Tayanch tushunchalar: komil inson, barkamol avlod, tarbiya turlari, shaxs, estetik tarbiya, jismoniy tarbiya, aqliy tarbiya, ahloqiy tarbiya
I.A.Karimovning “Barkamol avlod orzusi” asarida ta’lim-tarbiya masalalari.
Men Abdulla Avloniyning: “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” – degan fikrini ko‘p mushohada qilaman.
Buyuk ma’rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarbdir.
CHunki ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib jsa biz ko‘zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi.
I.Karimov
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida so‘zlagan nutqida quyidagilarni aytgan edi:
Oliy Majlisning bugungi sessiyasida ko‘rib, muhokama qilinayotgan, hayotimizni hal etuvchi muhim masalalar qatorida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko‘tarish, barkamol avlodimiz kelajagiga dahldor qonun loyihalari ham bor.
Barchangiz yaxshi bilasizki, kelajak avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir.
Bu muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson o‘z farzandining baxtu saodati, fazulu kamolini ko‘rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi, o‘zini ayamaydi.”2
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining “Barkamol avlod orzusi” asarida avlodimiz kelajagi to‘g‘risida qayg‘urib eng avvalo ta’lim-tarbiyaga asosiy e’tiborni qaratdi.
Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad va vazifalari ma’naviy boylikni, ahloqiy poklikni, jismoniy mukammallikni o‘zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faol kishilarni tarbiyalashnitaqozo etadi.
Xalq ta’limi sohasida yagona sistemani yaratmay turib jamiyatimizning ijtimoiy sohasida sifat o‘zgarishlariga erishib bo‘lmaydi. SHuning uchun ishlab chiqarishni ilmiy asosda tashkil etish, uni faollashtirshning yetakchi yo‘llarini topish, shu bilan birga ta’limni ishlab chiqarish mehnati bilan bog‘lab olib borish zarurligi to‘g‘risidagi ta’limotni amalda ro‘yobga chiqarish, yoshlarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlashda tubdan yaxshilashni taqozo etmoqda.
Hozirgi yoshlarni har tomonlama rivojlantirish va yetuk kishilar qilib tarbiyalash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
YUqori aqliy madaniyat, malakali ijodiy mehnat qila olish qobiliyati.
SHaxsning ijtimoiy yetukligi
Faol hayotiy yo‘l tutish.
Ma’naviy fazilatga ega bo‘lish.
YUqori estetik madaniyat.
Mukammal jismoniy kamolotga erishish.
Barkamol insonni tarbiyalash maqsadi xalq maorifining hamma bo‘g‘inlari uchun yagonadir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash vazifalari shaxsni tarbiyalash maqsadlari asosida ularning yoshiga qarab belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish jisoniy, aqlik, ahloqiy, mehnat va estetik tarbiya majmuidan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |