Andijon davlat universiteti
Pedagogika fakulteti
BTSTI yo`nalishi I bosqich
102-guruh talabasi
Nurmuxammedova Shaxodatning
“ O`zbekiston tarixi “
fanidan bajargan ishi
1. Rossiyadagi 1917-yil inqiloblarining Turkistonga ta`siri haqida gapirib bering.
Rossiya samoderjaviyasi zulmi,hukmronligiga qarshi uzluksiz davom etib kelgan kurash,nihoyat 1917-yil fevraliga kelib g‘alaba qozondi. Uch asr davomida Rossiya saltanatini to‘xtovsiz boshqaribkelgan Romanovlar sulolasi hukmronligi ag‘darildi. Mutlaq monarxiya tuzumi quladi. Mart oyi boshlarida Rossiya burjuaziyasi doiralari vakillaridan tashkil topgan Muvaqqat hukumat faoliyat ko‘rsata boshladi. Ayni chog‘da Petrogradda va boshqa joylarda ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlari tuzilib, hokimiyat organlari sifatida ish yurita boshladi. Shu tariqa, Rossiyada tarixda nihoyatda kamdan kam uchraydigan noyob hodisa — ikki hokimiyatchilik boshqaruvi vujudga keldi. Bu hol o‘sha vaqtdagi mamlakatda vujudga kelgan siyosiy kuchlar nisbatini o‘zida aks ettirardi.Rossiyada fevral inqilobining amalga oshishi, siyosiy tuzumning o‘zgarishi, demokratik jarayonlarning yuzaga kelishi uchun qulay imkoniyatlarning ochilishi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy voqealarning borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘lka hayotida yuz bergan muhim siyosiy o‘zgarishlardan biri — bu Rossiya mus-tamlakachiligi boshqaruvi ramzi bo‘lib kelgan Turkiston general-gubernatorligi mahkamasining tugatilganligi bo‘ldi. Uning o‘rniga Muvaqqat hukumatga bo‘ysunuvchi Turkiston qo‘mitasi tashkil etildi. Aynichog‘da viloyatlardagi harbiy gubernatorlik ham tugatildi. Ularning o‘rniga viloyat komissarliklari tuzildi. Eng muhimi, fevral o‘zgarishi Turkiston o‘lkasi xalqlari hayotiga muayyan demokratik jarayonlarni baxsh eta bordi. Endilikda keng xalq ommasi, uning turli ijtimoiy qatlamlari faol harakatga kela boshladi.O‘lkaning yirik shaharlarida tashkil topgan va asosiy tarkibi mahalliy millat vakillaridan iborat kasaba uyushmalari, chunonchi, binokorlar, quruvchilar,ko‘nchilar, duradgorlar va boshqa kasb kishilarini birlashtirgan uyushmalar ham aholining tub manfaatlari,ularning iqtisodiy va siyosiy talablarini himoya yuritdilar. 1917-yilning may oyiga kelib Turkiston o‘lkasidan mardikorlikka zo‘rlik bilan olinib, Rossiyaning g‘arbiy hududlariga safarbar qilingan ko‘plab yurtdoshlarimizning o‘z ona zaminlariga qaytib kelishlari ham, shubhasiz, demokratik kuchlar safini to‘ldira bordi. Bu o‘rinda fevral o‘zgarishidan keyin o‘lka xalqlari hayotida muhim rol o‘ynagan, ularning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qilgan ko‘plab inqilobiy-demokratik tashkilotlar, siyosiy firqalar kasaba uyushmalari faoliyatiga alohida urg‘u bermoq kerak bo‘ladi. Gap shundaki, bu davrda Rossiyada faoliyat yuritayotgan ko‘plab siyosiy partiyalar, jumladan, eserlar, sotsial-demokratlar va boshqa partiyalarning mahalliy tashkilotlari Turkistonda ham o‘zfaoliyatlarini kuchaytirib, aholining turli ijtimoiytabaqalarini o‘zlariga jalb qilish, o‘z dasturiy g‘oyalarini ularning ongi, shuuriga singdirishga harakat etardilar. Toshkentda 1917-yil mart oyida ishchi va soldatdeputatlari soveti tashkil etildi. Mart oyi oxirlarida o‘lkada ishchi va soldat deputatlarining 75 soveti faoliyat yuritdi. Biroq ulardagi deputatlarning asosiy ko‘p
chiligi yevropalik millatlar vakillari edi. Bu davrda Turkistonda kechayotgan barcha alg‘ov-dalg‘ovli voqealar, jiddiy o‘zgarishlarning chinakam yalovbardorlari istiqlol uchun kurashning tolmas darg‘alari bo‘lgan jadid rahnamolari edilar. O‘lka hayotining past-u balan-dini teran bilgan, mustamlakachilarning riyokorlik siyosatidan, uning tez o‘zgaruvchan mohiyatidan boxabar va o‘z kurash dasturlariga ega bo‘lgan Turkiston jadidlari mahalliy aholining siyosiy ongini o‘stirish, uni katta tarixiy o‘zgarishlarga tayyorlashda bosh-qosh bo‘ldilar. Ayniqsa, Rossiya Muvaqqat hukumatining ikkiyuzlamachilik siyosati, uning inqilobning tub masalalarini, chunonchi, urush va tinchlik, 8 soatlik ish kuni, agrar va milliy masalalarni hal etishni turli bahonalar bilan chetga surishi ilg‘or jadid arboblarini inqilobiy-demokratik yo‘nalishda izchillik bilan kurash olib borishga da’vat etdi.Bu kezlarda to‘la kuch bilan namoyon bo‘lgan jadidlar faoliyatida vaqtli matbuot nashrlarini yo‘lgaqo‘yish, ularda inqilobiy-demokratik ruhdagi maqola,materiallarni muntazam chop etish, ularni ommagayetkazish muhim o‘rin tutgan. Ularning sa’y-harakati bilan Turkistonning bir qator yirik shaharlarida gazetava jurnallar nashr etila boshlandi. Jumladan, Toshkentda «Turk eli», «Najot», «Kengash», «Ulug‘ Turkiston», «Turon», Samarqandda «Hurriyat» vaqtli nashrlari chiqa boshladi. Ular orqali e’lon qilingan materiallarda kechayotgan davrning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘tkir ijtimoiy-siyosiy masalalar, joylardagi ahvol, ommaning fikri-dilini to‘lqinlantirayotgan muammolar va boshqa shu kabi dolzarb hayotiy masalalar aks ettirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |