Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika


Maktabgacha pedagogika fanining rivojlanish tarixi



Download 12,39 Mb.
bet21/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   569
Bog'liq
boy ota

Maktabgacha pedagogika fanining rivojlanish tarixi.
Yosh avlodni tarbiyalash kishilik jamiyati vujudga kelgan paytdan beri mavjud. Tarbiya ishlab chiqarishda va ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida avlodlar o’rtasidagi davomiylik aloqasi uchun zarurdir.

Ibtidoiy qabila jamiyatida, hali sinflarga bo’linmagan paytda, hamma bolalar asosan o’qish va mehnat jarayonida bir xilda tarbiya olganlar: ular kattalar bilan birga mehnatda qatnashganlar: turli marosimlarda ishtirok etish ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan.

O’sha davrdagi bolalarga tarbiya berishning ayrim jihatlari haqida ibtidoiy odamlar tog’larga, qoyalarga chizgan va arxeologlar topgan suratlarga, keyingi formatsiyalarda yaratgan abadiy asarlarga ko’rgan naqshlarga, shuningdek hozircha ham ibtidoiy qabila hayot tarzini saqlab kelayotgan qabilalar va xalqlar o’rtasida kuzatilgan va kuzatilayotgan tarbiya manzaralari bilan taqqoslash asosidagina mulohaza yuritish mumkin.

Eramizdan oldingi VI asrdan milodiy V asrgacha bo’lgan davrda Yunonistondagi quldorlik davlatlari va Rim imperiyasida bir qadar demokratik tartiblar, Respublika boshqaruvi o’rnatildi. Bu davrda o’ziga xos ta‘lim-tarbiya tizimlari va mutafakkirlar tomonidan o’ziga xos pedagogik ta‘limotlar yaratildi.

Afinadagi quldorlar o’z bolalariga aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyalarni berganlar. Afinada bolalar 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan.

Yunonistonlik olimlar Demokrit, Suqrot, Aflotun, Arastu, shuningdek, mashhur Rim pedagogi Kvintilianlar o’z asarlarida ta‘lim-tarbiyaga doir pedagogik nazariyalar yaratdilar. Masalan, Demokrit tarbiyaning tabiatga mosligi g’oyasini o’rtaga qo’ygan. O’qitish jarayonida bolalarning qiziquvchanligini hisobga olish zarurligini uqtirgan. Ta‘limning kishi tabiatini o’zgartiruvchi qudratli kuch ekanligini, o’qitishda majburlash usulidan ko’ra, ishontirish usulidan foydalanish afzalligini ta‘kidlagan edi. U tarbiyada mehnatning roli muhimligini ko’rsatib, pedagoglar, ota-onalar bolada yaxshi xulq hosil qilish uchun ularga foydali xatti-harakatlarni ko’proq mashq qildirishlari lozim, degan edi.

(Platon)Aflotun bola tarbiyachiga itoat qilishi zarurligi haqidagi g’oyani ilgari suradi. U bolani muttasil nazorat qilib borish, uning yaxshi xulqi, itoatkorligini rag’batlantirish, itoatsizlik qilsa – qo’rqitish va urib bo’lsa ham to’g’ri yo’lga solish lozimligini ta‘kidlaydi. O’qituvchi-tarbiyachi yoshlarga bilim berish, tarbiyalash maqsadida unga tizimli ta‘sir ko’rsatadi.

Rim pedagoglaridan eng mashhuri – Mark Fabiy Kvintilian(48-118) «Notiqni tarbiyalash to’g’risida» nomli asarida pedagogik fikrlarni, o’qitish sohasiga doir qarashlarni bayon etadi. Uning fikricha, O’qituvchi o’zi tarbiyalayotgan har bir bolaga ehtiyotkorlik bilan muomala qilishi kerak. O’qituvchining o’zi o’qimishli bo’lishi, bolalarni sevishi, o’zini yaxshi tuta bilishi, bolalarni bo’lar-bo’lmasga maqtayvermasligi yoki jazolavermasligi darkor.

Kvintilian o’z pedagogik qarashlarida insonning tabiiy belgilariga e‘tibor beradi, bolalarning tug’ma qobiliyatlarini yuqori baholaydi, tarbiya bilan ko’p narsaga erishish mumkinligiga ishonch hosil qiladi. Uning fikricha, inson shaxsining shakllanishi uchun bolani yoshligidan boshlab tarbiyalash kerak.

Angliyada Tomas Mor (1478-1535) pedagogika fikri tarixida birinchi bo’lib, mehnat tarbiyasi g’oyasini hamda o’qitishni bolalarning unumli mehnatda ishtiroki bilan bog’lash g’oyasini olg’a surdi va aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat o’rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etish masalalariga yondashib keldi.

Sinflarga bo’lingan quldorlik jamiyatida tarbiya sinfiy tus oldi: hukmron sinflarning, quldorlar sinfining bolalari turli tipdagi maktablarda mutaxassis o’qituvchilarda ta'lim va tarbiya ola boshladilar: quldorlarning bolalari oilalarda va quldorlarning xo’jaliklarida juda yoshliklaridanoq eksplutatorlar mehnatga jalb qilinganlari holda tarbiya ola boshladilar.

Bu davrga kelib, mashhur mutafakkirlarning tarbiya masalalariga oid fikrlari birinchi marta e'lon qilindi. Bular hali pedagogikaga oid maxsus asarlar emas edi. Ta'lim-tarbiyaga oid qarashlar falsafiy va siyosiy asarlarda bayon qilinar edi.

Masalan, mashhur faylasuf Platon (eramizdan ilgari 427 – 348 yillar) o’zining «Davlat» va «Qonunlar» degan asarlarida ahvolining imtiyozli, aristokratik guruhlari bolalari faylasuf va jangchilar qilib tarbiyalangan, aholining ikkinchi guruhi - hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlarning bolalari aristokratlarga, mulkdor sinflar hokimiyatiga xizmat ko’rsatuvchilar qilib tarbiyalanadigan «ideal» jamiyat manzarasini chizib bergan edi. Aholining uchinchi guruhining bolalarida eng yaxshi fazilat sifatida itoatkorlik tarbiyalanadi: qullar va ularning bolalariga kelganda Platon ularning tarbiyasi haqida lom-mim demaydi: Platon ularni odam deb hisoblamaydi, balki, gapiruvchi ish qurollari, deb qaraydi.

XVIII asrda shveytsariyalik pedagog I.G. Pestalotssi (1746-1827) kamol toptiruvchi ta‘limning printsiplari tizimini asosladi. Pestalotssining fikricha, tarbiya uyg’un tarzda, ya‘ni tarbiya bolaning tabiati, ruhiyatiga uyg’un holda amalga oshirilishi hamda tarbiyalashni eng oddiydan boshlanib, asta-sekin va izchillik bilan murakkabga o’tish kerak, deydi. Psetalotssining ta‘kidlashicha, ta‘lim vazifasi bolani muayyan bilimlarga ega qilishdangina emas, balki unda aqliy qobiliyatni ham rivojlantirishdan iboratdir.

Pestalotstsi bolalarga ta'lim berishni ularning mehnati bilan bog’ladi; u mehnat alifbosini va mehnatga o’rgatish izchilligini ishlab chiqdi. Ammo, tarbiyaga bolalar mehnatini qo’shish g’oyasining o’ziyoq va bu g’oyaning amalga oshirilishi - Pestalotstsinnng pedagogikaga qo’shgan katta hissasidir. Pestalotstsi bolalarga, o’z tarbiyalanuvchilariga tamomila berilgan edi. Uning butun hayoti va faoliyati aslida bolalar uchun ko’rsatilgan jasorat bo’ldi. Uning haykaliga: «Bolalarning do’sti»,-deb yozib qo’yilganligi bejiz emas.

Buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy1592 yil 28 martda tegirmonchi oilasida tug’ilgan. Uning oilasi ruhoniy «Chex qardoshlari» jamoasiga tegishli edi. Komenskiy 16 yoshida «Chex qardoshlari» jamoasining yordami bilan lotin maktabiga o’qiydi va u yerda tarbiya tizimining yomonligi, o’quv metodlarining yaramasligini ko’radi: “O’sha vaqtdayoq tarbiya masalasida mamlakatning orqada ekanligini ko’rdim. Men o’sha davrdayoq fan va tarbiya hammaga tegishli bo’lishi kerakligini o’yladim”, - degan edi. Maktabni tugatgach, Geydelberg universitetiga (Germaniya) o’qishga kiradi. Ilg’or professorlar ma'ruzalarini tinglaydi. Shuningdek, o’zining ilmi va dunyoqarashini kengaytiradi.

1632 yili Komenskiy «Buyuk Didaktika» degan katta pedagogik asarini tugatadi. Olim pedagogikaga o’quv yili, o’quv kuni, dars, mashg’ulotlar orasidagi tanaffus, o’quv ta'tillari kabi tushunchalarni kiritdi. Quyosh it yulduzlari turkumida bo’lganida bolalarni dam olishga yuboradilar («ta'til» lotinchada – kunlarning eng qizigan davri deganini bildiradi). Ertalabki soatlar mashg’ulotlarni bajarish uchun juda qulay hisoblanadi. O’quvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bo’lishini ta'minlaydi. Demak, tabiat bilan uyg’unlik g’oyasi asta-sekinlik, ketma-ketlik va mustaqil faoliyat kabi ta'lim tamoyilining asosi hisoblanadi.

Ya.A.Komenskiy o’zining tabiatga uyg’un bo’lishi g’oyasini ifoda etib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta'lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligini ta'kidlaydi. U tarbiyada bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olinishi, shuningdek ta‘limda esa bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda olib borish zarurligini ta‘kidlaydi. Komenskiy inson rivojlanishini to’rt bosqichga: go’daklik, bolalik, o’smirlik, yetuklik davrlarga bo’ladi.

Komenskiy o’zining «Onalar maktabi» asarlarida yosh avlodni o’qitish to’g’risida fikr yuritibgina qolmasdan, balki maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy, axloqiy jismoniy va estetik tarbiya berish haqida gapiradi.

Komenskiyning yana bir qimmatli tomoni o’quvchilardan bilim olish tushunchasiga egaligidir. Oynani qanchalik chang bosgan bo’lsa ham, baribir kishi o’z aksini ko’rishi mumkin, albatta, toza oyna kishi aksini toza ko’rsatadi. O’qituvchining vazifasi oynadagi changni artib tashlash, ya'ni bilimni bola ongiga etkazish, uni aqliy tomondan o’stirishdir, degan edi.

Komenskiy o’z asarlarida tarbiyaning maqsadini kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iboratdir, deb ko’rsatdi. Buni uch xil tarbiya orqali amalga oshirish mumkin:

1.Aqliy tarbiya

2. Axloqiy tarbiya.

3. Diniy tarbiya

Bu maqsad bolaning tug’ilganidan to 24 yoshgacha amalga oshadi, bu davr ichida bola to’rt maktabni o’qib tugatishi, har birida 6 yil o’qish kerak, deb hisoblaydi.



Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish