REJA
Mustahkamlash uchun savollar:
O’QUV ADABIYOTLARI, DARSLIK VA O’QUV QOLLANMALAR
Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari
Asosiy adabiyotlar
TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1 Egamberdieva N. M. Ijtimoiy pedagogika. Darslik.T.2009
2.MavlonovaR. Ijtimoiy predagogika.O’quv qo’llanmaT. Istiqlol 2009
3. Gapaguzova M. A. Istoriya sotsialnoy pedagogiki. O’quv qo’llanma. M. Vlados. 2006.
Qo’shimcha adabiyotlar.
4.o’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqslash to’grisida” gi PF-5847-son Farmoni.
5. O’zbekistan Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017 yil, 6 son,70 modda.
6.Mirziyoev SH. M. Qonun ustuvorligi - inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. ‘"O’zbekiston”, 2017.
7. Munavvarov A.K. Pedagogika. - T.: O’qituvchi. 1996 y.
8. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. - T.: O’qituvchi. 1994 y.
9. Yuldoshev J. Ta’lim yangilanish yo’lida. - T.: O;qituvchi. 2000 y.
10. Podlaskiy I.P. Pedagogika. V 2x kn. M.: Vlados, 2003.
Axborot manbaalari
1. www.tdpu.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.ziyonet. Uz
4. www. edu. Uz
5 tdpu-INTERNET. Ped.
24-Mavzu:. O’zbekistonda mehribonlik uylarida olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat.
REJA
1.O’zbekistonda mexribonlik uylarida olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat.
2.Davlat qaramog’iga olish - balogatga yetmagan bolalarni va mol-mulkini himoya qilish shakli sifatida.
3.Vasiylik va homiylik tashkilotlari haqida
Davlat vasiylik tashkilotlari tomonidan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
Reja:
Davlat vasiylik tashkilotlari to‘g‘risida umumiy tushuncha, ularning turlari
Muruvvat (qariyalar) uyi, statistik ma’lumotlar
Nogironlar uyi, ularda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
Go‘daklar uyi
Mehribonlik uylari, ularda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat va uning turlari
Xulosa
Ijtimoiy taʼminot - keksaygan, mehnatga layoqatsiz bo’lgan va boquvchisini yo’qotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatish bo’yicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi. Ijtimoiy himoyaning muhim tarmog’i.
I.t. to’g’ridan-to’g’ri davlat byudjetidgn ajratiladigan mablag’lari, homiylar (turli jamg’arma va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar) mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. I.t. miqdori va taqdim etish tartibi milliy urf-odatlar va xalqaro meʼyorlarga asosan ishlab chiqilgan qonunchilik hamda davlatning iqtisodiy imkoniyati doirasida amalga oshiriladi. Pensiyalar (keksalik bo’yicha, nogironlik bo’yicha, boquvchisini yo’-qotganlik bo’yicha va ijtimoiy nafaqap&o’ (nogiron bolalarga, bolalikdan nogironlarga, ishlamagan yolg’iz nogiron va keksalarga) to’lovlari I.t.ning eng muhim turlari hisoblanadi.Qari-yalar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish — nogironlarni "Mu-ruvvat" uylariga, yolg’iz qariyalarni "Sahovat" uylariga joylashtirish, muhtojlarni protez-ortopediya va harakatlanish vositalari bilan taʼminlash, nogiron bolalarni kasbga o’qitish va ishga joylashishda yordam ko’rsatish, pensionerlarni sanatoriy va dam olish uylarida sog’lomlashtirish, ularga shahar jamoa transportlaridan foydalanishda, turar joy, maishiy xizmat va soliklarga aloqador imtiyozlar berish I.t.da katta rol o’ynaydi.
O’zbekistonda I.t. tizimi 20-a.ning 20-y.lari boshidan shakllana boshlangan.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng 90-y.lar boshidan bozor munosabatlariga o’tish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini, ayniqsa no-chor guruxlarni aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy himoya qilish tizimi barpo etildi, pensiya jamg’armasi, ijtimoiy nafaqalar, pensiyalar va nafaqalar indeksatsiyasi kabi tushunchalar va tuzilmalar amal qila boshladi.
O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to’g’risida"gi 1993 y. 3 sent. dagi Qonu-nida pensiyalar miqdori mehnat sta-ji va o’rtacha ish haqita yanada uzviy bog’landi. Pensiya va ijtimoiy nafaqalar tushunchalariga aniqpik kiritilib, pensiya — mehnat stajiga ko’ra qo’lga kiritilgan huquq, ijtimoiy nafaqa esa muhtojlarga davlat tomonidan ko’rsatiladigan yordam deb belgilab qo’yildi. I.t.ning anchagina qismi ayrim toifadagi fuqarolarga imtiyozlar berish, ularni umumiy qoidalarning talablari va majburiyatlaridan to’liq yoki qisman ozod qilishdan iborat. Hoz. davrda 1,2 mln.dan or-tiq pensionerlar va nogironlar 18 turdagi imtiyezlar (shifokor retseptiga asosan bepul dori-darmon olish, protez-ortopediya mahsulotlari bilan taʼminlanish, nogironlar aravachalari olish, avtomashina benzini uchun tovon puli olish, mol-mulk, yer soligidan ozod etish va b.)dan foydalanmoqda, har oyda ularga meʼyorlangan har xil oziqovqat va kir yuvish vositalari bepul yetkazib beriladi.
2001 y. 13 fevralda aholini ijtimoiy himoyasi bo’yicha davlat boshqaruvini mukammalashtirish maqsadlarida Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi birlashtirilib, O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etildi. I.t. tizimida Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, 12 viloyat va Toshkent sh. Mehnat va aholini ijtimoiy muhof-za qilish boshqarmalari, 213 tuman va shahar ijtimoiy bo’limi, 26 "Muruv-vat" va 8 "Sahovat" qariyalar uylari, Urush va mehnat faxriylari respublika pansionata (1970), "Nuroniy" (Toshkentda), "Oltiariq" (1979) va "Tovoqsoy" (1971), "Kosonsoy" (2002) sanatoriylari, Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb bo’yicha sog’lomlashtirish milliy markazi va uning 10 ta mintaqaviy markazlari, Tayanchharakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni sog’lomlashtirish respublika markazi, 180 tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari (TMEK), 3 ta nogiron bolalar uchun kasb-hunar bilim yurtlari aholiga xizmat ko’rsatadi. I.t. sohasi uchun oliy va o’rta maʼlumotli kadrlar O’zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot unti Toshkent moliya instituti, Toshkent ijtimoiy taʼminot huquqshunoslik texnikumi (1967)da tayyorlanadi.
O’zbekiston Respublikasida pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan pensiya va ijtimoiy nafaqalar to’lash uchun qilingan harajatlar 283897 mln. so’mni tashkil etdi (2001; 1995 y.da 15878,4 mln. so’m). O’zbekistondagi pensionerlar soni va tarkibi jadvalda berilgan.
HelpAge International tashkiloti 2050 yilga kelib O‘zbekistondagi qariyalar soni 19,4 foizga oshishini bashorat qilmoqda.
Tashkilot hisobotiga ko‘ra, ularning soni 2030 yilga borib 11,6 foizga oshar ekan. O‘rtacha umr mamlakatdagi turmush farovonligini aks ettiruvchi ko‘rinishlardan biri ekani hisobga olinsa, keksalar soni ortayotgani ijobiy holat deb baholash mumkinmi?
Toshkentdan inson huquqlari faoli va nafaqaxo‘r Surat Ikromovga ko‘ra, so‘nggi bashoratlar to‘g‘ri bo‘lgan taqdirda ham boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda bu raqamlarni juda katta deb bo‘lmaydi.
"Endi bu hisob-kitoblar O‘zbekistondagi iqtisodiy-ijtimoiy sharoitlar yaxshilanishi ehtimollaridan kelib chiqib aytilayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo, taqqoslanadigan bo‘lsa, masalan, Yaponiya, Amerikada, deylik, u yerlarda o‘rtacha umr ko‘rish muddati ancha uzoq. 80-90 yoshdan bemalol gapiriladi", deydi u.
So‘nggi yillar e‘lon qilingan rasmiy statistikaga ko‘ra, erkaklarning o‘rtacha umr ko‘rishi 70 yoshdan, ayollarning o‘rtacha umri esa, 75 yoshdan oshgan.
Hozir keksalar O‘zbekiston aholisining 6,7 foizini tashkil qilishi, bu esa, MDH davlatlari orasida eng past ko‘rsatkich deya baholanadi. Bugun Rossiyada nafaqa tizimi aholining 28 foiziga, Belarusda 26 foiz, Ukrainada 29 foiziga xizmat ko‘rsatar ekan.
Toshkentdan Surat Ikromovning aytishicha, hozir o‘zbekistondagi qariyalar uchun imtiyozlar haminqadar.
"Mana men nafaqadagi ikkinchi guruh nogironiman. Shuning uchun, har ikki yilda bir marta 15 kunga tekin dam olib kelishim uchun yo‘llanma beriladi. Hali bu imkoniyatdan foydalanganim yo‘q, ammo shu oy kutyapman.Ammo, bunday imtiyoz hamma uchun emas", deydi u.
Faolga ko‘ra, bugun o‘zbekistonlik qariyalar uchun asosiy muammo nafaqaning o‘ta kamligidir.
Uning aytishicha, bugun O‘zbekistonda qariyalar uchun beriladigan nafaqa ularning dori-darmoniga ham yetib-etmay qoladi.
"Masalan, yaxshi dori-darmonlar xorijdan keltiriladi.Olib kelish xarajatlari bilan ularning narxi ikki baravarga chiqib ketadi.Bu degani dori-darmonning o‘zi nafaqaxo‘r oladigan puldan 5-10 baravar qimmat. Masalan, mening nafaqam o‘rtacha 500 ming so‘m, bu taxminan 200 Amerika dollaridir. Albatta, bu jiddiy kasalligi bo‘lgan odamning davolanishiga yetmaydi. Endi yoshi 60dan o‘tgan insonning har qaysisida sog‘lig‘i bilan bog‘liq qandaydir muammosi bo‘ladi", deydi Surat Ikromov.
Siz O‘zbekistondagi qariyalar ijtimoiy-iqtisodiy turmushini qanday baholagan bo‘lar edingiz? Keksalik davrini o‘tkazish uchun zarur qulayliklar yaratilganmi?
G‘arbda aholining qarishi bilan bog‘liq qator muammolar kelib chiqqan va hukumatlar bu muammolarni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqishga urinishadi. Masalan, yolg‘iz qolgan qariyalarga g‘amxo‘rlik, tibbiy xizmat ko‘rsatish, qariyalar uylari bilan bog‘liq muammolar...
Keksalar soni ortishi bashorat qilinar ekan, O‘zbekistonda ham G‘arbnikiga o‘xshash muammolar kelib chiqishi mumkinmi?
"eKarmon Group" "Ehson" birinchi "on-layn" xayriya loyihasini taqdim qildi
02.12.2008 18:49:52 • "UzReport"
2 dekabr kuni "eKarmon Group" kompaniyasi ofisida kompaniyaning so'ngi loyihalaridan biri - "Ehson" on-layn" xayriya loyihasi - www.ehson.ek.uz saytinining taqdimoti o'tkazildi. Loyihaning maqsadi – qariyalar uylari, bolalar uylari, internatlar va imkoniyati cheklangan kishilarni qo'llab-qo'vvatlovchi boshqa tashkilotlarga keng jamoatchilik e'tiborini qaratish hisobiga aholining muhtoj va ijtimoiy zaif qatlamlariga beminnat yordam ko'rsatish hamda aholi tomonidan moddiy yordam ko'rsatish imkoniyatini amalga oshirishdir.
Loyihaning asosiy vazifasi – mamlakat aholisi orasida mazkur loyihani ommalashtirish, internet va boshqa yangi texnologiyalarni qo'llash bilan moddiy yordam va xayriya ko'rsatish imkoniyatini joriy etish, davlat, nodavlat va tijorat tashkilotlarini muhtojlarga yordam ko'rsatishga ko'maklashishdan iborat.
"eKarmon" tizimi foydalanuvchilari elektron hisoblarida ma'lum pul miqdorlari mavjud, ushbu hisobdan ular xayriya jamg'armalari, bolalar uylari, maktab-internatlari, qariyalar uylari va boshqa muassasalarga istagan summani o'tkazadilar. Bu mablag'lar tanlangan muassasa, tashkilotlar elektron hisoblariga kelib tushadi. Mablaglarni hohlagan vaqtda tashkilot bank hisobiga o'tkazish mumkin. Aytish joizki, "eKarmon" internet-to'lovlar tizimi yordan ko'rsatuvchidan va xayriya qabul qiluvchidan hech qanday komissiyalar undirmaydi.
Biz xayriya jamg'armalari va boshqa tashkilotlarga bepul gamkorlik qilishni taklif etamiz. Ayni vaqtga qadar "eKarmon" tizimiga beshta megribonlik uyi va maktab internati ulangan.
Kunning eng asosiy yangiliklari va muhim voqealaridan birinchi bo'lib xabardor bo'lish uchun "UzReport.uz"ning Telegramdagi kanaliga obuna bo'ling.
IRODASI MUSTAHKAM ODAMLAR
hayotda o‘z o‘rnini topmoqda
Inson dr-qimmatini ulug‘lash, bir-biriga tayanch va suyanch bo‘lish xalqimizga xos fazilat.
Davlatimiz tomonidan ham inson qadrini ulug‘lashga alohida e’tibor qaratilmoqda, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar o‘zlarini jamiyatning faol a’zosi sifatida his qilishi, iqtidori va qobiliyatini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.
— Ijtimoiy himoya va qo‘llab quvvatlashga muhtoj kishilar hayotda o‘z o‘rnini topib ketishi uchun mamlakatimizda katta imkoniyatlar yaratilgan. — deydi O‘zbekiston Nogironlar jamiyati raisi Siyarjon QURBONQULOV,— Kimdir tug‘ma, yana kimdir ehtiyotsizlik yoki tasodifiy falokat tufayli nogiron bo‘lib qoladi. Nogironlarni kasbga yo‘naltirish va malakasini oshirish, ularni foydali mehnatga jalb etish muhim masala.
Hozirgi kunda tashkilotimizning 148 ta bo‘lim va bo‘linmalari, 250 mingdan ziyod a’zosi bor. Bizning vazifamiz ularning ijtimoiy faolligini ta’minlash, muammolarini hal etishda yordamlashish, huquqlarini himoya qilishdan iborat.
Biz Oliy Majlishuzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat Fondi tomonidan e’lon qilingan grant tanlovlarida o‘z loyihalarimiz bilan ishtirok etib kelmoqdamiz.
O‘tgan yili O‘zbekistonnogironlarjamiyatininghududiybo‘linmalarirahbarlariningijtimoiysohagayo‘naltirilganqonunvaqarorlarhaqidagibilimlarinioshirishbo‘yichagrantgasazovorbo‘ldik. Buyil «Obodturmushyili» davlatDasturigamuvofiqQoraqalpog‘istonRespublikasidanNukusvaTo‘rtko‘ltumani, Andijonviloyati, ToshkentviloyatiningOlmaliqshahri, SirdaryoviloyatiningYangiershahribo‘limlari, ijtimoiyyo‘nalishlarbo‘yichaturligrantlarniqo‘lgakiritdi.
Vazirliklar, turlijamoattashkilotlari, fondlar, O‘zXDP, KasabauyushmalariFederatsiyasibizgayaqindanyordambermoqda.Nogironlarhaq-huquqlarinihimoyaqilishbo‘yichabarchahududlardahuquqshunoslarfaoliyatyuritibkelmoqda.
— Nogironlarorasidajudako‘piste’dodlarborki, ko‘ribhayratdaqolasiz, — deydi O‘zbekistonNogironlarjamiyatiMarkaziyrayosatiraisi, jamiyatdagiO‘zXDPboshlang‘ichtashkilotiyetakchisiKomiljonABDULLAYEV.— Shohmot-shashkaga, bichish-tikishga, rasm chizish, o‘ymakorlikka qobiliyatli kishilar ko‘p. Ular ilm-fanda, hunarmandchilik va sportda katta yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Masalan, o‘tgan yili London shahrida bo‘lib o‘tgan XIV Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilarimizdan dyuzdochi Sharif Xalilov kumush medal sohibi bo‘ldi. Qo‘l kurashi bo‘yicha sirdaryolik Umid Axmedov ko‘p karra jahon chempioni hisoblanadi.
Respublikamizda yashayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan yigit-qizlarta’lim olishi uchun zarur sharoit yaratilgan. O‘quvchilarga kerakli bilimlarni yetkazib berishda, ularning ruhiy holatini yaxshilashda «Inklyuziv ta’lim» muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatimizning viloyat va tuman bo‘limlarida qisqa muddatli kompyuter savodxonligi, bichish, tikish, qandolatchilik va sartaroshlik kurslari tashkil etildi. Shuningdek, tadbirkorlik va hunarmandchilik qilish istagida yurgan kishilarga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ochishlari uchun ko‘mak berilmoqda.
Har yili Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birga «Maftunkor ranglar dunyosi» nomli Xalqaro tanlov o‘tkazamiz.
Respublikamizning barcha viloyatlarida mutaxassislar ishtirokida nogironlikning oldini olish bo‘yicha muntazam ravishda seminar va davra suhbatlari o‘tkazilayotir. Bayramlarda ijtimoiy himoyaga ehtiyojmandlarga nogironlar aravasi, qo‘ltiq tayoq, eshitish moslamasi va sovg‘alar berildi hamda mamlakatimizning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirildi.
2000 yilda Sirdaryo viloyatida «Nogironlar uyi» tashkil etilgan.Bu yerda 38 oila yurtimizning barcha viloyatlaridan kelib yashamoqda. Yangier shahrida ikki qavatli binoda nogironlarimiz kompyuter savodxonligi, tikuvchilik va bichuvchilik, qandolatchilik, sartaroshlik va duradgorlik bo‘yicha bepul hunar o‘rganadilar.
O‘zXDP tashkilotlari barcha hududlarda jamiyatimiz a’zolarining manfaatlarini ijtimoiy himoyasi va bandlikka ko‘maklashuv masalalarida katta yordam bermoqda. O‘zXDP bilan hamkorlikda joylarda davra suhbatlari, seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
—2001 yildanbuyonnogironman.—deydi 1-guruhnogironi, O‘zXDPa’zosiNazokatShOKIROVA. — Boshmiyaoperatsiyasioqibatidaoyoqlarimishlamayqoldi. Tushkunlikkatushdim, hattoyashagimhamkelmadi.Birkunitelevizordanogironlarhaqidako‘rsatuvnitomoshaqilib, insonhayotdao‘ylaganezguniyatlariniro‘yobgachiqarishuchuno‘zirodasinimustahkamlashikerakliginiangladim. BiroydavomidaYaponiyadamustaqilyashashamaliyotinio‘tadim.Nogironlarningyashashsharoitlarivaishfaoliyatlarinio‘rganibkeldim. Ularbarchayumushlarnio‘zlarimustaqilbajarisharekan.MenhamustozimFeruzaAbduqodirovadanzardo‘zlikni, NozimaAxmadjonovadanesato‘qishsirlarinio‘rgandim. O‘zXDP «Faol ayollar» qanoti Sergeli tumani bo‘limi yetakchisi Dilorom Haydarova har bir masalada qo‘llab-quvvatlamoqda. Xalq demokratik partiyasini ijtimoiy yordamga muhtoj kishilar manfaatlarini himoya qilishi, tibbiy xizmat sifatini oshirish, bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratayotgani menga ma’qul bo‘ldi. Shu maqsadlarni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zXDPga a’zo bo‘ldim. Hozir mahallamiz qizlariga zardo‘zlik va to‘qishni o‘rgatayapman.
Sobir O‘RISHOV 2-guruh nogironi, O‘zXDP a’zosi:
— Bolalikdan nogironman. Poytaxtimizdagi Iqtisodiyot va servis kollejining buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishini 2010 yilda imtiyozli diplom bilan tugatdim. She’r yozaman. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Qobiljon Usmonovdan rubob chalish sirlarini o‘rganganman. Kelajakda San’at oliygohiga o‘qishga kirish niyatim bor. Duradgorlik, zargarlik, musiqa to‘garaklarini tashkil etish orzusidaman. Ishlasam, nimadir yaratsam, odamlarga nafim tegsa deyman...
Ularning gaplarini, orzu niyatlarini eshitib beixtiyor xayolga cho‘masan kishi. Og‘ir sinovlardan mardonavor o‘tib,hayotda o‘z o‘rnini topishga, yaratishga intilayotgan bu odamlar sabot va matonatda ko‘pchilikka ibrat aslida.
Nogironlar davlat himoyasida
3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni . Bu kunni nishonlashdan maqsad - nogironlar muammosiga jamoatchilikni jalb qilish, ularning haq - huquqlarini himoya qilish va boshqada tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Bu maqsadlar Bosh Assambleyaning 1982 yili qabul qilgan nogironlarga oid butun dunyo dasturida aks etilgan.
Farzand- inson zotining davomchisi, ko‘zining oqu-qarosi, bor ishonchu-umidi hisoblanadi. Har bir ota-ona o‘z farzandiga mehr beradi, asrab-avaylaydi,ularni bekamu-kust va sog‘-salomot o‘sishiga, kerakli bilimlarni berishga harakat qiladi, kelajakda komil inson bo‘lib yetishi uchun bor bilim va salohiyatini, moddiy va ma'naviy bilimlarini ishga soladi. Farzandlar bilan hayot go‘zal, umr shirin, lahzalar mazmunlidir.
Ammo hayotimizda ko‘ngli kemtik, mehrga muhtoj jismonan nosog‘lom va nogiron bolalar ham mavjud bo‘lib, bunday bolalarga jamiyatimizda ularni moddiy va ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga keng e'tibor qaratilib kelinmoqda. Qadim tarix va yuksak madaniyatga ega bag‘rikeng o‘zbek halqi har doim nogiron va nochorlarning boshini silab kelgan. Inson manfaatlari qadrlanadigan mamlakatimizda yurtimiz ertasi bo‘lgan yosh avlodga qaratilayotgan bunday e'tibor, g‘amxo‘rlik har jihatdan e'tirofga loyiq.
Bu kun aholining ko‘makka muhtoj qatlami, imkoniyati cheklangan insonlarga moddiy va ma'naviy yordam berish, ular jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun ko‘maklashishga chorlash, bir-birimizga mehr-muruvvat ko‘rsatishga undash ramzi sifatida nishonlanib ke
3-dekabr - «Halqaro nogironlarni kuni» munosabati bilan Amudaryo tuman Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining 2014 yil 2 dekabr kungi 173-M-sonli buyrug‘i chiqarildi. Ushbu buyruqqa asosan «Xalqaro nogironlar kuni» tuman umumta'lim maktablarida keng nishonlandi. Maktablarda ta'lim olayotgan 159 (bir yuz ellik to‘qqiz) nafar imkoniyati cheklangan bolalar imkon qadar rag‘batlantirildi. Bundan tashqari ovul fuqarolar yig‘inlari tomonidan imkoniyati cheklangan bolalarning uylaridan xabar olinib moddiy va ma'naviy tomondan rag‘batlantirildi.
2014 yilning 3 dekabr kunida Amudaryo tumanida joylashgan «Qurbon hoji» choyxonasi binosida tadbir o‘tkazildi.Tadbirga 20 (yigirma) nafar imkoniyati cheklangan bolalar qatnashdi.
Tadbirning birinchi qismida rasm chizish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Tuman madaniyat uyi havaskorlar jamoasi va “Barkamol avlod bolalar markazi” tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ishtirokchilarga manzur bo‘ldi. Tadbir so‘ngida homiylar va tadbir tashkilotchilari tomonidan tayyorlangan sovg‘alar nogironlarga ulashildi.
Tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Amudaryo televideniyesida namoyish kilib borildi.
Nogironlar davlat himoyasida
3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni . Bu kunni nishonlashdan maqsad - nogironlar muammosiga jamoatchilikni jalb qilish, ularning haq - huquqlarini himoya qilish va boshqada tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Bu maqsadlar Bosh Assambleyaning 1982 yili qabul qilgan nogironlarga oid butun dunyo dasturida aks etilgan.
Farzand- inson zotining davomchisi, ko‘zining oqu-qarosi, bor ishonchu-umidi hisoblanadi. Har bir ota-ona o‘z farzandiga mehr beradi, asrab-avaylaydi,ularni bekamu-kust va sog‘-salomot o‘sishiga, kerakli bilimlarni berishga harakat qiladi, kelajakda komil inson bo‘lib yetishi uchun bor bilim va salohiyatini, moddiy va ma'naviy bilimlarini ishga soladi. Farzandlar bilan hayot go‘zal, umr shirin, lahzalar mazmunlidir.
Ammo hayotimizda ko‘ngli kemtik, mehrga muhtoj jismonan nosog‘lom va nogiron bolalar ham mavjud bo‘lib, bunday bolalarga jamiyatimizda ularni moddiy va ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga keng e'tibor qaratilib kelinmoqda. Qadim tarix va yuksak madaniyatga ega bag‘rikeng o‘zbek halqi har doim nogiron va nochorlarning boshini silab kelgan.
Inson manfaatlari qadrlanadigan mamlakatimizda yurtimiz ertasi bo‘lgan yosh avlodga qaratilayotgan bunday e'tibor, g‘amxo‘rlik har jihatdan e'tirofga loyiq.
Bu kun aholining ko‘makka muhtoj qatlami, imkoniyati cheklangan insonlarga moddiy va ma'naviy yordam berish, ular jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun ko‘maklashishga chorlash, bir-birimizga mehr-muruvvat ko‘rsatishga undash ramzi sifatida nishonlanib kelinadi.
3-dekabr - «Halqaro nogironlarni kuni» munosabati bilan Amudaryo tuman Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining 2014 yil 2 dekabr kungi 173-M-sonli buyrug‘i chiqarildi. Ushbu buyruqqa asosan «Xalqaro nogironlar kuni» tuman umumta'lim maktablarida keng nishonlandi. Maktablarda ta'lim olayotgan 159 (bir yuz ellik to‘qqiz) nafar imkoniyati cheklangan bolalar imkon qadar rag‘batlantirildi. Bundan tashqari ovul fuqarolar yig‘inlari tomonidan imkoniyati cheklangan bolalarning uylaridan xabar olinib moddiy va ma'naviy tomondan rag‘batlantirildi.
2014 yilning 3 dekabr kunida Amudaryo tumanida joylashgan «Qurbon hoji» choyxonasi binosida tadbir o‘tkazildi.Tadbirga 20 (yigirma) nafar imkoniyati cheklangan bolalar qatnashdi.
Tadbirning birinchi qismida rasm chizish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Tuman madaniyat uyi havaskorlar jamoasi va “Barkamol avlod bolalar markazi” tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ishtirokchilarga manzur bo‘ldi. Tadbir so‘ngida homiylar va tadbir tashkilotchilari tomonidan tayyorlangan sovg‘alar nogironlarga ulashildi.
Tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Amudaryo televideniyesida namoyish kilib borildi.
Nurota "Muruvvat" nogironlar uchun erkaklar internat uyi
Muallif: upr_trud
Nurota "Muruvvat" nogironlar uchun erkaklar internat uyi tizimi
“Muruvvat” internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida ifodalangan yoki kuchli ifodalangan nuqsonlari bor bo‘lgan, 18 yoshdan boshlab 1 va 2 gurux nogironlari uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasasi hisoblanadi. Nurota “Muruvvat” nogironlar uchun erkaklar internat uyi 1994 yil tashkil etilgan bo‘lib joriy yil Mustaqilligimizning 23 yilligi munosabati bilan yangi zamonaviy yotoqxona binosi ishga tushirildi va o‘rinlar soni 60 tadan 130 taga ko‘paytirilib zamonaviy qulay jihozlar bilan ta’minlandi
Nurota "Muruvvat" nogironlar uchun erkaklarinternat uyining asosiy vazifalari:
- nogironlarni kiyim-kechak bilan ta’minlash, ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularni sog‘lomlashtirish va qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy–ijtimoiy yordam olishlariga ko‘maklashadigan sharoitlar yaratish;
- nogironlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning sog‘ligini muhofaza qilishni ta’minlash;
- dastlabki tibbiy ijtimoiy yordam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash tizimining yuqori malakali muxassislarini jalb etgan holda ularni har-yili 2 marta dispanserizatsiyadan o‘tkazish, rejali sog‘lomlashtirish, muhtoj bo‘lganlarni ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolash, nogironlarni tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari (eshitish apparatlari, nogironlar arvachalari, xassa va qo‘ltiqtayoqlar) bilan ta’minlash;
- nogironlarni muntazam mehnat qilishga va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan sanitariya-epidemiyaga qarshi va madaniy–ma’rifat tadbirlarni amalga oshirish.
Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalar va ularning rahbarlari to‘g‘risida ma’lumot
Bolalarga mehr ko‘rsatib... Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va uni yanada yaxshilash chora-tadbirlari muhokama etildi. Mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini yanada yaxshilashga katta e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida qariyb yigirma yillik mustaqil taraqqiyotimizga baho berar ekan, ijtimoiy-gumanitar sohada amalga oshirilgan ishlar tufayli aholining turmush darajasi sezilarli ravishda yaxshilanganini va buning natijasida onalar o‘limi 2 baravardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 baravar kamayganini, odamlarning o‘rtacha umri 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 yoshga yetganini qayd etdi. 2010 yilda tug‘ruq yoshidagi 7 million 800 ming ayol va 14 yoshgacha bo‘lgan 8 million 500 ming bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Inson qadrini, sog‘lom avlod haqidagi g‘amxo‘rlikni Mehribonlik va Go‘daklar uylari misolida ham ko‘rish mumkin. Go‘daklar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarni parvarishlash, sog‘lig‘ini saqlash ishlari bilan mingdan ortiq mutaxassis va xizmatchilar shug‘ullanayotgani, bu muassasalardagi shart-sharoitlar yil sayin yaxshilanib borayotgani yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga katta e’tibor qaratilayotganining ifodasidir. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Onalik va bolalikni muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilorom Ahmedova, mazkur vazirlikning bolalar uylari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Gulnora Xalilova, Kitob tumanidagi Go‘daklar uyi bosh vrachi Gulnora Zohidova, Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Umida G‘oziyeva va boshqalar Yurtboshimiz rahnamoligida onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi ulkan ishlar, ularning samaralari haqida gapirdilar. Tadbir asnosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarning bosh pediatrlari, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar, Go‘daklar uylari bosh vrachlari o‘zaro tajriba almashdilar.
YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALARNI JOYLASHTIRISHNING MUQOBIL SHAKLLARINI TANLASH, OILA INSTITUTINI MUSTAHKAMLASH HAMDA IJTIMOIY YETIMLIKNING OLDINI OLISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada kuchaytirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyundagi PQ-3808-son hamda “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2019 — 2023-yillarda “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga qabul qilayotgan nomzodlarni (fuqarolarni) tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
2019-yil 1-noyabrdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uyi tashkil etish orqali qabul qilayotgan nomzod fuqarolarni (keyingi o‘rinlarda tutingan ota-onalar deb ataladi) tayyorlash maqsadida “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida Tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari (keyingi o‘rinlarda Tayyorlov kurslari deb ataladi) tashkil etiladi;
tutingan ota-onalarga Tayyorlov kurslarini tugatganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi;
Tayyorlov kurslari mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun tegishli tarmoq vazirliklari, idoralar va tashkilotlarning ijtimoiy ishlar sohasida tutingan ota-onalarni maslahat yordami, ijtimoiy, huquqiy, psixologik-pedagogik, tibbiy jihatdan kompleks qo‘llab-quvvatlashni ta’minlovchi mutaxassislari hamda davlat tarbiya muassasalarining ijtimoiy-psixologik-pedagogik ko‘maklashuv xizmati xodimlari jalb etiladi;
tutingan ota-onalarning Tayyorlov kurslarida o‘qishi bepul tashkil etiladi;
Tayyorlov kurslarining faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
2020-yil 1-yanvardan boshlab tutingan ota-onalar Tayyorlov kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjati mavjud bo‘lgan fuqarolar orasidan tanlanadi;
2020-yil 1-yanvarga qadar bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan va oilaviy bolalar uylarining tarbiyachi ota-onalaridan tayyorlov kurslarini yakunlaganlik to‘g‘risidagi hujjat talab etilmaydi.
3. Quyidagilar tayyorlov kurslarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
tutingan ota-onalarning bolalar psixologiyasi va pedagogikasi sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
tutingan ota-onalarni yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik asoslari bilan tanishtirish;
tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish;
tutingan ota-onalarni yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalash, parvarish qilish, sog‘lig‘ini muhofaza qilish, uning ijtimoiylashuvi, ta’limi va har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq ota-onalik salohiyatini shakllantirish;
tutingan ota-onalarning bolani oilaga qabul qilishga tayyorlik darajasini aniklash, bolani oilaga qabul qilish shaklini tanlashga yordam berish, shuningdek, bolani tarbiyalash va rivojlanishi bilan shug‘ullanish jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammo va qiyinchiliklarni anglashga ko‘maklashish, ularning bolalar psixologiyasi va pedagogikasi sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish.
4. Tutingan ota-onalarni tayyorlash to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2019-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrga qadar:
Tayyorlov kurslarining mashg‘ulotlari dasturini ishlab chiqsin;
Tayyorlov kurslari o‘qituvchilari uchun trening mashg‘ulotlari o‘tkazilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarni tanlashda ularga qo‘yiladigan talablarga har tomonlama mos bo‘lgan nomzodlarni (shaxslarni) tanlash hamda hisobga olish, shuningdek, nomzodlarni topish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorning amalga oshirilishi uchun zarur mablag‘larni 2019-yilda “Ta’lim” sohasi uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida ajratsin, 2020-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida har yili nazarda tutsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
824-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 824-son qaroriga
1-ILOVA
2019 — 2023-yillarda “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish
I. Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimi tahlili hamda tizimda axborot texnologiyalarini joriy etish
Vasiylik va homiylik organining ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishga oid faoliyatini o‘rganish.
2. Bolalarni ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lishining asosiy sabablarini aniqlash va ularni joylashtirish shaklini tanlashda qonuniy to‘g‘ri qaror qabul qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
3. Ijtimoiy xavfli sharoitda qolgan bolani himoya qilish, bolani oilada qoldirish va oilani krizis davrini yengib o‘tishida tezkor yordam ko‘rsatish va erta aralashuvdagi to‘siqlarni aniqlash.
4. Vasiylik va homiylik organi mutaxassisining ish vaqti va bajaradigan ish yuklamasini hamda faoliyat samaradorligiga erishishdagi muammolarni tahlil qilish.
1. Oila va bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyatini atroflicha o‘rganish.
2. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ijtimoiy-huquqiy va psixologik-pedagogik xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash.
3. Zaruratga ko‘ra, oila va bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarda ijtimoiy-huquqiy va psixologik-pedagogik xizmat turlarini joriy etish va kengaytirish.
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari faoliyatini o‘rganish.
2019-yil noyabr
Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi
1. Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlash.
2. Oilaga qaytariladigan yoki tutingan oilaga joylashtiriladigan bolalar ro‘yxatini shakllantirish.
3. Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari moddiy-texnik sharoitlari hamda kadrlar salohiyatini tahlil qilish.
4. Tarbiyalanuvchilarni oilaga qaytarishda ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatadigan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish.
5. Faoliyati bosqichma-bosqich o‘zgartiriladigan yoki tugatiladigan Bolalar uylari va “Mehribonlik” uylarini aniqlash.
6. Bolalarning oilada va Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchasida ijtimoiy himoyasi uchun ajratiladigan mablag‘larni iqtisodiy tahlil qilish.
7. O‘rganish va tahlil qilish natijalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bo?a?ar uchun davlat tarbiya muassasalari faoliyatini maqbullashtirish (optimallashtirish) sohasidagi xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish.
2019-yil dekabr
Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, YUNISEF bolalar jamg‘armasi
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi
Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari
1. Yevropa davlatlarining noinstitutsionallashtirish, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat muassasalari faoliyatini optimallashtirish sohasidagi tajribalarini o‘rganish.
2. O‘rganish yakunlari natijasida tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash va respublikada faoliyat olib borayotgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat muassasalari faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish.
Vasiylik va xomiylik organi hisobida turgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risida yagona elektron bazani yaratish va shakllantirish tartibini ishlab chiqish.
2020-yil avgust
Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
Davlat statistika qo‘mitasi
Xalq ta’limi huzuridagi Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari,
imtiyozli xorijiy kreditlar
va grantlar
1. Vasiylik va homiylik organlari faoliyatida ma’lumotlar bazasining elektron dasturi ta’minotini ishlab chiqish.
2. Vasiylik va homiylik organlari xodimlarini zamonaviy kompyuter va internet resurslari bilan ta’minlash hamda mutaxassislarni elektron dasturdan foydalanish bo‘yicha kasbiy salohiyatini oshirish.
3. Vasiylik va homiylik organlari hisobida turgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risida shakllantirilgan va yangilanadigan yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.
Bolani oilaga tarbiyaga (patronat) vasiylik yoki homiylik, farzandlikka olish, Oilaviy bolalar uyining tarbiyalovchi ota-onasi bo‘lish istagini bildirgan fuqarolar haqidagi yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.
2021-yil aprel
Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari,
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar
1. Bolani oilaga tarbiyaga olish istagini bildirgan fuqarolarning yagona ma’lumotlari bazasini yaratish va uni muntazam ravishda yuritib borish.
2. Vasiylik va homiylik organlarining yagona ma’lumotlar bazasidan keng omma foydalanishiga erishish.
3. Vasiylik va homiylik organlarining shaffof ishlashini ta’minlash, korrupsiya va suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish.
II. Ijtimoiy yetimlikning oldini olish sohasidagi dolzarb masalalar va “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish dasturining mohiyatini aholi va jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish
7.Mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari hamda bolalar taqdirini hal etishda ishtirok etuvchi organlar vakillari bilan “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish dasturining mohiyatini keng targ‘ib qilish, bolalarning oilaviy muhitda yashashini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazish.
2019-yil noyabr
Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
“Sen yolg‘iz emassan” Rеspublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Bosh prokuratura, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
1. Mahalliy davlаt hokimiyati organlari rahbarlarini noinstitutsionallashtirish dasturidan ko‘zlangan maqsad hamda bu sohadagi xorijiy davlatlar tajribasi bilan tanishtirish.
2. Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat muassasalari hamda vasiylik va homiylik organlarida olib borilgan tadqiqot natijalari bilan tanishtirish.
3. Har bir tuman, shahar va viloyat hokimliklarida “Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimida noinstitutsionallashtirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar”ni ishlab chiqish orqali kam ta’minlangan oilalar bolalarini Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga joylashtirilishining oldini olish ishlarini kuchaytirish.
4. Noinstitutsionallashtirish o‘tkazilishi zarurligi jamoatchilik tomonidan tan olinishiga erishish maqsadida bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimida faoliyat yurituvchi soha mutaxassislarining xabardorlik darajasini oshirish.
8.Bolaning oilaviy muhitda yashash va rivojlanishga bo‘lgan huquqi, oila qadriyatlari, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarga yordam ko‘rsatishning zaruriyati hamda bunday yordam shakllarini yorituvchi ijtimoiy reklama yaratish va taqdim etish.
2019-yil oktyabrdan boshlab
muntazam ravishda
MTRK, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot
va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Respublika budjeti mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
1. Qiyin hayotiy vaziyatga tushgan oilalar muammolari, oilaviy inqirozni bartaraf etishda davlat organlari va jamoatchilikni faollashtirish.
2. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun muassasa tarbiyalanuvchilarining orzu va armonlari, institutsionalizatsiyaning salbiy oqibatlari haqida keng jamoatchilik xabardorligini oshirish.
9.Ota-ona mehri va g‘amxo‘rligidan mahrum
bo‘lgan bolalar muammolari, ota-onalarning o‘z majburiyatlarini bajarishdagi mas’uliyatsizligi oqibatlari, ota-ona nazorati, mehri va g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalarga vasiylik belgilashning muhimligi, ularni joylashtirishning muqobil shakllari haqida teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash.
muntazam ravishda
Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
MTRK,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi
Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari,
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar
1. Ota-onalarning farzand tarbiyasi, ta’minoti va parvarishidagi mas’uliyatini oshirish.
2. Bolalarning oilaviy muhitga bo‘lgan huquqini ta’minlash, ularni joylashtirishning muqobil shakllari to‘g‘risida keng jamoatchilik xabardorligini oshirish.
3. Ijtimoiy ko‘rsatuv yoki eshittirishlar ichida “Bolaning begonasi bo‘lmaydi” ruknini yuritish.
III. Bolaning ota-onasidan ajratilishi va oilaviy muammolarning bartaraf etilishiga yo‘naltirilgan faoliyatni kuchaytirish
10.Yangi tug‘ilgan boladan voz kechmoqchi bo‘lgan ayollar bilan profilaktika ishlariga yo‘naltirilgan ijtimoiy va psixologik kuzatuv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi,
Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,O‘zbekiston Xotin qizlar qo‘mitasi,
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi
Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari,
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
1. Tug‘ruq komplekslari, perinatal markazlari qoshidagi “Onalar maktablari” faoliyatida farzandidan voz kechuvchi onalar bilan ishlash dasturlarini joriy etish.
2. Tug‘ruq komplekslari, perinatal markazlarida seminar treninglar tashkil etish yo‘li orqali mas’ul mutaxassislarni farzandidan voz kechuvchi onalar bilan ishlashning psixologik-pedagogik, ijtimoiy-huquqiy texnologiyalariga o‘rgatish.
3. Tibbiyot muassasalarida onalarning yangi tug‘ilgan bolalardan voz kechishining oldini olishga qa??tilgan psixologik-pedagog?k, i??imoiy-huquqiy choralar ko‘rish.
4. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan ayollarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini kuchaytirish.
11.Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan farzandlari bor oilalarga joylardagi oilaviy poliklinika, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari sharoitlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida erta tibbiy-psixologik, pedagogik, ma’naviy, huquqiy yordam ko‘rsatilishini kuchaytirish.
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi,
“Sog‘lom avlod uchun” fondi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi
-
1. Bolalar nogironligining oldini olish ishlarini kuchaytirish.
2. Ijtimoiy yetimlikning, ya’ni ota-onalar tomonidan bolalarni yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ta’lim-tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish muassasalariga joylashtirilishining oldini olish choralarini ko‘rish.
3. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan chaqaloqlari bor oilalarga muntazam kompleks (psixologik-pedagogik, tibbiy-ijtimoiy, huquqiy va b.) yordam ko‘rsatishni tashkil qilish.
4. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bola tarbiyalayotgan oilalarga bolada jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun moddiy ko‘mak ko‘rsatish ishlarini kuchaytirish.
12.An’anaviy oila qadriyatlari, oila munosabatlari, ota-ona majburiyatining anglanilishi, bolaning oilada yashashga bo‘lgan huquqini ta’minlash va ijtimoiy yetimlikni oldini olish (bartaraf etish)ga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish.
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Xotin qizlar qo‘mitasi,
Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy markazi,
“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi
-
1. Aholi va yoshlar orasida oila qadriyatlari, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy yetimlikning oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari, uchrashuvlar, savol-javoblar, leksiyalar orqali tashviqot ishlarini olib borish.
2. Yoshlar va yosh oilalar o‘rtasida mas’uliyatni oshirish, ijtimoiy yetimlikning oldini olish.
13.Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bolalarga xizmat ko‘rsatish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi
Respublika budjeti mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
1. Oliy ta’lim muassasalari tizimida ijtimoiy xodimlarni tayyorlash ishlarini kengaytirish.
2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bolalarga ijtimoiy xizmatlarni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat tashkilot, muassasalar mutaxassislarini “Ijtimoiy ish” bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish.
IV. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini rivojlantirish
14.Oilaga tarbiyaga olingan (patronat), vasiylik yoki homiylikka, farzandlikka olingan, Oilaviy bolalar uylari va boshqa yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar sifatini baholashning minimal standartlarini ishlab chiqish.
Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
SOS Bolalar mahallalari assotsiatsiyasi, YUNISEF bolalar jamg‘armasi,
Vatandosh jamg‘armasi
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi
Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari,
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
1. “Tutingan oilalarda tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar sifatini baholashning minimal standartlari” va “Yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun muassasalardagi minimal majburiy standartlar” uslubiy yo‘riqnomani ishlab chiqish.
2. Mazkur yo‘riqnoma asosida Vasiylik va homiylik organlari hamda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ta’lim-tarbiya va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari faoliyatini tashkil qilish.
3. Tutingan oilalar va davlat muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning ta’lim-tarbiyasi, rivojlanishi, ta’minoti sifati samaradorligini oshirish.
15.Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlarini himoya qilish
va oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini tatbiq etish yuzasidan vasiylik
va homiylik organlari mutaxassislari uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish.
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
Xalq ta’limi vazirligi, Bosh prokuratura,
YUNISEF bolalar jamg‘armasi,
“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi
Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari
1. Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahhrum bo‘lgan bolalarning huquqlarini himoya qilishda vasiylik va homiylik organlari faoliyatini uslubiy ta’minlash.
2. Vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini rivojlantirish.
16.
Tutingan oila va bolaning ijtimoiy va psixologik moslashuvini ta’minlash maqsadida ijtimoiy, psixologik-pedagogik kuzatib borish mexanizmi — dasturini ishlab chiqish.
2019-yil noyabr
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
Xalq ta’limi vazirligi, YUNISEF bolalar jamg‘armasi,
Vatandosh jamg‘armasi
Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
1. Bolalarni tutingan oilaga moslashuvi bo‘yicha kompleks ijtimoiy, psixologik-pedagogik va konsultativ xizmatlar ko‘rsatish mexanizmini tartibga solish.
2. Bolalarning tutingan oilalardan muassasalarga qaytishining oldini olish choralarini kuchaytirish.
17.
Vasiylik va homiylik organlari mutaxassislari va ijtimoiy xodimlar uchun ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil etish.
Reja asosida
Xalq ta’limi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
YUNISEF bolalar jamg‘armasi,
“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamarg‘asi
-
Bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini rivojlantirishda vasiylik va homiylik organlari mutaxassislari va ijtimoiy xodimlarning kasbiy mahorati (salohiyati)ni oshirish.
18.
Kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalarni tashkil etish bo‘yicha chet el tajribasini tahlil qilish va o‘rganish.
2019-yil dekabr
Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Adliya vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi,
YUNISEF bolalar jamg‘armasi, Vatandosh jamg‘armasi
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi
Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari,
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
1. Kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalarni tashkil etish bo‘yicha chet el tajribasini tahlil qilish va o‘rganish maqsadida manfaatdor vazirlik, idoralar
va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat Ishchi guruhini tashkil etish.
2. Ishchi guruh tomonidan kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalar masalasiga taalluqli AQSh va Yevropa davlatlarining tajribasini joyiga borib o‘rganishni tashkil etish.
3. Ishchi guruhning xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlar uchun tegishli mablag‘lar ajratish.
4. O‘rganish yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishning oilaviy shakllarining turlarini kengaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilash.
19.
Kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalar tajribasini pilot tarzida joriy qilish.
2020-yil �art oyidan boshlab
Muntazam ravishda
Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Adliya vazirligi,
YUNISEF bolalar jamg‘armasi,
Vatandosh jamg‘armasi
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi
Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun faoliyati tugatilayotgan ta’lim-tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari tarbiyachilaridan kasbiy salohiyatli tutingan (foster) tarbiyachilar sifatida foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
V. Institutsional muassasalar tarbiyalanuvchilarining oilaviy muhitda reintegratsiyalashuvi
20.
“Bolalar uylari”, “Bolalar shaharchalari”, “Mehribonlik” uylari, “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tizimidagi muassasalar tarbiyalanuvchilarini qondosh oilalariga qaytarish yoki tutingan oilalarga joylashtirishga yo‘naltirilgan ishlarni faollashtirish.
2019-yil noyabrdan
boshlab muntazam ravishda
Xalq ta’limi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
“SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi,
Xotin-qizlar qo‘mitasi
Respublika budjeti mablag‘lari
1. Institutsional muassasalar tarbiyalanuvchilarining oilaviy muhitga reintegratsiyalashuvi bo‘yicha ilmiy-uslubiy bazani mustahkamlash.
2. Ijtimoiy xodimlarga, pedagog-tarbiyalanuvchilarga, psixologlarga ota-onalar bilan ishlash, ota-onalarni izlash, qarindoshlik munosabatlarini tiklash, hissiy bog‘langanlik hissini shakllantirish, ota-onaning bolani oilaga qaytarib olishga tayyorlash, bolalarni oilaviy hayotda yashashga tayyorlash kabi ijtimoiy ish ko‘nikmalarini o‘rgatish.
3. Bolani oilaga qaytarish/joylashtirishda oilaning imkoniyatlarini va mahalliy resurslarni aniqlash va qo‘�lab-quvvatlash.
4. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani oilaga qabul qilishi mumkin bo‘lgan oilalarni tanlash, ularni ijtimoiy, psixologik-pedagogik jihatdan tayyorlash.
5. Ota-onalar mas’uliyatini oshirish, ota-ona va bolalar munosabatlarini tiklash va bolalarni ota-onasiga qaytarish ishlarini faollashtirish.
21.
Oila muhitiga berilgan (reintegratsiyalangan) bolalarning moslashish, rivojlanish darajasini ijtimoiy-psixologik jihatdan o‘rganish.
Har 6 oyda bir marotaba
Xalq ta’limi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi
-
1. Bolaning qondosh oilasiga qayta moslashish yoki oila o‘rnini bosuvchi tutingan oilada muvaffaqiyatli moslashish darajasini aniqlash.
2. Oila o‘rnini bosuvchi tutingan oilalarning ijtimoiy, psixologik-pedagogik kuzatuvini tashkil qilish.
VI. Institutsional muassasalarni tugatish va qayta tashkil etish
22.
Oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy yetimlikning oldini olish, shuningdek, “Mehribonlik” uylarini bosqichma-bosqich kam komplektli Bolalar shaharchalariga hamda muassasalarning boshqa muqobil shakllariga o‘tkazish.
2020 — 2023-yillar
Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi,
Bosh prokuratura,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Respublika ?yudjeti mablag‘lari,
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar,
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
1. Institutsional muassasalarga kelib tushayotgan bolalar sonini qisqartirish.
2. “Mehribonlik” uylarini tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib maqbullashtirish.
3. Respublika bo‘yicha “Mehribonlik” uylarini bosqichma-bosqich kam komplektli Bolalar shaharchalariga aylantirish: 2020-yilda 2 ta; 2021-yilda 4 ta; 2022-yilda 6 ta; 2023-yilda 7 ta.
4. Faoliyati tugatilgan muassasa pedagog xodimlari tarkibidan yoki vasiylik va homiylik organida bolani oilaga tarbiyalashga qabul qilish istagini bildirgan shaxslar orasidan kasbiy salohiyatli tutingan oilalarning tashkil etilishini yo‘lga qo‘yish.
Institutsional muassasalarni kunduzgi tashrif markazlari, krizis markazlari, oila va bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari, moslashuv markazlari, oilaga joylashtirish xizmatlari, dam olish markazlari sifatida qayta tashkil etish ishlarini rejali bajarish.
2022-yil iyul
Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi,
Bosh prokuratura,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
Respublika budjeti mablag‘lari, imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar,
Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
1. Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun faoliyati modernizatsiyalashtirilgan ta’lim-tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan yangi xizmatlarni rejalashtirish.
2. Institutsional muassasalarni bosqichma-bosqich ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi krizis markazlari, oila va bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari, moslashuv markazlari, oilaga joylashtirish xizmatlari, dam olish markazlariga aylantirish (o‘zgartirish).
Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ish bilan ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish.
Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oli� va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Respublika budjeti mablag‘lari,
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar
1. Tugatilayotgan muassasalar xodimlarini kasbga qayta tayyorlash va ishga joylashtirish masalalarini hal qilish.
2. Yangi tipda tashkil etilgan muassasalarda bolalar va oilalar bilan ishlashda kasbiy tajribaga ega mahoratli xodimlarni ish bilan ta’minlash.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 824-son qaroriga
2-ILOVA
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga qabul qilayotgan nomzodlarni (fuqarolarni) tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni (keyingi o‘rinlarda bola deb ataladi) tarbiyalash uchun oilaga qabul qilayotgan (vasiylikka, homiylikka, oilaga tarbiyaga (patronat), oilaviy bolalar uyiga olayotgan) nomzod fuqarolarni (keyingi o‘rinlarda nomzodlar deb ataladi) tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Nomzodlarni tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vasiylik va homiylik organi aholi o‘rtasida bolani oilaga joylashtirishning ustuvorligi, ular uchun nomzodlarni topish bo‘yicha ommaviy targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi, bolalarni oilaga qabul qilishning shakllari, tartibi haqida fuqarolarni xabardor qiladi.
2-bob. Nomzodlarni tanlash
3. Bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlar ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq tanladi.
4. Bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlar o‘zining yashash joyi bo‘yicha vasiylik va homiylik organiga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq talab etiladigan hujjatlarni taqdim etiladilar.
Bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uylarini tashkil qilayotgan ota-onalar belgilangan hujjatlardan tashqari tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarida (keyingi o‘rinlarda tayyorlov kurslari deb ataladi) o‘qiganligi haqidagi sertifikatni ham taqdim etadilar.
5. Vasiylik va homiylik organi bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlardan ariza hamda tegishli hujjatlarni qabul qilgan kundan boshlab yetti kun mobaynida ularning turmush va ta’minot sharoitlarini o‘rganib chiqadi hamda bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi.
Nomzodlarning turmush va ta’minot sharoitlari o‘rganilayotganda vasiylik va homiylik organi turar joyning maishiy-ho‘jalik sharoitlarini, ariza beruvchining sog‘lig‘ini, shaxsiy fazilatlari va bolani oilaga olishga undagan sabablarni, ularning bolani tarbiyalash bo‘yicha qobiliyatlarini, oilada yashovchilarning bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilinishiga nisbatan munosabatini o‘rganadi.
Nogironligi bo‘lgan bola oilaga tarbiyalash uchun qabul qilinayotganda dalolatnomada bolaning yashashi uchun zarur shart-sharoitlar mavjudligi aks ettirilishi lozim.
6. Vasiylik va homiylik organi o‘rganish yakunlari bo‘yicha uch ish kuni mobaynida bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarni nomzod bo‘la olishi mumkinligi (mumkin emasligi) to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.
Bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarni nomzod bo‘la olishi mumkinligi to‘g‘risida xulosa tayyorlashga quyidagilar asos hisoblanadi:
taqdim qilingan hujjatlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi;
tayyorlov kurslarida o‘qiganligini tasdiqlovchi sertifikatning mavjudligi (bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uylarini tashkil qilayotgan ota-onalar uchun);
bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarning bolani tarbiyalashda qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlarini bajara olish imkoniyatlari;
nomzodlarning psixologik holati va bola tarbiyalashda yetarlicha ko‘nikmalari mavjudligi;
bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarning bolaga huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam ko‘rsatish borasida bilim va ko‘nikmaga egaligi.
7. Vasiylik va homiylik organi bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarni tanlash jarayonida, zaruratga ko‘ra, quyidagi manfaatdor va ishga aloqador shaxslarni jalb etishi mumkin:
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari;
voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya a’zolari;
tayyorlov kurslari ekspertlari;
yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan davlat tarbiya muassasa mutaxassislari;
bolaning qarindoshlari.
3-bob. Bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uylarini tashkil qilayotgan ota-onalarni tayyorlash
8. Bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uylarini tashkil qilayotgan ota-onalar tayyorlov kurslarida belgilangan tartibda tayyorgarlikdan o‘tadilar.
9. Bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uylarini tashkil qilayotgan ota-onalarni tayyorlashda quyidagilar nazarda tutiladi:
nomzodlarning bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilishga tayyorlash, bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq salohiyatlarini shakllantirish;
nomzodlarning bolani oilaga qabul qilishga tayyorlik darajasini aniqlash, bolani oilaga qabul qilgach, ularni tarbiyalash va rivojlanishi bilan shug‘ullanish jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammo va qiyinchiliklarni anglashga ko‘maklashish, bolalar psixologiyasi sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik asoslari, tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish, davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy yordam turlaridan xabardorlik darajasini oshirish.
10. Tayyorlov kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarga tegishli sertifikat beriladi.
11. Sertifikat nomzodlarni tutingan ota-onalar bo‘la olishi haqidagi xulosa berilishi va hisobga qo‘yilishi uchun asos bo‘ladi.
4-bob. Tutingan ota-onalarni kuzatib borish hamda nazorat qilish
12. Bolalarni vasiylikka, homiylikka, oilaga tarbiyaga (patronat) hamda oilaviy bolalar uyiga olgan fuqarolarga (keyingi o‘rinlarda tutingan ota-onalar deb ataladi) tarbiyalash uchun berilgan bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, uning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat qilish bolaning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organi tomonidan olib boriladi.
13. Tutingan ota-onalarning faoliyatini kuzatish, ular tomonidan o‘z majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish bolaning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organi tomonidan rejali va rejadan tashqari shaklda amalga oshiriladi.
14. Tutingan ota-onalarni rejali kuzatish va nazorat qilish tutingan ota-onalarning xonadoniga tashrif buyurgan holda quyidagicha amalga oshiriladi:
bola oilaga berilgandan so‘ng dastlabki uch oy davomida bir marotaba;
bola oilaga berilgandan so‘ng har yili kamida ikki marotaba.
15. Tutingan ota-onalarni rejadan tashqari kuzatish va nazorat qilish vasiylik va homiylik organlari tomonidan istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin.
16. Vasiylik va homiylik organi tutingan ota-onalarni rejali va rejadan tashqari kuzatish va nazorat qilishda quyidagilarni jalb qilishi mumkin:
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillarini;
voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya a’zolarini;
tayyorlov kurslari ekspertlarini;
yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan davlat tarbiya muassasa mutaxassislarini;
bolaning qarindoshlari va boshqalarni.
17. Rejali va rejadan tashqari kuzatish va nazorat qilishda quyidagi holatlarga alohida e’tibor qaratiladi:
bolaning yashashi uchun sharoitlar mavjudligi;
xonadonning maishiy-xo‘jalik sharoitlari;
bolaning oila muhitiga va oila a’zolarining bola xulqi va xarakteriga moslashganligi;
bolaning tarbiyasi, ta’limi, aqliy rivojlanishi, sog‘lig‘i, tashqi ko‘rinishi, gigiyenaga rioya qilinishi, xulqi, emotsional hamda jismoniy rivojlanishi;
bolaning alohida qiziqish va qobiliyatlarining qo‘llab-quvvatlanishi;
oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari va boshqalar.
Bolaning mulkiy va nomulkiy huquqlari ta’minlanganligiga alohida e’tibor qaratiladi.
18. Kuzatish va nazorat qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan Oilada tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni baholashning minimal standartlari asosida amalga oshiriladi.
19. Kuzatish va nazorat qilish natijalari bo‘yicha vasiylik va homiylik organi tomonidan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishi to‘g‘risida kompleks baholashga asoslangan hisobot aks ettirilgan dalolatnoma tuziladi.
20. Kuzatish va nazorat qilish davomida bolaning tarbiyasi yoki rivojlanishi, huquqlari ta’minlanishi bilan bog‘liq muammo yoki kamchiliklar aniqlangan taqdirda, vasiylik va homiylik organi tegishli davlat va nodavlat tashkilotlarini jalb qilgan holda, muammoni bartaraf etishga qaratilgan maslahat, psixologik-pedagogik, ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa ijtimoiy xizmatlar tashkil etilishini ta’minlaydi.
21. Tutingan ota-onalar tomonidan o‘zlariga yuklatilgan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki bolaning huquq va qonuniy manfaatlari ta’minlanmaganligi bilan bog‘liq dalillar aniqlangan taqdirda, vasiylik va homiylik organi o‘rganish dalolatnomasida quyidagilarni aks ettiradi:
bolaning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sharoitni yaxshilash hamda majburiyatlarni bajarish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar;
tutingan ota-onalarga yuklatilgan majburiyatlarni yetarli darajada bajarilmaganligi yoki umuman bajarilmaganligi sababli ularni javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar (zarurat bo‘lganda).
22. Tutingan ota-onalar tomonidan harakatlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga zid ravishda amalga oshirilayotgan taqdirda yoxud uning harakatlari bolaning sog‘lig‘i, jismoniy, psixologik, ahloqiy rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazayotgan bo‘lsa, shuningdek, nazoratli tekshiruv mobaynida aniqlangan kamchiliklarni bolani oiladan ajratib olmay hal qilib bo‘lmasligi ma’lum bo‘lganda, vasiylik va homiylik organi tekshiruv o‘tkazilgandan so‘ng uch kun ichida:
tutingan ota-onalarni belgilangan majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirish hamda bolani oiladan olish haqida qaror qabul qiladi;
bolani vaqtincha joylashtirish choralarini ko‘radi;
bolani boshqa tutingan ota-onalarga berish yoki yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan muassasalarga joylashtirish choralarini ko‘radi.
23. Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan tutingan ota-onalar qaramog‘idagi bolani tarbiyalash, parvarishini ta’minlash bilan bog‘liq majburiyatlarini yetarli darajada bajarmayotganligi yoxud bola huquq va qonuniy manfaatlarining buzilishi haqidagi murojaatlar kelib tushgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi rejadan tashqari nazoratni amalga oshiradi.
24. Bolaning yashash manzili o‘zgarganda yangi manzil joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organi bolaga tegishli shaxsiy hujjatlar yig‘majildini qabul qilgan kunidan 7 kun ichida rejadan tashqari nazoratni amalga oshirishi shart.
25. O‘rganish dalolatnomasi nazoratli tekshiruv amalga oshirilgan kundan boshlab 5 kun ichida rasmiylashtiriladi, o‘rganishda ishtirok etgan tomonlar hamda vasiylik va homiylik organi tomonidan imzolanadi va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Dalolatnoma kamida ikki nusxada rasmiylashtiriladi, bitta nusxasi vasiylik va homiylik organida, ikkinchisi tutingan ota-onada hamda boshqa vakolatli shaxslarda saqlanadi.
26. O‘rganish dalolatnomasi qat’iy nazoratdagi hujjat bo‘lib, bolaning shaxsiy hujjatlari yig‘majildida saqlanadi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga qabul qilayotgan nomzodlarni (fuqarolarni) tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risida nizomga
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga qabul qilayotgan nomzodlarni (fuqarolarni) tanlash
Vasiylik va homiylik organi
Aholi o‘rtasida bolani oilaga joylashtirishning ustuvorligi, ular uchun nomzod vasiy va homiylarni izlash bo‘yicha ommaviy targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish. Bolalarni oilaga qabul qilishning shakllari, tartibi haqida fuqarolarni xabardor qiladi.
Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan fuqarolar
O‘zining yashash joyi bo‘yicha vasiylik va homiylik organiga bolani oilaga tarbiyaga olish uchun nomzod sifatida hisobga olinishini so‘rab ariza bilan murojaat qiladi.
Vasiylik va homiylik organi
1. Bolani tarbiyalash uchun oilasiga qabul qilish istagini bildirgan fuqarolardan ularning turmush va ta’minot sharoitlarini o‘rganib chiqadi hamda bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi.
2. O‘rganish yakunlari bo‘yicha bolani tarbiyalash uchun oilasiga qabul qilish istagini bildirgan fuqaroning nomzod bo‘la olishi mumkinligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 824-son qaroriga
3-ILOVA
Tutingan ota-onalarni tayyorlash to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni (keyingi o‘rinlarda bola deb ataladi) oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uyi tashkil qilayotgan fuqarolarni (keyingi o‘rinlarda tutingan ota-onalar deb ataladi) tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Tayyorlov kurslari yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat tarbiya muassasasi (keyingi o‘rinlarda davlat tarbiya muassasa deb ataladi) negizida tashkil etiladi.
Tayyorlov kurslari oila va bolalarga xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan ham tashkil etilishi mumkin.
Tayyorlov kurslarining faoliyati vasiylik va homiylik organlari tomonidan nazorat qilinadi.
2-bob. Tayyorlov kurslarining maqsadi va vazifalari
3. Tayyorlov kurslarining asosiy maqsadi:
bolalarni joylashtirishning muqobil shakllarini tanlashda tutingan ota-onalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lomlashtirish bo‘yicha tutingan ota-onalarning kasbiy bilimlari, qobiliyatlari va ko‘nikmalarini oshirish;
oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olish tizimini takomillashtirish.
4. Quyidagilar tayyorlov kurslarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
tutingan ota-onalarning bolalar psixologiyasi va pedagogikasi sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
tutingan ota-onalarni bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik asoslari bilan tanishtirish;
tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish;
tutingan ota-onalarni bolalarni tarbiyalash, parvarish qilish, sog‘lig‘ini muhofaza qilish, uning ijtimoiy moslashuvi, ta’limi va har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq ota-onalik salohiyatlarini shakllantirish;
tutingan ota-onalarning bolani oilaga qabul qilishga tayyorlik darajasini aniqlash, bolani oilaga qabul qilish shaklini tanlashga yordam berish, shuningdek, bolani tarbiyalash va rivojlanishi bilan shug‘ullanish jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammo va qiyinchiliklarni anglashga ko‘maklashish.
3-bob. Tayyorlov kurslarini tashkil etish tartibi
5. Tayyorlov kurslari tashkil etilayotgan tuman (shahar) hokimligi tayyorlov kurslarining muassisi bo‘ladi.
Tayyorlov kurslari muassisning qarori asosida tashkil etiladi.
Nodavlat tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar nodavlat tayyorlov kurslarining muassisi bo‘lishi mumkin.
Nodavlat tayyorlov kurslari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda tayyorlov kurslari tashkil etilayotgan tuman (shahar) hokimligi bilan kelishgan holda tashkil etiladi.
6. Tayyorlov kurslarining ustavi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
7. Tayyorlov kurslarining faoliyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va davlat tarbiya muassasasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
8. Davlat tarbiya muassasasida tashkil etilgan tayyorlov kurslari faoliyatiga ushbu muassasa direktorining ijtimoiy himoya bo‘yicha o‘rinbosari rahbarlik qiladi.
9. Tayyorlov kurslarida guruhlar bolalarni oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzod fuqarolar (keyingi o‘rinlarda tinglovchi deb ataladi) hisobidan shakllantiriladi.
10. Tinglovchilar tayyorlov kurslarida bepul o‘qitiladi.
11. Tinglovchilar tayyorlov kurslarida o‘qish uchun kurs tashkil etilgan davlat tarbiya muassasasi direktori nomiga ariza bilan murojaat etadilar.
Ariza uch ish kunida davlat tarbiya muassasasi direktori tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Ariza bilan murojaat etgan nomzod fuqarolar alohida jurnalda ro‘yxatga olinadi. Ushbu jurnal raqamlanadi, tikiladi, jurnalning so‘nggi sahifasida jurnalning sahifalari soni tasdiqlanib, yuqori turuvchi tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
Tayyorlov kurslarida o‘qishning boshlanishi to‘g‘risida guruh shakllantirilishiga qarab tinglovchilar oldindan ogohlantiriladi.
12. Tayyorlov kurslarida o‘qish maxsus o‘quv reja va dasturga muvofiq tashkil etiladi. O‘quv reja va dastur oilaga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari asosida takomillashtirilib boriladi.
13. Tayyorlov kurslarida tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila”ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan kelishilgan va tasdiqlangan 72 soatlik o‘quv dasturi bo‘yicha bir oy davomida ishdan ajralmagan holda o‘qitiladi.
O‘quv yuklamasining eng ko‘p hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
4-bob. Tayyorlov kurslari tashkilotchilarining asosiy vazifalari
14. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
tayyorlov kurslari faoliyatiga o‘quv-metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan birgalikda tayyorlov kurslari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning yangilanib borishini ta’minlaydi;
tayyorlov kurslarini takomillashtirib boradi;
tayyorlov kurslariga o‘qitishning zamonaviy shakl va usullarini, ilg‘or pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalarini joriy etadi;
tayyorlov kurslarida o‘qitish jarayoni monitoringini olib boradi.
15. Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar:
ijtimoiy-huquqiy, psixologik-pedagogik, tibbiy masalalar bo‘yicha ma’ruzalar bilan ishtirok etishlari uchun tegishli mutaxassislarni tayyorlov kurslarining o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etadi;
tayyorlov kurslariga yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar muammolaridan xabardor, bola ta’lim-tarbiyasi, sog‘lig‘i, qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilish sohasidagi salohiyatli va tajribali (yurist, pedagog, psixologlar, tibbiyot mutaxassislari va boshqalar) xodimlarni kurs o‘qituvchisi sifatida jalb qiladi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda:
tayyorlov kurslarining o‘quv-metodik asoslarini ishlab chiqish va takomillashtirishga muntazam ravishda ko‘maklashadi;
markaz mutaxassislarini tayyorlov kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun jalb etadi;
tayyorlov kurslari o‘qituvchilarining yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bilan ishlash masalalari yuzasidan malakasini oshirishini tashkil etishda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi.
5-bob. Tayyorlov kurslarining o‘quv jarayonini tashkil etish va tinglovchilar bilimini baholash
17. Tayyorlov kurslari o‘quv reja va dasturlarini hisobga olgan holda, tinglovchilarni sifatli o‘qitish uchun moddiy-texnik baza hamda mutaxassislar tarkibi mavjud bo‘lgan holda tashkil etiladi.
18. Tayyorlov kurslarida o‘quv mashg‘ulotlari davlat tarbiya muassasa xodimlari hamda tayyorlov kursiga jalb etilgan mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
Zarur hollarda, tayyorlov kurslariga xorijiy mutaxassislar, shuningdek, bolani tarbiyalash bo‘yicha ijobiy tajribaga ega bo‘lgan tutingan ota-onalar ko‘ngilli ravishda jalb etilishi mumkin.
19. Mashg‘ulotlari interfaol tarzda olib boriladigan tayyorlov kurslarida o‘quv mashg‘ulotlari ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, ko‘chma mashg‘ulot, tajriba almashish shakllarida olib boriladi.
Tegishli axborot-metodik va tashkiliy-texnik baza mavjud bo‘lgan taqdirda tayyorlov kurslari masofadan o‘qitish usullari qo‘llanilgan holda tashkil etilishi mumkin.
20. Auditoriyada o‘tkaziladigan barcha mashg‘ulotlar turlari 80 daqiqa davom etadi, o‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
21. Tayyorlov kurslaridagi o‘quv jarayoni guruhlarning to‘ldirilishiga bog‘liq holda tinglovchilar soni, qoidaga ko‘ra, kamida 5 va ko‘pi bilan 22 kishini tashkil etgan akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Tashkil etilgan guruhlar tinglovchilarining davomati va o‘zlashtirishini qayd etadigan guruh jurnali yuritiladi. Ushbu jurnal raqamlanadi, tikiladi, jurnalning so‘nggi sahifasida jurnalning sahifalari soni tasdiqlanib, davlat tarbiya muassasasi rahbari tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
Tutingan ota-onalar uchun tayyorlov kurslari kamida uch oyda bir marotaba tashkil etiladi.
22. Uzrli sabablar bilan o‘qishni davom ettira olmaydigan tinglovchilar o‘z arizasiga ko‘ra tinglovchilar safidan chiqariladi. Uzrsiz sabablar bilan 30 soatdan ko‘p hajmda mashg‘ulotlarda qatnashmaganlik uchun kurslarning tinglovchilari davlat tarbiya muassasasi direktori buyrug‘i bilan tinglovchilar safidan chiqariladi.
23. Tayyorlov kurslarida mashg‘ulotlar olib borish uchun o‘qituvchilarni tanlashda bola va oilalar, jumladan, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bilan ishlash tajribasiga hamda katta yoshdagilarni o‘qitish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan mutaxassislar va xodimlarga ustunlik huquqi beriladi.
24. Tayyorlov kurslarida tinglovchilarning bilimi suhbat asosida baholanadi.
Tinglovchilarni baholashni tashkil etish va o‘tkazish uchun davlat tarbiya muassasasi tomonidan tegishli sohalarning ilg‘or mutaxassislari orasidan kamida 3 — 5 kishidan iborat komissiya shakllantiriladi.
25. Baholash jarayonida uzrli sabab bilan ishtirok etmagan tinglovchilar navbatdagi guruh tinglovchilari bilan birgalikda ishtirok etishlari mumkin.
26. Tayyorlov kurslarini tomomlagan tinglovchilarga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sertifikat beriladi.
27. Tutingan ota-onalarni tayyorlash kursidan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilish muddati 3 yil qilib belgilanadi.
28. Amal qilish muddati tugagan sertifikat egalari tayyorlov kurslaridan qayta o‘tishlari talab etiladi.
6-bob. Tayyorlov kurslari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash
29. Tayyorlov kurslarida o‘quv mashg‘ulotlari olib borgan davlat tarbiya muassasasi xodimlarining mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lanmaydi.
30. Tayyorlov kurslariga jalb etilgan o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash amaldagi o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda ish haqi miqdori umumta’lim maktablarining oliy malaka toifali boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshi miqdoriga tenglashtiriladi.
31. Ko‘ngilli ravishda tayyorlov kurslariga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar va tutingan ota-onalarga ish haqi to‘lanmaydi.
7-bob. Tayyorlov kurslarini moliyalashtirish
32. Tayyorlov kurslarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni, shu jumladan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga jalb etiladigan mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash, kurslar tinglovchilari uchun o‘quv, tarqatma materiallar va kanselyariya anjomlarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish mablag‘lari kurslar tashkil etilgan davlat tarbiya muassasalarining tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoida
33. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Tutingan ota-onalarni tayyorlash to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Tutingan ota-onalarni tayyorlash kursidan o‘tganligi to‘g‘risidagi
Oz’bekistonda ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlar kuchaytiriladi
Mutaxassislar O’zbekistonda bolalarga vasiylik va homiylik qilish tizimini isloh qilish yo’llarini muhokama qilmoqdalar
UNICEF tomonidan rasmiy ma’lumotlarni global darajada o’rganish shuni ko’rsatadiki, Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo davlatlaridagi muassasalarda yashayotgan bolalar soni hamon yuqori bo’lib qolmoqda - har 100ming boladan 666tasi. Bu dunyo miqyosidagi ko’rsatkichdan – 100ming boladan 120tasi – besh barobar yuqoridir.
2016 yildagi rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda har 100ming boladan 255tasi internat muassasalarida tarbiyalani. Bu raqam mintaqadagi ko’rsatkichdan past bo’lsa-da, global ko’rsatkichga nisbatan ancha yuqoridir.
Ekspertlarning fikriga ko’ra, internat shaklidagi muassaslardagi boalalar sonini qisqartirish muhimdir. Buning uchun bolaning oilasiga yordam berish yoki, zarur hollarda, muqobil oila vasiyligini ta’minlash kerak.
O’zbekiston prezidentining yetim bolalar va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarori va tegishli reja hukumatning bolaning mehribon va g’amxo’r oila sharoitida o’sish huquqini ta’minlashga sodiqligini yaqqol namoyish etadi.
“UNICEF deinstitutalizatsiyaga qaratilgan prezident qarori va tegishli rejani qo’llab-quvvatlaydi. Bu “Mehribonlik” uylarida tarbiyalanayotgan bolalar uchun foydali bo’ladi deb hisoblaymiz hamda ushbu chora-tadbirlarni boshqa internat shaklidagi muassasalarga nisbatan ham qo’llashni tavsiya qilamiz,” -dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “Bu bola himoyasi uchun mas’ul bo’lgan barcha tashkilotlar ishtirokida O’zbekistonda bolalarga vasiylik va homiylik qilish tizimini isloh qilish uchun keng qamrovli strategiyani ishlab chiqishni talab qiladi,” – deb ta’kidladi u.
"O'zbekistonda bolali oilalarga maqsadli yordam ko'rsatish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rilmoqda,"- dedi “Oila” markazi direktori Dilorom Toshmuxamedova. "Oilani qo’llab-quvvatlash xizmatlarini yanada rivojlantirish zarur, chunki professional ijtimoiy xodimlar oilalarga malakali yordam ko'rsatishlari mumkin, shu yo’sinda bolani oiladan ajratishning oldi olinadi,"- dedi u.
Ơzbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini uzoq muddatli isloh qilish bo’yicha takliflarni muhokama qilish uchun davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari va xalqaro ekspertlar ishtirok etdilar davra suhbatida ishtirok etdilar. Tadbir “Oila” markazi va UNICEF tomonidan tashkil etildi.
Maqsad institutsional yondashuvga asoslangan tizimdan oila muhitiga asoslangan tizimiga o’tishdir. Buning uchun ijtimoiy xizmatlarni va zarur nafaqalarni taqdim etish orqali bolalar va oilalarga ijtimoiy yordam kơrsatishni kuchaytirish lozim. Bunday sa’y-harakatlar oilalarning ehtiyojlarini qondirishni hamda muammolarni erta bosqichlarda hal qilishni ta’minlaydi.
Davra suhbati ishtirokchilari Ơzbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini uzoq muddatli isloh qilish bo’yicha takliflarni kơrib chiqdilar. Bunda ijtimoiy xizmat sohasidagi professional xodimlar asosiy harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi.
UNICEF ijtimoiy xodim kasbini ilgari surish va bunday mutaxassislarning salohiyatini oshirish, shuningdek ijtimoiy ish ơquv dasturini yaratish borasida hukumat va ilmiy doiralar bilan hamkorlik qilmoqda. Maxsus tayyorgarlikdan ơtgan mutaxassislar bolalarni xavf ostiga qơyadigan vaziyatlarni anglashlari, yordam kơrsatilishi kerak bơlgan hollarda oilalarni qơllab-quvvatlashlari mumkin.
Ơz faoliyati orqali UNICEF har bir bolaning huquq va farovonligi ta'minlanishiga erishishga harakat qiladi. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va barcha bolalarning, xususan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qơyilgan, alohida e’tibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlari yơlida harakat qilamiz.
Manbalarda oiladagi mavjud muhit, oila a’zolarining bir-birlari bilan o‘zaro munosabatiga ko‘ra oilalarning quyidagi turlari ko‘rsatilgan:
1)tinch, baxtli oilalar (ularda vazifalar muvaffaqiyatli bajariladi, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro ziddiyatlar yuzaga kelmaydi; har bir ishni bajarishdan oldin maslahatlashiladi, agarda muammolar yuzaga kelsa, birgalikda, hamjihatlikda hal qilinadi);
2)ijtimoiy xavf mavjud bo‘lgan oilalar (farzandlarni tarbiyalashda muammolar ko‘zga tashlanadi);
3)notinch oilalar (doimiy janjallar hukmron bo‘lib, farzand tarbiyasida katta qiyinchiliklar seziladi);
4)asotsial oilalar (ota-onalar axloqsiz hayot kechirishadi; oilada sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilinmaydi, bolalar nazoratsiz qoldiriladi).
Farzandlarni tarbiyalash va ularni ijtimoiy hayotga moslashtirishda oilalarga quyidagi shakllarda yordam ko‘rsatiladi:
Maslahat berish — farzandlar tarbiyasi, ularning ta’lim olishlarini tashkil etishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, samarali shakl, metod va vositalardan foydalanishga oid maslahat beriladi.
Metodik yordam ko‘rsatish — ota-onalar metodik bilimlardan xabardor qilinadi, bolalarning fiziologik va psixologik rivojlanishlarini nazorat qilish, ularni to‘g‘ri parvarishlar va tarbiyalash bazasidan zarur yordam ko‘rsatiladi, oilalarning psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, yordamga muhtoj bolalarga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.
Ijtimoiy himoya qilish — xavf mavjud bo‘lgan, notinch yoki asotsial oilalarda bolalar ota-onalar giyohvand, ichuvchi, shafqatsiz ota-onalardan himoya qilinadi; bolalarni anomal hulqli ota-onalardan ajratib olish, ularni maxsus ta’lim muassasalariga joylashtirish yoki farzandlikka berish, bu borada hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini bajaradi.
Oilalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatilishi muddatiga ko‘ra uzoq va qisqa muddatli bo‘lishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar ijtimoiy maqomiga ko‘ra homiy yoki vasiylarga ega bo‘ladi.
Homiylik – biror shaxsni himoya etish, tarafini olish, majburiyatni o‘z zimmasiga olish.
Vasiylik – voyaga yetmagan yetim bolalarga ular voyaga yetgunga qadar g‘amxo‘rlik qilish va ularga qolgan mol-mulkka qarab turish hisoblanadi. Yetim bolalarga vasiylik qilish ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi:
1)bolalikka olish; 2) davlat qaramog‘iga topshirish
Homiylik va vasiylikka muhtoj bolalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
ota-onasi vafot etgan;
ota-onalari bedarak yo‘qolgan;
ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan;
muomalaga layoqatsiz; ota-onasi axloq tuzatish koloniyalarida jazo o‘tayotgan; ota-onasi jinoyat sodir etishda
ayblanib, hibsda saqlanayotgan;
ota-onasi bola tarbiyasidan bo‘yin tovlayotgan;
ota-onalar vaqtincha tibbiy va ijtimoiy muassasalarga joylashtirilgan
Bolani asrab olish borasidagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat. Bolani asrab olishda: oilalarni tanlash;
ota-onalarni o‘qitish; bolalarning ruhiy holati, ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha patronaj o‘tkazish muhim ahamiyatga ega.
Bolani asrab olish borasidagi faoliyat bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Ya’ni:
1)bolani asrab oluvchi ota-onalarni izlash;
2)ariza topshirgan nomzodlar tomonidan anketa va zarur hujjatlarni to‘ldirish;
3)oila, “Mehribonlik uylari” yoki bola joylashgan boshqa ta’lim muassasasiga tashrif buyurish;
4)oila va uning “do‘stlari”ni o‘rganish (tashxis);
5)yangi ota-onani dastlabki o‘qitish (ota-ona 23 kun davomida bola joylashgan muassasada bilimlarni egallash orqali malaka oshiradi);
6)bolani uni asrab olayotgan ota-onalarga topshirish (bu jarayon vasiylik va adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi)
Bola yangi oilaga qabul qilingach, ijtimoiy-pedagogik patronaj tashkil etiladi.
Bola asrab olish borasidagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat ijtimoiy ta’minot bo‘limlarining xodimlari, shifokorlar, psixologlar, defektologlar va huquqshunoslar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
“Sen yetim emassan” jamg‘armasining ijtimoiy-pedagogik faoliyati. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylikka muhtoj bolalarni tarbiyalash, ijtimoiylashtirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan majmuaviy chora-tadbirlarga bevosita Respublika “Bolalarni ijtimoiylashtirish” Markazi hamda “Sen yetim emassan” jamg‘armasi boshchilik qilib kelyapti. “Sen yetim emassan” jamg‘armasi 2002 yilda tashkil topgan bo‘lib, “Go‘daklar uylari” hamda “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga moslashtirish yo‘lidagi faoliyatni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |