Turkiston Muxtoriyati haqida nimalarni bilasiz ?
Sovetlar hokimiyati o‘rnatilgandan keyin Turkistondakechayotgan va tobora chigallashib borayotgan o‘ta murakkab vaziyat o‘lkaning yurtparvar va taraqqiyparvar kuchlarini faol harakatga keltirdi. Ular tashabbusni qo‘lga olib, bolsheviklar bosh bo‘lgan sovet hokimiyatiga qarshi tura oladigan, demokratik asoslarga tayangan, chinakam xalq hokimiyatchiligini o‘zida ifodalagan milliy davlatchilikni tashkil etish tomon yo‘l tutdilar. Bu borada joylarda jiddiy tayyorgarlik ishlari olibborildi. Nihoyat, 1917-yil 26-noyabrida Qo‘qonda o‘lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi chaqirildi. Unda o‘lkaning 5 viloyatidan 200 nafardan ziyodroq vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida «Sho‘-royi Islomiya», «Sho‘royi Ulamo», Musulmon harbiylari sho‘rosi, O‘lka yahudiylar jamiyati namoyandalari qatnashdilar. Qurultoy hay’atiga o‘lka xalqlarining taniqli kishilari — Mustafo Cho‘qay, U.Asadulla-xo‘jayev, Yurali Agayev, S.Akayev, Obidjon Mahmudov, Abdurahmon O‘razayev, Islom Shoahmedov, Kamol qozi, Karimboyev va boshqalar, jami 13 kishi saylandi. Mazkur qurultoyning 3 kun to‘xtovsiz davom etgan faoliyatining yakuni o‘laroq Turkiston Muxtoriyatini tuzishga muvaffaq bo‘lindi.Yangidan tarkib topayotgan davlat Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo‘ldi.Ta’sis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat to‘lig‘icha Turkiston Muvaqqat Kengashi va TurkistonXalq (Milliy) Majlisi(54 kishidan iborat) qo‘lida bo‘lishligi ta’kidlandi.Turkiston Muxtoriyatini qabul qilish haqidagi qarorda shunday deyiladi: «Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta’sis majlisiga havola etadi». Qurultoy «Turkistonda yashab tur-gan milliy ozchilik aholi huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e’lon qiladi».Qurultoyda Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat Kengashi-hukumati tuzildi. Uning tarkibiga 12 kishidan iborat a’zolar saylandi:
1. Muhammadjon Tinishpayev— Bosh vazir, Ichkiishlar vaziri.
2. Islom Shoahmedov— Bosh vazir o‘rinbosari.
3. Mustafo Cho‘qayev— Tashqi ishlar vaziri (ke-yinroq Bosh vazir).
4.Ubaydulla Xo‘jayev— Harbiy vazir.
5. Yurali Agayev— Yer va suv boyliklari vaziri.
6. Obidjon Mahmudov— Oziq-ovqat vaziri.
7. Abdurahmon O‘razayev— Ichki ishlar vaziri-ning o‘rinbosari.
8. Solomon Gersfeld— Moliya vaziri.
Hukumat tarkibiga yana to‘rt kishi — yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar ko‘rsatilgach, keyinchalik kiritilishi belgilandi. Shuningdek, bu huku-matda Saidnosir Mirjalol o‘g‘li xazinachi lavozimini egalladi.Qurultoyning yana bir katta xizmati, bu uning tomonidan Turkiston Xalq Majlisi (parlamenti) tarkibining tuzilganligi bo‘ldi.Milliy majlis tarkibiga saylanganlar orasida Muvaqqat Kengash a’zolaridan tashqari o‘sha davrning atoqli arboblari T.Norbo‘tabekov, S.Sharifxo‘jayev, Nosirxonto‘ra Kamolxonto‘ra o‘g‘li, M.Behbudiy, T.Musaboyev ,Sobirjon Yusupov, Odiljon Umarov va boshqa yurtpeshvolari bor edi.Shunday qilib, o‘lkaning mo‘tabar, millat parvarzotlaridan iborat milliy hokimiyat tashkil etilib, uning zimmasiga ulug‘vor vazifalar yuklandi. Eng muhimi, qaddi bukilgan, qadr-qimmati, g‘ururi o‘zgalar to-monidan kamsitilgan Turkistonni ro‘yobga chiqarish, uning erki, mustaqilligini asta-sekin tiklash, yuksakka ko‘tarish — bu xalqchil hukumatning bosh vazifasi,maqsad-muddaosi edi. Shu boisdan ham o‘lkaning millionlab fuqarolari Turkiston Muxtoriyati e’lon qilinganligini katta qoniqish, ko‘tarinki ruh bilan qarshi oldilar. 1917-yil dekabr oyi boshlarida Toshkent, Namangan, Jalolobod, Qo‘qon, Samarqand shaharlarida va boshqa hududlarda ming-minglab yurt odamlari mitinglar, namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab chiqdilar, bu to‘g‘rida maxsus qarorlar qabul qilindi. Masalan, 6-dekabr Toshkentning eskishahar qismida Turkiston Muxtoriyati tuzilganligiga bag‘ishlab ko‘p ming kishilik katta miting o‘tkazildi .Unda taniqli yurt arboblari: Munavvarqori, Mullo Odilmufti, Said G‘anixon, Pirmuhammad A’lam vaboshqalar so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni chinakam xalqhokimiyati — Turkiston Muxtoriyati tashkil etilganligi bilan qutladilar. Miting ishtirokchilari o‘lka Muvaqqat hukumatin i to‘la qo‘llab-quvvatlashlarini izhor etib,qaror qabul qildilar. O‘sha davr milliy matbuoti sahifalarida Turkiston ulug‘lari tomonidan muxtor hokimiyatni qo‘llab-quvvatlash, uning istiqboli uchun fidoyilik bilan kurash olib borish kerakligi xususidako‘plab maqolalar bitildi. Jumladan, Fitratning «Muxtoriyat» maqolasida«...Qurultoy o‘z ishini qildi. Qolganlari butun millatning vazifasidur. Muxtoriyatni saqlamoq uchun kuch lozim.Muxtoriyatni bajarmoq uchun aqcha kerakdir. Bularni millat hozir qilsun», deb xitob qilingan edi.«Hurriyat» gazetasi, 1917-yil 5-dekabr. Turkiston mehnatkashlari o‘z milliy hukumati tuzilishini qanchalik qo‘llab-quvvatlab, unga ishonch va umidlari ortib bormasin, biroq o‘lkada o‘rnashi bo`lgan va asosiy boshqaruv jilovini qo‘lda ushlab turgan Turkiston sovet hukumati va uning joylardagi hokimiyat mahkamalari voqealarning bu tarzda rivojlanishiga izn bermay, muxtoriyat va uning tarafdorlarini yo‘q qilish yo‘lini butun choralar bilan o‘tkazib bordi. 1917-yil 13-dekabrda Toshkentda muxtoriyatni yoqlab o‘tkazilgan katta mitingning zo‘rlik bilan tarqatib yuborilishi, bugina emas, unda sovet kuchlari otgan miltiq va pulemyotlar sadosi ostida ko‘plab qurbonlar berilishi — bu Turkiston Muxtoriyatiga nisbatan uyushtirilgan dastlabki suiqasd edi.Turkiston Muxtoriyati og‘ir, mashaqqatli sinovlarjarayonini boshdan o‘tkazayotgan bir kezda, ya’ni1917-yil 25-dekabr kuni Qo‘qonda o‘lka musulmon ishchi, askar va dehqonlarining I favqulodda qurultoyi ish boshladi. Unda 200 ga yaqin vakillar ishtirok etdi.Qurultoy muxtoriyatni har tomonlama quvvatlash,unga moddiy va ma’naviy madad ko‘rsatish shiori ostida o‘tdi. Unda o‘lkaning qonuniy hukumati tarkibini musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari qurultoyi vakillari hisobiga to‘ldirish to‘g‘risida qaror qilindi.Qurultoy o‘zining so‘nggi ish kuni 27-dekabrda Petrogradga, Xalq Komissarlari Soveti Raisiga telegramma yo‘lladi. Unda Turkiston Muxtoriyatini e’tirof etish, uning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishiga izn berish so‘ralgan edi. Xususan, telegrammada shunday deyilgandi:«...Bugun Turkiston xalqi ikkala qurultoyda TurkistonMuxtoriyatini bir ovozdan e’lon qildi va Turkiston Ta’sis Majlisiga o‘lkani boshqarishning so‘nggi shaklini ishlabchiqish taklif etildi.Saylangan Xalq Kengashida ruslar va yevropaliklar shahar va qishloqlar aholisining 2 foizini tashkil etsada, biz tomonimizdan 33 foiz o‘rin ajratilgan.Turkiston musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlarining birinchi favqulodda qurultoyida qabul etilgan qaror haqida ma’lumot berib, sizlardan.Toshkent Xalq Komissarlari Sovetiga hokimiyatni Turkiston Muvaqqat hukumatiga topshirish to‘g‘risida farmoyish berishingizni so‘raymiz. Bu bilan siz Turkistonni juda katta falokatga olib keluvchi anarxiya va qo‘sh hokimiyatchilikdan qutqargan bo‘lardingiz». Biroq, ming afsuski, butun bir o‘lka xalqlarining xohish-irodasi, orzu-maqsadlarini ifodalab, nufuzli xalq qurultoyi tomonidan bolsheviklar va sovetlar yo‘lboshchisi nomiga yo‘llangan bu telegramma talablari qondirilmadi. Buning aksicha, ochiq va yashirin tarzda foaliyat yuritayotgan Turkiston Muxtoriyatini tez orada tugatish haqida ko‘rsatma berdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |