Seminar mashgulot №. 11
Mavzu: O’qitish jarayonining mohiyati va qonuniyatlari.
Mavzuning maqsadi: Kommunikativ nuqtai nazardan o’qitishni bilim va tajribaga ega bo’lgan odam bilan ularni qabul qiladigan odam orasidagi muloqot sifatida ta’riflash mumkin.
Faoliyat nuqtai nazaridan yondashilsa, o’qitish – bu ta’limning yetakchi funksiyalarini amalga oshirishga qaratilgan pedagog va talabaning o’zaro bog’liqlikdagi faoliyatidir.
Mavzuning mazmuni: Agar o’qitishni asosiy, yetakchi faoliyat deb olsak, u holda bunday faoliyat turi talabani Yangi taraqqiyot darajasiga ko’tara olmaydi. O’rgatuvchi bosh figura emas, balki talabaning o’rganishini ta’minlovchi yordamchidir.
Yetakchi ma’no hosil qiluvchi faoliyat sifatida o’qish, o’rganish turadi. Chunki u bo’lmasa yoki yetarli bo’lmasa, u holda o’qituvchining faoliyati ma’noga ega bo’lmaydi.
Pedagoglar ularning faoliyati yordamchi va xizmat ko’rsatish xarakterida bo’lib, talabaning faolligini tashkil qilish va o’rganishlariga yordam berishdan iborat ekanligini yodda tutishlari lozim.
Zamonaviy ta’limning nazariyasi va amaliyotida asosiy urg’u o’qituvchining o’rgatuvchilik faoliyatidan o’quvchining o’rganish, bilish faoliyatiga ko’chiriladi.
Shunday qilib, o’qitish – bu pedagog tomonidan talabalarning Yangi-Yangi tafakkur masalalarini yochishdagi faoliyatini tashkil qilinishidir. Bunda birinchi o’rinda «nimani o’rgatish» emas, balki «qanday o’rgatish» kerak degan savol turadi.
O’qitish jarayonini asosiy harakatga keltiruvchi kuch – bu talabalarda mavjud bo’lgan ijtimoiy tajriba va bilim bilan ularning oldiga qo’yilayotgan masala orasidagi ziddiyatdir.
Bu ziddiyatni anglash talabalarni hamkorlikka undaydi. Natijada ularda rivojlanish ro’y beradi. O’zi uchun Yangi bo’lgan tajribalarni o’zlashtiradi. SHunday qilib, hamkorlikdagi faoliyat xarakteri ziddiyatlarni yechish usullari talabalarning rivojlanishi va ularning olg’a intilishlarining asosiy sifati hisoblanadi.
Hamkorlikdagi faoliyat turi va xarakteriga ko’ra turli xildagi o’qitishga ajratiladi. An’anaviy reproduktiv o’qitish usuli talabalar tomonidan Yangi vazifalarni yechish uchun bilim va faoliyat usullarini ko’chirishga va qabul qilishga asoslangan. Bunda ularni o’zlaShtirishga ehtiyoji bormi yoki yo’qmi hisobga olinmaydi. Natijada ijtimoiy tajriba (o’qituvchi bergan mavzusi) qisman o’zlaShtiriladi (asosan bilim va faoliyatning stereotip usullari). Ijodiy faoliyat tajribasi va qadriyat munosabatlari o’zlashtirilmaydi, ya’ni o’qitishni rivojlantiruvchi va tarbiyaviy masalalari yetarli yechilmaydi. Olinayotgan bilimlarning motivatsiyasi va Shaxs uchun ma’nosi yuqori bo’lmaydi.
Zamonaviy innovatsion (produktiv) o’qitish usuli pedagog tomonidan o’quvchi, o’rganuvchilarning intensiv, mustaqil va ijodiy faoliyatini taShkil qilishga asoslangan. SHunday faoliyat asosida ular aniq tafakkur, xayotiy va kasbiy muammolarni yechadilar, mustaqil izlanadilar, Yangi bilimlarni kaShf etadilar.
Ijtimoiy munosabatlar tizimida insonning o’z-o’zini o’zgartirishi ro’y beradi. Shunday qilib, mavzuning mohiyatiga ko’ra o’qitish jarayoni faqatgina intellektual o’zgarishlrni hosil qilmasdan, balki shaxsdagi Yangi o’zgarishlarga ham olib keladi.
O’qitish, rivojlanish va tarbiya orasidagi o’zaro aloqa o’qitish jarayonining ob’ektiv qonuniyati sifatida ifodalanadi. Biroq o’qitishning turiga ko’ra tarbiya va rivojlanishning xarakteri turlicha bo’lishi mumkin: pozitiv va negativ, qisman rivojlantiruvchi va intinsiv rivojlantiruvchi.
O’qitish jarayoning rivojlantirish imkoniyatlarini yetarlicha baholamaslik, o’qituvchining talabalar tomonidan faqatgina bilim va stereotip faoliyat usullarini o’zlashtirishga e’tibor berishi talabalarda reproduktiv fikrlash usulining shakllanishiga olib keladi (xotira, diqqat va qabul qilish rivojlanadi). Produktiv ijodiy tafakkur, shaxsning emotsional sohasi kam rivojlanadi. Oqibatda nostandart masalalarni, murakkab kasbiy muammolarni yechishni talaba eplolmaydi.
Topshiriq. Zamonaviy innovatsion (produktiv) o’qitish usuli pedagog tomonidan o’quvchi, o’rganuvchilarning intensiv, mustaqil va ijodiy faoliyatini tashkil qilishga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |