Balog‘atga etmaganlarga tarbiyalash koloniyalarida bo‘lishi boshlang‘ich davri, hayot
sharoitiga moslashishlari katta ta’sir ko‘rsatadi. Moslashish yaxshi va yomon ham bo‘lishi
mumkin, lekin salbiy va ijobiy ham belgilarga ega bo‘lishi mumkin. Bu davrda yuqori o‘rinni
egallash, jamoadagi rollarini taqsimlash uchun kurash boradi. Bu davrda tartibni buzish va
jinoyatlar sodir etishning o‘sishi kuzatiladi. Tashqi dunyodan ajratib qo‘yilishi hukm
etilganlarning munosabatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Rejimli tashkilotlarda munosabatlar ikki
turga ajratiladi: rasmiy va norasmiy. Rasmiy munosabatlar jazoni o‘tash rejimi va ichki tartib
bilan boshqariladi. Norasmiy munosabatlar - hukm etilganlarning norasmiy munosabatlar
tizimida tutgan o‘rniga binoan ularni kategoriyalarga ajratuvchi “boshqa hayot” qoidalari bilan
стратификация – (лотинча stratum - қатлам) – даромади катталигига, билим даражаси, ҳокимияти
қатламларнинг жойлашиши. Статус (лотинча status-вазияти, ҳолати) – индивиднинг гуруҳ ёки
Рецидивист (лот. Recidivus- орқага қайтувчи)- илгари жазоланган жиноятига ўхшаш жиноят
65
Bu guruhlardan har biri o‘z guruhlariga ega, bu ko‘plab janjallar kelib chiqishiga olib
keladi.
Tarbiyalash koloniyasiga kelgan yangi odamni mavqei odatda “ro‘yxatga olish” yo‘li bilan
aniqlanadi. Yangi bolani faxm-farosatliligini, aqlini, o‘zini himoya qila olishini tekshirib
ko‘radilar.
Ko‘pincha bu sinovlar beshavqat va beraxmlik ko‘rinishida bo‘ladi. Sinovdan
o‘tayotganning sog‘lig‘i uchun ma’lum xavf mavjud bo‘ladi. Balog‘atga etmagan hukm
etilganlarning kattalardan farqi ko‘pchilik o‘smirlarda ma’lum hayotiy rejalari, kelajakdagi
istiqbollari yo‘qligidan iborat bo‘ladi, bu ular bilan tarbiyaviy ishlar olib borishni ancha
qiyinlashtiradi.
Shunday qilib, balog‘atga etmagan hukm etilganlarning shaxsi va guruhlari belgilari
quyidagi xususiyatlar bilan belgilanadi:
1.
Yoshi xususiyatlari – organizmining tez jismoniy rivojlanishi
-
ma’naviy beqarorligi.
-
mos bo‘lmagan ravishda o‘ziga baho berish (yuqori baholash, past baholash)
-
irodasi jadal shakllanishi jarayoni.
-
dunyoqarashning qarama-qarshiligi.
2.
Pedagogik va ma’naviy tarbiyasizligi.
-
bo‘sh vaqtining tashkil etilmaganligi.
-
bilim, ma’naviy va professional darajasi pastligi.
-
oiladagi muammolar.
-
ota-onalarining yo‘qligi, yoki oilasi to‘liq emasligi.
-
ota-onalarining yoki qarindoshlarining jamoat tartib-qoidalarini buzishlari.
-
qarindoshlik aloqalari uzilishi.
3.
Jinoyat sodir etish motivlari.
-
Sotib olishga qurbi etmagan narsaga ega bo‘lish istagi.
-
o‘g‘il bolaligini ko‘rsatib qo‘yish, guruxda obro‘ga ega bo‘lish.
-
Jinoyat sodir etayotganligini yaxshi tushunib etmaslik.
4.
Deviant (og‘ish, chetlanishlar) yomon axloqqa odatlanishi’
5.
Katta yoshdagi jinoyatchilarga bo‘ysunishi.
6.
Huquqiy bilimi pastligi.
7.
tashkilot tarbiyasi va tartibiga qarshi bo‘lish.
8.
Tashkilot sharoitlariga moslashib olish imkoniyatlari.
9.
Hukm etilganlarning stratifikatsiyasi (status-rolli munosabatlar)
10.
Ma’lum hayotiy rejalarning yo‘qligi.
Shunday qilib, balog‘atga etmagan hukm etilgalar – bu shaxsi ijtimoiylashishi jarayoni
oxiriga etmagan odamlar, bu jarayon turli ijtimoiy o‘rin egallashni, ijtimoiy aloqalar va
munosabatlar tizimiga qo‘shilishini ko‘zda tutadi.
O‘smirni jinoyat sodir etganda aybdor deb hisobladilar. Uni tarbiyalash koloniyasiga, ya’ni
yopiq turdagi tarbiyalash tashkilotiga yuboradilar. Bu albatta shaxsning ijtimoiylashish
jarayonini to‘xtatib qo‘yadi va uning bir tekis rivojlanishini yanada qiyinlashtiradi.
Ijtimoiylashish yakunlanmagan jarayonini jamiyatdan ajratib qo‘yilgan holatda davom
ettirishga to‘gri keladi. Bu Ushbu jarayonning mohiyatiga qarama-qarshidir. Ko‘pchilik
o‘smirlar (jinoyat sodir etgan) ijtimoiy muhit uchun jiddiy xavf tug‘diradilar. SHuning uchun
ularni jamiyatdan ajratib qo‘yish zarurdir. SHu sababli ular uchun ozodlikdan mahrum etish
jazosini qo‘llashdan bosh tortishning iloji bo‘lmay qoladi.
Shunda qarama-qarshilik yuzaga keladi: o‘smirni jamiyatdan ajratib quyish zarurligi va shu
bilan bir vaqtda uni ijtimoiylashtirish jarayonini yakuniga etkazish.
Milliy va chet el tajribalarining ko‘rsatishiga jazo choralarini kuchaytirish, qattiq nazorat
qilish o‘smirlar orasida jinoyatchilikning o‘sishi muammosini samarali hal etish yo‘li deb
qaralishi mumkin emasligini ko‘rsatdi. Jinoyatchilikni yo‘q qilish – bu birinchi navbatda ijtimoiy
muammodir.
66
Jinoyatchilik darajasi faqatgina uni yuzaga keltiruvchi omillarni yo‘qotib borilgan holdagi
asta-sekin pasayib borishi mumkin. Balog‘atga etmaganlar jinoyatchiligi bilan kompleks va
samarali kurashish maqsadlarida davlat milliy dasturi rejalashtirilmoqda va amalga
oshirilmoqda. Masalan, 70-yillarda AQSHda axloqi buzilgan yoshlar hayoti ijtimoiy, turmush
madaniy va moddiy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha 36 dastur amalga oshirildi. XX asrning 90-
yillarida AQSHda yoshlar orasida axloqi buzilganlar bilan kurashish bo‘yicha 65 ta dastur
amalga oshirilgan. Ana shu dasturlarni bajarish uchun kongress 15 mlrd. dollar ajratdi. Evropa
parlamenti ekspert komissiyasi 1996 yili balog‘atga etmaganlar orasida jinoyatchilik
muammolarini ko‘rib chiqib yoshlar va balog‘atga etmaganlar orasida jinoyatchilik bilan
kurashish samaradorligi oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqdi. Ular asosan quyidagilardan
iborat: politsiya xodimlari, ijtimoiy tashkilotlar va yoshlar, balog‘atga etmaganlar ishlari
bo‘yicha milliy tashkilotlarning jinoyatchilikni oldini olish sohasidagi hamkorliklarini ancha
kuchaytirish kerak: balog‘atga etmagan huquqbuzarlarni jinoiy javobganlikka tortish va ularni
tergov paytida ushlab turish amaliyotini o‘zgartirish kerak; O‘smirlarni jazr o‘tash muddatlarini
ikki yil bilan chegaralash, muddatidan avval ozod etish huquqini berish. Umuman olganda
balog‘atga etmagan huquqbuzarlarni tuzatish tashkilotlariga joylashtirmay qayta tarbiyalashni
afzal bilish taklif etiladi.
Ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishidagi jinoiy jazodan to‘la bosh tortishga erishish
masalasi mumkin bo‘lmaganligi sababli ko‘pchilik mutaxassislar jazo choralari
belgilanayotganda o‘smir huquqbuzarlarning undan psixologik ta’sirlanishlari va ularning yoshi
xususiyatlarini hisobga olishni tavsiya etadilar. Tarbiyalash koloniyalariga joylashtirilgan
balog‘at yoshiga etmagan huquqbuzarlar bilan ishlashda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish choralari,
maktab va o‘smirlarning ozod etilishiga psixologik tayyorgarligi asosiy rol o‘ynashi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: