82
oxirida 27700 va
XX
asrning o'rtasida umurtqali hayvonlarning 5740 ta turi va tur vakillari ma'lum
bo'lgan.
Sobiq Ittifoq hududida hayvonlarning 125-130 mingdan ortiq turlari bo'lib, ular Yer sharidagi
hayvon turlarining 8,5% ini tashkil qiladi (Geptner, 1971).
Olimlarning aytishiga qaraganda, Sobiq Ittifoq hududida turli hayvonlar turlarining ozligi
mamlakatning tropikaga qaraganda shimolga joylashganidan kelib chiqadi. Shu hududda
hayvonlarning asosiy guruhlariga sutemizuvchilar (350 tur), qushlar (710), sudralib yuruvchilar
(160), baliqlar (1500), molluskalar (2000) bo'g'imoyoqlilar
(90000-100000) kiradi.
Tarixiy ma'lumotlar bo'yicha, hayvonlar dunyosining vakillari 1000000-1500000 atrofida
hisoblanadi. Ayrim manbalarda tabiatda uchraydigan hasharotlarning turlari 3 mln. dan ham ortiq,
lekin ularning ko'pchiligi o'rganilmaganligi tufayli fanda o'z o'rnini topgan emas.
Umurtqali hayvonlarning ko'payish tezligi ham har xildir. Masalan, kitlar, fillar, kiyik, bug'u,
zebra, nosorog, ot, sigirlar 1 tadan bola tug'sa, quyon, olmaxonlar 1-12, itlar 2-10 (23), bo'rilar4-5
(15), yovvoyi cho'chqalar 12 tagacha, uy cho'chqalari 28-34 tagacha, Avstraliya xaltali mushuklari
17-18(24) tagacha bola tug'adi.
Odatda, insonlarda - ayollar bittadan bola tug'adi, egizak tug'ilish hollari ham tez-tez uchrab
turadi, lekin 3,5 yoki 7 ta bola tug'ilishi kam uchraydi.
Umurtqali jonzotlardan qushlarning tuxum qo'yishi ham turlichadir. Ko'pchilik qushlar (kayra,
pingvinlar, albatroslar) uyaga bittadan tuxum qo'ysa, kondorlar 2, burgutlar 3-4, tovuqlar 70-330,
bedanalar 2-10 tadan tuxum qo'yadi.
Tirik jonzotlar ichida eng ko'p tuxum (ikra)ni baliqlar tashlaydi. Masalan, tereska balig'i 2,9-9 mln.,
oy baliq 300 mln., osetrlar 24000-4000000, laqqa 100000, kolyushka kabi baliqlar hammasi bo'lib
180-1000 dona ikra tashlaydi.
Hayvonlar Yer usti muhitida turli darajada o'zgarib turadigan past va yuqori haroratga moslashgan.
Masalan, itlar tana harorati 22°C gacha pasayishiga bardosh bersa, sichqonlar + 18°C, sug'urlar 0°C,
yosh ko'rshapalaklar -5°C va -7°C, voyaga yetgan vakillari 0°C, qushlarning tuxumlari -1°C,
toshbaqalar-5,5°C,kapalaklarharoratni8,5-12°C pasayishiga chidasa, ularning qurtlari -60°C, arilar -
9,2°C, bitlar -12°C bakteriyalar sporalari haroratning -271°C gacha pasayishiga chidab, anabios
holda bo'lib normal sharoit kelishi bilan rivojlanishni davom ettiradi. Turli hayvonlar va inson
tanasining harorati, tomir urishi va nafas olishi har xildir.
Do'stlaringiz bilan baham: