1.Generativ organlarning kelib chiqishi
Gul o’z tabiatiga ko’ra, jinsiy yo’l bilan ko’payishga moslashgan shakli
o’zgargan barglari bo’lgan qisqargan poyali (gul o’rinli), shakli o’zgargan novdadir.
Generativ organlarning vazifasi jinsiy ko’payishga xizmat qilishdir.
YOpiq urug’lilar jinsiy ko’payishi jihatidan boshqa o’simliklarga qaraganda yuqori bosqichda turadi. Ularda jinsiy ko’payish uchun maxsus reproduktiv (hosil) organ - gul hosil bo’lgan.
Gul-shakli o’zgargan, o’sishi chegaralangan, spora hosil qilishga xizmat qiladigan generativ organdir.
Bu novda uchki qismidan bo’yiga o’sish va yon novdalar hosil qilish imkoniyatini yo’qotgan, ammo barg bo’rtmalari chiqarish xususiyatini saqlab qolgan bo’lib, ulardan keyinchalik shakli o’zgargan barglar gul qismlari hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |