Seminar mashgulot №. 12
Mavzu: O’qituvchining o’quv faoliyati. O’zlashtirish jarayoni.
Mavzuning maqsadi: Talabalarning o’quv faoliyatini shakllantirish – bu eng avvalo talabaning ushbu faoliyat sub’ekti sifatida shaxs bo’lib shakllanishi va rivojlanishi muammosidir. Demak, pedagog oldida talabaning sub’ekt pozitsiyasini ta’minlaydigan o’quv jarayonini tashkil qilish vazifasi turadi.
Mavzuning mazmuni: O’quv faoliyatining asosiy mazmuni va eng muxim vazifasi bilim va faoliyat usullarini o’zlashtirish hisoblanadi. O’zlashtirish jarayon sifatida, o’rganish natijasi sifatida qaraladi. O’zlashtirish odatda Yangi tajribaning oldingilari bilan qo’shilishi, to’plangan ijtimoiy tajribaning shaxsning mulkiga aylanishi sifatida aniqlanadi.
Turli o’qitish nazariyalari, o’zlashtirishning mohiyati va uning asosiy bosqichlari turlicha talqin qilishadi. Eng keng tarqalgan yondashuv o’qishning assotsiativ-reflektor nazariyasiga asoslanadigan psixologlar va S. L. Rubinshteyn ishlarida olib borilgan. Unga ko’ra o’zlashtirish to’rtta bosqichdan iborat bo’lgan jarayon sifatida qaraladi;
1. O’quv materiali ob’ekt, predmet, hodisa, jarayonlarni ko’rgazmali obrazlar (modellar, sxemalar va h. k. ) yordamida persepsiya (bevosita qabul qilish, idrok qilish) asosida qabul qilish yoki appersepsiya, ya’ni ob’ektni fondan ajratib olish va uning xossalarini aniqlash asosida idrok etish. O’qituvchi turli xil ko’rgazmali vositalar yoki mavjud bo’lgan tasavvurlarga tayangan holda idrok etishni tashkil qiladi. O’zlashtirishning ushbu bosqichida o’rganuvchilarda ob’ekt, hodisa va h. k. to’ғrisida tasavvur shakllanadi.
2. Predmet mazmunini ochish orqali o’quv materialini tushunib yetish (anglash). Bu bosqichda tushunchalarning mohiyati quyidagi fikriy amallar asosida ochiladi: taqqoslash, mos qo’shish, tasniflash, tahlil, umumlashtirish, abstraksiyalash, tashqi, uncha ahamiyati bo’lmagan xossalardan ajratish hamda uni avval o’rganilganlar bilan o’zaro aloqasini o’rnatish. Natija sifatida tushunchalarni shakllantirish, sabab-oqibat aloqalarini o’rnatish, qurilmaning umumiy tuzilish prinsiplari va mexanizmlarning ishlash qonun va qonuniyatlarini o’rnatish hisoblanadi.
3. O’quv materialini ko’p marta takrorlash, eng muhim xossalarini qayta tiklash asosida yodda saqlab qolish.
4. O’rganilgan materialni amaliy masalalarni yechish uchun qo’llash. Natijada faoliyatning stereotip va ijodiy usullarini egallash, uquv va ko’nikmalarning shakllanishi ro’y beradi. O’zlashtirishning ushbu bosqichini tashkil qilish o’rganuvchilarni masalalar tizimini yechish bo’yicha asta-sekin murakkablashib boradigan faoliyatga jalb etishni talab qiladi: avval - bilimlarni standart vaziyatlarda qo’llash, so’ngra – ularni talaba uchun Yangi bo’lgan vaziyatga, Yangi masalalar yechishda foydalanishga ko’chirish.
Bosqichlarni bunday ajratish yetarlicha shartli ekanligini e’tiborga olish zarur, chunki har bir bosqich boshqa bosqichni qisman o’z ichiga oladi.
O’zlashtirishni shunday sxema bo’yicha qurish o’qituvchidan quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi:
Talabalarga qabul qilish va idrok etishlari uchun birorta o’quv materialini berish;
Ularda bilimlarni qo’llash usullarini shakllantirish jarayoniga rahbarlik qilish, ya’ni uquv va ko’nikmalarni namuna bo’yicha shakllantirish;
Avval o’rganilgan bilim va uquvlarni ijodiy qo’llashni ta’minlash.
O’zlashtirishning bunday sxemasida o’qitishning an’anaviy reproduktiv turlarini produktiv ijodiy turlari bilan bog’lashga intilish o’z aksini topadi.
Topshiriq. Turli o’qitish nazariyalari, o’zlashtirishning mohiyati va uning asosiy bosqichlari turlicha talqin qilishadi. Ular qanday. Fikringizni yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |