Andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi


O’rta maxsus, kasb­hunar ta’limi standartlari va ta’lim mazmuni



Download 2,83 Mb.
bet128/253
Sana18.07.2021
Hajmi2,83 Mb.
#122906
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   253
Bog'liq
3 ИАТ КТМ мажмуа 2019-2020

O’rta maxsus, kasb­hunar ta’limi standartlari va ta’lim mazmuni

O’zbekiston Respublikasida tub iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar jarayonida mazkur o’tish davrida paydo bo’layotgan muammolarni yechish uchun Yangi konsepsiya va yondaShuvlar qidirilmoqda. Binobarin bozor iqtisodiyoti tizimini yaratish o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’rta malakaga ega bo’lgan mutaxassislarning bazaviy bilimi, ko’nikma va malakalariga nisbatan ham yuksak talablar qo’ymoqda. Bunda kasb-hunar ta’limining Yangilanish jarayonida ta’lim standartlari asosiy element bo’lib xizmat qiladi.

O’zbekiston Respublikasi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari «Ta’lim to’ғrisida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi «O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimida Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish haqidagi» 5-sonli qarori asosida ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 okgyabrdagi «O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini tasdiqlaSh to’g’risidagi» 400-sonli qarori asosida tasdiqlangan.

O’zbekiston Respublikasi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari Respublikaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, xalqaro tajribalarga va chet el ekspertlarining maslahatlariga hamda standartning strukturasi va mazmuniga qo’yilgan talablar va o’zimizda mavjud bo’lgan metodologiya va texnologiyalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.

Evropa ta’lim fondining «Standart» doirasida o’tkazilgan xalqaro simpoziumida O’zbekiston Respublikasi ta’lim standartiga qoniqarli baho berilib, xalqaro standart talablariga mos ekanligi, ya’ni mehnat bozori va ishlab chiqarish talablariga, Shaxsiy va kasbiy rivojlanishga, o’quv va baholash xususiyatiga yo’naltirilganligi ta’kidlandi.

Bugungi kunda Respublikada Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi 400-sonli qarori bilan Davlat ta’lim standartlari «Asosiy qoidalar» bilan birgalikda hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tarmoq ta’lim standartlari amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etilmoqsa.

Davlat ta’lim standartlarini o’quv muassasalariga joriy etish samaradorligini oShirish uchun birinchi navbatda quyidagilarni puxta aniqlab olish lozim:

  • Ta’lim standarti deganda nimani tuShunamiz?

  • Standart o’z tarkibiga nimalarni kiritadi?

  • Standartning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

SHuningdek, standartning nimaga yo’naltirilganligini, standartning mazmuni nimani belgilaShga qaratilganligini va qaysi hujjatlar o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlarini xarakterlaShini va boShqalarni bilishimiz kerak.

Davlat ta’lim standartlarining umumiy xarakteristikasi

Davlat ta’lim standartlari ta’limning ma’lum bosqichida yoShlarning sifatli bilimga ega bo’lishi uchun davlat kafolatini belgilaydi va tasdiqlaydi.

Davlat ta’lim standartlari — ta’limning ma’lum yo’nalishi bo’yicha umumta’lim va kasbiy fanlardan bosqichma-bosqich bilimga ega bo’lish talablari, qoidalari va tamoyillari kabi asosiy tuShunchalarni belgilovchi me’yoriy hujjat hisoblanadi.

Davlat ta’lim standarti — O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega bo’lib, idoraviy bo’ysinishi va mulkchilik Shaklidan qat’i nazar barcha davlat va nodavlat ta’lim muassasalariga joriy qilinadi.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standarti (O’MKHT DTS) — aniq maqsadga yo’naltirilgan ta’lim faoliyatini aks ettiruvchi mexanizmdir. Standart ma’lum bir faoliyatda sifatni oShirishning kuchli vositasi bo’lib, real natijaga erishish maqsadini ifodalaydi.

O’MKHT Davlat ta’lim standarti — ta’limning yagonaligini, uzluksizligini, uzviyligini ta’minlaShga, moliyaviy va moddiy-texnik vositalardan oqilona foydalanishga qaratilgan.

O’MKH ta’limining Davlat ta’lim standarti — uzluksiz ta’lim tizimida xaotik bilim berishning oldini olib, o’quv materialining qaytarilishiga yo’l qo’ymaydi.

O’MKH ta’limining Davlat ta’lim standarti — o’quvchilarning yetarli o’quv yuklamasi me’yorini ko’rsatib, o’quv rejalari va dasturlari soni ko’payishining oldini olib, o’quvchilarni ortiqcha yuklamalardan himoya qiladi.

Standartlar Yangi o’quv reja va dasturlari hamda o’quv qo’llanma, darsliklar va boShqa me’yoriy hujjatlar yaratish uchun asos hisoblanadi.

Ta’lim standartlari ochiq va qulay bo’lib, ta’lim muassasalarining ilmiy-pedagogik kengaShlariga ishchi o’quv rejalarini tuzishda o’quv reja va dasturlari mazmuniga 15-20 foizgacha o’zgartirish kiritish huquqini beradi.

O’MKHT Davlat ta’lim standartlarining funksiyalari

  1. Kasb-hunar ta’limining sifatini ta’minlaydi va uning asosiy ko’rsatkichi hisoblanadi.

  2. Ochiqlikni kafolatlaydi.

Standartning maqsadi — o’qitishning mazmuni va qo’yilayotgan talablarning darajasi ta’lim olayotganlar uchun ochiq va ko’rgazmali bo’lishini, o’quvchilar uchun ham, ish beruvchilar uchun ham ish joyiga nomzodning tayyorgarlik mazmunini bilishi kerakligini ta’minlaydi.


Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish