Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika


- MAVZU:MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA “BOLA HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYA”DAN FOYDALANISH



Download 12,39 Mb.
bet248/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   569
Bog'liq
boy ota

28- MAVZU:MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA “BOLA HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYA”DAN FOYDALANISH.

REJA:
1.Bola huquqlari kafolatlarining xalqaro va milliy huquqiy asoslari.

2.Bola huquqlari Konvensiyasining qabul qilish zaruriyati

3.Konvensiyaning bolalar o‘sib-ulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlari

3.“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.


Tayanch so‘z va iboralar: huquq, bolalar huquqi, Bola huquqlari Konvensiyasi,majburiyat,jamiyat,adolat, erkinlik
1.Bola huquqlari kafolatlarining xalqaro va milliy huquqiy asoslari. BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil 20 noyabrdagi 44/25-qarori bilan qabul qilingan. 1990 yil 2 sentyabrda 49-moddaga muvofiq kuchga kirgan O‘zbekiston mazkur Konvensiyaga O‘zR Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi №757-XII Qaroriga muvofiq qo‘shildi. O‘zbekiston Respublikasi uchun 1994 yil 29 iyuldan kuchga kirdi. Konvensiya ishtirokchi-davlatlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan tamoyillariga muvofiq, jamiyat barcha a’zolarining o‘ziga xos bo‘lgan qadr- qimmati, teng va ajralmas huquqlari er yuzida erkinlik, adolat va tinchlikni ta’minlashning asosi ekanligi e’tirof etilganligini hisobga olib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqlari Nizomda insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmatiga bo‘lgan o‘z ishonchlarini tasdiqlaganliklari hamda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida ko‘maklashishga ahd qilganliklarini e’tiborga olib,Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda har bir inson mazkur hujjatlarda ko‘rsatib qo‘yilgan huquq hamda erkinliklarga irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki boshqa holatlar bilan bog‘liq belgilariga ko‘ra har qanday tafovutdan qat’i nazar, ega bo‘lishini e’lon qilganligi va rozilik bildirganligini e’tirof etib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb e’lon qilganligini eslatib, Jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o‘sib-ulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq oladigan bo‘lishiga erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan ta’minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda, bolaning shaxsi sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamoloti uchun u oila g‘amxo‘rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o‘sishi zarurligini e’tirof etib, bola jamiyatda mustaqil hayotga to‘la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan g‘oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib, bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924 yilgi Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va 1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘zda tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 23 va 24-moddalarda), iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 10-modda), shuningdek, ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli hujjatlarida e’tirof etilganligini e’tiborga olib, bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek, «bola, agar u jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga etmagan bo‘lsa, maxsus ravishda muhofaza va g‘amxo‘rlikka, binobarin, tug‘ilguncha va tug‘ilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj» ekanligini e’tiborga olib, ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog‘atga etmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari («Pekin qoidalari») va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish to‘g‘risida deklaratsiya qoidalariga tayanib, jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og‘ir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida e’tiborga muhtoj ekanliklarini e’tirof etib, bolaning himoya qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib, har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etib, quyidagilar haqida kelishib oldilar:

1-modda: Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun 18 yoshga to‘lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo‘llaniladigan qonun bo‘yicha u ertaroq balog‘atga etmagan bo‘lsa, bola hisoblanadi.

2-modda: 1. Ishtirokchi - davlatlar ushbu Konvensiyada o‘z ta’sir doirasida bo‘lgan har bir bola uchun ko‘zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog‘lig‘i va tug‘ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoki biror-bir boshqa holatlardan qat’i nazar, hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta’minlab beradilar.

2. Ishtirokchi-davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki

boshqa oila a’zolarining qarashlari yoki e’tiqodida o‘z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun hamma zarur choralarni ko‘radilar.

3-modda: 1. Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda, ular ijtimoiy ta’minot masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar, ma’muriy yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimi-

yo‘qmi, bundan qat’i nazar, bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi darajali e’tibor beriladi.

2. Ishtirokchi-davlatlar o‘z zimmasiga bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash, bunda uning ota- onasi, vasiysi yoki qonun bo‘yicha uning uchun javobgar sanalmish boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlarini e’tiborda tutishni hisobga oladilar hamda ana shu maqsadda barcha qonuniy va ma’muriy chora-tadbirlarni ko‘radilar.

3. Ishtirokchi-davlatlar bolalar haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yoki ularni himoya qilish uchun mas’ul hisoblangan organlar, muassasalar va xizmatlar vakolatli organlar tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yorlarga, xususan, xavfsizlik va sog‘liqni saqlash sohasida va ulardagi xodimlarning soni va ishga yaroqliligi, shuningdek, vakolatli nazorat olib borishi nuqtai nazaridan belgilangan me’yorlarga javob berishlarini ta’minlaydilar.

4-modda: Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun barcha zarur qonuniy, ma’muriy va boshqa choralarni ko‘radilar. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga nisbatan ishtirokchi-davlatlar bunday choralarni o‘zlarida mavjud bo‘lgan imkoniyatlar doirasida, mumkin qadar yuqori darajada zarurat tug‘ilgan taqdirda esa xalqaro hamkorlik doirasida qabul qiladilar.

5-modda: Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning va tegishli holatlarda kengaytirilgan oila a’zolari yoki mahalliy urf-odatlarda ko‘zda tutilganidek, jamoaning vasiylar yoki qonun bo‘yicha bola tarbiyasi uchun javobgar hisoblangan boshqa shaxslarning ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirishda munosib darajada bolani boshqarish va unga

rahbarlik qilish hamda bu ishni bolaning rivojlanib borayotgan qobiliyatlariga muvofiq holda bajarishdagi mas’uliyati, huquq va majburiyatlarini hurmat qiladilar.

6-modda: 1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega ekanligini e’tirof etadilar.

2.Ishtirokchi-davlatlar bolaning omon yashashi va sog‘lom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib beradilar.

BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasida 18 yoshga

to‘lmagan har bir inson zoti - bola hisoblanishi, bola uchun ishtirokchi davlatlar o‘z yurisdiksiyasi doirasida bo‘lgan har bir bola uchun ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz,

irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog‘lig‘i va tug‘ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiylari yoki biror-bir boshqa holatlardan qat’i nazar, hurmat qilishi va adilar hamda ta’minlashi belgilab qo‘yilgan.

BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil 20 noyabrdagi 44/25-qarori bilan qabul qilingan. 1990 yil 2 sentyabrda 49-moddaga muvofiq kuchga kirgan

O‘zbekiston mazkur Konvensiyaga O‘zR Oliy Kengashining 1992 yil 9

dekabrdagi N 757-XII Qaroriga muvofiq qo‘shildi. O‘zbekiston Respublikasi uchun 1994 yil 29 iyuldan kuchga kirdi

4. “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. Ushbu Qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Mamlakatimizda bola huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, farzandlarimizning qonuniy manfaatlarini muhofaza etish, eng muhimi, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Davlatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Farzandlarimiz bizdan afzalroq, bizdan o‘tkirroq, bizdan pokroq, savob ishlarni bizdan ham ko‘proq qiladigan bo‘lishlari lozim. Ular jahon umumbashariy yutuqlarini egallashi, tariximizni, madaniyatimizni, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni chuqur bilmog‘i kerak. Bizning asosiy kuch-qudratimiz va kelajagimiz ana shunda. Bugun zo‘r umidlar bilan qurayotgan yangi jamiyatimizning mazmun- mohiyati ham aslida ana shundadir”,- degan so‘zlari bejiz emasdir.

SHuni ta’kidlash joizki, bola huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish uchun O‘zbekiston xalqaro huquqiy normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yo‘lida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Amaldagi qonunchilikda bolalarning huquq va manfaatlariga, shuningdek ularning himoyasiga alohida e’tibor berilgan.

Ma’lumki, bola huquqlari sohasida qonunchilikning asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Unga muvofiq bolada tug‘ilishi bilanoq uning huquq va erkinliklari vujudga keladi hamda u davlat tomonidan kafolatlanadi.

Bolalarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilik Bola huquqlari haqidagi Konvensiyaga muvofiq holda takomillashtirishga yo‘naltirilgan.

2008 yil 7 yanvarda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Prezident tomonidan imzolandi. Qonunning maqsadi, bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

Mazkur Qonunda “bola ”, “bolaning qonuniy vakillari”, “vasiylik va homiylik”, “etim bola”, “jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bola”, “ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar”, “nogiron bola”, “ota- onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar”, “ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola” tushunchalari, shuningdek, bola huquqlarining asosiy kafolatlari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu huquqiy hujjatning qabul qilinishi davlat tomonidan o‘sayotgan avlodga ko‘rsatiladigan g‘amxo‘rlikning, shuningdek bola huquqlarini himoya qilishni amalga oshirishni yangi darajaga ko‘tarilishiga zamin yaratadi.

Farzandlarning yashashi, kamol topishi uchun oila birdan-bir makon va tabiiy muhit bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 2-moddasiga asosan, bola tug‘ilgan va yashab turgan oilaga uning farovon hayot kechirishi va kamolga etishi haqida g‘amxo‘rlik qilish, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish vazifasi yuklatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov bola tarbiyasi haqida shunday degan edi: “Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki hayotining ma’nosi qobil farzandlar o‘stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko‘rish, ota-onasiga, vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga etkazishdan iboratdir”.

SHuning uchun ham ota-onalar bolalarni vataniga sodiq, mehnatsevar, ishbilarmon va jamiyat qurilishining faol ishtirokchilari qilib tarbiyalashlari lozim. Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashda huquqiy normalarni bilish, davlat va uning qonunlarini hurmat qilish ham muhim rol o‘ynaydi.

Huquqiy me’yorlar yosh avlodni mehnatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, davlat va jamiyat oldidagi o‘z burchlarini to‘g‘ri tushunish va uni og‘ishmay amalga oshirish ruhida tarbiyalaydi.

Jumladan, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning bolalariga ta’lim-tarbiya berishga oid huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyatlari O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 27 avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ham belgilab berilgan.

Voyaga etmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari,- deyiladi Qonunning 30-moddasida, bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar.

SHu bilan birga ota-onasi tarbiyasidan mahrum bo‘lgan voyaga etmagan bolalarning oilada tarbiyalanish huquqini ta’minlash vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklanadi. Vasiylik va homiylik organlari ota-onalari tarbiyasidan mahrum bo‘lgan voyaga etmagan bolalarni farzandlikka berish, oilaga tarbiyaga berishlari ularning oilada tarbiyalanish huquqidan foydalanishlarini ta’minlaydi.

SHuning uchun huquqiy tarbiyani amalga oshirish, huquqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.

Bola dunyoga kelgach, oila, bog‘cha, maktab va mahalla quchog‘ida yashaydi, voyaga etadi va tabiiyki tarbiya ham oladi. Bola ongida huquqiy madaniyatni o‘stirishda oila, bog‘cha, maktab, mahalla va jamoat tashkilotlari hamkorligini yaratish bolaning huquqiy bilim saviyasini oshirishga yordam beradi.

YOshlarga huquqiy tarbiya berish shaxsning to‘g‘ri o‘sib-ulg‘ayishini ta’minlaydi, uni burch va vazifalarni bilib olishga, qonunlarga hurmat bilan qarashga o‘rgatadi. Bolalarga huquqiy tarbiya berish biroz qiyin va ayni paytda mas’uliyatli vazifa hamdir.

Bu borada Adliya vazirligiga bir qator vazifalar yuklatilgan.

“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekistonning huquqiy tarixida bola huquqlariga oid birinchi alohida qonun bo‘ldi. Mo‘ljalangan maqsadga ko‘ra, u bolaning huquqiy ahvolini belgilashga doir munosabatlarni tartibga solishga, bola huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga qaratilgan. Qonunning maqsadiga binoan, bola huquqlari va manfaatlarini amalga tatbiq etilishini ta’minlaydigan kafolatlarni belgilash qonun bilan tartibga solinadigan asosiy ob’ekt hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, uning moddalarining yarmidan ko‘pi bola huquqlarining kafolatlarini belgilashga bag‘ishlangan.

Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan; Senat tomonidan 2007 yil 1 dekabrda ma’qullangan;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2008 yil 7 yanvarda imzolagan; Matbuotda rasman 2008 yil 8 yanvarda e’lon qilingan va shu kundan kuchga kirgan bo‘lib, qonun 4 bob, 32 moddadan iborat:

I – bob: Umumiy qoidalar (1-6- moddalar)

II – bob: Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23- moddalar)

III – bob: Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari (24-29- moddalar)

IV – bob: YAkunlovchi qoidalar (30-32- moddalar)

“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston

Respublikasining Qonuni 07.01.2008 y. N O‘RQ-139

Mazkur Qonunga O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-239-son Qonuniga muvofiq o‘zgaritirishlar kiritilgan

1-bob. Umumiy qoidalar (1-6-moddalar)

2-bob. Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23-moddalar)

3-bob. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari (24-29-moddalar)

4-bob. YAkunlovchi qoidalar (30-32-moddalar)

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

2-modda. Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

3-modda. Asosiy tushunchalar

4-modda. Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosati

5-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha vakolatlari

6-modda. Bola huquqlarini ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi

boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki

2-BOB. BOLA HUQUQLARINING ASOSIY KAFOLATLARI

7-modda. Bola huquqlarining qonuniy kafolatlari

8-modda. Bolaning yashash huquqi kafolatlari

9-modda. Bolaning individuallikka va uni saqlab qolishga bo‘lgan huquqi kafolatlari

10-modda. Bolaning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlari

11-modda. Bolaning himoyaga bo‘lgan huquqi kafolatlari

12-modda. Bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-

quvvatlash

13-modda. Bolaning oilaviy muhitga bo‘lgan huquqi kafolatlari

14-modda. Bolaning g‘ayriqonuniy ko‘chirilishdan himoyalanish huquqi kafolatlari

15-modda. Bolaning o‘z fikrini ifoda etish huquqi kafolatlari

16-modda. Bolaning axborot olish huquqi kafolatlari

17-modda. Bolaning fikrlash, so‘z, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqi kafolatlari

18-modda. Bolaning xususiy mulkka bo‘lgan huquqi kafolatlari

19-modda. Bolaning turar joyga bo‘lgan huquqlari kafolatlari

20-modda. Bolaning mehnat qilish huquqi kafolatlari

21-modda. Bolaning dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqi kafolatlari

22-modda. Bolaning sog‘lig‘ini saqlash huquqi kafolatlari

23-modda. Bolaning bilim olish huquqi kafolatlari

3-BOB. IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ BOLALAR HUQUQLARINING QO‘SHIMCHA KAFOLATLARI

24-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oila muhitiga bo‘lgan huquqi kafolatlari

25-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uyg‘unlashish huquqi kafolatlari

26-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning turar joyga bo‘lgan huquqlari kafolatlari

27-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari

28-modda. Nogiron bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida

nuqsonlari bo‘lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari

29-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim olish huquqi

kafolatlari

4-BOB. YAKUNLOVCHI QOIDALAR

30-modda. Nizolarni hal etish

31-modda. Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

32-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Bola huquqlari haqida gap borganda yuqoridagi qonunning 16- moddasida bolalarning axborot olish huquqi kafolatini ta’minlanishi va olingan axborotlarning bolalarning salomatligiga zararli oqibatlarini oldini olish maqsadida 2017 yil 9 sentyabr kuni matbuotda e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning salomatligiga zarar keltiruvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunini ham e’tibordan qoldirmasligimiz zarur.


Nazorat savollari:

1. “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 3-

moddasi nima haqida?

2. Vasiy kimlarga tayinlanadi, homiy-chi?

3. Vasiylik Kengashining asosiy vazifalariga nimalar kiradi?

4. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya to‘g‘risida nim bilasiz?

5. Diskriminatsiya nima?
Adabiyotlar ro‘yhati

1.Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.

2.Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:. 2013 y

3.N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”. “TDPU” nashriyoti T:. 2013 y

4.Tojieva M. Yangi kasb egalarini tayyorlash. Maktabgacha ta'lim j., 2008. 3-son. 2-3 b.

5.Bolalar entsiklopediyasi. 2-nashr. –T. “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti. 2002. -664 b.

6.Kutsakova L.V., Merzlyakova S.I. Vospitanie rebyonka-doshkolnika. Programm. Metodich. Posobie. –M. Gumanitarno`y izdatelskiy sentr. Vlados. Rosinka. 2004. -386 st.

7.Kozlova S.A,Kulikova T.A. Doshkolnaya pedagogika. M., «Prosveщenie». 2000.


Qo‘shimcha adabiyotlar

8. Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 48 b.

9.Sh. M. Mirziyoyev 7 fevral 2017 yil kuni “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli farmonni

10.Sh.M. Mirziyoyevning “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. T.:-2016y. 29-dekabr

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrda “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-son qarori

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5198-son farmoni

13.O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi  “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillash-tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

14.“Bolangiz maktabga tayyormi?” metodik qo‘llanma. T:, 2001.

15.F.Qodirova, SH.Toshpo‘latova, M.A’zamova. “Maktabgacha pedagogika”.-T., “Ma’naviyat”. 2013

Internet saytlari

1. www. tdpu. uz

2.www. pedagog. uz

3.www. Ziyonet.uz


Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish