Andijon davlat universiteti umumiy pedagogika kafedrasi ijtimoiy pedagogika


Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoylar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida



Download 5,49 Mb.
bet115/210
Sana28.01.2023
Hajmi5,49 Mb.
#904432
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   210
Bog'liq
majmua 2022 yil Ijtimoiy ped

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoylar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoylar bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.
2. O‘zlariga biriktirilgan turarjoyga ega bo‘lmagan va turarjoyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ular toifasiga kiradigan 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar deb ataladi) ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda turarjoy olish huquqiga egadir.
3. Yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turarjoylar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uylardan yoki vaqtincha foydalanilmayotgan, davlat mulki bo‘lgan yotoqxonalardagi, uy-joylardagi hamda ko‘p kvartirali uylardagi bo‘sh turgan kvartiralardan beriladi.
Bunda agar yotoqxonalar, uy-joylar va ko‘p kvartirali uylardagi bo‘sh turgan kvartiralar so‘nggi olti oy mobaynida belgilangan tartibda egallanmagan bo‘lsa, yoxud tegishli asoslarsiz boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan bo‘lsa vaqtincha foydalanilmayotgan uylar deb e’tirof etiladi, mazkur turarjoylar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda saqlab turilgan hollar bundan mustasno.
4. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va davlat boshqa tashkilotlari foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uy-joylar va ko‘p kvartirali uylardagi bo‘sh turgan kvartiralarning ular negizida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun oilaviy yotoqxonalar va kvartiralar tashkil etish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlariga foydalanish uchun berilishini yoki ularning balansiga o‘tkazilishini belgilangan tartibda ta’minlaydilar.
Xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik subyektlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyoriy tuziladigan bepul foydalanish, hadya qilish shartnomalari yoki boshqa shartnomalar asosida mahalliy davlat hokimiyati organlariga uy-joylarni, keyinchalik ularni yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga berish uchun foydalanishga berishi yoki ushbu organlar mulkiga o‘tkazishi mumkin.
Bunda ushbu Nizomga muvofiq bepul beriladigan uy-joylar O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq yuridik shaxslarga solinadigan foyda solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq olish obyekti hisoblanmaydi.
5. Mahalliy davlat hokimiyati organlari balansida bo‘lgan hamda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga berish uchun mo‘ljallangan turarjoylar maqsadli kommunal uy-joy fondiga kiritiladi va ular bo‘yicha alohida hisob yuritiladi.
Idoraviy uy-joy fondidagi foydalanilmayotgan turarjoylarni berish tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari bo‘sh turarjoy bo‘lmaganda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ijtimoiy normadan kam bo‘lmagan uy-joy maydoni bo‘lgan turarjoyni sotib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar yoki tegishli hokimliklarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjet mablag‘lari beradilar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ushbu Nizomga muvofiq beriladigan, shu jumladan budjet mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan turarjoylar xususiylashtirilmaydi. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turarjoy olish huquqi bir marta beriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
II. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turarjoyga bo‘lgan huquqini ta’minlash tartibi
8. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalash uchun yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasalarga, oilaviy bolalar uylariga, farzandlikka olgan oilalarga, vasiylar yoki homiylarga yuborishda tuman (shahar) hokimining qarori bilan uning yashash joyi bo‘yicha turarjoyini bolada saqlab turish kafolati belgilanadi.
9. Biriktirilgan turarjoyga ega bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan muassasalarda, boshqa ta’lim muassasalarida, oilaviy bolalar uylarida, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy (homiy) qaramog‘ida bo‘lgan to‘liq davrda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni o‘tash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan davrida turarjoyga bo‘lgan huquqini saqlab qoladi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalash uchun yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasaga yuborishda, oilaviy bolalar uyiga, farzandlikka olgan oilaga, vasiy yoki homiyga topshirishda ota-onalar yoki boshqa shaxslar tomonidan sotib yuborilishi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilishi natijasida bolalar mavjud turarjoydan mahrum bo‘lgan holat aniqlangan taqdirda vasiylik va homiylik organlari yoki ularning qonuniy vakillari bitimni haqiqiy emas deb topish uchun sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishlari shart.
Bunda tuman (shahar) hokimining qarorida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hisobida turarjoyning saqlab turilishi uni haqiqatda qaytarib olish bo‘yicha sudning tegishli qarori ijro etilgandan so‘ng rasmiylashtirilishi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yashash joyi bo‘yicha tuman (shahar) vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hisobida turar joyning saqlab turilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi va turar joylarning noqonuniy sotilganligi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, aniqlangan kundan boshlab besh kun ichida bitimni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
11. Quyidagi holatlardan birida, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ular o‘z hisobida saqlab turilgan turarjoyga qaytib borishi mumkin emas deb hisoblanadi:
1) bunday turarjoyda har qanday asoslarga ko‘ra quyidagi shaxslar yashayotganligi:
ota-onalik huquqidan mahrum bo‘lganlar;
vasiy yoki homiylar vazifasini bajarishdan belgilangan tartibda chetlashtirilganlar;
sobiq farzandlikka oluvchilar;
sil, surunkali kasalliklarning og‘ir shakllari bilan og‘riganlar, agar bunday shaxslar bilan tibbiy, sanitariya yoki boshqa ko‘rsatmalarga ko‘ra birga yashash mumkin bo‘lmasa;
2) bola hisobida saqlab turilgan turarjoy bo‘lgan uyning buzib tashlanganligi yoki turarjoyning qulaylik, sanitariya, texnika talablariga va boshqa normalarga javob bermasligi, shuningdek turarjoyning yoki uning bir qismining vayron bo‘lganligi (vayron bo‘lish xavfi, avariya holatida bo‘lishi);
3) bola hisobida saqlab turilgan turarjoydan u yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasada, oilaviy bolalar uyida, farzandlikka olgan oilada, vasiy yoki homiy qaramog‘ida bo‘lgan davrida sotish va boshqacha tarzda begonalashtirish natijasida mahrum bo‘lganligi, agar turarjoyni haqiqatda qaytarib olish bo‘yicha sudning ijro etilgan qarori bo‘lmasa;
4) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning mustaqil hayotga kirishida ularning jamiyatga ijtimoiy moslashuviga to‘sqinlik qiladigan boshqa holatlarning mavjudligi.
12. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasadan bolaning chiqishidan bir yil oldin yoki oilaviy bolalar uyida, farzandlikka olgan oilada, vasiy yoki homiy qaramog‘ida bo‘lishining tugashiga qolgan shu muddatda ularning qonuniy vakili mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan holatlarning biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lgan taqdirda bolaning yashash joyi bo‘yicha vasiylik va homiylik organiga uni o‘z hisobida saqlab turilgan turarjoyga qaytib borishining imkoni yo‘q deb topish to‘g‘risida yozma ravishda murojaat qiladi.
13. Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning qonuniy vakilining bunday bolaning yashash joyi bo‘yicha o‘z hisobida saqlab turilgan turarjoyga qaytib borishiga to‘sqinlik qiladigan holatlar mavjudligi to‘g‘risidagi iltimosnomani bir oy davomida ko‘rib chiqadi va asoslantirilgan xulosa qabul qiladi.
14. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni yashash joyi bo‘yicha o‘z hisobida saqlab turilgan turarjoyga qaytib borishining imkoni yo‘qligi haqidagi xulosa vasiylik va homiylik organi tomonidan mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan holatlardan loaqal biri mavjud bo‘lganda qabul qilinadi.
Vasiylik va homiylik organining yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani yashash joyi bo‘yicha o‘z hisobida saqlab turilgan turarjoyga qaytib borishining imkoni yo‘qligi haqidagi xulosasiga asosan tuman (shahar) hokimi bir oy muddat mobaynida uni joylashtirish shaklini belgilash haqida ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq qabul qilingan qarorga (yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turarjoyga bo‘lgan huquqlariga doir) tegishli o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Tuman (shahar) hokimining qarori bolani ilgari band qilgan turarjoyga qaytib borishiga imkon bermaydigan yoki maqsadga muvofiq bo‘lmagan ilgari ma’lum bo‘lmagan yoki mavjud bo‘lmagan yangi aniqlangan holatlar mavjud bo‘lsa kechroq muddatda (yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar toifasidagi bolani yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasadan chiqishiga qadar, oilaviy bolalar uyida, farzandlikka olgan oilada, vasiy yoki homiy qaramog‘ida bo‘lishning tugashiga qadar) ham qabul qilinishi mumkin.
III. Turarjoylarga muhtoj bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni hisobga qo‘yish
15. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasalarda, oilaviy bolalar uylarida, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy yoki homiylar qaramog‘ida tarbiyalangan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning qonuniy vakillari bolalarning ularda bo‘lish muddati tugashidan olti oy oldin bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga ariza beradilar va ularning turarjoy olish huquqini tasdiqlovchi tegishli ma’lumotlarni taqdim etadilar.
Bolaning yashash joyi bo‘yicha vasiylik va homiylik organi ko‘rsatilgan ma’lumotning kelib tushishini nazorat qiladi va zarur hollarda, tegishli hujjatlarni o‘zi so‘rab oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning qonuniy vakillari tomonidan taqdim qilingan hujjatlarga asosan bolalarning yashash joyi bo‘yicha vasiylik va homiylik organi uch ish kuni mobaynida ularni tuman (shahar) hokimligiga (agar bolaning yashash (doimiy propiska qilingan) joyi o‘zgargan bo‘lsa o‘sha joyidagi tuman (shahar) hokimligiga hujjatlar to‘plamini hamda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoyga muhtojlar sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risida asosli taqdimnomani yuboradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son)
17. Vasiylik va homiylik organining taqdimnomasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ularga ijara shartnomasi asosida turarjoy berish haqidagi arizasi;
Oldingi tahrirga qarang.
2) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki pasportining nusxasi, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma;
(17-bandning 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
3) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning hujjatlarni taqdim qilish vaqtida yashash joyi haqidagi ma’lumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
4) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarda (bolaning ota-onasi yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onasi mavjud bo‘lsa ularda) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali mulk huquqi asosida ko‘chmas mulk mavjudligi (mavjud emasligi) haqidagi ma’lumotnomasi;
(17-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
5) vasiy (homiy) qaramog‘ida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning maqomini tasdiqlaydigan hujjatlarning nusxasi (ota-onaning biri yoki yagona ota yoki onaning o‘limi haqidagi guvohnoma, sudning ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qarori va boshqalar);
6) tuman (shahar) hokimining bolani tarbiyalash va ta’minlash uchun yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasaga, oilaviy bolalar uyiga, vasiy yoki homiy qaramog‘iga topshirish haqidagi qarori nusxasi;
7) vasiylik va homiylik organi bilan tutingan ota-onalar o‘rtasida tuzilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish to‘g‘risidagi bitim nusxasi;
8) vasiylik va homiylik organlarining yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hisobida ularga birkitilgan turarjoy mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Taqdimnoma tuman (shahar) hokimligi Uy-joy maydonini hisobga olish va taqsimlash komissiyasining (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) mas’ul kotibi tomonidan yuritiladigan Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joyga muhtojlar sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni ro‘yxatga olish daftarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Mazkur daftarning sahifalari raqamlanadi, ip bilan tikiladi, komissiya raisining imzosi bilan tasdiqlanadi va unda quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi:
a) tartib raqami;
b) taqdimnomaning kelib tushgan sanasi;
v) taqdimnoma kim tomonidan va qachon yuborilganligi;
g) hisobga qo‘yilishi lozim bo‘lgan voyaga yetmaganning (shaxsning) F.I.Sh.;
d) hisobga qo‘yilishi lozim bo‘lgan voyaga yetmaganning (shaxsning) tug‘ilgan yili, oyi, kuni;
e) hujjat mazmuni;
j) Komissiya xulosasining qisqacha mazmuni.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Tuman (shahar) hokimligiga kiritilgan taqdimnoma ro‘yxatga olingandan so‘ng komissiya tomonidan oldindan ko‘rib chiqiladi.
Komissiya tarkibi — rais, rais o‘rinbosari, mas’ul kotib va komissiyaning 6 — 8 nafar a’zosidan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya a’zolari soni komissiyaning ish hajmiga qarab belgilanadi.
Tuman (shahar) hokimi — Komissiya raisi, hokimning ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari — Komissiya raisining o‘rinbosari, hokimlikning mas’ul xodimi — Komissiya kotibi etib tayinlanadi.
Komissiya tarkibiga tuman (shahar) vasiylik va homiylik organi, moliya, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar bo‘limi, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining uyushmalari (mavjud bo‘lgan hududlarda) vakillari kiritiladi.
Komissiya yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joy sharoitlarini va tegishli hujjatlarni o‘rganib chiqqandan keyin fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda tekshirish dalolatnomasini tuzadi.
Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, Komissiya vasiylik va homiylik organi yoki boshqa tegishli tashkilotlardan hujjatlarni talab qilib oladi.
Tekshirish dalolatnomasiga va boshqa hujjatlarga muvofiq Komissiya yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni hisobga qo‘yish yoki hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida xulosa tuzadi, u tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
20. Tuman (shahar) hokimligi tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni hisobga qo‘yish yoki hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risidagi qaror taqdimnoma kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz ish kunidan kechikmay qabul qilinadi.
21. Tuman (shahar) hokimligi tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechikmay yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni hisobga qo‘yish yoki hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomani vasiylik va homiylik organiga beradi yoki jo‘natadi.
22. Tuman (shahar) hokimligi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoyga muhtojlar sifatida hisobga qo‘yish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda asoslangan qaror qabul qiladi.
23. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoyga muhtojlar sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi qaror, bunday qaror qabul qilishga asos bo‘lgan tegishli hujjatlar bilan birga uch ish kunidan kechiktirmasdan tuman (shahar) hokimligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga turarjoy berish haqidagi masalani ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
24. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar quyidagi holatlarda turarjoyga muhtojlar sifatidagi hisobdan chiqariladi:
ular tomonidan mazkur Nizomga muvofiq turarjoy olish huquqini beradigan asoslar yo‘qotilganda;
ular yashash uchun boshqa aholi punktiga ketishganda;
mazkur Nizomga muvofiq ularga turarjoy berilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
ular tomonidan turarjoy sotib olish uchun belgilangan tartibda maqsadli transfertlar, shu jumladan budjet mablag‘lari olinganda;
(24-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
hujjatlarda hisobga qo‘yishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning haqiqatga mos kelmasligi aniqlanganda.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoyga muhtojlar sifatidagi hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror tuman (shahar) hokimi tomonidan bunday qarorlar qabul qilishga asos bo‘lgan holatlar aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz ish kunidan kechikmay qabul qilinadi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoyga muhtojlar sifatidagi hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qarorda ushbu bandda nazarda tutilgan holatlarga albatta havola qilingan asoslar qayd qilinishi lozim.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoyga muhtojlar sifatidagi hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror bunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmasdan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga beriladi yoki jo‘natiladi hamda qaror yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
IV. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turarjoylar berish tartibi
25. Turarjoyga muhtojlar sifatida hisobga qo‘yilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turarjoylar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari asosida navbatdan tashqari beriladi.
Turarjoy berish to‘g‘risidagi qaror bunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirilmasdan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga beriladi yoki jo‘natiladi.
26. Turarjoylar berish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasada, oilaviy bolalar uyida, farzandlikka olgan oilada, vasiy yoki homiy qaramog‘ida bo‘lishi tugayotgan yilning 1-iyuniga qadar bo‘lgan muddatda turarjoylar bilan ta’minlanadilar.
27. Turarjoylar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq ijara shartnomasi asosida beriladi.
Berilayotgan turarjoy bo‘sh, alohida, qulay va shinam bo‘lishi, belgilangan sanitariya me’yorlariga va texnik me’yorlarga, qonun hujjatlarining boshqa talablariga javob berishi lozim.
28. Turarjoy berish to‘g‘risidagi qaror asosida tuman (shahar) hokimligi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga belgilangan namunadagi order beradi, u berilgan turarjoyga ko‘chib kirish uchun asos hisoblanadi.
29. Order turarjoy berish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq, uy-joy maydonini hisobga olish va taqsimlash bo‘limi yoki tuman (shahar) hokimi tomonidan tayinlanadigan maxsus vakolatli mansabdor shaxs tomonidan beriladi. Order faqat amalda bo‘sh turgan turarjoy uchun beriladi.
30. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoyga order berish, agar ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar turarjoy berish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmasa, tuman (shahar) hokimining qarori bilan to‘xtatiladi.
31. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoylarni hisobga olish va turarjoy uchun berilayotgan ordyerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tegishli tuman (shahar) hokimliklarida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
311. Tuman (shahar) hokimligi tomonidan turar joyga muhtojlar sifatida hisobga qo‘yilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda turar joy uchun berilgan ordyerlar to‘g‘risidagi yillik hisobotlar tuman (shahar) hokimligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga keyingi yilning 17-yanvarigacha hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga keyingi yilning 22-yanvarigacha taqdim etilishi lozim.
(311-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
32. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoyga berilgan order sud tartibida haqiqiy emas deb e’tirof etilishi mumkin.
V. Turarjoyni ijaraga berish shartnomasi
33. Tuman (shahar) hokimligi yoxud uning tomonidan vakil qilingan boshqaruvchi tashkilot hamda turarjoy berilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoyni saqlash va undan foydalanish bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlar uy-joy qonunchiligi hamda mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Turarjoyni ijaraga berish namunaviy shartnomasi asosida tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.
34. Turarjoyni ijaraga berish shartnomasi tuman (shahar) hokimligi yoxud uning tomonidan vakil qilingan boshqaruvchi tashkilot va nomiga order berilgan yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida yozma shaklda 5 yil muddatga tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tuman (shahar) hokimi tomonidan berilgan orderga asosan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar turar joy joylashgan manzilga, ijara shartnomasida belgilangan muddatga tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan propiska qilinadilar.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son)
35. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoyni ijaraga berish shartnomasining muddati shartnoma imzolangan kundan boshlab hisoblanadi va mazkur Nizomning 34-bandida ko‘rsatilgan muddatda tugaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joyni ijaraga berish shartnomasi Komissiya xulosasiga asosan yangi muddatga tuzilishi mumkin.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar fuqaro (shaxs) ijaraga berilgan turar joyda shartnoma tuzilgan muddatda doimiy ravishda istiqomat qilmasa, turar joydan maqsadli foydalanmasa, huquqbuzarliklar sodir etsa, shuningdek kommunal to‘lovlardan qarzdorligi mavjud bo‘lgan hollarda turar joyni ijaraga berish shartnomasi qayta tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joyni ijaraga berish shartnomasini yangi muddatga tuzish zarur bo‘lgan taqdirda yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar Komissiyaga ariza beradilar, Komissiya arizani ko‘rib chiqqandan keyin fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda tegishli tuman (shahar) hokimiga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoyni ijaraga berish shartnomasi qayta tuzilishi mumkin bo‘lgan muddat to‘g‘risida taklif kiritadi.
(35-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
Tuman (shahar) hokimining qarori asosida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoyni ijaraga berish shartnomasi belgilangan tartibda qayta tuziladi.
36. Turarjoyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
37. Tomonlarning turarjoyni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha shartlarni bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun javobgarligi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda tomonlarning bitimi bilan belgilanadi.
VI. Yakuniy qoidalar
38. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mazkur Nizomga muvofiq ijaraga berilgan turarjoy uchun to‘lov undirilmaydi. Bunda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar belgilangan tartibda quyidagilar uchun:
umumiy mulkni saqlash, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash bo‘yicha umumiy xarajatlar uchun — xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga yoki boshqa boshqaruvchi tashkilotga;
kommunal xizmatlar uchun — kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilarga to‘lovni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Agarda turar joyning yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ijaraga berilgunga qadar bo‘lgan davr uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati yoki boshqa boshqaruvchi tashkilotdan hamda kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilardan qarzdorligi mavjud bo‘lsa, barcha turdagi qarzdorlik to‘lovlari ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirildi — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
39. Mazkur Nizomga muvofiq berilgan turarjoy bo‘shagan taqdirda ushbu turarjoy boshqa yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mazkur Nizomga muvofiq taqsimlanadi.
40. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoylar berish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilagan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoylar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Turarjoyni ijaraga olish
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tizimidagi “Mehribonlik” uylari hamda Bolalar shaharchalarida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o`rganildi.
Bugungi kunda Xalq ta`limi vazirligiga qarashli 17 ta “Mehribonlik” uylari va 4 ta Bolalar shaharchalarida 2047 nafar yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan voyaga yetmaganlar tarbiyalanmoqda. Аyni paytda Respublikadagi 2047 nafar tarbiyalanuvchidan chin yetimlari soni 316 (15,5%) nafarni tashkil etadi, 506 (24,7%) nafarining otasi yoki onasi bor, 770 (37,6%) nafar bola otalik va onalik huquqidan mahrum etilganlarning farzandlaridir. 235 nafar kam ta`minlangan oila farzandlari “Mehribonlik” uylarida yashamoqda. Ularning otasi ham, onasi ham bor. Bitta bolani “Mehribonlik” uyida tarbiyalash hozirda davlatga bir oyda 2,5 mln so`mga tushmoqda.

Ushbu holatni o`rganilgan barcha “Mehribonlik” va bolalar uylarida ko`rishimiz mumkin. Qashqadaryo viloyatidagi 5-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari jami 83 nafar bo`lib, bor yo`g`i 15 nafari chin yetim, 27 nafar kam ta`minlangan oila farzandlari, 4-sonli “Mehribonlik” uyining jami tarbiyalanuvchilari 97 nafar, chin yetimlar 29 nafar, kam ta`minlangan oilaning farzandlari 34 nafar, Farg`ona viloyatidagi 1-sonli “Mehribonlik” uyida jami tarbiyalanuvchilari 153 nafar, chin yetimlar 14 nafar, kam ta`minlangan oilaning farzandlari 20 nafar, 12-sonli “Mehribonlik” uyida jami tarbiyalanuvchilari 139 nafar, chin yetimlar 15 nafar, kam ta`minlangan oilaning farzandlari 6 nafar, yolg`iz ona farzandi 44 nafar, Аndijon viloyat bolalar shaharchasida jami tarbiyalanuvchilari 90 nafar, chin yetimlar 23 nafar, kam ta`minlangan oilaning farzandlari 12 nafar. Buxoro viloyat 32-sonli “Mehribonlik” uylarida 103 nafar bolalar ta`lim tarbiya olishmoqda. Ularning 3 nafari chin yetim, 18 nafarining yo onasi yoki otasi borlar, 46 nafarining ota-onalari ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar, 13 nafari kam ta`minlangan oila bolalari, 6 nafarining ota-onasi ozodlikdan mahrum qilingan, 6 nafar nogiron oila farzandlari, 12 nafari ota-onasi voz kechganlarni tashkil qiladi.


O`zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi Qonunning 3-moddasida “etim bola” tushunchasiga tarif berilgan bo`lsada, “Mehribonlik” uylari va bolalar uylarida chin yetim, chala yetim, ijtimoiy yetim, yarim yetim kabi so`zlar bilan yetimlik tushunchasiga o`zlaricha yondashmoqdalar. “Mehribonlik” uyi to`g`risidagi nizomga asosan kam ta`minlangan, ko`p bolali oilalarning bolalari, faqat otasi yoki onasi bor bo`lgan bolalar ushbu oilalarni bir yilgacha muddatda ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida vaqtinchalik qabul qilinishi, ularning bundan keyin “Mehribonlik” uyida bo`lishi tarbiyalanuvchi yashaydigan joy bo`yicha vasiylik va homiylik organining xulosasiga ko`ra tuman (shahar) hokimining qarori bilan hal qilinishi belgilangan. Lekin bunday bolalar yillab muassasalarda hokimlar qarorlari asosida qolib ketmoqda. Yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni turar-joy bilan ta`minlash tartibi belgilab berilgan bo`lsa-da, joylarda bu boradagi ahvol qoniqarli emas.
Monitoringlar davomida o`rganilgan “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari 2020 yilning 6 oyi davomida chuqurlashtirilgan tibbiy ko`riklardan o`tkazilmagan va sog`lomlashtirish ishlari olib borilmaganligi aniqlandi. Tarbiyalanuvchilarni SanQvaM talablari bo`yicha ratsional ovqatlantirilishiga yetarli e`tibor berilmayabdi.
Аlbatta, davlatimiz tomonidan bu bolalar doimiy e`tiborda, qo`llab-quvvatlab kelinadi. Prezidentimizning 2019 yil 12 fevraldagi “Etim bolalar va ota-onasining qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorida ijtimoiy yetimlikni yanada kamaytirish, yetim bolalar va ota-onasining qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularning jadal ijtimoiy moslashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratish, tarbiya muassasalarining ish faoliyatini yaxshilash, shuningdek, jismonan sog`lom va ma`naviy yetuk avlodni tarbiyalashda oilaning rolini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar belgilandi. Ta`kidlash joizki, “Bola huquqlari to`g`risida”gi konventsiyasining talablariga asosan bola oila g`amhurligida o`smoqligi va buni davlat tomonidan ta`minlashda ko`maklashishi lozimligi ko`rsatilgan va O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 65-moddasida ushbu norma o`z aksini topgan.
Davlatimiz tomonidan qabul qilingan sohaga dahldor Qonun va qonun osti hujjatlarida bolalarning “Mehribonlik” uylarida tarbiyalanishiga ohirgi chora sifatida qarash lozimligi, yetim va ota ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarning muqobil tarzda joylashtirishning qo`yidagi yo`nalishlaridan samarali foydalanish zarurligi belgilangan.
Birinchidan bolani vasiylik yoki homiylikka berish.
Ikkinchidan bolani farzandlikka berish (Bugungi kunda vasiylik va homiylik organlarida 66 ming bola ro`yxatda turibdi. Shuning 32 ming nafari farzandlikka berilgan).
Uchinchidan bolani oilada yashash va tarbiyalanish huquqini kafolatlash maqsadida patronatga (oila tarbiyasiga) berish.
Jami 33610 nafar yetim va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar vasiylik va homiylik organlari nazoratiga olingan, shundan 12796 (38 %) nafari farzandlikka, 14436 (43%) nafari vasiylikka, 5941 (17,7%) nafari homiylikka, 437 (1,3%) nafari oilaga tarbiyaga (patronatga) berilgan.
So`ngi 5 yilda (2015-2019 yillarda) Respublikamizdagi “Mehribonlik” uylari hamda Bolalar shaharchalarini jami 1112 nafar, 2020 yilda esa 336 nafar tarbiyalanuvchilar bitirgan. 2015-2019 yillardagi bitiruvchilar 100 nafari oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirgan. 626 nafari ishga joylashtirilgan. Bitiruvchilarning 43 nafari chet davlatlarga ishlash va yashash uchun chiqib ketgan. 01.11.2020 yil holatiga 345 nafar bitiruvchilarning bandligi ta`minlanmagan.
Bolalar oilalarga tegishli, “Mehribonlik” uylariga emas.

Birinchidan, institutlashtirish bolalarning sog`lig`i va rivojlanishi (ruhiy va jismoniy rivojlanishi)ga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bu salbiy ta`sir bolalar muassasalari barcha talablarga javob bergan va yaxshi moliyalashtirilgan taqdirda ham, kuzatilishi mumkin.


Ikkinchidan, tajovuzlar xavfining yuqori ekani.
Ko`pgina tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, “Mehribonlik” uylarida tarbiyalangan barcha yoshdagi bolalar juda ko`p tajavuzlarni boshdan kechirishadi. Jumladan, ular jismoniy va jinsiy zo`ravonlik, g`amxo`rlikning yo`qligi, shuningdek, odam savdosi yoki ekspluatatsiyaning boshqa ko`rinishlaridan aziyat chekish xavfi ostida bo`lishadi.
Bolalar muassasalarida jamiyat ko`zidan panada sodir bo`layotgan holatlar ustidan doimiy nazorat va kuzatuv olib borish deyarli imkonsiz. «Mehribonlik» uylari va bolalar shaharchalari bino hamda hududlarining videokuzatuv kameralari bilan jihozlanishi yuzaki choralar hisoblanadi. Muammoni faqatgina vasiylikning oilaviy shakllari hamda tutingan ota-onalarni qo`llab-quvvatlash xizmatlari yo`li bilan hal etish mumkin.
Uchinchidan, balog`atga yetgandagi muammolar
Institutsionalizatsiya bitiruvchilarga balog`atga yetganidan keyin ham muammolarni keltirib chiqarishda davom etadi. “Mehribonlik” uylari bitiruvchilarining to`satdan katta hayotga o`tishi qiyin kechadi. Ularning ijtimoiy yakkalanib qolishi, uysiz va ishsiz bo`lib qolishi, jinoyatchiga aylanishi, ruhiy salomatligining buzilishi va ular hattoki o`z joniga qasd qilishgacha borishi mumkin.

Ko`plab oilalarda bolalar odatda ovqat tayyorlash, kir yuvish, oziq-ovqat va kiyim-kechaklarni sotib olish va boshqa shu kabi mayda-chuyda ishlarni o`zlari qiladilar va bu borada mustaqil qaror qabul qila oladilar, biroq bolalar uylarida bu kabi ishlarni boshqalar ular uchun qilib berganlari sababli ularda boqimandalik kayfiyati paydo bo`ladi. Mustaqil hayot ko`nikmalari mavjud bo`lmagani natijasida ular jamiyatdagi mustaqil hayotga tayyor bo`lmagan holda chiqariladi.


Turtinchidan, bolalar uylari davlat budjetiga juda qimmatga tushadi.
Ish haqi jamg`armasi, kommunal xizmatlar va bolalar uyining binolarini saqlash xarajatlari. Moliyaviy xarajatlar bir taraf, lekin ma`naviy zararni taqqoslash qiyin.
Bolalar uylari jamiyatga juda qimmatga tushadi, chunki biz yopiq muassasalarda bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining ruhiyatini va rivojlanishini buzmoqdamiz.
Аgarda yetimxonalardan asta-sekinlik bilan voz kechilib, «ozod qilingan» insoniy va moliyaviy resurslarni professional vasiylik va homiylikni rivojlantirishga yo`naltirsak, bolalarni oilalarga tarbiyalash uchun joylashtirish orqali byudjetdan soliq to`lovchilarning pullari kamroq sarflangan bo`lardi.
Bolalar uylarini yopish zarurligi haqidagi gap ketganida, birinchi navbatda oilalarning ajralib ketishiga barham beradigan ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish hamda o`z oilalari bilan yashay olmaydigan bolalarga munosib muqobil takliflarni taqdim etish zarur. Ikkinchidan, insoniy va moliyaviy resurslarni qayta yo`naltirgan holda bolalarni bosqichma-bosqich muassasalardan ularning ehtiyojlariga ko`proq mos keladigan vasiylikning oilaviy shakllariga o`tkazish zarur.
Eng asosiysi — yetimlik oqibatlari bilan kurashish emas, balki uning oldini olish, himoyaga muhtoj oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash hamda inklyuziv (uyg`unlashgan) rivojlanishga ko`maklashish zarur.
Vazirlar Mahkamasining 21.11.2020 yildagi «Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 739-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 11.02.2019 yildagi «Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» PQ-4185-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada kuchaytirish maqsadida:
XTV, OOʻMTV hamda Moliya vazirligining yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida hamda ularni tamomlagandan soʻng akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va teхnikumlar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya oladigan muddatda toʻliq davlat ta’minotida boʻlishi toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik beriladi. Toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalarga ularning shaхsiy хarajatlari uchun har oyda 2 BHM miqdorida pul mablagʻlari toʻlanadi
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun 100 BHM miqdorida, transportda yurish kartochkalarini olish uchun 5 BHM miqdorida pul nafaqasi beriladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va teхnikumlarda ta’lim olayotgan toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
«Mehribonlik» uyi toʻgʻrisidagi nizom;
Bolalar shaharchasi toʻgʻrisidagi nizom;
Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisidagi nizom.
YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALARNI TURAR JOYLAR BILAN TA’MINLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni turarjoylar bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoylar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turarjoylar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uylardan yoki vaqtincha foydalanilmayotgan, davlat mulki bo‘lgan yotoqxonalardagi, uy-joylardagi hamda ko‘p kvartirali uylardagi bo‘sh turgan kvartiralardan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qo‘yilsinki, bo‘sh turgan turarjoy bo‘lmaganda, tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy norma doirasida uy-joy maydoni bo‘lgan turarjoyni sotib olish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar yoki tegishli hokimliklarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan maqsadli transfert, shu jumladan budjet mablag‘lari beriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoylar sotib olish uchun maqsadli transfertlar, shu jumladan budjet mablag‘lari berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
4. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va davlat boshqa tashkilotlari foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uy-joylar va ko‘p kvartirali uylardagi bo‘sh turgan kvartiralarning ular negizida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun oilaviy yotoqxonalar va kvartiralar tashkil etish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlariga foydalanish uchun berilishini yoki ularning balansiga o‘tkazilishini belgilangan tartibda ta’minlasinlar.
Xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik subyektlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyoriy tuziladigan bepul foydalanish, hadya qilish shartnomalari yoki boshqa shartnomalar asosida mahalliy davlat hokimiyati organlariga uy-joylarni, keyinchalik ularni yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga berish uchun foydalanishga berishi yoki ushbu organlar mulkiga o‘tkazishi mumkin.
Bunda ushbu qarorga muvofiq bepul beriladigan uy-joylar O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq yuridik shaxslarga solinadigan foyda solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq olish obyekti hisoblanmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga berish uchun mo‘ljallangan turarjoylarning qat’iy hisobi olib borilishini hamda ularni turarjoylar bilan ta’minlash to‘g‘risidagi hujjatlarning o‘z vaqtida va xolisona ko‘rib chiqilishi yuzasidan nazoratni;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turarjoylar berishda qonun hujjatlari va mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasinlar.
6. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risidagi Nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.N. Aripov va B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 2-avgust,
164-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-son qaroriga
1-ILOVA
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoylar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoylar bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.
2. O‘zlariga biriktirilgan turarjoyga ega bo‘lmagan va turarjoyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ular toifasiga kiradigan 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar deb ataladi) ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda turarjoy olish huquqiga egadir.
3. Yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turarjoylar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uylardan yoki vaqtincha foydalanilmayotgan, davlat mulki bo‘lgan yotoqxonalardagi, uy-joylardagi hamda ko‘p kvartirali uylardagi bo‘sh turgan kvartiralardan beriladi.
Bunda agar yotoqxonalar, uy-joylar va ko‘p kvartirali uylardagi bo‘sh turgan kvartiralar so‘nggi olti oy mobaynida belgilangan tartibda egallanmagan bo‘lsa, yoxud tegishli asoslarsiz boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan bo‘lsa vaqtincha foydalanilmayotgan uylar deb e’tirof etiladi, mazkur turarjoylar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda saqlab turilgan hollar bundan mustasno.
4. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va davlat boshqa tashkilotlari foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uy-joylar va ko‘p kvartirali uylardagi bo‘sh turgan kvartiralarning ular negizida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun oilaviy yotoqxonalar va kvartiralar tashkil etish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlariga foydalanish uchun berilishini yoki ularning balansiga o‘tkazilishini belgilangan tartibda ta’minlaydilar.
Xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik subyektlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyoriy tuziladigan bepul foydalanish, hadya qilish shartnomalari yoki boshqa shartnomalar asosida mahalliy davlat hokimiyati organlariga uy-joylarni, keyinchalik ularni yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga berish uchun foydalanishga berishi yoki ushbu organlar mulkiga o‘tkazishi mumkin.
Bunda ushbu Nizomga muvofiq bepul beriladigan uy-joylar O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq yuridik shaxslarga solinadigan foyda solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq olish obyekti hisoblanmaydi.
5. Mahalliy davlat hokimiyati organlari balansida bo‘lgan hamda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga berish uchun mo‘ljallangan turarjoylar maqsadli kommunal uy-joy fondiga kiritiladi va ular bo‘yicha alohida hisob yuritiladi.
Idoraviy uy-joy fondidagi foydalanilmayotgan turarjoylarni berish tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari bo‘sh turarjoy bo‘lmaganda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ijtimoiy normadan kam bo‘lmagan uy-joy maydoni bo‘lgan turarjoyni sotib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar yoki tegishli hokimliklarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjet mablag‘lari beradilar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ushbu Nizomga muvofiq beriladigan, shu jumladan budjet mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan turarjoylar xususiylashtirilmaydi. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turarjoy olish huquqi bir marta beriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
II. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turarjoyga bo‘lgan huquqini ta’minlash tartibi
8. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalash uchun yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasalarga, oilaviy bolalar uylariga, farzandlikka olgan oilalarga, vasiylar yoki homiylarga yuborishda tuman (shahar) hokimining qarori bilan uning yashash joyi bo‘yicha turarjoyini bolada saqlab turish kafolati belgilanadi.
9. Biriktirilgan turarjoyga ega bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan muassasalarda, boshqa ta’lim muassasalarida, oilaviy bolalar uylarida, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy (homiy) qaramog‘ida bo‘lgan to‘liq davrda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni o‘tash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan davrida turarjoyga bo‘lgan huquqini saqlab qoladi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalash uchun yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasaga yuborishda, oilaviy bolalar uyiga, farzandlikka olgan oilaga, vasiy yoki homiyga topshirishda ota-onalar yoki boshqa shaxslar tomonidan sotib yuborilishi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilishi natijasida bolalar mavjud turarjoydan mahrum bo‘lgan holat aniqlangan taqdirda vasiylik va homiylik organlari yoki ularning qonuniy vakillari bitimni haqiqiy emas deb topish uchun sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishlari shart.
Bunda tuman (shahar) hokimining qarorida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hisobida turarjoyning saqlab turilishi uni haqiqatda qaytarib olish bo‘yicha sudning tegishli qarori ijro etilgandan so‘ng rasmiylashtirilishi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yashash joyi bo‘yicha tuman (shahar) vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hisobida turar joyning saqlab turilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi va turar joylarning noqonuniy sotilganligi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, aniqlangan kundan boshlab besh kun ichida bitimni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
11. Quyidagi holatlardan birida, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ular o‘z hisobida saqlab turilgan turarjoyga qaytib borishi mumkin emas deb hisoblanadi:
1) bunday turarjoyda har qanday asoslarga ko‘ra quyidagi shaxslar yashayotganligi:
ota-onalik huquqidan mahrum bo‘lganlar;
vasiy yoki homiylar vazifasini bajarishdan belgilangan tartibda chetlashtirilganlar;
sobiq farzandlikka oluvchilar;
sil, surunkali kasalliklarning og‘ir shakllari bilan og‘riganlar, agar bunday shaxslar bilan tibbiy, sanitariya yoki boshqa ko‘rsatmalarga ko‘ra birga yashash mumkin bo‘lmasa;
2) bola hisobida saqlab turilgan turarjoy bo‘lgan uyning buzib tashlanganligi yoki turarjoyning qulaylik, sanitariya, texnika talablariga va boshqa normalarga javob bermasligi, shuningdek turarjoyning yoki uning bir qismining vayron bo‘lganligi (vayron bo‘lish xavfi, avariya holatida bo‘lishi);
3) bola hisobida saqlab turilgan turarjoydan u yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasada, oilaviy bolalar uyida, farzandlikka olgan oilada, vasiy yoki homiy qaramog‘ida bo‘lgan davrida sotish va boshqacha tarzda begonalashtirish natijasida mahrum bo‘lganligi, agar turarjoyni haqiqatda qaytarib olish bo‘yicha sudning ijro etilgan qarori bo‘lmasa;
4) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning mustaqil hayotga kirishida ularning jamiyatga ijtimoiy moslashuviga to‘sqinlik qiladigan boshqa holatlarning mavjudligi.
12. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasadan bolaning chiqishidan bir yil oldin yoki oilaviy bolalar uyida, farzandlikka olgan oilada, vasiy yoki homiy qaramog‘ida bo‘lishining tugashiga qolgan shu muddatda ularning qonuniy vakili mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan holatlarning biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lgan taqdirda bolaning yashash joyi bo‘yicha vasiylik va homiylik organiga uni o‘z hisobida saqlab turilgan turarjoyga qaytib borishining imkoni yo‘q deb topish to‘g‘risida yozma ravishda murojaat qiladi.
13. Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning qonuniy vakilining bunday bolaning yashash joyi bo‘yicha o‘z hisobida saqlab turilgan turarjoyga qaytib borishiga to‘sqinlik qiladigan holatlar mavjudligi to‘g‘risidagi iltimosnomani bir oy davomida ko‘rib chiqadi va asoslantirilgan xulosa qabul qiladi.
14. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni yashash joyi bo‘yicha o‘z hisobida saqlab turilgan turarjoyga qaytib borishining imkoni yo‘qligi haqidagi xulosa vasiylik va homiylik organi tomonidan mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan holatlardan loaqal biri mavjud bo‘lganda qabul qilinadi.
Vasiylik va homiylik organining yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani yashash joyi bo‘yicha o‘z hisobida saqlab turilgan turarjoyga qaytib borishining imkoni yo‘qligi haqidagi xulosasiga asosan tuman (shahar) hokimi bir oy muddat mobaynida uni joylashtirish shaklini belgilash haqida ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq qabul qilingan qarorga (yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turarjoyga bo‘lgan huquqlariga doir) tegishli o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Tuman (shahar) hokimining qarori bolani ilgari band qilgan turarjoyga qaytib borishiga imkon bermaydigan yoki maqsadga muvofiq bo‘lmagan ilgari ma’lum bo‘lmagan yoki mavjud bo‘lmagan yangi aniqlangan holatlar mavjud bo‘lsa kechroq muddatda (yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar toifasidagi bolani yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasadan chiqishiga qadar, oilaviy bolalar uyida, farzandlikka olgan oilada, vasiy yoki homiy qaramog‘ida bo‘lishning tugashiga qadar) ham qabul qilinishi mumkin.
III. Turarjoylarga muhtoj bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni hisobga qo‘yish
15. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasalarda, oilaviy bolalar uylarida, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy yoki homiylar qaramog‘ida tarbiyalangan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning qonuniy vakillari bolalarning ularda bo‘lish muddati tugashidan olti oy oldin bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga ariza beradilar va ularning turarjoy olish huquqini tasdiqlovchi tegishli ma’lumotlarni taqdim etadilar.
Bolaning yashash joyi bo‘yicha vasiylik va homiylik organi ko‘rsatilgan ma’lumotning kelib tushishini nazorat qiladi va zarur hollarda, tegishli hujjatlarni o‘zi so‘rab oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning qonuniy vakillari tomonidan taqdim qilingan hujjatlarga asosan bolalarning yashash joyi bo‘yicha vasiylik va homiylik organi uch ish kuni mobaynida ularni tuman (shahar) hokimligiga (agar bolaning yashash (doimiy propiska qilingan) joyi o‘zgargan bo‘lsa o‘sha joyidagi tuman (shahar) hokimligiga hujjatlar to‘plamini hamda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoyga muhtojlar sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risida asosli taqdimnomani yuboradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son)
17. Vasiylik va homiylik organining taqdimnomasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ularga ijara shartnomasi asosida turarjoy berish haqidagi arizasi;
Oldingi tahrirga qarang.
2) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki pasportining nusxasi, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma;
(17-bandning 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
3) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning hujjatlarni taqdim qilish vaqtida yashash joyi haqidagi ma’lumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
4) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarda (bolaning ota-onasi yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onasi mavjud bo‘lsa ularda) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali mulk huquqi asosida ko‘chmas mulk mavjudligi (mavjud emasligi) haqidagi ma’lumotnomasi;
(17-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
5) vasiy (homiy) qaramog‘ida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning maqomini tasdiqlaydigan hujjatlarning nusxasi (ota-onaning biri yoki yagona ota yoki onaning o‘limi haqidagi guvohnoma, sudning ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qarori va boshqalar);
6) tuman (shahar) hokimining bolani tarbiyalash va ta’minlash uchun yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasaga, oilaviy bolalar uyiga, vasiy yoki homiy qaramog‘iga topshirish haqidagi qarori nusxasi;
7) vasiylik va homiylik organi bilan tutingan ota-onalar o‘rtasida tuzilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish to‘g‘risidagi bitim nusxasi;
8) vasiylik va homiylik organlarining yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hisobida ularga birkitilgan turarjoy mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Taqdimnoma tuman (shahar) hokimligi Uy-joy maydonini hisobga olish va taqsimlash komissiyasining (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) mas’ul kotibi tomonidan yuritiladigan Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joyga muhtojlar sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni ro‘yxatga olish daftarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Mazkur daftarning sahifalari raqamlanadi, ip bilan tikiladi, komissiya raisining imzosi bilan tasdiqlanadi va unda quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi:
a) tartib raqami;
b) taqdimnomaning kelib tushgan sanasi;
v) taqdimnoma kim tomonidan va qachon yuborilganligi;
g) hisobga qo‘yilishi lozim bo‘lgan voyaga yetmaganning (shaxsning) F.I.Sh.;
d) hisobga qo‘yilishi lozim bo‘lgan voyaga yetmaganning (shaxsning) tug‘ilgan yili, oyi, kuni;
e) hujjat mazmuni;
j) Komissiya xulosasining qisqacha mazmuni.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Tuman (shahar) hokimligiga kiritilgan taqdimnoma ro‘yxatga olingandan so‘ng komissiya tomonidan oldindan ko‘rib chiqiladi.
Komissiya tarkibi — rais, rais o‘rinbosari, mas’ul kotib va komissiyaning 6 — 8 nafar a’zosidan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya a’zolari soni komissiyaning ish hajmiga qarab belgilanadi.
Tuman (shahar) hokimi — Komissiya raisi, hokimning ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari — Komissiya raisining o‘rinbosari, hokimlikning mas’ul xodimi — Komissiya kotibi etib tayinlanadi.
Komissiya tarkibiga tuman (shahar) vasiylik va homiylik organi, moliya, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar bo‘limi, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining uyushmalari (mavjud bo‘lgan hududlarda) vakillari kiritiladi.
Komissiya yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joy sharoitlarini va tegishli hujjatlarni o‘rganib chiqqandan keyin fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda tekshirish dalolatnomasini tuzadi.
Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, Komissiya vasiylik va homiylik organi yoki boshqa tegishli tashkilotlardan hujjatlarni talab qilib oladi.
Tekshirish dalolatnomasiga va boshqa hujjatlarga muvofiq Komissiya yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni hisobga qo‘yish yoki hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida xulosa tuzadi, u tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
20. Tuman (shahar) hokimligi tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni hisobga qo‘yish yoki hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risidagi qaror taqdimnoma kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz ish kunidan kechikmay qabul qilinadi.
21. Tuman (shahar) hokimligi tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechikmay yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni hisobga qo‘yish yoki hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomani vasiylik va homiylik organiga beradi yoki jo‘natadi.
22. Tuman (shahar) hokimligi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoyga muhtojlar sifatida hisobga qo‘yish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda asoslangan qaror qabul qiladi.
23. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoyga muhtojlar sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi qaror, bunday qaror qabul qilishga asos bo‘lgan tegishli hujjatlar bilan birga uch ish kunidan kechiktirmasdan tuman (shahar) hokimligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga turarjoy berish haqidagi masalani ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
24. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar quyidagi holatlarda turarjoyga muhtojlar sifatidagi hisobdan chiqariladi:
ular tomonidan mazkur Nizomga muvofiq turarjoy olish huquqini beradigan asoslar yo‘qotilganda;
ular yashash uchun boshqa aholi punktiga ketishganda;
mazkur Nizomga muvofiq ularga turarjoy berilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
ular tomonidan turarjoy sotib olish uchun belgilangan tartibda maqsadli transfertlar, shu jumladan budjet mablag‘lari olinganda;
(24-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
hujjatlarda hisobga qo‘yishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning haqiqatga mos kelmasligi aniqlanganda.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoyga muhtojlar sifatidagi hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror tuman (shahar) hokimi tomonidan bunday qarorlar qabul qilishga asos bo‘lgan holatlar aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz ish kunidan kechikmay qabul qilinadi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoyga muhtojlar sifatidagi hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qarorda ushbu bandda nazarda tutilgan holatlarga albatta havola qilingan asoslar qayd qilinishi lozim.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoyga muhtojlar sifatidagi hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror bunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmasdan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga beriladi yoki jo‘natiladi hamda qaror yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
IV. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turarjoylar berish tartibi
25. Turarjoyga muhtojlar sifatida hisobga qo‘yilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turarjoylar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari asosida navbatdan tashqari beriladi.
Turarjoy berish to‘g‘risidagi qaror bunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirilmasdan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga beriladi yoki jo‘natiladi.
26. Turarjoylar berish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasada, oilaviy bolalar uyida, farzandlikka olgan oilada, vasiy yoki homiy qaramog‘ida bo‘lishi tugayotgan yilning 1-iyuniga qadar bo‘lgan muddatda turarjoylar bilan ta’minlanadilar.
27. Turarjoylar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq ijara shartnomasi asosida beriladi.
Berilayotgan turarjoy bo‘sh, alohida, qulay va shinam bo‘lishi, belgilangan sanitariya me’yorlariga va texnik me’yorlarga, qonun hujjatlarining boshqa talablariga javob berishi lozim.
28. Turarjoy berish to‘g‘risidagi qaror asosida tuman (shahar) hokimligi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga belgilangan namunadagi order beradi, u berilgan turarjoyga ko‘chib kirish uchun asos hisoblanadi.
29. Order turarjoy berish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq, uy-joy maydonini hisobga olish va taqsimlash bo‘limi yoki tuman (shahar) hokimi tomonidan tayinlanadigan maxsus vakolatli mansabdor shaxs tomonidan beriladi. Order faqat amalda bo‘sh turgan turarjoy uchun beriladi.
30. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoyga order berish, agar ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar turarjoy berish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmasa, tuman (shahar) hokimining qarori bilan to‘xtatiladi.
31. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoylarni hisobga olish va turarjoy uchun berilayotgan ordyerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tegishli tuman (shahar) hokimliklarida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
311. Tuman (shahar) hokimligi tomonidan turar joyga muhtojlar sifatida hisobga qo‘yilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda turar joy uchun berilgan ordyerlar to‘g‘risidagi yillik hisobotlar tuman (shahar) hokimligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga keyingi yilning 17-yanvarigacha hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga keyingi yilning 22-yanvarigacha taqdim etilishi lozim.
(311-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
32. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoyga berilgan order sud tartibida haqiqiy emas deb e’tirof etilishi mumkin.
V. Turarjoyni ijaraga berish shartnomasi
33. Tuman (shahar) hokimligi yoxud uning tomonidan vakil qilingan boshqaruvchi tashkilot hamda turarjoy berilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoyni saqlash va undan foydalanish bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlar uy-joy qonunchiligi hamda mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Turarjoyni ijaraga berish namunaviy shartnomasi asosida tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.
34. Turarjoyni ijaraga berish shartnomasi tuman (shahar) hokimligi yoxud uning tomonidan vakil qilingan boshqaruvchi tashkilot va nomiga order berilgan yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida yozma shaklda 5 yil muddatga tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tuman (shahar) hokimi tomonidan berilgan orderga asosan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar turar joy joylashgan manzilga, ijara shartnomasida belgilangan muddatga tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan propiska qilinadilar.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son)
35. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoyni ijaraga berish shartnomasining muddati shartnoma imzolangan kundan boshlab hisoblanadi va mazkur Nizomning 34-bandida ko‘rsatilgan muddatda tugaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joyni ijaraga berish shartnomasi Komissiya xulosasiga asosan yangi muddatga tuzilishi mumkin.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar fuqaro (shaxs) ijaraga berilgan turar joyda shartnoma tuzilgan muddatda doimiy ravishda istiqomat qilmasa, turar joydan maqsadli foydalanmasa, huquqbuzarliklar sodir etsa, shuningdek kommunal to‘lovlardan qarzdorligi mavjud bo‘lgan hollarda turar joyni ijaraga berish shartnomasi qayta tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joyni ijaraga berish shartnomasini yangi muddatga tuzish zarur bo‘lgan taqdirda yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar Komissiyaga ariza beradilar, Komissiya arizani ko‘rib chiqqandan keyin fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda tegishli tuman (shahar) hokimiga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoyni ijaraga berish shartnomasi qayta tuzilishi mumkin bo‘lgan muddat to‘g‘risida taklif kiritadi.
(35-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
Tuman (shahar) hokimining qarori asosida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoyni ijaraga berish shartnomasi belgilangan tartibda qayta tuziladi.
36. Turarjoyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
37. Tomonlarning turarjoyni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha shartlarni bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun javobgarligi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda tomonlarning bitimi bilan belgilanadi.
VI. Yakuniy qoidalar
38. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mazkur Nizomga muvofiq ijaraga berilgan turarjoy uchun to‘lov undirilmaydi. Bunda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar belgilangan tartibda quyidagilar uchun:
umumiy mulkni saqlash, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash bo‘yicha umumiy xarajatlar uchun — xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga yoki boshqa boshqaruvchi tashkilotga;
kommunal xizmatlar uchun — kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilarga to‘lovni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Agarda turar joyning yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ijaraga berilgunga qadar bo‘lgan davr uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati yoki boshqa boshqaruvchi tashkilotdan hamda kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilardan qarzdorligi mavjud bo‘lsa, barcha turdagi qarzdorlik to‘lovlari ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirildi — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 604-modda)
39. Mazkur Nizomga muvofiq berilgan turarjoy bo‘shagan taqdirda ushbu turarjoy boshqa yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mazkur Nizomga muvofiq taqsimlanadi.
40. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoylar berish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilagan tartibda javobgarlikka tortiladi.
3. Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur:
turarjoyni Ijaraga oluvchiga texnik jihatdan soz, yashash uchun yaroqli holatda taqdim etish;
turarjoyni va yotoqxonani, shuningdek uy-joyning texnik qurilmalarini turarjoylardan foydalanish qoidalari talablariga muvofiq saqlash;
kommunal va boshqa xizmatlar uzluksiz ko‘rsatilishini ta’minlash;
turarjoy va uyning texnik qurilmalarida, muhandislik asbob-uskunalarida paydo bo‘ladigan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish;
turar joylar va umumiy foydalaniladigan joylarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mukammal ta’mirlash.
4. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:
berilgan turarjoydan uning belgilangan maqsadida va shartnoma shartlariga muvofiq foydalanish; turarjoy, yordamchi xonalar va asbob-uskunalardan, uy atrofidagi hududdan, shuningdek umumiy foydalaniladigan joylardan boshqa fuqarolar va yuridik shaxslarning uy-joy huquqlariga, boshqa huquqlariga zarar yetkazmasdan vazifasiga ko‘ra foydalanish, tashqi obodonlashtirish obyektlarini ehtiyotlash;
turarjoylardan foydalanish qoidalariga rioya qilish;

turarjoylarni yaxshi saqlash va ularning zarur holatda bo‘lishini ta’minlash;


turarjoyning aniqlangan nosoz elementlari to‘g‘risida Ijaraga beruvchiga o‘z vaqtida ma’lum qilish; avariya vaziyatlari paydo bo‘lganda o‘zi egallab turgan turarjoyga avariyalarni bartaraf etish uchun tegishli ta’mirlash-foydalanish tashkilotlari vakillarining kirishini ta’minlash;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan sanitariya-gigiyena, ekologik, arxitektura-shaharsozlik, yong‘inga qarshi va foydalanish talablarini bajarish;
kommunal xizmatlar hamda uy va umumiy foydalaniladigan mol-mulk ta’minoti uchun to‘lovni yashash oyidan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechikmay to‘lash.
5. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
Ijaraga oluvchidan turarjoydan foydalanish qoidalariga rioya etilishini talab qilish;
Ijaraga oluvchidan kommunal xizmatlar hamda uy va umumiy foydalaniladigan mol-mulk ta’minoti uchun to‘lovlar mazkur shartnomaning 4-bandi to‘qqizinchi xatboshida nazarda tutilgan muddatlarda to‘lanishini talab qilish;

turarjoy va yordamchi xonalarning konstruksiyalari va texnik qurilmalari holatini ko‘zdan kechirib borish;


Ijaraga oluvchi va u bilan birga yashaydigan shaxslar turarjoyni buzsa yoki undan boshqa maqsadlarda foydalansa yoxud yashash qoidalarini muntazam ravishda buzgan holda boshqa shaxslarning o‘zlari bilan bitta kvartirada yoki bitta uyda birga yashashini mumkin bo‘lmaydigan holatga keltirsa va bunda ogohlant�rish va jamoatchilik ta’siri ko‘rsatish choralari natijasiz tugasa, ularni boshqa uy-joy bermasdan sud tartibida ko‘chirib yuborish.
6. Ijara oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
vaqtincha bo‘lmagan vaqtida qonunda nazarda tutilgan tartibda turarjoyga bo‘lgan huquqni o‘zida saqlab qolish yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda mahalliy davlat hokimiyati organlarida muhofaza guvohnomasi (bron) olgan holda turarjoyni bron qilish;
zaruriyat bo‘lganda, Ijaraga beruvchidan kvartiraning, uyning konstruksiyalari va texnik qurilmalarini rejadan tashqari tekshirilishini, aniqlangan qoida buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
Ijaraga beruvchining majburiyatlariga kiradigan kvartira elementlarini ta’mirlash kechiktirilmasligi zarur bo‘lganda, bu haqda Ijaraga beruvchini yozma ravishda xabardor qilgandan keyin uni amalga oshirish va ushbu ishlar qiymatini Ijaraga beruvchidan undirib olish;

ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlar Ijaraga beruvchi tomonidan bajarilmagan taqdirda umumiy mulkni saqlash, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash bo‘yicha to‘lovlarning qayta hisob-kitob qilinishini talab qilish.


Uzoq vaqt ko'rishmagan tanishim bilan tasodifan uchrashib qoldik. Suhbatlashdik. Turmush o'rtog'ining vafotidan so'ng to'rt nafar farzandini mustaqil hayotda yo'lini topishi uchun astoydil mehnat qilgani nigohlarida namoyon edi. Qiyinchilik ko'rgani gaplaridan bilinib turardi. Qarang, umuman yordam puli, nafaqa puli olmabdi, ko'p bolali oilalarga ajratiladigan imtiyozlardan foydalanmabdi. Bu soddalikmi yoki andishami?
YAqinda “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritish to'g'risida”gi qonun loyihasi bilan batafsil tanishdik. Takliflarimizni berdik. Mulohazalar o'rtaga tashlandi. YUqoridagi suhbat bahona bo'ldi-yu, bu borada yanada tizimliroq, izchilroq bandlar, me'yorlar zarurligini his qildim.
Qonun hujjatlarida “ko'p bolali oila” tushunchasiga turlicha mezonlar belgilangan. Masalan, yosh mezoni — maksimal yosh chegarasi 16 va 18 yoshgacha, bola soni uchtadan ettitagacha, deb qayd etilgan. Bu esa, tabiiyki, davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan haqiqatan muhtoj bo'lgan oilalarning teng huquqli foydalanish imkoniyati mavjud emasligini, amaliyotda huquq normalarini qo'llashda ijtimoiy adolat tamoyili buzilishiga shart-sharoit yaratib berayotganini ko'rsatadi.
SHu kabi omillar qonun hujjatlarida ko'p bolali oilalarning huquqiy maqomini aniq belgilash zaruratini vujudga keltirmoqda. YA'ni qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotida ushbu tushunchaning bir xilda qo'llanilishini ta'minlash maqsadida Oila kodeksiga “ko'p bolali oila” tushunchasi va uning huquqiy maqomini belgilovchi qo'shimcha kiritilmoqda. Unga ko'ra, ota-ona yoki ulardan biri bilan birga yashayotgan to'rt va undan ortiq o'n sakkiz yoshga to'lmagan, shuningdek, kunduzgi ta'lim shaklida ta'lim olayotgan yigirma ikki yoshga to'lmagan bolalari bo'lgan oilalar ko'p bolali oilalar hisoblanishi belgilanmoqda.
Bu bilan taklif etilayotgan qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotidagi turli yondashuvlar bartaraf etilishiga, davlat himoyasiga muhtoj ko'p bolali oilalarga ijtimoiy adolat printsipi asosida imtiyozlar berilishiga, xususan, turar joy, er ajratish, soliq to'lovlari va boshqa bir qator imtiyozlardan keng foydalanishga huquqiy asos yaratadi hamda ularni qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Albatta, loyiha tasdiqlansa, yuqoridagi kabi oilalar davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan yanada to'liq foydalanadi. Bu ham oila byudjetiga, ham farzandlarning kelajagiga ijobiy ta'sir qiladi. Qonun loyihasi tasdiqlangach, uni aholi orasida keng targ'ib qilish zarur. Negaki, qonun kuchga kirsa-yu, uning mohiyati va beriladigan imtiyozlarni yurtdoshlarimiz bilmasa, ko'zlangan natijaga erishish mushkul.

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish