Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika



Download 12,39 Mb.
bet71/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   569
Bog'liq
boy ota

Shaxsning ijtimoyilashuvi.

Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Chunki ta’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog‘liq bo‘lgan holat va hodisalar o‘rgatiladi. Bu jarayonda o‘quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko‘rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar.

Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy me’yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o‘rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a’zosi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta’sir etadi. Bu ta’sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g‘oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko‘rsatadi.

Odamlar ijtimiy me’yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o‘rganadilar.

Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba’zan aksi ham bo‘ladi: to‘liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba’zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko‘rsatmaydigan odamlar ham mavjud.

Odam shaxs bo’lmog’i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan o’z xususiyat va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo’ladi. U o’zining harakter, qiziqishi va qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi. Bular shaxsning o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, ana shu ruhiy xususiyatlar rivojlanib ma'lum bir bosqichga yetsagina u mukammal, kamol topgan inson bo’ladi. Shaxsning ijtimoiy voqelikka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo’lgan munosabati turlicha. Shaxs bo’lishi uchun nimalar zarur? Odam ijtimoiy mavjudod sifatida shaxs nomini olish uchun unga ijtimoiy iqtisodiy hayot va jamiyat kerak.

Rivojlanish nima? Inson tirik biologik mavjudoddir. Demak, uning rivojlanishida tabiat, biologik va ijtimoiy iqtisodiy qonuniyatlar o’zviy ta'sir etadi, insonni kamol toptiradi. Odamning mukammal inson bo’lib yetishuviga o’zining maqsad asosidagi xatti-harakati muhimligini esdan chiqarmaslik zarur.

Inson hayot faoliyati davomida o’zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o’smirlik va o’spirinlik davrlarida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi. Inson bo’lib tug’ilgan har qanday odam ham shaxs bo’la oladimi? Shaxs bo’lishi uchun nimalar kerak? Odamning ijtimoiy mavjudod sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy hayot sharoitlari va maqsadga qaratilgan tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta'siri ostida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.

Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga yetishishining samarali bo’lishini ta'minlash uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta'sir etuvchi omillarini, rivojlanish jarayoniga taalluqli davrlarni aniqlash darkor. Shuningdek, bola shaxsining rivojlanishida ta'lim-tarbiya va bola faolligini rolini ham aniqlash lozim.

Shaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar tizimiga qo’yib kuzatish zarur. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy hulqi, ma'naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ruyobga chiqadi. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal qilish uchun uning hulqiga ta'sir etuvchi omillarining (faktor) tabiatini, shaxsning xususiyatini yaxshi bilmoq kerak.

Yuqoridagi omillarga asoslanib rivojlanishga quyidagichi ta'rif berish mumkin:

Rivojlanish deb bola vaznining oshishi, suyak va muskul tizimining, jinsiy tanosil a'zolarining, nerv-funktsional faoliyatining kamol topishi, aql-zakovatini shakllanishiga aytiladi.

“Dunyoda mavjud bo’lgan jami borliq - deb yozgan edi Ibn Sino, - o’z tabiatiga ko’ra kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilish esa o’z mohiyati e'tiborila yaxshilikdir”. Ayniqsa inson tirik mavjudod sifatida kamolotga yetishga doimo intiladi.

Mutafakkir A.R.Beruniyning da'vosicha, hamma odamlar o’z qiyofasi jihatidan bir-biriga o’xshaydi, ammo ayni choqda ular bir-biridan farq qilib turadi. Bu tafovut “ular temperamentining tabiat xususiyatlari va hokazolarining ziddiyatli bo’lishi tufayli ularning instentlari zamirida yotadi”, deb izohlangan. Haqiqatan ham insonlar bir-birlariga umumiy holda o’xshaydi, ammo tabiati, tabiiy xususiyatlari, harakteri bilan bir-birlaridan farq qiadi.

“Odam -deydi Beruniy -tabiati jihatidan bir-biriga zid a'zolar qo’shilmasidan tarkib topgan murakkab tanaga ega”... va shu boisdan “uning holati o’z harakteriga ko’ra xilma-xil va turli-tuman bo’ladi”. Haqiqatan ham xatto egizak tug’ilgan chaqaloqlarning ham bir-biridan farq qiladigan xususiyatlari, sifatlari hayotda isbotlangan. Ayniqsa ularning harakteri bir-birlaridan tubdan farq qiladi.

Individning shaxs darajasiga ko’tarilishi uchun unga ko’rsatiladigan ta'sirlar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Uning rivojlanishi uchun eng avvalo inson sifatida tug’ilishi, sharoit, tarbiya singari ta'sirlar mavjud bo’lmog’i zarur. Agar bunday ta'sirlar ko’rsatilmasa u nobud bo’ladi. Uning rivojlanishi uchun vaqt, tabiiy qulay sharoit va unga ko’rsatiladigan tarbiya zarur bo’ladi.

Shaxsning kamol topishida va uning hulqida ijtimoiy va biologik omillarning kuchi doimo ham bir xil bo’lavermaydi. Chunki uning hulqiga munosabatlariga, aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va nihoyat, vaziyat ham ta'sir etadi. Masalan, bir xildagi ta'sirga turli bola turlicha munosabatda bo’ladi, bu ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog’liq. Berilib shaxmat uynayotgan bolaga endi bo’ldi qilinglar degan ta'sir ularga ta'sir qilmasligi mumkin.

Xo’sh, bolalardagi o’ziga xoslikni, ular ruhiy jarayonlaring turlicha bo’lishini, hulqidagi farqlarini qaysi omillar belgilaydi? Biologik omilmi?, Ijtimoiy omilmi?, Ta'lim-tarbiya omilimi?
Pedagogika fani shaxsning kamolatiga yetishning murakkab va ziddiyatli jarayon deb beradi. Shaxsning kamolga yetishishida nasl - irsiyat (biologik), ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya va nihoyat o’zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.

Shaxs qanday jamiyatda yashasa o’sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asosAn kamol topadi. Agar shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyliklari yuksak bo’lsa, u shaxsga shu qadar katta ta'sir ko’rsatadi yoki aksincha. Ikkinchi tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o’z moddiy va ma'naviy boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi.

Odam atrofni ob'ektiv borliqni ko’proq bilgani sari onglilik darajasi o’sadi, fikrlash doirasi kengayadi, yangi ong va ko’nikmalarni egallaydi va o’zini takomillashtirib boradi.

Demak, shaxsning kamolga yetishuvi jamiyat rivojiga chambarchas bog’liq.



Irsiyat

Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan ya'ni nasldan-naslga o’tadigan biologik xususiyat va o’xshashliklar tushuniladi.

XVI asr falsafasida preformizm oqimi namoyondalarining fikricha, odam bolasi ona pushtidaligidayoq insonga xos barcha xususiyatlarga ega bo’ladi, rivojlanishi esa shu xususiyatlarning miqdoriy ko’payib borishidan iboratdir

XX asrda bixeviorizm nazariyasini AQSh pedagogi va ruhshunosi E.Tridayk asos soldi.Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, xususan ong va aqliy qobiliyati ham nasldan-naslga o’tadi, go’yo odamning ko’zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham tabiatan berilgandir.

Demak, bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta'siri deganda, ota-onaga, avlod-ajdodlarga o’xshashlikni ifodolovchi biologik belgilarning takrorlanishini tushunmoq kerak.

Muhit deganda kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealarning yig’indisini tushunamiz.




Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish