Andijon davlat universiteti biologiya fakulteti mavzu: oddiy va murakkab to



Download 0,86 Mb.
bet6/9
Sana31.12.2021
Hajmi0,86 Mb.
#270689
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kursh ishi botanika

46-rasm. Urug’chi tiplari.

Joylashishiga qarab, tuguncha gulo’rnidan yuqori ko’tarilib tursa yuqoridagi tuguncha, agar yarimigacha gulo’rin bilan qo’shilib o’sib ketgan bo’lsa, yuqorigi yarimi ustuncha va tumshuqcha bilan erkin qolsa o’rta tuguncha hamda agar tuguncha kosacha va gultojning asosi bilan gulo’rniga qo’shilib o’sib ketgan bo’lsa, pastki tuguncha bo’ladi. Tugunchani hosil qiluvchi urug’chi barglarning soniga va ularning bir – biri bilan qo’shilib o’sish darajasiga qarab, tugunchalar bir – xonali (chanoqli), ikki xonali yoki ko’p xonali, ya’ni tegishli ravishda bitta, ikkita yoki bir nechta ichki kameralarga bo’lingan bo’lishi mumkin.

Tugunchaning ichki bo’shlig’i urug’kurtaklar va ulardan rivojlanadigan urug’lar joylashishi uchun xizmat qiladi. Urug’kurtaklar urug’bandlar yordamida tugunchaning ichki devorlariga yopishadi. Tugunchadagi urug’kurtaklarning soni har xil o’simliklarda bittadan to bir necha mingtagacha bo’ladi.

Urug’kurtaklar anchagina murakkab tuzilgan. Ular, odatda, tuxum shaklida va nutsellus deb ataladigan parenxima hujayralarining ichki qavatidan hamda ko’p hujayrali qoplamalar – intugmentlarning ikki yoki bir qatordan iborat bo’ladi. Urug’kurtakning yuqorigi qismida intugmentlar bir biri bilan birlashmaydi va kanal - chang yo’li (mikropile) qoldiradi. CHang yo’liga qarama - qarshi qism xalaza deyiladi. Urug’kurtaklar to’g’ri, teskari va egik bo’ladi.

Urug’kurtak yadrosining ichida maxsus bo’shliq murtak haltachasi bor, bunda urug’lanish protsessi sodir bo’ladi.

Urug’kurtakning rivojlanishi. Murtak xaltachasi nutsellusda quyidagicha rivojlanadi. Epidermis ostida yotuvchi hujayralar qavatida makrosporalarning ona hujayrasi deb ataladigan anchagina yirik bitta hujayra diferentsiatsiyalanadi, keyin u reduktsion bo’linish yo’li bilan to’rtta hujayra hosil qiladi. Bular xromosomalarning soni odatdagining yarimi bo’ladi va mikrosporalar hisoblanadi. Bu hujayralar odatda, nutsellus o’qi bo’ylab, bir – birining ustida bir qator bo’lib joylashadi. SHundan keyin yuqorigi uchta hujayra nobud bo’ladi, pastkisi – murtak xaltachasining ona hujayrasi esa juda o’sib ketadi. Qolgan mikrosporada yadro ikkiga bo’linadi. Bular yana ikkiga bo’linadi, undan keyin yana ikkiga bo’linadi. Natijada hujayrada sakkizta yadro hosil bo’ladi. Bu yadrolar keyinchalik hujayraning qarama-qarshi uchlarida to’rttadan bo’lib joylashadi. Bu guruppa yadrolarning har qaysisidan bittadan yadro murtak xaltachasining markazi tomon yo’naladi, bu yerda ular bir biri bilan qo’shilib, markaziy yadroni hosil qiladi. Murtak xaltachasining qarama – qarshi uchlarida joylashgan yadrolar atrofida quyuq tsitoplazma to’planadi va uchtadan hujayra vujudga keladi. Urug’ yo’li yaqinida tuxum apparatining hujayralari joylashadi: ularning bittasi katta va yumaloq yadroli - tuxum hujayra, ya’ni urg’ochi gameta; boshqa ikkitasi kichikroq va yadrolari anchagina mayda-yordamchi (qo’shimcha) hujayralar, ya’ni sinergidlardir.

Murtak xaltachasining xalaza qismida antipodlar deb ataladigan uchta yirik, uzoq saqlanmaydigan hujayra hosil bo’ladi. SHunday qilib, yetilgan murtak xaltachasida yetita hujayra bo’ladi.

CHangchilar bilan urug’chilar hamma gulda birga uchrayvermaydi. Ham changchilari, ham urug’chilari bo’lgan gullar ikki jinsli gullar, faqat urug’chilari yoki changchilari bo’lgan gullar bir jinsli gullar bo’ladi. Agar gullarda faqat changchilari bo’lsayu, urug’chilar bo’lmasa, erkak gul, agar faqat urug’chilari bo’lsa, urug’chi gullar deyiladi. Bir tupda faqat bir jinsli gullari (erkak va urg’ochi gullar) bo’lgan o’simliklar (makkajo’hori, yonhoq va tarvuz) bir uyli o’simliklar deyiladi. Boshqa o’simliklarda ham erkak, ham urug’chi gullar har xil individda joylashgan bo’ladi, bular ikki uyli o’simliklar (pista, terak, nasha, qichitqi o’t va boshqalar) deyiladi. Ko’p uyli o’simliklar ham uchraydi. Bunday o’simliklar bir o’simlikning o’zida ham bir jinsli, ham ikki jinsli gullar bo’ladi, masalan, g’umayda. Ikki jinsli gullar bitta o’simlikda, erkak, changchili gullar esa boshqa o’simlikda, joylashgan hollar ham uchraydi. O’simliklarning bunday tipi har xil uyli (aylant, gledichiya) o’simliklar deyiladi.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish