Katta tanaffusda o’kaziladigan harakatli o’yinlar.
Katta tanaffusda o’tiladigan o’yinlarning maqsadi o’quvchilar sog’lig’ini mustahkamlash va faol dam olishini, chiniqishini ta'minlash, aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish, jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarishni odat tusiga kiritishdan iboratdir.
Katta tanaffuslarda turli o’yinlar o’tkazish boshlangich sinf o’quvchilari bilan quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi:
- harakat faolligini oshirish;
-faol va mazmunli dam olish va hordiq chiqarishni tashkil etish;
-butun organizmning tetikligi va ish qobiliyati tezroq tiklanishini ta'minlash;
-jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanish ko’nikmalarini shakllantirish.
O’yinlar va jismoniy mashqlarni quyi sinf o’quvchilari organizmining psixologik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o’tkazish zarur.
Quyi sinf o’quvchilari o’yinlarni mustaqil tashkil etish uchun yetarlicha tajribaga ega emaslar, shu sababli sinf rahbari va jamoatchi tashkilotchining o’rni birinchi darajada bo’lishi kerak. O’yinlar maktab hovlisida yoki stadionida, sport zalida hamda yo’lakda o’tkazilishi mumkin. Tanaffuslarda o’tkaziladigan o’yinlarga harakatli o'yinlar, to’p, arqoncha bilan mashqlar, tirmashib chiqish va oshib o’tishlar, raqs elementlari, ritmik gimnastika, quvnoq musobahalar kiradi.
Jismoniy mashqlar shunday tanlanadiki, bularda qo’l, so’ngra yelka, tana, oyoq mushaklari ketma-ket qatnashsin. Bunda yurak- tomir va nafas olish tizimi yetarli darajada yuklama olishini kuzatish mumkin.
Kuni uzaytirilgan guruhlarda sport soatlari.
1-9-sinflar uchun mo’ljallangan jismoniy tarbiya dasturida jismoniy-sog’lomlashtirish ishlarining turlari keltirilgan bo’lib, ular orasida kuni uzaytirilgan guruhlardagi kundalik sport soatlari asosiy o’rinni egallaydi. Ularning maqsadi o’quvchilar sog’lig’ini mustahkamlash, aqliy va jismoniy zo’riqishlarning oldini olishdan iborat.
Gurahlar bo’yicha tashkil etilgan mashg’ulotlar o’quvchilarni jismoniy tarbiyalash bo’yicha bir qancha vazifalarni hal etish imkonini beradi, aqliy faoliyatning jismoniy faoliyat bilan almashinuviga yordamlashadi, faol hordiq chiqarish uchun qulay sharoit, yaxshi kayfiyat, ijobiy hissiyot yaratadi, organizmning umumiy tonusini oshiradi. Sport soatlari erkin, zo’riqmagan holda o’tkaziladi.
Sport soatlari mazkur guruhlarda 40-60 minut davom etadi, vaqtning bunday belgilanishi o’quvchilarning umumiy holatiga, ularning o’quv ishlaridan keyingi charchash darajasiga bog’liq bo’ladi.
Mashg’ulotlarni o’tkazish jarayonida o’qituvchi qo’llaniladigan jismoniy mashqlarning mazmunini, tarkibini bilishi, shug’ullanuvchilarda fiziologik va hissiy yuklamalarning oshib ketmasligi tamoyillariga rioya qilishi kerak.
Mashg’ulotlarda asosiy o’rinni tayanch-harakat apparatlarini asosiy mashqlarni bajarishga tayyorlovchi umumrivojlantiruvchi mashqlar egallaydi. Saflanish mashqlari ham qo’llaniladi, lekin ularning soni jismoniy tarbiya darslariga nisbatan kamdir.
Shuningdek, sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini, sport turlari bo’yicha sport jismoniy tarbiya bayramlarini tashkil qilishga seksiyalarida musobahalarni o’tkazishga, davlat standartlarini topshirishga tayyorgarlik ko’rishlarini ham o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |