Og‘ir moddiy ta’minlanganlik holati o‘smirlarning o‘z ehtiyojlari va qiziqishlarini
qondirish uchun imkoniyatlarini kamaytiradi, bu ko‘pincha o‘smirlarni jinoyat sodir etishga
majbur etadi. Biror-bir buyum xarid qilib olish uchun mablag‘ning etishmasligini ular noqonuniy
usul bilan to‘ldiradilar. Balog‘atga etmagan hukm etilganlar uchun nomusiga tegish, o‘g‘rilik,
bosqinchilik, odam o‘ldirish, tan jarohati etkazish, avtomashinalarni o‘g‘rilash kabi jinoyatlar
xosdir. YOmon niyatda jinoyat sodir etishning sabablari quyidagilar: qimmatbaho buyumni
egallab olish istagi, buyumlar sotib olish uchun shaxsiy puliga ega bo‘lish istagi. Bu jinoyatlar
asosida modadan qolmaslik tengdoshlari ega bo‘lgan narsalarga ega bo‘lish, hatto jinoyat sodir
64
etib bo‘lsa ham ega bo‘lish istagi yotadi. Kuch ishlatib jinoyat sodir etishning eng ko‘p
uchraydigan sabablari: qasos olish, “erkakligini” ko‘rsatib quyish, “irodasini mustahkamlash”,
“hech narsadan qo‘rqmaslik” va shunga o‘xshash. Ko‘pchilik jinoyatlar “xavfi bo‘lganiga
javoban”, “do‘stini sotmaslik”, “o‘rtoqlarini ishontirishga” kat sababli sodir etiladi.
Retsedivlar (takroriy jinoyat sodir etish) sabablari orasida “jabrlanuvchilar qarshilik
ko‘rsatmadilar”, “o‘ziga ishonish xissi paydo bo‘ldi”, “o‘g‘rilangan narsani sotish osonligi”,
“tajribali yo‘lboshchining rahbarligi” kabi sabablar uchraydi.
Asossiz beshavqatlik xususiyatiga ega og‘ir jinoyatlar, odam o‘ldirish, bezorilik, og‘ir tan
jarohati etkazishning ko‘pchilik qismi o‘smirlar tomonidan mast holatda yoki narkotik iste’mol
qilgan holatda sodir etiladi. Bunday holatlarda jinoyat sodir etish aybni og‘irlashtiruvchi
hisoblanadi. Hukm etilganlarning ko‘pchiliklari erta chekishni boshlaganliklari, spirtli ichimlik
ichganlari aniqlandi, bunga kattalar, shu jumladan ota-onalari ibrat bo‘lganlar, yana o‘rtoqlaridan
toksik moddalarni xidlashga, narkotiklar iste’mol qilishga o‘rganish sabab bo‘lgan.
Jinoyatlarning bir qismi o‘smirlar tomonidan kattalar bilan birga sodir etiladi. Bunday
jinoyatlar odatda oldindan tayyorlanadi. Katta yoshli jinoyatchilar, jinoyat fosh etilgan taqdirda
o‘smir “o‘rtoqlik xissi” va qasam ichganligi sababli aybni o‘z bo‘yniga oladi deb o‘ylaydilar,
agarda sud bo‘ladigan bo‘lsa unga katta muddat bermaydilar, shartli yoki ijro etishni orqaga
surish beriladi deb ishontiradilar. Mustaqil va hech kimga qaram bo‘lmaslikka intilib, lekin
bunga xali tayyor bo‘lmay o‘smirlar jamoatchilikka yot elementlarning psixologik ta’sir
ko‘rsatishlariga osongina ko‘nadilar. O‘smir bir o‘zi hech qachon jazm eta olmaydigan ishni u
guruhda amalga oshira oladigan bo‘ladi.
Ba’zi o‘smirlar jinoyat sodir etib buni sho‘xlik deb baholaydilar. Ular tartib buzish bilan
jinoyat orasidagi chegarani ko‘rmaydilar. O‘tkazilgan so‘rovlar natijasida hukm etilgan
balog‘atga etmaganlarning 50 % gina ular jinoyat sodir etayotganlarini bilganlar. 20 % taxmin
qilganliklari, qolganlari esa hatto xayollariga ham keltirmaganliklari aniqlandi. Ularing
ko‘pchiliklari o‘z huquqbuzarliklarini jasorat, madrlik va irodasini ko‘rsatish deb baholaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: