhga aylanishidir. Pedagogik qarovsiz bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishning yana bir xususiyati o‘smirlarni uzi tanlagan, uning bajarilishidan qoniqish sezadigan faoliyatni tanlashdir. Asta sekin faoliyatdagi bunday ehtiyojni qondirish va rivojlantirish, keyinchalik o`zi bajarayotgan ishlari uchun o‘smirlarda mas’uliyat hissini oshiruvchi faoliyat turlari bilan tuldirib borlishi lozim. Tarbiyasi og‘ir bolalar yoki o‘smirlar bilan ish olib borish pedagogik qayta tarbiyalash jarayonini kuzda tutadi. Qayta tarbiyalash bola yoki o‘smir yurish -turish idagi turli ogish ishlarni engib o‘gish yoki bartaraf etishdir. Keyin tarbiyalash ham tarbiyachi, ham tarbiyalanuvchilar uchun ham og‘ir jarayondir. Tarbiyalanuvchi yangi yo‘lning istiqboli bilan qiziqishi, tarbiyachi esa tarbiyalanuvchining o‘tmishi, bugungi kunini taxlil qilib, uning kelajagini tasavvur qila olishi lozim. O‘smirni qayta tarbiyalashga yoki uz-uzini tarbiyalashga tayyorlash jarayoni bir necha bosqichdan iborat:
1. Tarbiyalanuvchi ni o‘rganib chiqish;
2. O‘smirning yurish-turishini o‘zgartirish uchun uni ruhiy tayyorlash;
3. Ijobiy axloqiy xislatlarni to‘plash;
4. Inqirozdan chiqish, o‘z-o‘zini tarbiyalashga o‘tish.
SHuni ham inobatga olish kerakki, bu jarayongatarbiyachidan tashqari o‘smir mansub bo‘lgan tarbiyalanuvchi l ar jamoasi ham qo‘shiladi. Bunda tarbiyachi koordinator vazifasini bajarib, jamoani o‘z o‘rtoqlarini qayta tarbiyalashga yo‘naltirishi lozim. O‘smirlar bilan reabilitatsion markazda ishlayotgan ijtimoiy pedagog maxsus metodlardan foydalanib, tarbiyalanuvchi oldida o‘z idealiga o‘xshashga intilish maqsadini qo‘yadi. Bu o‘smirning ijobiy tomonga o‘zgarishiga yordam beradi.
Savol va topshiriqlar:
1. Maktab yoshdagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning xususiyatlari nimadan iborat?
2. Maktabning ijtimoiy vazifalarini sanab bering.
3. O‘quvchilarning ijtimoiylashuvi jarayonida tengdoshlar jamiyati va bolalar submadaniyatining ahamiyatini ochib bering.
4. “Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar” ijtimoiy pedagogik muammo sifatida qanday o‘ziga xosliklarga ega?
5. Maktab va yashash joyida tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ish olib borishda qanday ijtimoiy pedagogik bosqich va texnologiyalardan foydalaniladi?

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish