Andijon Davlat Universiteti Chet tillari fakulteti,
Xorijiy til va adabiyot ( ingliz tili ) yo'nalishi
ABDUVALIYEVA GULSORA Adahamjon qizi
+998911600216
Yuksak ma'naviyatli avlod - Uchinchi Renessans bunyodkorlari.
Annotatsiya : Ushbu maqolada Renessans nima ekanligi , yosh avlodlarning ma'naviy salohiyati hamda ularning yuksak ma'naviy yetuklik sari olib borayotgan say-harakatlari , bugungi kunda O'zbekiston - yangi mustaqil davlat , uchinchi Renessans bunyodkorlarining oldiga qo'yilgan vazifalar, burchlar hamda Prezidentimiz tashabbuslari bilan yaratib berilayotgan keng ko'lamli sharoitlar haqida batafsil keng yoritib berilgan.
Kalit so'zlar : Renessans ,ma'naviy yetuklik , bunyodkorlik ,yangi mustaqil davlat , yuksaklik , yosh avlodlarning burch va vazifalari , prezident so'zlari , bunyodkorlik say-harakatlari va uchinchi Renessans davri.
In this article contains what is Renessans, young generation's high abilities and their crusades , independent state is Uzbekistan, the third Renessans period and its mission and obligations also our president steps forward to set the scene .
Key words: Renessans, moral prominenting, new independent state , higher, young generations' obligations and missions, president's ideas, a lot missions and the third Renessans period.
Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik boy tarixiga nazar tashlar ekanmiz, unda taraqqiyot choʻqqilarini zabt etishning mashaqqatli bosqichlarini koʻrishimiz mumkin. Bu bosqichlarda davlatchiligimizning shakllanishi, jamiyatda ilm-u fan, sanʼat va madaniyatning yuksalishi, buyuk siymolarning oʻz ijodida erishgan yutuqlari jahon tamaddunining rivojiga hissa qoʻshishdek iftixorli jarayonlar gavdalanadi.Bunday o'zgarishlar natijasida , bugungi kunga kelib har soha uchun shart-sharoitlar yaratilib , rivojlanib bormoqda .Bunday imkoniyatlar yosh avlodlarning kelgusi hayoti uchun porloq zamin deb aytsak mubolag'a bo'lmaydi.Ushbu so'zlarimni boshlashdan oldin Renessans haqida o'z qarashlarimni keltirib o'tmoqchiman.Renessans bu " qayta tug'ilish" demakdir.
Tarixdan ma'lumki , Oʻzbekiston tarixining birinchi Renessansi - Somoniylar davriga toʻgʻri kelib, ushbu davrda buyuk ajdodlarimizning yaratgan ilmiy-falsafiy asarlari va olamshumul kashfiyotlari islom sivilizatsiyasiga tamal toshi boʻldi. Ijtimoiy sohaning har tomonlama rivojlanishi, jamiyatdagi munosabatlarning muayyan tartib-tamoyillar asosida qurilishi, shahar-u viloyatlarning iqtisodiy-madaniy rivojlanishi, ilmu maʼrifatning markazlashuvi singari muhim jarayonlar oʻrta asrlarda yurtimizda davlatchilikning oʻziga xosligini belgilovchi tamoyillardir. Ikkinchi Renessans – Amir Temur va Temuriylar davriga toʻgʻri kelib, nafaqat Movaraunnahr, balki butun Markaziy Osiyo oʻlkalari oʻz taraqqiyotining yangi pogʻonasiga koʻtariladi. Bu davrda davlatchilik asoslari takomillashib, shaharsozlik va meʼmorchilik avj oldi, xalqaro savdo va diplomatik aloqalar jadallashdi. Shuningdek, bu davrda fan, madaniyat va sanʼat sohalarining rivojlanishi hamda tafakkur doirasining yuksalishi namoyon boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yillik tantanalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining: “Xalqimizning ulugʻvor qudrati joʻsh urgan hozirgi zamonda Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda”, - degan soʻzi yangradi.
Darhaqiqat, shiddat bilan rivojlanayotgan hayotimizda roʻy berayotgan yuksalish jarayonlari oʻzini barcha sohalarda namoyon etmoqda. Binobarin, mustaqillikka erishgan yillarimizning ilk davrida biz oʻzimizning milliy oʻzligimizni anglash, boy tarixiy-maʼnaviy hamda ilmiy merosimizning asl mazmun-mohiyati magʻzini chaqish va uni roʻyobga chiqarishga intilgan boʻlsak, endilikda xalqimiz jipslanib “milliy tiklanishdan – milliy yuksalish” gʻoyasini sobit qadamlik bilan amalga oshirishga kirishdi. Bu davrda jamiyatimizda ijtimoiy tafakkurning yuksalish tendensiyasi qaror topishi, unga xos ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlarning mujassamligi eʼtirof etilmoqda. Milliy ruh va umuminsoniy qadriyatlar uygʻun boʻlgan ijtimoiy tafakkur – mamlakatimiz barqaror rivojlanishining oʻzan mezon va mustahkam poydevoriga aylanmoqda. Yurtimizda ijtimoiy tafakkur darajasining tobora oʻsishi bois, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa jabhalarda mehnat va sohaga yondashuv madaniyati hamda masʼuliyati oʻzgardi. Ayniqsa, fan sohasiga qaratilayotgan alohida eʼtiborning zamirida chuqur maʼno bor. Fan – bu tafakkur boʻlib, qaysiki, jamiyatdagi barqarorlikni taʼminlab beruvchi ustuvor omillardan biridir. Fan rivojlanar ekan, nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy-madaniy soha ham taraqqiy etadi. Fanga boʻlgan eʼtibor inson tafakkurini oʻstirish va ulgʻaytirishga xizmat qiladi. Jamiyat tafakkuri oʻssa, madaniyat va sanʼat sohasi ham mana shu talablarga hamohang ravishda oʻsadi va taraqqiy etadi. Jahon ilmiy hamjamiyatining eʼtirof etilishicha, Oʻzbekiston qadimdan madaniyat va sivilizatsiya barpo etuvchi zamindir. Davlatimiz rahbari hozirgi davrni milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon deb eʼlon qilganligining zamirida qatʼiy ishonch va chuqur hikmat mujassam. Negaki, keyingi 10 yilligimiz asl yuksalish va taraqqiyot davri boʻlishi muqarrar. So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda uchinchi Renessans atamasi kun tartibiga chiqqan. Xo‘sh, bu qanday amalga oshiriladi? Mamlakatda birinchi va ikkinchi Renessans qachon bo‘lgandi? Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida bunga aniqlik kiritdi. “Biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak. Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan yuksak sivilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini ko‘ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho me’moriy obidalar, nodir qo‘lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi”, deydi Shavkat Mirziyoyev. Davlat rahbari so‘zi davom etarkan, buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan so‘zlarini keltiradi.
Donishmand xalqimiz har ikki Renessans davrida jahonning eng ilg‘or, taraqqiy etgan xalqlari qatorida bo‘lgani barchamizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi”, deydi Prezident. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, lider ergashtiruvchi bo‘lishi kerak ekan, xo‘sh, ergashtirish nimaning badaliga bo‘ladi? Albatta, qiziqtirish, o‘zaro manfaat hosil qilish evaziga shakllanadi. Bu esa, o‘z navbatida, nutq mahorati orqali ro‘yobga chiqadi. Shunday ekan, muammolar yechimi, masalalar bichimi ham notiqlik san’ati bilan. Ta’limning kaliti nutq bilan, tarbiyaning kaliti xulq bilan bo‘lgani kabi muloqotning ham ochqichi nutq, muomalaning tutqichi xulqdir. Ana shuning uchun ham yosh rahbarlarning nutq madaniyati va notiqlik mahoratini oshirish zamon taqozosidir. Shu onda xalqimizning «O‘zingga qarab kutarlar, so‘zingga qarab kuzatarlar» degan naqli beixtiyor yodga keladi. Bugungi tahlikali zamonda, globallashuv davrida, ayniqsa, g‘oyalar kurashi keskin tus olgan paytda mazmundor mohiyatga ega nutq ham, mahoratli, fikri teran, so‘zga chechan notiqlar ham suvdek, havodek zarur. Chunki asosli, hayotiy, samarali targ‘ibot va tashviqotgina xalqni ishontiradi, ruhlantiradi, ulug‘ va qutlug‘ maqsadlar sari ilhomlantiradi. Aks holda, dushman undan ustomonlik bilan foydalanib omma ongini zaharlashi, turli oqimlar tomon og‘dirishi, asosiy maqsaddan chalg‘itishi, yo‘ldan ozdirishi hech gap emas. Jangda sen dushmanni otmasang, u seni otadi. Bu oddiy mantiq. Notiqlik mahoratidan unumli foydalana olsak, biz hamisha g‘olibmiz.
Shuni xulosa qilib ayta olamanki, hozirgi zamonda xalq qalbi va ongi uchun kurash ketayotgan paytda muhim mafkuraviy qurol - notiqlik mahoratini chuqur egallashimiz kerak. Ushbu jaholatga qarshi ma’rifat yarog‘idan, mafkuraviy mexanizmdan ayniqsa, yoshlar to‘la va to‘g‘ri foydalana olishi kerak. Shuning uchun ham Prezidentimiz nutq madaniyati va notiqlik mahoratini shunchaki muloqot va muomala manbai emas, balki ma’rifat va ma’naviyatning, targ‘ibot va tashviqotning quroli sifatida his etib, bundan foydalana olish milliy g‘oyamiz himoyasiga daxldor ekanini uqtirayotgan bo‘lsalar ajab emas. Chunki g‘oyamiz — himoyamiz, himoyamiz esa g‘oyamizdir. Bu esa mafkuraning mayog‘i, g‘oyamizning bayrog‘i va yarog‘i notiqlik mahoratini egallash bilan amalga oshadi.
Prezident o‘z nutqlarida ma’rifatparvar adib Fitratning «Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir», — degan so‘zlarini ham bejiz eslatmadi. Aqlan, ruhan va jismonan sog‘lom avlod barkamol bo‘lganidek, xulqiy va nutqiy madaniyatga ega bo‘lgan inson komil inson sanaladi.
Prezident ishonch bildirish asnosida yurtimizda iqtidorga, liderlik salohiyatiga ega yoshlar ko‘pligi uchun ham mamlakatimizda uchinchi renesans davriga zamin borligini ro‘yi rost e’tirof etdi. Erishilayotgan yutuqlarimiz ko‘p, lekin ular hali yetarli emas. Davlat rahbari yoshlar bilan uchrashuvda aytganidek, yoshlarimiz zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, o‘z ma’naviyati va tafakkuri bilan barchaga ibrat hamda namuna bo‘lishi kerak. Buning uchun ular vatan ravnaqini o‘z hayotining mazmuni deb bilishlari, yoshlik umrning beg‘ubor, ulkan orzu-umidlar va imkoniyatlar davri ekanini teran his etishlari lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. "Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch " I.A.Karimov. 2006
2 Tarix ensiklopediyasi.
3.http://www.ziyonet.uz
4.Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birga barpo etamiz.O'zbekiston 2020.
Do'stlaringiz bilan baham: |