47-rasm. O’simliklarda uchraydigan to’pgullar xillari3
XULOSA.
Gul-shakli o’zgargan, o’sishi chegaralangan, spora hosil qilishga xizmat qiladigan generativ organdir. Gul olti qismdan iborat: gul bandi, gul o’rni, kosachabarg, tojibarg, changchi va urug’chidan tashkil topgan . O’simliklarning gullari nihoyatda xilma-xil bo’lishiga qaramay, ularning bir qator qismlari umumiy bo’ladi. Gulning poya qismi, uning o’qi gulband, uning yuqori kengaygan qismi esa gul o’rni deb ataladi.
Nazorat savollari
Gul qaysi qismlardan tashkil topgan?
CHangchi va urug‘chining tuzilishi va funksiyasi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?
Bir va ikki jinsli gullar deganda qanday gullarni tushinasiz?
Bir va ikki uyli o‘simliklar deganda qanday gullarni tushinasiz?
Monopodial va simpodial to‘pgullarning farqli jihatlarini izohlang?
Do'stlaringiz bilan baham: |