Bugungi kunda bizning jamiyatimiz oldida turgan eng dolzarb va ijtimoiy ahamiyatga ega
bo‘lgan masalalardan biri so‘zsiz yoshlar orasida jinoyatchilikning o‘sishini pasaytirish yo‘llarini
Profilaktika (lotincha prophlaktikos – oldini oluvchi, saqlovchi) – tarbiyasi qiyin o‘smirlar
delikvent (noqonuniy) va deviant (og‘uvchi) hulqlarini yuzaga kelishi, tarqalishini oldini olishga
Uyushgan jinoyatchilik doirasiga borgan sari ko‘proq balog‘at yoshiga etmaganlar tortib
borilmoqda. O‘smirlardan tashkil topgan kriminal guruhlar tomonidan xavfli jinoyatlar sodir
etilmoqda. Jinoyatchilik yosharib bormoqda va mustahkam retsidiv (takrorlanuvchi) xususiyatga
Bu keskin muammoni hal etishda ijtimoiy pedagogika asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi, biroq
bu muammoni jamiyatning hamma kuchlarini jalb etish, kompleks usullar bilangina hald etish
mumkin. Aniq bir huquqbuzar bilan individual ish olib borish, tarbiyaviy-profilaktik jarayonni
tashkil etish sohasida aniq bir sistemaning yo‘qligi oqibatida tarbiyalash tizimida ko‘pchilik
kamchiliklarni yuzaga keltiradi. Ba’zi pedagoglar individual yondoshishni hulqida og‘ish
bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlarning xususiy xususiyatlarini hisobga olish deb tushunadilar.
“Individual yondoshish – deb yozadi A.S.Makarenko – shaxsning alohida injiqliklari bilan
shug‘ullanishni bildirmaydi. Individual yondoshish bahonasida yakka individalistik tarbiyani
tushuni kerak emas. O‘quvchi kamchiliklariga ko‘z yumuvchi, uning injiqliklariga ko‘nuvchi,
tarbiyalash va xarakterni tuzatish o‘rniga uning aytganini qiladigan pedagog kuchsiz, ilojsiz
bo‘ladi. Individual yondoshish uning individual qobiliyati va imkoniyatlariga mos ravishda
tarbiyalash ijtimoiy xususiyati bilan belgilanadigan shaxs sifatlarini unga etkazishdan iborat
A.S.Makarenkoning fikricha ikkita xato juda ko‘p uchraydi: birinchi xato “hammani bir xil
Макаренко.А.С. Сочинения. В 7 т. Т.5 – с. 334
67
tarbiyalashga intilish hisoblanadi. Ikkinchisi - har bir individning xususiyatlariga passiv e’tibor
qilish, har bir odam bilan alohida tartibsiz shug‘ullanish bilan hammani bir vaqtda boshqarishga
natijasiz urinish. Bu – gipertrofiyadir (lotincha - haddan tashqari oshirib yuborish).
Huquqbuzarlikni individual profilaktika qilish tuzatish-yo‘naltirishdan biri sifatida
elementidan iborat bo‘ladi, lekin faqatgina undan iborat bo‘lmaydi. Bu shaxsni maqsadga
muvofiq qayta tarbiyalash jarayonidir.
U huquqbuzarlarning tarbiyachilar, jamoatchilik va atrofdagilar ta’siri ostida o‘zlari to‘g‘ri
qarashlar va ishonchlar, tushunchalar ishlab chiqishlaridan iborat. Ijtiomiy-ijobiy hulqi
ko‘nikmalari va odatlarini egallaydilar, o‘z hissiyotlari va irodalarini rivojlantiradilar. SHu tariqa
qiziqishlari, intilishlari va layoqatlarini o‘zgartiradilar. Boshqa tomondan individual profilaktika
aniq bir shaxsga atrof-muhitning tas’ir ko‘rsatishini bartaraf qilishga qaratiladi. Ushbu jarayonni
samarali boshqarish uchun quyidagilarni ta’minlovchi profilaktik metodlarni tanlash kerak:
1.
Ma’naviy ongini ishlab chiqish.
2.
Pozitiv hulqi ko‘nikma va odatlarini shakllantirish
3.
Jamoyatchilik tartibiga zid ta’sirlarga qarshi tura olishga imkon beruvchi irodaviy
kuchlarini tarbiyalash.
4.
Mikromuhitni ijtimoiy sog‘lomlashtirish.
Huquqbuzarlikni profilaktika qilish asosiy vazifalari:
1.
Ijtimoiy hulqi og‘gan va huquqbuzarlikka qodir bo‘lgan shaxslarni hamda ularga
salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ota-onalar va boshqa shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash.
2.
YOsh insonning jamiyat bilan kelishmovchiligiga yo‘l qo‘ymaslik, bunga imkon
yaratuvchi sabablar va holatlarga yo‘l quymaslik maqsadida balog‘atga etmagan
huquqbuzarlarning shaxsi yoshi va psixologik xususiyatlarini o‘rganish
3.
Huquqbuzarlarga va uni o‘rab turgan muhitga individual tarbiyaviy profilaktik
ta’sir ko‘rsatish dasturini ishlab chiqish.
4.
Tarbiyaviy va profilaktik ishlarda ijtimoiy-pedagogik faoliyat hamma
sub’ektlarining birgalikdagi harakatlarini va mosligini tashkil etish, hulqi buzilgan o‘smirlar
hayot kechirishini kundalik, muntazam nazorat qilishni amalga oshirishni tashkil qilish.
Qayta tarbiyalash - qayta kuch talab etadigan, jiddiy, mashaqqatli, turli xil profilaktik va
ma’naviy ta’sir ko‘rsatish usullaridan foydalanishni talab etadigan murakkab jarayondir, chunki
oilada ham, maktabda ham va mehnat jamoalarida ham hulqi ijobiy qo‘nikmalariga
o‘rganilmagan tarbiyaviy va pedagogik mazmunda eng ortda qolgan odamlar bilan ishlashga
to‘g‘ri keladi.
Qayta tarbiyalash jarayonini tashkil etishda quyidagi kategoriyadagi balog‘atga
etmaganlarga alohida e’tibor berilishi kerak:
1.
Jazo olib tarbiyalash koloniyalaridan qaytib kelgan, lekin ularning hulqlari
tashvish uyg‘otadigan shaxslarga.
2.
Ozodlikdan mahrum etish hukmini ijro etish kechiktirilgan balog‘atga etmagan
huquqbuzarlarga nisbatan.
3.
Jinoyat sodir etib, lekin jinoiy javobgarlikdan jamoatchilik yoki administrativ
ta’sir ko‘rsatish, yoki amnistiya sababli ozod etilgan hamda jinoiy javobgarlikka tortilishi
mumkin bo‘lgan yoshgacha ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etganlarga.
4.
Maxsus o‘quv-tarbiyaviy tashkilotlardan qaytib kelganlarga.
5.
Jamoatchilik yoki administrativ ta’sir ko‘rsatish choralariga olib keluvchi
huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan.
6.
Spirtli ichimlik yoki narkotik moddalar iste’mol qiluvchilar.
7.
Ilgari sudlanmagan, lekin bir yil davomida ikki marta administrativ javobgarlikda
ayblangan, yoki rasmiy ogohlantiriga takror olib keluvchi shaxslar.
8.
O‘qishni doimiy qodiruvchilar.
9.
Doimiy qimor o‘ynaydigan va jamoatchilik tartibiga rioya qiymay hayot
keradiganlar.
68
Profilaktik ta’sir xususiyatlari va tendensiyalarini hisobga olganda va uning ichki
hissiyotlari bilan, intilishlari bilan mos kelganda optimal bo‘ladi. SHunda tashqi profilaktik ta’sir
kursatish go‘yoki o‘zini tarbiyalash, o‘zini rivojlantirish jarayoni bilan uyg‘unlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: